1 Mavzu : Namuna bo‘yicha ketma-ketlikni davom ettirish
Sana__________________________ 1 – 5 – misol va masala 124-125-sah
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida sonlarni qo’shish va ayrishni o’rgatish.
Ta’limiy: O’quvchilarga Namuna bo‘yicha ketma-ketlikni davom ettirishni o’rgatish.
Tarbiyaviy: Barkamol avlodga xos odoblilik san’ati va madaniyatini o’rgatish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK 1. matematikaga oid atamalarni to‘g‘ri talaffuz etish; o‘z fikrini aniq ifodalay olish; TK3 masala yechish orqali ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy munosabatini bildira olish; FK 1. 0 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, to‘g‘ri va teskari tartibda sanay oladi;
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: aqliy hujum , mustaqil ish..
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, tarqatmalar, test savollari.
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish
b) ma’naviyat daqiqasi Kun yangiligi
d) ingliz tili daqiqasi 56 -fifty –six, 57 – fifty -seven
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Nazorat:Uy vazifasini tekshirish, og’zaki so’rov, doskada misol va masalalar yechish.
Baholash:Uy vazifasining bajarilishi, mustaqil misollar bajarishiga qarab rag’batlantiriladi.
III Yangi mavzu bayoni 1 – misolda berilgan jadval yordamida yangi mavzuni tushuntirish.
2. Bog‘bon bir tup xurmodan 30 kg, ikkinchi tup xurmodan esa 9 kg ortiq hosil yig‘ib oldi. Bog‘bon ikkala tup xurmodan necha kilogramm xurmo yig‘ib olgan?
Yechish; 30 + 9 = 39
1tupdan – 30 kg xurmo 30 + 39 = 69
2chi tupdan – ? 9 kg ortiq xurmo ? kg Javob: 69 kg xurmo.
O’quvchilarni og’zaki nutqini o’stirish maqsadida kim tez sanaydi musobaqasini o’tkazish.
4. Misol doskada bajariladi. O’quvchilar ishlarini tushuntirib beradilar.
Misolni o’quvchilar mustaqil bajaradilar. Ular ishini kuzatish va baholash.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash O’quvchilar yozuvini nazorat qilish. 4 - masala shartini tushuntirish. Rasm va qisqa yozuv bo‘yicha masala tuzing va uni yeching:
Yechish:
14 + 6 = 20
Javob: Savatda 20 kg.
V Baholash. Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI Uyga vazifa. 5 – misol.
2 Mavzu: 1 – 4 – misol va masala
Sana______________________ 125-sah
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida qo’shish va ayrishni o’rgatish.
Ta’limiy: O’quvchilarga nol bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni ayrishni o’rgatish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK 1. matematikaga oid atamalarni to‘g‘ri talaffuz etish; o‘z fikrini aniq ifodalay olish; TK3 masala yechish orqali ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy munosabatini bildira olish; FK 1. 0 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, to‘g‘ri va teskari tartibda sanay oladi;
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: Savol javob, muammoli vaziyat , zinama – zina.
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, tarqatmalar, test savollari.
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish
b) ma’naviyat daqiqasi Kun yangiligi
d) ingliz tili daqiqasi 58 . fifty - eight, 59. fifty-nine
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
O’tgan mavzuni mustahkamlab yangi mavzu bilan bog’lash.
III Yangi mavzu bayoni 1. Namuna bo‘yicha bajaring:
20 = 10 + 10 50 = 30 +20 80 = 50 + 30
30 = 20 + 10 60 = 50 + 10 90 = 70 + 20
40 = 30 + 10 70 = 40 + 30 100 = 50 +50
2. Botirda 28 ta yong‘oq bor. Ukasidagi yong‘oqlar akasinikidan 8 ta kam. Aka ukada hammasi bo‘lib nechta yong‘oq bor?
1) ukasidagi yong‘oqlar soni – 28 - 8;
2 ) aka-ukadagi hamma yong‘oqlar so ni – 28 + (28 - 8). Yechilishi: 28 + (28 - 8) = 28 + 20 = 48 ta
Javob: Aka-ukadagi hamma yong‘oqlar soni 48 ta
IV Mustahkamlash O’quvchilar 2 guruhga ajratiladi ularga 3 –misolni bajarish sharti qo’yiladi. O‘yla, izla, top!
V Baholash. Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI Uyga vazifa. 4 – misol
Do'stlaringiz bilan baham: |