Mavzu : Kimyoviy jihozlar va asboblar bilan tanishish



Download 372,32 Kb.
bet4/5
Sana15.06.2022
Hajmi372,32 Kb.
#673530
1   2   3   4   5
Bog'liq
Lab 2

Idishlarni yuvish
Tajribalar uchun ishlatiladigan idishlar toza bo'lishi kerak. Tajriba bajarilishidan oldin kimyoviy idishlar уaxshilab yuviladi. Bu idishlar oldin maxsus cho'tkalar yordamida vodoprovod suvi bilan yuviladi, so'ngra distillangan suv bilan bir necha marta chayiladi. Idishlarni hech qachon qum bilan yuvish yaramaydi, chunki qum bilan yuvilganda idishlar tirnaladi va ularning mustahkamligi yo'qoladi.
Agar idish juda iflos bo'lsa va mexanik usulda tozalash imkoni bo'lmasa kimyoviy usul qo'llaniladi. Xromli aralashma shishani yaxshi ho'llashni ta'minlaydi (xromli aralashma katta chinni hovonchada tayyorlanadi, 10 g atrofida kaliy bixromat mayda kukun holigacha eziladi, kukun 3-5 ml suv bilan ho'llaniladi va unga aralashtirib turib 100 ml konsentrlangan (96% li) sulfat kislotasi quyiladi. Tindirilgan eritma qalin shliflangan shisha idishda saqlanadi. Idish xromli aralashma bilan yuvilgandan keyin, aralashma boshqa shunga o'xshagan idishga quyib olinadi (Vodoprovod rakovinasiga quyish mumkin emas). Vodoprovod suvida yaxshilab yuviladi, so'ngra distillangan suv bilan chayiladi. Ayrim hollarda idishlarni yuvish uchun ishqorning spirtdagi eritmasi ishlatiladi. (ishqorning spirtdagi eritmasini 5-10 g o`yuvchi natriyni 100 ml etil spirtida eritib tayyorlanadi). Yuvilgan kimyoviy idishlarning ichki tomoni hech qachon sochiq bilan artilmaydi. Agar quritish kerak bo'lsa, quritish shkafida quritiladi (o`lchov idishlari hech qachon qizdirish yo'li bilan quritish mumkin emas.

Laboratoriyada ishlatiladigan qizdirish asboblari
Laboratoriyada turli qizdirish asboblari: spirt lampasi va gaz gorelkalari, elektroplitkalari, qum va suv hammomlari, mufel pechlari, quritish shkaflari ishlatiladi.


Qizdirish asboblari.



8-rasm. Qizdirish asboblari
Gaz gorelkasi bilan ishlash:
Laboratoriyada issiqlik manbai sifatida tabiiy gazdan foydalaniladi. Uning tarkibi asosan 93-98% metan CH4 dan iborat. Laboratoriyada qizdirish uchun amalda bunzen gorelkasi (muftali) va Teklyu gorelkasi(diskali) ishlatiladi . Bu gorelkalar metalldan tayyorlangan naycha va taglikdan iborat.
Taglikda yonaki gaz nayi bo'lib, u rezina shlang vositasi metall naychaning pastki qismidagi doira shaklidagi teshik orqali havo boriladi (havoning berilishi mufta yordamida boshqariladi). Qizdirish asboblarining ancha qulay va takomillashgani Teklyu gaz gorelkasidir, chunki u havonigina emas, balki gazning kelishini aniqroq tartibga solib turishiga imkon beradi. Teklyu gorelkasida nayning voronkasimon qismi bilan vintli disk orasida tirqish hosil bo'ladi va bu tirqish orqali gorelkaga havo o'tadi: diskni burab tirqishni kengaytirish yoki toraytirish va gorelkaga kiradigan havo miqdorini o'zgartirish mumkin. Gorelkada havo yetishmay qolsa, gaz chala yonadi va dudli alanga hosil bo'ladi. Havo kirishi kuchaytirilib, yorug'lanmaydigan alanga olinadi. Gaz alangasining yorug'lanishi nima bilan tushuntiriladi? Yorug'lanmaydigan alanganing har xil zonalaridagi harorat bilan tanishing (10-rasm).



9-rasm. Gaz gorelkalari va alanga. 10-rasm. Kavsharlash gorelkasi
Alanganing qaysi qismi ko'proq issiqlik beradi (darslikka qarang)? Gorelkada havo yetishmay qolsa, gaz chala yonadi va dudli alanga gaz havoga chiqib, atrofni zaharlashi mumkin. Agar gorelkaga havo to'la kirayotganda gaz yuborilsa va xuddi shu vaqtda chaqilgan gugurt yaqinlashtirilsa, u holda ba'zan alanganing "otilib chiqishi" yuz beradi va tugaydi, gorelka nayi juda qizib ketadi va yoritgich gazning chala yonishidan ko'p miqdorda is gazi (CO) hosil bo'ladi va ko'lansa hid chiqadi Alanganing "otilib chiqishi" xavfli oqibatga - gaz keluvchi rezina shlanganing yonishi, stolning buzilishi, qo’lning kuyishi kabilarga olib kelishi mumkin Alanganing "otilib chiqishi" yuz bersa darhol gaz kranini yopish, gorelka nayi soviguncha kutib turish, shundan keyin esa gazni yuqorida ko'rsatilgandek yoqish kerak. Gaz gorelkalari buyumlarga yaqin bo'lmasligi kerak.
Kavsharlash gorelkasi yuqori temperaturali alanga olish uchun ishlatiladi (10-rasm). Kavsharlash gorelkasi oddiy gaz gorelkasidan pastki qismida jo'mrakli ikkita nayi borligi bilan farq qiladi. Bu naylarning biridan (1) havo puflagich yordamida havo, ikkinchisidan (2) esa gaz yuboriladi. Gorelkaning ishlatish uchun oldin 2-naydagi gaz jo'mragi ochib yoqiladi va so'ngra asta-sekin havo yuboriladi. Havo va gaz yuborishni tartibga solib, kerakli kattalikdagi alanga va temperatura olinadi. Gorelkaning har doim toza bo'lishi va naylarga biror narsaning tushmaganligi kuzatib turiladi. Vaqti-vaqti bilan gorelka burab olinadi va tozalab turiladi. 100-300° С temperatura intervallarida qizdirish uchun turli xil hammomlardan foydalaniladi.
Suv hammomi metalldan tayyorlangan idishlarda amalga oshiriladi. Bir-biri ustiga tushib turadigan har bir diametrli yassi halqalar bilan berkitiladi.
Hammomdan foydalanishda uning hajmini 2/3 qismigacha suv quyiladi va suv hammomiga moslashtirilgan uch oyoqqa yoki shtativ halqasiga qo'yib, gaz gorelkasi alangasida qaynaguncha qizdiriladi. Вunda suvning qaynab, qurib ketmasligiga qarab turiladi, laboratoriyada bundan tashqari elektr toki yordamida isitiladigan suv hammomidan ham foydalaniladi.
Suv hammomi issiq, par yordamida qizdirishda qo'llaniladi. Odatda, bu maqsad uchun qora jestdan yasalgan voronkadan foydalaniladi. Voronkaning yuqori keng chetida bir qancha teshiklar mavjud. Uning ichida pastki teshikda ma'lum masofada asbestlangan to'r o'rnatilgan. Devorlariga asbest qatlamlar qo’yilgan. Qizdiriladigan idish voronkaning ichiga asbestlangan to'rga tegmaydigan, ammo asbest qatlamlarga tegadigan qilib joylashtiriladi. Gorelka qo`yilib, asbestlangan to'r qizdiriladi, idish esa issiq havodan qiziydi. Laboratoriyada elektr toki bilan qizdiriladigan havo hammomi ham ishlatiladi. 600-1000°С temperatura olish uchun elektr pechlaridan foydalaniladi. Mufel pechi o'tga chidamli materiallardan yasalgan, bir tomonida eshikchisi bo'lgan to'rt burchakli yoki gorizontal qutidan iborat. Mufel pechi yuqori temperaturada moddalarni kuydirishda va tigellarda boradigan reaksiyalarni o'tkazishda xizmat qiladi. Bu maqsadlar uchun tigel pechlari ham ishlatiladi. Naysimon pech yuqori temperaturada kvars, chinni yoki issiqqa chidamli naylarda olib boriladigan tajribalar o'tkazishda qo'llaniladi.

Download 372,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish