Mavzu : O'quv jarayonini manitoringini olib borishning elektron tizimi



Download 26,13 Kb.
bet2/3
Sana17.07.2021
Hajmi26,13 Kb.
#121515
1   2   3
Bog'liq
O'quv jarayonini manitoringini olib borishning elektron tizimi

O‘quv materiallarini o‘zlashtirish modeli. O‘quv materiallarini o‘zlashtirish modeli mavzuning qanday izchillikda o‘rgatish va ular orasida mantiqiy bog‘liqlikni aks ettiradi. O‘quv kursini lo­yihalashning boshlang‘ich bosqichlarida o‘quv materialini o‘rga­nishni rejalashtirish uchun alohida o‘quv elementlari ishlab chiqiladi. Model tarkibi — o‘quv elementlarining mantiqiy bog‘liqligi va matritsa tartibli munosabatlarga, o‘quv elementlarini o‘rganish izchilligiga o‘quv elementlari mantiqiy aloqasi chizmasiga asoslangan. Mazkur model quyidagi to‘rt bosqichdan iborat:

  • o‘quv elementlarining matritsa tartibli munosabatini shakllan­tirish;

  • o‘quv elementlari ro‘yxati ko‘rinishida o‘quv materiallarini o‘rganish ketma-ketligini tizim va matritsa tartibli munosabatda ishlab chiqish;

  • o‘quv elementlarining mantiqiy matritsali bog‘liqligini shakllantirish;

  • o‘quv elementlarining mantiqiy bog‘liqligi chizmasini tuzish.

Pedagogik testlash modeli.

Pedagogik testlash modeli o‘rga­nuvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashda qo‘llani­ladi. Bu sohada ko‘p tarqalgan modellar quyidagilardan iborat:



Model kombinitsiyalangan bo‘lishi mumkin. Masalan: vazifalar murakkabligi va vazifaga javob berish vaqti bilan birga, klassik model; test vaqti chegaralangan model bilan vazifalar murakkabligi ortib boruvchi model; vazifaga javob berish vaqti hisobli va adaptiv model; noaniq matematika va vazifaga javob berish vaqti hisobli model; vazifalar murakkabligi hisobli va o‘zlashtirish darajalari bo‘yicha vazifalar taqsimlangan model va boshqalar.

Aniq bo‘lmagan matematik pedagogik testlash modeli. Ushbu model boshqa ixtiyoriy pedagogik testlashning o‘sishida bo‘ladi, chunki ularda aniq xarakterli test vazifalari va javoblari bilan birga, aniq bo‘lmagan o‘xshashliklardan foydalaniladi. Bunda quyidagilar xizmat qilishi mumkin:

  • murakkab vazifalar («oson», «o‘rtacha», «yuqori o‘rta», «qiyin»);

  • javoblar to‘g‘riligi («to‘g‘ri», «qisman to‘g‘ri», «ko‘proq noto‘g‘ri», «noto‘g‘ri»);

  • javoblar vaqti («kichik», «o‘rtacha», «katta», «juda katta»);

  • yakuniy baholashning to‘g‘ri javoblari foizlarda («kichik», «o‘rtacha», «katta», «juda katta») va boshqalar. Aniq bo‘lmagan xususiyatlar kirishi o‘qituvchilarga testlarni ishlab chiqishda yordam berishi mumkin. Masalan, o‘qituvchi vazifaning murakkab yoki osonligini yetarlicha tezlikda ajratishi mumkin, biroq 100 balli shkala yoki aniq baholash bo‘yicha ikki murakkab vazifaning qiyinligi jihatidan farqini aytish yetarlicha oson bo‘lmaydi. O‘rganuvchiga testlash natijasida yig‘ilgan aniq ballardan ko‘ra aniq bo‘lmagan baholash nuqtai nazaridan uning bilimini «yaxshi», «a’lo», «qoniqarli» ko‘rinishi ko‘proq tushunarli bo‘ladi.

Ssenariy bo‘yicha pedagogik testlash modeli.

Quyidagi jihatlar o‘qituvchilar tomonidan testlar ssenariysini shakllantirishda qo‘llaniladi: testda har bir mavzu bo‘yicha qancha vazifalar soni mavjud bo‘lishi; testda murakkabligi darajasi bo‘yicha bir qancha vazifalar soni mavjud bo‘lishi; testda har bir shakl bo‘yicha bir qancha vazifalar soni mavjud bo‘lishi; testlar uchun ajratiladigan vaqt; boshqa ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lishi.

Ssenariyni o‘quv kursining ixtiyoriy hajmi: bo‘limlar, fanlar, muta­xassisliklar bo‘yicha yaratish mumkin. Bevosita testlashtirishda har bir testning murakkablik darajasi, mavzusi, shakllari bo‘yicha vazifalar tanlash va shuningdek, umumiy vazifalar bazasida tasodifiy tarzda kelib chiqadi. Shuning uchun har bir o‘rganuvchi o‘zining vazifasini oladi.

Olingan testlar barcha o‘rganuvchilar uchun paralell ko‘rinishda, shuningdek, vazifalar bir xil miqdorda va darajada murakkablik yig‘indisiga ega bo‘ladi, biroq modeldan farqi murakkab jihatining o‘sib borishi bilan barcha o‘rganuvchilar uchun mutloq bir xil shartli testlashni ta’minlash, demak, har bir mavzu bo‘yicha qancha va qanday vazifalar bo‘lishi kerakligini bu yerda test ishlab chiquvchilar o‘zlari hal qilishlari, shuningdek, paralellikni ta’minlashlari zarur.

Ushbu modelni adaptiv model bilan taqqoslash kam samara beradi, shuningdek, har bir o‘rganuvchining individuallik asoslariga sozlana olmaydi, yagona ustunligi psixologik xarakterining ustunligi: adaptiv model bo‘yicha testlashda o‘rganuvchi turli miqdordagi savollarga javob beradi va xuddi har xil shartlarda joylashadi.

Ssenariy bo‘yicha testlash paytida barcha o‘quvchilar har bir mavzu va murakkablik darajasi bo‘yicha bir xil miqdorda savollar oladi. Testlash natijalari ishonchliligi bilan ishonchlilik solishtiri­lishida testlashda murakkablik jihatining oshib borishi olinadi.




Download 26,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish