Mavzu : Orol fojeasi Reja kirish. Orol dengizining ekologik ahvoli, muommolari



Download 57,46 Kb.
bet6/9
Sana31.03.2022
Hajmi57,46 Kb.
#521021
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 Orol dengizining ekologik ahvoli, muommolari. 3 Orol dengizi y

Orolqum sahrosi
Yalang‘och qishlog‘idan 24 chaqirim janubga yursangiz, Tastubek ovuli keladi.Dengiz bu yerga 4-5 chaqirimcha yaqin qolgan.Suv sho‘rligi kamayib, ayrim baliqlar qaytmoqda.
Baliq ortidan esa baliqchilar ham kelishmoqda.
Tastubeklik Duzboy ham dengiz qurigach, Qozog‘istonning boshqa hududlariga borib baliq tutgandi.
Ammo ovoragarchilikdan bezib, ot, qo‘y va tuya boqa boshlaydi.
So‘nggi yillari dengiz sho‘rligi pasayib, baliq paydo bo‘ldi.
"Qalqonbalik ko‘paygach, qalbimizda yana umid uchquni miltilladi" - deydi Duzboy - "Hozir zog‘orabaliq, laqqa va sudak ham bor".
Nega Orol dengizi quridiyu endi qaytmoqda?
Orolga quyiladigan ikki daryo - Sir va Amu suvlarini Sovet Ittifoqi qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish uchun ishlata boshlaydi.
Sho‘rolar Markaziy Osiyoni, to‘g‘rirog‘i, O‘zbekistonni ulkan paxta maydoniga aylantiradilar.
O‘zbekiston - hamon dunyoning yirik paxta xomashyo bazalaridan biri.
Mustaqillik davrida mamlakat paxta ekishni kamaytirdi.
Lekin paxta ko‘p mehnat va suv talab qiladi. Hukumat har yili yuz minglab fuqarosini paxta dalasida ishlashga majburlaydi. O‘zbekiston uchun gaz va oltin qatorida paxta ham xaridori tayyor muhim mahsulotdir.
Mintaqada yetishtiriladigan ekinlardan aynan paxta va sholi uchun ko‘p suv sarflanadi.
Markaziy Osiyoning eng sersuv daryosi bo‘lmish Amudaryo esa so‘nggi yillar ichida Orolga yetmay, qurib qolmoqda.
Amudaryo - qadim yunon, arab va mo‘g‘ullarni lol qoldirgan Buyuk Oksus, hadislarda zikr etilgan jannatiy Jayxun...
Sirdaryo esa mintaqaning eng uzun daryosidir.Iskandar Zulqarnayn tezoqar Yaksartesdan o‘tolmaganini yozgan.Chingizxonga qarshi kurashgan Temurmalik uchun aynan Sayxun qo‘l kelgan.
Mintaqa davlatlari o‘rtasidagi maxsus shartnoma tufayli, Sirdaryo bugun Orolga, to‘g‘rirog‘i, dengizning Qozog‘iston tarafidagi kichikkina qismiga quyilmoqda.
Orol qurirkan, paxtazorlardan oqib kelib, dengiz tubiga cho‘kkan pestitsid va boshqa zaharli kimyoviy o‘g‘itlar havoga ucha boshlagan.
Xullas, Markaziy Osiyoni o‘z xomashyo bazasiga aylantirgan Sovet Ittifoqi shu asno Orol dengizini, uning tubidagi baliqlarni, atrofidagi tabiat va jonzotlarni xarob qilgan.
Orol dengizi kichrayib, ikkiga ajraladi. Qozog‘istonda mo‘‘jazgina shimoliy Kichik Orol, janubda esa aksar O‘zbekiston hududida joylashgan Katta Orol paydo bo‘ladi.
Janubdagi Katta Orol yanada qurib, Sharqiy va G‘arbiy ko‘llarga bo‘linib ketadi.
Yaqinda, 2014 yil kuzida esa sun‘iy yo‘ldoshdan olingan suratlar asosiy qismi O‘zbekistonda joylashgan Sharqiy Katta Orol butunlay qurib bitganini ko‘rsatdi.
Britaniyalik yozuvchi Tara Fittsjerald Orolbo‘yi xalqlari haqida kitob yozmoqda. U bir necha muddat oldin endi yo‘qolib, Orolqum sahrosga aylangan Katta Orol bo‘yiga, O‘zbekistonga borib kelgan.
"Paxtazorlarda ishlatilgan pestitsid va boshqa zaharli o‘g‘itlar odamlar ichadigan suvga tushgan" - deydi Tara - "Qoraqalpog‘istonda hatto ayollarga yosh bolasini emizmaslik tavsiya qilingan paytlar ham bo‘lgan".
"Dengiz o‘rnidagi jonsiz sahro manzarasi achinarli, ammo uning go‘zalligini ham inkor etolmaysan. O‘zingni xuddi Mirrix yo Oy ustida yurgandek his qilasan kishi..."
"O‘zbekiston tarafida qolgan dengiz o‘ta fusunkor, feruzarang" - eslaydi Tara.
"O‘zbekistondagi dengiz qoldig‘ida tuzlar shunchalik zichki, qo‘lingni qimirlatmasang ham suv seni tepaga ko‘taradi, unda cho‘kmaysan, sho‘r suv esa teringni chimchilay boshlaydi".
"O‘zbekistondagi dengiz butkul o‘lik.Unda baliq ham yashamaydi" - deydi Tara - "Daryolar quyilmaydi, yog‘in-sochin esa kam".
Ammo shimolda, Qozog‘iston tarafida dengizning mittigina qismi, Kichik Orol kengaya boshlagan.
Buning ikkita sababi bor.
Avvalo, Sirdaryo hozir Kichik Orolga quyilmoqda.
Ikkinchi omil esa - Kichik Orol suvini tutib turadigan to‘g‘on qurilgan.

Download 57,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish