8-Mavzu. Nazorat ishi va tahlili
Reja:
1.Ijodiy bayon matni bilan tanishtirish.
2. Ijodiy bayon yozish
3. Nazorat ishi tahlili.
Quyida keltirilgan mavzu asosida matnni o’z fikrlaringiz bilan kengaytirib, ijodiy bayonni reja tuzib yozing .
Farzand burchi
Odamzod o’z ibtidosidan boshlab hozirgi kungacha bir ajoyib fazilatini yorug’ yuz bilan saqlab keladi. Bu fazilat – ota – ana oldidagi farzandlik burchining har vaqt, hamma yerda sharaf bilan bajarilishidir. Farzand katta yo kichik yoshda bo’lishidan qat’i nazar ota – onasining hurmarini, demak, xizmatini qiladi. Bundan o’zgacha bo’lishini tasavvur qilish qiyin , albatta. Shuning uchun qiyinki, farzandini ne-ne umid, ne-ne intizorlik bilan dunyoga kelturguncha , ne-ne mehnat, ne-ne mashaqqat bilan uni voyaga yetkazib, xalq xizmatiga topshirguncha ota-ona yuzlariga ajin, sochlariga oq tushadi…
Do'stlaringiz bilan baham: |