Bitiruv malakaviy ishining tarkibi:Mazkur bitiruv malakaviy ish kirish, ikkita bob, oltita paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan.
Kirish qismida tanlangan va ish olib borilayotgan mavzuning dolzarbligi, uning maqsad va vazifalari, obyekti va predmeti, nazariy metodologik bazasi, yangiligi va amaliy moxiyati o‘z aksini topgan.
Mavzu rejalarida kasb-hunarga yo‘naltirish tizimini rivojlantirishning nazariy bazasi to‘g‘risida asosiy tushunchalar, uning xususiyatlari, prinsiplari, hamda kasb-hunarga yo‘naltirish tizimini rivojlantirishni takomillashtirish jarayonini ko‘rib chiqishda fundamental yondashuv, unga ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shuningdek ular o‘rganilib va tahlil qilindi.
Malaka ishi rejalarida kasb-hunarga yo‘naltirish tizimida professionalizmni shakllantirishda qo‘llaniladigan asosiy vositalar va ta’lim oluvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishga ta’sir qiladigan omillar va uni ta’lim tizimini rivojlanishidagi o‘rni o‘rganib chiqildi, olingan ma’lumotlar taxlil qilinib, tegishli natijalar chiqarildi.
Xulosada bitiruv ishini tayyorlash jarayonida qo‘llanilgan materiallar va ma’lumotlar asosida mavzuga oid tegishli xulosalarva takliflar berildi.
KIRISH
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha olib boriladigan ishlar mavzusida yozilgan ushbu malaka ishining dolzarbligi O‘zbekistonda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlarni amalga oshirishni yuksaltirishda muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatdagi vazifa sifatida kasbga yo‘naltirish ishlarini mazmun va sifat jihatdan takomillashtirish hozirgi kunda alohida axamiyat kasb etishi bilan izoxlanadi.
Ta’lim islohotlarining hozirgi bosqichida erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash muammosi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu boradagi milliy ta’lim modelining asosiy g'oyasi va mazmuni «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da o'z ifodasini topgan.
Respublikamizda umumiy o'rta ta’lim muassasalari oldiga qo'yilgan o'quvchilarni xalq xo'jaligining turli sohalarida samarali mehnat qilishga, kasb-hunarlarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash bo'yicha ijtimoiy buyurtmasini bajarishda Texnologiya fani o'qituvchisining roli beqiyosdir. Davlat ahamiyatiga molik ushbu vazifani bajarish uchun fan o'qituvchisidan umum mehnat bilim, ko'nikma va malakalarini, kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirishni hamda dinamik ravishda rivojlanib borayotgan pedagogik jarayon talablari darajasida pedagogika, psixologiya, metodika fanlari yutuqlari, zamonaviy texnika va ilg'or texnologiyalar, ishlab chiqarish va bozor iqtisodiyoti munosabatlari bo'yicha mukammal bilim ham da ko'nikmalarni egallashni taqazo etadi. Shu munosabat bilan, texnologiya fani o'qituvchisining bilim, ko'nikma hamda malakalari ko'lami va sifati, uning ta’lim-tarbiya jarayonini umum iy o'rta ta'lim DTS talablari asosida tashkil etish va o'tkazish bo'yicha erishgan yutuqlari va yo'l qo'ygan kamchiliklari, kasbiy mahorati va shu kabi mehnat faoliyatiga oid murakkab va ko'p qirrali faoliyatini takomillashtirish jarayonining didaktik shart-sharoitlarini aniqlash, nazorat maqsadiga muvofiq ravishda uning shakl, tur, usul va vositalarini optimal tanlash asosida nazorat o'tkazish metodikasini ishlab chiqish, uning mazmunini boyitish, bu sohada mamlakatimiz miqyosida amalga oshirilayotgan tashkiliy ishlarning tahlili bu borada amalga oshirilavotgan barcha tadbirlarni ilmiy- uslubiy asosda tashkil etilishini talab qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |