Mavzu : Poydevorlarni qurish texnologiyasi


Monolit plitani qurish texnologiyasi. Urib kirgiziladigan qoziq va



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana16.03.2022
Hajmi1,21 Mb.
#499008
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
мавзу-6lat

 
2.Monolit plitani qurish texnologiyasi. Urib kirgiziladigan qoziq va
shpuntlarni konstruksiyasi. 
YAxlit poydevorlar (monlit plita) monolit temirbetondan tayyorlanadi, konstruktiv echimiga 
ko‘ra ular silliq plitalar ko‘rinishiga (zarur bo‘lganda ustunlar ostiga yig‘ma stakanlar bilan 
o‘rganuvchi), monolit stakanli silliq plita ko‘rinishda (6.3-rasm), qovurg‘ali plita va qutisimon 
kesimli plita ko‘rinishida ishlanishi mumkin. 
Poydevor plitalari, rezarvuarlar turi, tunnellar va h.k.larning tubi katta yuzaga ega va juda 
ko‘p armaturalanganligi bilan tavsiflanadi. Bunday plitalarning qalinligi 0,2 dan 2m gacha oraliqda 
bo‘ladi. Ularni betonlash usullari rejadagi o‘lchamlarni, qalinlikni armaturalash darajasini, ishlarni 
amalga oshirishda mavjud mexanizasiyani, beton qorishmani etkazib berishning real xajmlarini 
xisobga olib tashlanadi. 


Poydevor plitalari payvand to‘rlari bilan ikki va undan ortiq qavatli qilib armaturalanadi. Armatura 
sinchlari turli usullarda xosil qilinishi joylashtiriladi (yotqiziladi) va tutib turuvchi sinchlar fazoviy 
o‘zini ko‘taruvchi armoblokka birlashtiriladi. Armobloklar oraliqlar bilan o‘rnatiladi, ular 
armobloklarga tayanuvchi yassi gorizontal to‘rlarning bir yoki ikki qatori bilan berkitiladi. 
6.3.-rasm Poydevor plitasini qurish sxemasi: 
1-poydevor plitasining balandlik bo‘yicha chegaralari; 2-
bo‘ylama armatura; 3-o‘shaning o‘zi, ko‘ndalangi; 4-
elimlanuvchi gidroizolyasiya; 5-betonli tayyorgarlik; 6-
zichlashtirilgan grunt.
Massiv poydevor plitalari ajratib olinmaydigan temirbeton 
opalubkadan, 
bir 
xil 
shaklga 
keltirilgan 
oxeraluvchi 
ko‘chiriluvchi opalubkadan foydalangan holda betonlanadi. 
Katta yuzli opalubka panellari, shuningdek armatura sinchli bloklar montaj kranlari yordamida 
montaj qilinadi. Opalubka va sinchlarning mahkamlanishi ishonsli bo‘lishi va beton qorishmasi, 
mexanizmlar, mashinalar, ishchi va inventar moslamalardan tushadigan texnologik yuklanishlarni 
ko‘tara oladigan bo‘lishi kerak. Ishlarni bajarsh uchun tayyorlangan opalubka dalolatnoma bo‘yicha 
topshirilishi kerak. 
Plitalarning yuzi katta bo‘lganda ular betonlash bloklariga yoki xaritalarga ajratiladi. Xaritalarning 
chetlari bo‘ylab xaritalar chegaralarida armaturani qirqmasdan yog‘och yoki to‘rli opalubka 
o‘rnatiladi. Tashqi va ichki opalubka sifatida 5x5 sm yacheykali 0,7mm diametrli simdan 
tayyorlangan po‘lat to‘rdan foydalanish eng ko‘p maqsadga muvofiqdir. Bunday to‘r plita 
armaturasiga to‘kish simi yoki qisqichlar bilan mahkamlanadi. 
Bloklarning kengligini (ekini) betonlash uzluksizligi sharoitlarini va beton qorishmasini uzatish 
sur’atini hisobga olgan holda qabul qilinadi. Betonlashning har bir blokida ish zonalarini 
ta’minlash zarur: qabul qilish va dastlabki tekislash va zichlashtirish. Betonlashning zarur tezligi 
ikkala zonada betonning tutib qolishi boshlangunga tegishli vibrozichlashtirish bilan avval 
yotqizilgan beton qorishmasi keyingisi bilan qoplanadigan shartdan aniqlanadi. Qabul qilinayotgan 
betonlash tezligi beton qorishmasini zichlashtirish vositalari etarli miqdorda mavjudligi bilan 
ta’minlashnishi kerak. 
Agar plitaning qalinligi 0,5m dan kam bo‘lsa, plitani kartalarga bo‘lish va betonlashni xuddi pol 
ostiga betonni tayyorlashdagi kabi olib boriladi, ya’ni eni 3...4 m dan qilib betonlanadi. Plitaning 
qalinligi undan ortiq bo‘lganda plitalar eni 5...10 m bo‘lgan parallel kartalarga bo‘linadi, bunda ular 
orasida eni 1...1,5m bo‘lganajratish polosalari qoldiriladi. 
Karta doirasidagi betonlash fronti minimal bo‘lishi kerak. Kartalar ketma-ket betonlanadi, ya’ni 
birin-ketin betonlanadi; yig‘indi cho‘kishni kamaytirish uchun ajratish polosalariga beton 
chegaralardagi opalubka olib tashlangandan so‘ng tayyor kartalardagi qotgan beton bilan yonma-
yon yotqiziladi (rospor). 
CHo‘kish konusi 2...6sm bo‘lgan beton qorishmasi kartaga beton nasoslari bilan beton yotqizgich, 
estakadalar yordamida, shuningdek kranlar yordamida badyadalarda uzatiladi. Ayrim hollarda 
betonlash pnevmotransport bilan, bibro xartumlar yordamida, tasmali konveerlar bilan va bevosita 
transport vositalaridan amalga oshirilishi mumkin. Qorishmani avval yotqizilgan beton yo‘nalishda, 
go‘yoki avval yotqizilganda yangi beton porsiyalarini siqib uzatish kerak. Betonlash massaivida va 
sur’ati 50...100 
/ smenada bo‘lganda ishlar hajmi to‘plangan holatlarda stasionar beton 
nasoslaridan foydalanish mumkin. 
CHekli qalinlikdagi plitalar ham bir qatlam qilib betonlanadi. Bunda vibrozichlashtirish ancha 
murakkablanadi, chunki ichki vibratorlarni qorishmaga ishchi qism uzunligidan 1,5...2 marta ortiq 
bo‘lgan chuqurlikka botirish talab etiladi. Bunday konstruksiyalarni vibrozichlashtirish uchun osma 
vibrotorlarni yoki vibropaketlarni qo‘llanish maqsadga muvofiqdir. 
Betonlashni shunday tashkil etish kerakki, bunda betonlashning bitta kartasi chegaralarida ishchi 
choklar paydo bo‘lishidan qochish kerak. Plitalarning betoni moyaklar bo‘yicha tekislanadi. 


Devorlar qo‘shiladigan, usutunlar va kolonnalar tiraladigan joylardagi beton sirti g‘adir-
budurligicha qoldiriladi. 
Monolit poydevor plitalarini qurish ishlarini ishlarni oqim bo‘yicha tashkil etish bilan uchta asosiy 
oqimga ajratgan holda olib borish maqsadga muvofiqdir: poydevorlarni armaturalash, opalubka 
o‘rnatish. SHu jumladan betonlash xududi chegaralarida turli opalubka o‘rnatish va bevosita 
betonlash. Ishlar bir xil me’yorda bajarilishi kerak. Asosiy oqim betonlash hisoblanadi, shuning 
uchun xar bir oqimda ishtirok etadigan ishchilar soni betonchilarni uzluksiz ish bilan ta’minlashdan 
kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.
6.4. Qoqiladigan qoziqlar va shpunt konstruksiyasi. 
Qoziqlar bir qator belgilarga ko‘ra bir nechta guruhga bo‘linadi. (6.4-rasm): materiali bo‘yicha-
yog‘och, metall, beton va temirbeton, aralash, gruntli; konstruksiyasi bo‘yicha-kvadrat, trubasimon, 
to‘g‘ri to‘rtburchakli va ko‘pburchakli, kengaytirilgan va kengaytirilmagan, yaxlit va qo‘shma, 
prizmatik va konussimon, to‘la kesimli va ichi bo‘sh, vintli va qoziq-kolonnalar; qurilish usuli 
bo‘yicha qoqiladigan, zavodda yoki maydonchaning o‘zida tayyorlanadigan va gruntga 
botiriladigan va gruntda bevosita quriladigan tiqma oldindan burg‘ulangan quduqda; ish xususiyati 
bo‘yicha (yuklanishni asosaga uzatish usuli bo‘yicha)-qoziq ustunlar, ular binodan tushadigan yukni
o‘z uchlari bilan qoyatosh yoki amalda siqilmaydigan gruntga uzatadi va osma qoziqlar, 
yuklanishni gruntning qoziqning yon sirti bo‘yicha ishqalanishi hisobiga uzatadi; qabul qiladigan 
yuklanishning turi bo‘yicha-markaziy, vertikal ta’sir ko‘rsatuvchi yuklanish, ekssentrisitetli
yuklanish va sug‘urib olish kuchlari; temirbeton qoziqlarni armaturalash turi bo‘yicha kuchlanishli 
va kuchlanishsiz bo‘ylama armatura bilan ko‘ndalang armaturalash bilan va uningsiz; Qoziqlar 
yaprog‘i – umumiy yuklanishini birgalikda qabul qilib oladigan, yonma-yon joylashtirilgan bir 
nechta qoziq; rostverk-qoziqlarning birga ishlashiuchun yuqori qismlarini birlashtiruvchi 
konstruksiya. 
Qoziqlarning konstruksiyalari qoziqlarning fazoda joylashishi bo‘yicha vertikal qiya havozasimon 
ildizsimon tonosining shakli bo‘yicha 
To‘liq silindrik qobiq kvadrat prizmatik to‘g‘ri to‘rtburchak monononik
Qoziqlarning konstruksiyalari. Qoziqlarning fazoda joylashishi 
bo‘yicha vertikal qiya havozasimon ildizsimon 
tonosining shakli bo‘yicha. 
to‘liq 
silindrik 
qobiq 
kvadrat 
prizmatik 
to‘g‘ri to‘rtburchak 
monokonik 
konussimon 
yarim konussimon 
barcha qirralari 
piramidasimon 
yoqlari qisman og‘gan 
silindrik 
pog‘onasimon 
silindrik va konussimon pog‘onalar 
vintli 
sirti prfillangan 
o‘zgaruvchan kesimli 
yuqorida 
kengaytirilgan 
poyasida 
pastki 
uchida 
bir necha joyi kengaytrilgan 
yig‘ma poyali va monolit 
beton to‘ldirilgan 
kengaytirilgan aralash 
yig‘ma qobiq ko‘rinishidagi tonali 
yig‘ma kengaytirilgan 
va monolit tonali 
tonasi qisman monolit, qisman yig‘ma 
6.4.-rasm. Qoziqlarning konstruktiv belgilari bo‘yicha tasnifi. 
YOg‘och qoziqlar qarag‘ay, archa, kedr, paxta, eman, tilog‘ochdan tayyorlanadi. 
Qoziqlarning uzunligi 4...12m, aksincha uchidagi diametri 18...34 sm. Pastki uchida qoziq 3...4 
qirrali qilib o‘tkirlanadi, qoziqning uchli joyi uning o‘qi bilan mos tushishi kerak, o‘qidan og‘gan 
uchligi qoziq qoqishda qoziqni loyihadagi holatidan chetga surishi mumkin. Zich gruntga qoqishda 
va uchini emirilishidan saqlash uchun unga metall boshmoq-uchlik kiydiriladi, yuqori qismiga esa 
qoziqning boshini qoqishda emirilishidan saqlovchi temir halqa-bugel keltiriladi.
Uzun qoziqlar talab qilinganda (> 12m) ular bir necha g‘o‘ladan uchma-uch, yarim yog‘och
yoki ustma-ust qo‘yib yig‘iladi. Qoziqlarni chirishdan saqlash uchun ularga antiseptiklar 


singdiriladi yoki butun qoziq er ostki suvlarining yoki butun qoziq er osti suvlarining eng past 
sathidan xam pastda joylashadigan qilib botiriladi. 
YOg‘och shpuntlar bruslardan tayyorlanadi, bir qirrasiga asosan to‘g‘ri to‘rtburchakli 
do‘nchlik to‘g‘ri to‘rtburchakli quriladi. Qoqishdan oldin shpuntlar 2...3 donadan qilib 
birlashtiriladi pastga, uchiga umumiy qiyalikqilinadi va umumiy bugel kiydiriladi. Odatda 
shpuntinlarning qalinligi 5...14sm, ammo 26 smgacha ham borishi mumkin. 
Metall qoziqlar port, ko‘prik, energetika va sanoat qurilmalarida, baland inshootlarni barpo 
etishda (radiomachtalar, teleminoralar) qo‘llaniladi. Diametri 25...100 sm bo‘lgan po‘lat 
quvurlardan, relslardan, ikki tovrlardan, gruntga burab keltiriladigan maxsus uchlikli vintli 
qoziqlardan foydalaniladi. 
Qoziq-qobiqlar-diametri 1,2...2 m va undan ortiq, uzunligi 14 m gacha bo‘lgan quvursimon 
metall qoziqlar, zarur bo‘lganda ularning uzunligi orttiriladi va payvandlab biriktiriladi. Pastki uchi 
ochiq qoziqlar qoqilgan sari grunt bilan to‘ldirilib boriladi, u zichlashib, qoziqning ko‘tarish 
qobiliyatini orttira boradi. Echib olinuvchi uchlik ko‘rinishidagi pastki uchi berk bo‘lgan qoziq-
qobiqlar gruntga qoqiladi. Metall uchlik doim gruntda qoladi, qoziqning o‘zi esa qoldirilishi va 
ko‘tarish qobiliyatini oshirish uchun beton qorishma bilan to‘ldirilishi mumkin yoki sug‘irib 
olinishi mumkin. Qoziq-qobiqlarni sug‘urib olish jarayonida uning bo‘shliqlari beton qorishmasi 
bilan to‘ldiriladi. 
Po‘lat shpunt kotlovanlarning suv sinchimaydigan devorlarini, tirab qo‘yiluvchi devorlarni, 
pirslarni, qirg‘oq bo‘ylarini qurishda qo‘llaniladi. SHpunt uchun maxsus profillar ishlab chiqariladi-
yassi, tog‘orasimon, uzunligi 30 m bo‘lgan zetsimon, ayrim hollarda oddiy po‘lat prokatdan 
foydalaniladi. 
Temirbeton qoziqlar kesimi 20x20dan 60x60 sm gacha va uzunligi 3 dan 16 m gacha oddiy 
va oldindan kuchlantiriladigan armaturali qilib ishlab chiqariladi. Oldindan kuchlantirish beton 
sarfini 15...20%, metall sarfini odatdagi armaturalashga qaraganda 50...60%gacha qisqartirishga 
imkon beradi. Armaturalash qoziqlarni tashish va qoqish uchun kerak, siqishga me’yorida ishlash 
uchun bilvosita armaturalash etarli. Qoqishda dastlabki kuchlantirish deformasiyalar, yoriqlar paydo 
bo‘lishiga qarshilik qiladi, mavjud yoriqlarni tortadi. 
Kvadrat va quvursimon kesimli 2...6 m uzunlikdagi ichi bo‘sh qoziqlar zich gruntlarda va 
qurilayotgan inshootning kichik yuklanishlarida qo‘llaniladi, tashqi diametri 80smgacha etishi 
mumkin. 
Qoziqli poydevorlarni qurish kompleks jarayon bo‘lib, qoqish metodi misolida quyidagilarni 
o‘z ichiga oladi: 
· ishlarni amalga oshirish uchun hududni tayyorlash; 
· har bir qoziqning holatini naturaga chiqargan holda geodezik ajratishni; 
· qoziqlarni botirish uchun qurilmani qurilish maydoniga etkazish, montaj qilish, sozlash va 
sinab ko‘rishni; 
· tayyor qoziqlarni ular tayyorlangan joyodan ular qoqiladigan joyga tashishni; 
· qoziqlarni qoqishni;
· tayyor qoziqlarni berilgan belgilar bo‘yicha qirqishni; 
· qoziqlarning qirqilgan qoldiqlarini qurilish maydonidan olib chiqib ketishini; 
· monolit yoki yig‘ma rostverkni qurishni; 
· qurilmalarni demontaj qilishni. 
Gruntlarni, ularning ko‘tarish qobiliyatini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, Rossiya 
hududining katta qismi uchun zich gruntlar nisbatan uncha katta bo‘lmagan chuqurlikda yotadi, bu 
esa uzunligi 3...7 m bo‘lgan qoziqlardan foydalanish imkonini beradi. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish