1-chizma
Ssuda kapitali o'ziga xos tovar sifatida gavdalanar ekan, u holda undan
foydalanishda to'lanadigan foiz kapital "baho"si bo'lib ishtirok etadi. Ammo bu o'ziga
xos baho tovarning pul shaklidagi qiymatini aks ettirmaydi, balki kapitalning tovar
shaklidagi iste'mol qiymatini- foyda keltirish qobiliyatini aks ettiradi. Foiz normasi -
ssuda kapitaliga olinadigan yillik daromadning qarzga (ssudaga) berilgan kapital
summasiga nisbatidir. Masalan, 100 ming so'mlik kapital ssudaga berilgan bo'lsa,
yillik foiz daromadi 4 ming so'mga teng bo'lsa, u holda foiz normasi 4 foizga teng
bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |