Mavzu : Korxonalar moliyaviy oqimlarining mohiyati va tasniflanishi. Reja : Kirish


Moliyaviy oqimlar va ularning mazmun-mohiyati



Download 55,59 Kb.
bet5/12
Sana31.12.2021
Hajmi55,59 Kb.
#267663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Sunnat

Moliyaviy oqimlar va ularning mazmun-mohiyati .

Korxonalarning jamg‘armalari, daromadlari hamda markazlashtirilgan va
markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan
foydalanish jarayonidagi pul mablag‘larining miqdoriy va sifat jihatidan
harakatiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida
shakllanishi lozim bo‘lgan moliyaviy resurslar fondlarining o‘lchamiga bog‘liq.
Mamlakatning iqtisodiy (moliyaviy) qudrati qancha kuchli bo‘lsa, uning o‘sishiga
xizmat qiluvchi moliyaviy resurslar fondi va moliyaviy oqimlar hajmi shuncha
katta (hajmli) bo‘ladi. Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnomasi ular shakllantiruvchi moliyaviy resurslar fondining nimaga mo‘ljallanganligi bilan bevosita bog‘liq. Masalan, soliqli moliyaviy oqim bilan korxonaning tushumini shakllantiruvchi moliyaviy oqim sifat jihatidan bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun ham ularni boshqarish metodlari ham turlichadir. O‘zining sifat mazmuniga ko‘ra quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq: budjetli-soliqli moliyaviy oqimlar - barcha darajalardagi budjetlarning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladi; tijorat (tijoriy) moliyaviy oqimlari – tadbirkorlik xo‘jalik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi; nobudjet moliyaviy oqimlar – notijorat tashkilotlarining fondlarini shakllantiradi;
Moliyaviy oqimlarni boshqarishning funksiyalari quyidagilardan iborat: qonunchilik – Oliy Majlisning vakolatida; nazoratchilik (tartibga soluvchanlik) – Hisob palatasi va mamlakatning boshqa nazorat organlari (Moliya vazirligi, soliq va bojxona qo‘mitalari va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi; boshqaruvchanlik – korxona va korporatsiyalar, banklar, soliq organlari, Xazinachilik apparati va Moliya vazirligining hisob-kitob-kassa va boshqa xizmatlarining vakolatida; nadzorchilik – korxonalarning moliyaviy jihatdan kasodga uchraganligigi
to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radigan va bu holda moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni
amalga oshiruvchi arbitrajlik sudlari tomonidan bajariladi.
Moliyaviy oqimlarni boshqarish bo‘yicha yuqoridagi organlarning
funksiyalari bir-biri bilan qo‘shilib ketib, ularni har doim ham ajratib (alohida
qilib) bo‘lmaydi. Agar moliyaviy oqimlar moliyaviy resurslar aylanishining qonuniyatlariga muvofiq ravishda, ko‘zda tutilgan tartibda (rejimda) va rejada aks ettirilgan hajmda, ishlab chiqarish va sotsial vazifalarni samarali yechish uchun kerak bo‘lgan tarzda va takror ishlab chiqarish siklini pul mablag‘lari bilan to‘liq
ta’minlash tarzida amal qilsa, bularning barchasi, moliyaviy oqimlarning samarali ekanligidan dalolat beradi. Moliyaviy oqimlarning samaradorligi pul mablag‘larining yyetarli bo‘lmagan hajmda va o‘z vaqtida tushmaganligida pasayadi. Moliyaviy oqimlar ritmining buzilishi resurslarning doiraviy aylanishi va daromadlarning olinishida uzilishlarning bo‘lishiga, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatda keskin yo‘qotmalarning bo‘lishiga olib keladi. Moliyaviy oqimning samaradorligini quyidagicha aniqlash mumkin: Hmo – davriy koeffitsiyentga o‘zgartirilgan (korrektirovka qilingan) haqiqatdagi moliyaviy oqim; Rmo - rejadagi moliyaviy oqim. Moliyaviy oqimlar moddiy resurslarning uchrashma harakatini o‘zida aks
ettiradi. Ular orqali iqtisodiyotning makro- va mikrodarajalarida (korxonalar,
firmalar, korporatsiyalar va boshqalarda) mulkdan foydalanishning holati,
dinamikasi va samaradorligi nazorat qilinadi. Tushumlar va boshqa pul mablag‘larining kelib tushishini (oqib kelishini) aks ettiradigan moliyaviy oqimlar ijobiy oqimlar deyiladi. Aksincha, pul mablag‘larining oqib ketishini xarakterlaydigan moliyaviy oqimlar salbiy oqimlar deyiladi. Korxonaning moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun ijobiy moliyaviy
oqimlar salbiy moliyaviy oqimlardan ancha yuqori bo‘lishi kerak. Bunday
sharoitda korxonaning ixtiyorida qoluvchi pul mablag‘larining o‘lchamini aks
ettiruvchi sof moliyaviy oqimning bo‘lishi ta’minlanadi. Sof moliyaviy oqim
korxona moliyaviy salohiyatining o‘sish, ular daromadlarining
kapitalizatsiyalashuvi darajasini aniqlash, investitsion va innovatsion
imkoniyatlarining manbai bo‘lib hisoblanadi. Korxona va korporatsiyalar sof moliyaviy oqimining o‘sishi ular rentabelligi va investitsion samaradorligini oshirish imkoniyatlarini xarakterlaydi hamda moliyaviy ahvolini mustahkamlashning muhim shart-sharoiti hisoblanadi. Makrodarajada moliyaviy ahvolni xarakterlaydigan quyidagi bir necha ko‘rsatkichlar mavjud:
bir ishlovchi to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan YaIMning miqdori; inflyatsiya darajasi va dinamikasi; davlat byudjetining ahvoli (defitsit, profitsit); oltin valyuta zahiralarining miqdori va dinamikasi. Davlatning moliyaviy ahvoli mamlakat sotsial-iqtisodiy kompleksi faoliyatining natijasidir. Jahon taraqqiyoti tendensiyalarining ko‘rsatishicha, hozirgi sharoitda davlat moliyaviy ahvolini mustahkamlashning asosiy joriy va istiqboldagi rezervi ijtimoiy
intellektning (sotsial kapitalning) to‘planishi (jamg‘arilishi) va uni iqtisodiy
o‘sishning innovatsion-investitsion strategiyasida foydalanish jarayonida samarali
moddiylashtirish hisoblanadi. Sotsial xarakterdagi muammolarni (maorif, sog‘liqni
saqlash, madaniyat va boshqalarni) hal etish, turmush tarzining (hayotning) sifat
darajasini oshirish bilan birgalikda, iqtisodiy taraqqiyotning kuchli omili va buning
oqibatida esa, mamlakat joriy va istiqboldagi salohiyatini mustahkamlashning
muhim,shartidir.

Davlat qarzlarini o‘z vaqtida qaytarish (uzish) davlatning moliyaviy ahvolini


ko‘rsatuvchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Murakkab moliyaviy
vaziyatda davlat defolt, ya’ni bir tomonlama tartibda qabul qilingan xalqaro
moliya-kredit majburiyatlardan bosh tortish e’lon qilishi mumkin. Bir vaqtning
o‘zida davlat qarzlarini restrukturizatsiya qilish va uning qaytarilish muddatlari
bo‘yicha kreditorlar bilan muvofiqlashtirilgan holda choralarni ishlab chiqish va
ularni amalga oshirish kerak. Korxonalar, firmalar va korporatsiyalar darajasida moliyaviy ahvol to‘lovga qobillilik bilan, ya’ni bozor iqtisodiyotining boshqa subyektlari va soliq organlari oldida moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida uzish imkoniyati bilan xarakterlanadi. To‘lovga qobillik bu korxona barcha pul aktivlari (Pa) va to‘lov muddati kelgan (yoki o‘tgan) moliyaviy majburiyatlar (Mm) o‘rtasidagi nisbat demakdir. Sog‘lom ishlayotgan korxonalar uchun to‘lovga qobillik koeffitsiyenti (TQk) doimo birdan yuqori bo‘lishi kerak:
Korxonaning moliyaviy holatini aniqlash uchun likvidlilik, aylanma
aktivlarning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi va boshqa
shu,kabi,,ko‘rsatkichlardan,,foydalaniladi.
Ma’lum bir aniq sanada va iqtiqbolda korxona to‘lov majburiyatlari va uning
moliyaviy imkoniyatlari o‘lchamini balanslashtirishning asosiy metodi moliyaviy
oqimlar byudjetidir (balansidir). U o‘z ichiga korxona ixtiyoriga kelib tushadigan
pul mablag‘lari va korxona tomonidan sarflanadigan pul mablag‘larini oladi. Bu
narsa doimiy ravishda korxona pul mablag‘larining harakatini nazorat qilish, ular
dinamikasini baholash va bashoratlash imkonini beradi. Ana shunday budjet
asosida korxonaning to‘lovga qobilligini boshqarish amalga oshiriladi62.
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu korxona to‘lovga qobilligining kengaytirilgan
koeffitsiyenti, demakdir. Agar uning chap tomoni (daromadlar qismi) o‘ng
tomoniga teng yoki undan katta bo‘lsa, unda korxona to‘lovga qobildir. Agar uning
o‘ng tomoni (xarajatlar qismi) chap tomonidan oshsa, u holda korxona to‘lovga
qobil emas hisoblanadi. Moliyaviy oqimlar byudjeti (balansi) pul mablag‘larining
tushilmalari va ularning sarflanish yo‘nalishlari bo‘yicha bir-biri bilan o‘zaro
bog‘liq bo‘lgan rejali-istiqbolli hisob-kitoblar tizimidan iborat bo‘lib, u
budjetlashtirish tizimiga (sotuvlar byudjeti, to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) va egri
(bilvosita) xarajatlar byudjeti, investitsion budjet va boshqalardan) asoslanadi.
Moliyaviy oqimlarning miqdoriy va sifat tavsifnomalari orqali korxonaning
faoliyati ifodalanadi. Ular ishlab chiqarish barcha omillari harakatining qiymatdagi
ifodasidan iboratdir. Menejmentda sifat jihatdan farqlanuvchi boshqaruv tizimi -
korxonani moliyaviy boshqarish tizimi shakllandiki, bu narsa moliyaviy oqimlar
orqali ishlab chiqarish, mahsulot realizatsiyasi, resurslarning aylanuvchanligi,
xarajatlar, rentabellik va boshqa jarayonlarning boshqarilishini ko‘zda tutadi.
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu haqiqatda turli davriy muddatlarda
hisoblanadigan korxonaning moliyaviy rejasidir. Turli davrlar uchun (kunlik,
dekadalik, oylik, choraklik, yillik va uzoq istiqboldagi) moliyaviy oqimlarning
bashoratli budjetlarini tuzish korxonaning to‘lovga qobillik darajasini oshirishga
imkon beradi va kelajakda uning moliyaviy holati barqarorligini ta’minlaydi.



    1. Download 55,59 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish