Mavzu : milliy qaxromonlar to’maris,shiroq va spetamen reja to’maris xaqida Shiroq xaqida


Toʻmaris - (mil. avv. VI asr) - Turon xalqlarining ahamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda. Toʻmaris



Download 22,96 Kb.
bet2/3
Sana18.03.2022
Hajmi22,96 Kb.
#500423
1   2   3
Bog'liq
MILLIY QAXROMONLAR TO’MARIS,SHIROQ VA SPETAMEN mustaqil

Toʻmaris - (mil. avv. VI asr) - Turon xalqlarining ahamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda.
Toʻmaris (mil. av. 6-asr) — Turon xalqlarining axomaniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda. Qad. yunon tarixchisi Gerodoshnpng "Tarix" (mil. av. 5-asr) asarida yozilishicha, Axomaniylar davlati asoschisi Kir II mil. av. 530 yilda Turonga bostirib kirganida, T. massagetlar qabilasining malikasi boʻlgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) boʻylari va Qizilqumda yashashgan. T. massagetlar podshosining xotini boʻlib, u erining vafotidan soʻng davlatni boshqargan.
Erondan kelgan bosqinchilar qoʻshini bilan massagetlar oʻrtasida shiddatli janglar boʻlgan. Dastlabki jangda T.ning oʻgʻli Spargalis (Siparangiz) boshchiligidagi massagetlar gʻolib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar hiyla yoʻli bn Spargalis va ayrim massagetlarni asir olishganda, ornomusga chiday olmagan Spargalis oʻzini oʻldirgan. T. oʻgʻlining halokatidan esankirab qolmay, oʻz xalqining manfaatini oʻylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini soʻraydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki oʻrtada ayovsiz jang boʻlgan. Gerodot massagetlar va forslar oʻrtasidagi jang tafeilotlarini oʻz asarida quyidagicha tasvirlaydi: "Mening bilishimcha, bu jang varvarlar oʻrtasidagi barcha janglardan ham dahshatli boʻlgan. Avval har ikkala qoʻshin bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan oʻqqa tutdilar. Kamon oʻklari tugagach, ular nayza va qilich bn kurashdilar. Jang uzok, vaqt davom etdi. Koʻp qon toʻkildi. Nihoyat, massagetlar gʻalaba qozondilar. Fors qoʻshinlarining asosiy qismi, jumladan, Kir II ham jang maydonida halok boʻlgan. toʻliq 29 y. shohlik qilgan edi. Kir II ning jasadi topilgach, malika (T.)ning buyrugi bn uning kesilgan boshi inson qoni bn toʻlgʻazilgan meshga solingan".
T.ning jasorati va harbiysiyosiy faoliyati toʻgʻrisida xalq dostonlari yaratildi, jangnoma va rivoyatlar toʻqildi. Ergash Jumanbulbul oʻgʻlidan Hodi Zarifov yozib olgan "Oysuluv" dostonida Turon mamlakatining podshosi Oysuluv obrazida T. faoliyati oʻzining badiiy talqinini topgan. Yozuvchi Mirkarim Osim "Toʻmaris" qissasida uning jasoratini ulugʻlaydi. Ibrohim Yusupov "Toʻmaris" (1974) dostonini yozgan, kompozitor Ulugʻbek Musayev shu nomli balet (1982)ni sahnalashtirgan. Oʻzbekistonda ayollar oʻrtasida "Toʻmaris oʻyinlari" festivali oʻtkazilmoqda.
Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix” (mil. avv. V asr) asarida yozilishicha, Ahamoniylar davlati asoschisi Kir II mil. avv. 530-yilda Turonga bostirib kirganida, Toʻmaris massagetlar qabilasining malikasi boʻlgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) boʻylari va Qizilqumda yashashgan. To‘maris massagetlar podshosining xotini boʻlib, u erining vafotidan soʻng davlatni boshqargan. Erondan kelgan bosqinchilar qoʻshini bilan massagetlar o‘rtasida shiddatli janglar boʻlgan. Dastlabki jangda To‘marisning oʻgʻli Sparangiz (Sparganis) boshchiligidagi massagetlar gʻolib chiqqan.
Biroq keyingi jangda forslar hiyla yoʻli bilan Sparangiz va ayrim massagetlarni asir olishganda, or-nomusga chiday olmagan Sparangiz oʻzini oʻldirgan. Toʻmaris oʻgʻlining halokatidan esankirab qolmay, oʻz xalqining manfaatini oʻylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini soʻraydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki oʻrtada ayovsiz jang boʻlgan.
Mil.av.VI asr o‘rtalarida qadimgi Fors shohlari sulolasidan bo‘lgan ahamoniylar xonadoni hukmdorlari tarkibiga jahonning barcha yirik mamlakatlari va shaharlari kirgan, imperiya barpo etishga harakat qila boshladilar. Kir II (mil.av.558-530) O‘rta Osiyo hududini bosib olishga harakat qilib ko‘rgan ilk fors podshosi bo‘lgan. Mil.av. 545 va 540-yillar oralig‘ida u Parfiya, Marg‘iyona va Baqtriyani bosib oldi. Mil.av. 530-yilda, Kir II 200 000 kishilik qo‘shini bilan massagetlar ustiga yurishga otlandi.
Qadimgi yunon tarixchisi Geradotning (mil.av.V asr) “Tarix” asarida yozilishicha, Ahamoniylar davlati asoschisi Kir II mil.av. 530-yilda Turonga bostirib kirganida, massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) bo‘ylari va Qizilqumda yashashgan. To‘maris (ayrim manbalarda Tomir xotin dеgan taxminlar ham bildirilmoqda) massagetlar podshosining xotini bo‘lib, u erining vafotidan so‘ng davlatni boshqargan. To‘marisning tarjimayi holi haqida hеch qanday ma’lumot saqlanib qolmagan, faqat uning jasorati haqidagi rivoyatlar yetib kеlgan.
Erondan kelgan bosqinchilar qo‘shini bilan massagetlar o‘rtasida shiddatli janglar bo‘lgan. Dastlabki jangda To‘marisning o‘g‘li Sparangiz (Sparganis) boshchiligidagi massagetlar g‘olib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar hiyla yo‘li bilan Sparangizni asir olishganda, or-nomusga chiday olmagan Sparangiz o‘zini o‘ldirgan. To‘maris o‘g‘lining halokatidan esankirab qolmay, o‘z xalqining manfaatini o‘ylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini so‘raydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki o‘rtada ayovsiz jang bo‘lgan. Gerodot massagetlar va forslar o‘rtasidagi jang tafsilotlarini o‘z asarida quyidagicha tasvirlaydi.
“G‘arbdan Kaspiy dengizi, Kavkaz bilan chegaradosh, sharqda esa quyosh chiqish yo‘nalishida unga cheksiz ko‘z ilg‘amaydigan tekislik tutashadi. Bu ulkan tekislikni ko‘pchilik qismini tilga olingan massagetlar egallaydi, ularga qarshi Kayxusrav urush qilishni o‘yladi. Kayxusravda bu yurishga undaydigan juda muhim sabablar bor edi. Eng avvalo u o‘zini odamdan yuqori hayol qildi, keyin unga barcha urushlarda baxt kulib boqdi. Axir Kayxusravga qarshi borgan hech bir xalq o‘z halokatidan qochib qutila olmadi.
Massagetlarni malikasi marhum podshoning rafiqasi edi. Uni To‘maris deb atar edilar. Unga Kayxusrav elchilarni sovchilik bahonasi bilan go‘yoki uni o‘ziga xotin qilish maqsadida jo‘natdi. Lekin To‘maris, Kayxusrav unga uylanish emas massagetlar podsholigi ilinjida ekanini tushundi va uni rad qildi. Shunda Kayxusrav ayyorlik bilan o‘z maqsadiga erisha olmagani uchun massagetlarga qarshi ochiq urush bilan keldi. Qo‘shinni o‘tkazish uchun podshoAraks daryosiga ko‘priklar qurushni, ko‘priklar turgan kemalarda esa minoralar ko‘tarishni buyurdi. Kayxusrav qo‘shini hozircha bu ishlar bilan band ekan, To‘maris chopar orqali Kayxusravga mana buni aytishga buyurdi: Midiyaliklar podshohi o‘z niyatingdan qayt. Axir sen oldindan bilmaysanku, bu ko‘priklarni qurish sen uchun yaxshilikka xizmat qiladimi, qo‘y buni, o‘z davlating ustidan podsholik qil va biz o‘z-o‘zimizga hokim bo‘lganimizga hasad qilma.
Gеrodotning yozishicha, qadimda turonliklar, xususan, massagеtlar quyoshga, yеrga sig‘inishgan. Ular o‘z vatanlarini quyosh kabi muqaddas dеb bilganlar. To‘maris barcha turonliklarning jasoratli onasi, ozod Vatanga sadoqat timsoli bo‘lib qoldi.
Gerodot massagetlar va forslar oʻrtasidagi jang tafsilotlarini oʻz asarida quyidagicha tasvirlaydi: “Mening bilishimcha, bu jang varvarlar oʻrtasidagi barcha janglardan ham dahshatli boʻlgan. Avval har ikkala qoʻshin bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan oʻqqa tutdilar. Kamon oʻqlari tugagach, ular nayza va qilich bilan kurashdilar. Jang uzoq vaqt davom etdi. Koʻp qon toʻkildi. Nihoyat, massagetlar gʻalaba qozondilar. Fors qoʻshinlarining asosiy qismi, jumladan, Kir II ham jang maydonida halok boʻlgan. U toʻliq 29 yil shohlik qilgan edi. Kir II ning jasadi topilgach, malika (Toʻmaris)ning buyrugʻi bilan uning kesilgan boshi inson qoni bilan toʻlgʻazilgan meshga solingan”.
Shiroq (yunon manbalarida Sirak) (mil. av. 6-asr) — Turon xalqlarining axomaniylar podshosi Doro I (qarang Doro) bosqiniga qarshi kurashgan xalq qahramoni. shahrining hayoti haqida manbalarda juda oz maʼlumotlar saqlanib qolgan. Mil.av. 6-asr boshlarida Eron shohi Doro I qoʻshini Turon hududiga bostirib kirgan. Yunon tarixchisi va notigʻi Poliyen (mil. 2-asr) ning 8 kitobdan iborat „Harbiy hiylalar“ („Strategmalar“) asarida ilk marta Shiroq jasorati tilga olingan.
Poliyenning yozishicha, sak qabilalari oqsoqollari Sakfar, Omarg va Oamiris fors qoʻshinini yengish uchun harbiy kengash (qurultoy) oʻtkazayotganda, ularning huzuriga oddiy otboqar Shiroq kelib, oʻz rejasini bayon qilgan. Rejaga koʻra, Shiroq oʻz qabilasi manfaatini himoya qilib, harbiy hiyla ishlatgan va yolgʻiz oʻzi Doro I lashkariga qarshi turgan.
Shiroq Doro I qarorgohiga kelib, unga qabiladoshlari nohaq sitam yetkazganligi uchun (uning burni va quloqlari kesilgan edi) u Eron qoʻshinini saklar (shaklar) qabilasi turgan yerga qisqa yoʻl bilan olib borishini aytib, dushman qoʻshinini Qizilqum choʻli ichkarisiga boshlaydi. Eron qoʻshini „yoʻlboshlovchi“ning maslahati bilan faqat 7 kunga yetadigan suv, oziq-ovqat va yem-xashak olgan edi. Jazirama issiqda choʻlni kechib oʻtayotgan dushman qoʻshini holdan toyib, oziq-ovqat ham tugaydi. Nihoyat, muhlatning 7 kunida dushman qoʻshini aldanganini payqaydi. Shiroq atrofini qurshab olgan shoh Doro I va uning sarkardalariga qarata quyidagi soʻzlarni aytgan: „Men yolgʻiz oʻzim Doro qoʻshinini yengdim. Sizlarni aldab, choʻlning qoq oʻrtasiga olib keldim. Xohlagan tomoningizga ketishingiz mumkin, vohagacha toʻrt tomoningiz ham 7 kunlik yoʻl!“.
Dahshatga tushgan shoh va uning sarkardalari Shiroqga yolvorib, unga suvsiz choʻldan olib chiqishi uchun katta boylik vaʼda qilishadi. Shiroq vatan ozodligi yoʻlida jonni fido qilishini aytgach, Doro 1 ning sarkardasi Ranosbat uni qilich bilan chopib tashlaydi. Qoʻshinning asosiy qismi suvsizlik va ochlikdan Qizilqum choʻlida qirilib ketgan. Faqat Doro I va uning oz sonli aʼyonlari yomgʻir yogʻishi natijasida halokatdan qutulib, Baqtra daryosi (Amudaryo) qirgʻogʻigacha yetib kelishgan.
Shiroqning jasorati haqida turkiy xalqlar oʻrtasida jangnoma va rivoyatlar yaratildi. Bu rivoyatlar „Shiroq“ nomi bilan mashhur. Buxoro choʻponlari oʻrtasida bu rivoyatlar hozir ham aytiladi. U turkiy xalqlarga qoʻshni boshqa hududlardagi xalq ogʻzaki ijodiga ham kuchli taʼsir koʻrsatgan. Bu tarixiy voqeani oradan 800 yil oʻtgach, Poliyen oʻz asarida yuqoridagicha keltirib oʻtgan. Yozuvchi Mirkarim Osim „Shiroq“ hikoyasi va shoir Usmon Qoʻchqor „Shiroq“ dostonida Shiroq jasoratini ulugʻlashgan. Toshkentda Shiroq nomli koʻcha mavjud. Shiroq milliy qahramon sifatida Oʻzbekiston tarixiga oid turli kitoblarda oʻziga munosib oʻrnini egallagan.
Spitamen (qad. fors tili. Spitamana, qad. yunon tili. Σπιταμένη, miloddan avvalgi 370-328-yillar), sug'dlar sarkardasi. Spitamen miloddan avvalgi 329328-yillarda Sug‘diyonada makedon bosqinchilariga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘oloni rahbari.

Download 22,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish