Yurak mushagining yoki yurak qorinchalarining gipertrofiyasi;
O’pka shishi;
Miya shishi;
Yurakning ishemik kasalligi;
Aorta anevrizmasi.
Krizning nisbatan yengil asoratlariga tizimli bosh aylanishi va doimiy bosh og’riqlari kiradi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, o’z vaqtida tibbiy yordam ko’rsatilmagan taqdirda og’ir kriz o’limga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, gipertoniyasi bo’lgan yoki bu kasallikdan aziyat chekadigan qarindoshlari bo’lgan kishilar, gipertonik kriz nima, uning belgilari va u sodir bo’lganda birinchi yordam ko’rsatish haqidagi ma’lumotlardan xabardor bo’lishi kerak.
Krizning yanada og’irlashuviga va asoratlar rivojlanishining ehtimolini oshirishga yordam beradigan ba’zi omillar ham mavjud. Ular quyidagilardir: