Mavzu : O’zbekistonda Ziyoratchilik turizimi Mundarija



Download 62,62 Kb.
bet2/5
Sana02.03.2022
Hajmi62,62 Kb.
#479425
1   2   3   4   5
Bog'liq
PARDAYEV MUHAMMAD 1

Sm = (ChS* x MT) / 100 x 25
Bunda,
Sm — subsidiya miqdori;
ChS — tejamkor (“econom”) xizmat ko‘rsatish toifasida sotilgan chipta soni;
* — sotilgan chipta soni havo kemasining tejamkor (“econom”) xizmat ko‘rsatish toifasi bo‘yicha 50 foizdan kam yuklanishini tashkil etgan bo‘lsa, 50 foiz yuklanishdagi chipta soni;
MT — maxsus tarif.
24. Maxsus tarifni aniqlashdagi havo kemasining yuklanish darajasi aviatashuvchi tomonidan Maxsus komissiya bilan kelishilgan holda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Bunda, O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan qo‘shimcha mablag‘lar ajratish talabi yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
25. Maxsus tarifga qonunchilikda ko‘zda tutilgan imtiyozlar qo‘llanilgan taqdirda, subsidiya miqdori maxsus tarifdan kelib chiqib aniqlanadi.
26. Aviatashuvchi avia chipta narxini subsidiya miqdorini ayirgan holda avia chiptalarni realizatsiya qilishi shart.
27. Aviatashuvchi har bir avia chiptani barcha tejamkor (“econom”) xizmat ko‘rsatish toifalarida mavjud o‘rinlar uchun Maxsus komissiya tomonidan belgilangan narxda realizatsiya qilishi shart.
Aviatashuvchi tomonidan sayohat tashkilotchilariga avia chipta miqdori (soni) ni cheklagan miqdorda realizatsiya qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
28. Aviatashuvchi tejamkor (“econom”) xizmat ko‘rsatish toifasi sonini shaffof ko‘rsatishi shart.
29. Subsidiya sayohat tashkilotchisining mahalliy turistlarga O‘zbekiston bo‘ylab tashkil etilgan sayohatlarning quyidagi xarajatlari uchun ajratiladi:
a) transport chiptalari xarajatlarining 15 foizi;
b) mehmonxona xizmatlari xarajatlarining 10 foizi.
30. Sayohat tashkilotchisi tomonidan sayohat transport chiptalarini xarid qilmasdan tashkil etilgan bo‘lsa, sayohat tashkilotchisi ushbu Nizomning 29-bandi “b” kichik bandida belgilangan mehmonxona xizmatlari xarajatlari uchun ariza topshirish va subsidiya olish huquqiga ega.
Bunda, subsidiya ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan talablar asosida ajratiladi.
31. Subsidiya sayohat tashkilotchisiga maxsus tarifda belgilangan avia chiptalar va mehmonxona xizmatlari narxidan yuqori bo‘lgan xarajatlar uchun ajratilmaydi.
32. Ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan muddatlardan oldin va keyin amalga oshirilgan sayohatlarga subsidiya olish uchun berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
33. Sayohat tashkilotchisi subsidiya olish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) ga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda har oy yakuni bilan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), STIR va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankidagi hisobraqami rekvizitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
b) avia va temir yo‘l chiptalari uchun to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (agar sayohat subsidiyalanadigan avia va temir yo‘l yo‘nalishlari orqali amalga oshirilgan bo‘lsa);
v) sayohat tashkilotchilari tomonidan joylashtirish vositalarida mahalliy turistlarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (elektron hisobvaraq-faktura, kassa yoki terminal apparat cheklari, bank to‘lov hujjatlari) nusxalari;
g) turistik vauchyerlarning nusxalari.
34. Sayohat tashkilotchisiga subsidiya ajratish ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
35. Qo‘mita ariza olingan kundan boshlab 10 kun mobaynida hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini tekshiradi.
36. Qo‘mita arizani o‘rganib chiqqandan so‘ng, bir ish kuni mobaynida subsidiya ajratish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Qarorning nusxasi qabul qilingan kunda sayohat tashkilotchisiga yuboriladi.
37. Subsidiya ajratish rad etilgan taqdirda, rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar aniq ko‘rsatib o‘tilgan qaror sayohat tashkilotchisiga ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunida yuboriladi.
Sayohat tashkilotchisi qarorni olgan kundan boshlab ko‘pi bilan ikki hafta muddatda ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Qo‘mitaga takroran ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
38. Subsidiya ajratish quyidagi asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin:
a) ushbu Nizomning 33-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar taqdim qilinmagan yoki to‘liq hajmda taqdim qilinmaganligi;
b) taqdim qilingan hujjatlarning noto‘g‘riligi;
v) ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan mablag‘lar ajratish muddatining tugashi.
Subsidiya olishni ushbu bandda ko‘rsatib o‘tilmagan asoslar bo‘yicha rad etish mumkin emas.
39. Ariza takroran taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida Qo‘mita tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi.
Bunda yangi asoslar bo‘yicha subsidiya ajratishni rad etish mumkin emas.
40. Ushbu Nizomning 37-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddat tugagandan keyin taqdim qilingan ariza yangidan berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
41. Qo‘mita sayohat tashkilotchisiga subsidiya ajratish uchun Moliya vazirligiga sayohat tashkilotchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ajratilayotgan mablag‘lar hisob-kitobi aks ettirilgan buyurtmanomani taqdim etadi.
42. Moliya vazirligi Qo‘mita tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomani uch ish kunida ko‘rib chiqadi va tegishli mablag‘larni sayohat tashkilotchilariga subsidiya ajratish uchun belgilangan tartibda ochilgan Qo‘mitaning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
Bunda sayohat tashkilotchilariga subsidiya ajratish uchun Moliya vazirligi tomonidan Qo‘mitaga belgilangan tartibda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi.
43. Mablag‘lar kelib tushganidan so‘ng Qo‘mita uch ish kunida sayohat tashkilotchilarining ularga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklardagi hisobraqamlariga belgilangan subsidiya mablag‘larini o‘tkazib beradi.

Download 62,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish