Mavzu : Kimyoviy jihozlar va asboblar bilan tanishish



Download 372,32 Kb.
bet2/5
Sana15.06.2022
Hajmi372,32 Kb.
#673530
1   2   3   4   5
Bog'liq
Lab 2

O`lchov idishlari
Anorganik kimyoda laboratoriya ishlarida suyuqliklarni hajmini o'lchash uchun odatda turli o'lchov idishlari: o'lchov kolbalari va silindrlari pipetkalar, menzurkalar va byuretkalar ishlatiladi.
Kolbalar. O'lchov kolbalari (3-rasm) aniq konsentrasiyali eritmalar tayyorlash uchun ishlatilib, uzun va bo'g'zi tor qilib yasaladi. Kolbaning bo'g'ziga suyuqiik qayerigacha solinishi kerakligini ko'rsatadigan belgi qo'yiladi. Kolbaga qo'yilgan raqamlar ma'lum temperaturada uning millilitr bilan ifodalangan hajmini ko'rsatadi. O'lchov kolbalarining bo'g'zini tor bo'lishiga sabab, suyuqiik hajmining o'zgarishi ham suyuqiik hajmini ko'rsatuvchi belgining holatiga sezilarli ta'sir qiladi. O'lchov kolbalari shlifsiz va shliflangan probkali bo'ladi.
Odatda o'lchov kolbalarining hajmi har xil bo'lib, 25, 50, 100, 250, 500, 1000 ml va 2 litrgacha bo'ladi.

3-rasm. O’lchov kolbalari. Konussimon kolbalar.
Pipetkalar. Suyuqliklari hajmini juda aniq qilib o'lchab olish uchun pipetkalar ishlatiladi. Ular shishadan yasalgan silindr shaklida bo'lib, yuqori va pastki qismi chizilgan bo'ladi (4a-rasm). Pipetkaning keng joyidan yuqorirog'ida belgi bo'ladi, suyuqliklar shu belgigacha olinadi. Ko'pchilik hollarda 5, 10 va 20 ml li pipetkalardan foydalaniladi. 4-rasmda tasvirlangandan tashqari, har xil hajmdagi suyuqliklarni o'lchashda nay ko'rinishdagi darajalangan o'lchov pipetkalari ham ishlatiladi.
Byuretkalar. Byuretkalar (5-rasm) har xil hajmli suyuqliklami quyib olish uchun mo'ljallangan. Ular uzun silindr nay shaklida bo'lib, darajalarga bo'lingan. Odatda 25, 50 ml li va millilitrning o’ndan bir qismigacha darajalangan byuretkalardan foydalaniladi. Byuretkaning pastki qismida suyuqliklarni quyib olish uchun maxsus moslama o'rnatilgan bo'ladi. Byuretkalar asosan titrlashda ishlatiladi.



4-rasm. Pipetkalar 5-rasm. Byuretkalar
O 'lchov silindrlari va menzurkalar. O'lchov silindrlari va menzurkalar (6-rasm, a.b) qalin shishadan yasalgan idishlar bo'lib, uncha aniqlikda bo'lmagan suyuqliklarni o'lchash uchun ishlatiladi. O'lchov silindrlari va menzurkalar har xil hajmda 5, 10, 25,50, 250, 500, 1000 ml va 2 1itrgacha bo'ladi.

6- rasm. Silindrlar va menzurkalar


Laboratoriyada gaz modda olish uchun Kipp apparatidan foydalaniladi (7-rasm). Kipp apparati o'rtasi tor sharsimon idish (2) va sharsimon voronka (1) dan iborat. Sharsimon idish (2) ga gaz hosil qiluvchi modda solinadi. Voronka (1) ga suyuqiik (kislota eritmasi) quyiladi, u idish (2) ning pastki qismiga o'tadi, so'ngra uning o'rta qismiga ko'tariladi.
Qattiq modda bilan suyuqlik bir-biriga tegishi natijasida reaksiya boshlanadi. Reaksiyada ajralib chiqayotgan gaz apparatining jo'mrak (4) li gaz chiqarish nay orqali yig'gichga o'tadi. Jo'mrak berk turganda, ajralib chiqayotgan gazning bosimi suyuqlikni voronkaga siqib chiqaradi va reaksiya to'xtaydi. Ishlatilib bo'lgan suyuqlik idish (l) ning pastki qismidagi tubus (5) dan chiqarib yuboriladi. Gazlarni saqlash uchun gazometrlar ishlatiladi. Gazometr gaz saqlanadigan katta idish (1) va voronka (2) dan iborat.
G
azometrga gaz to'ldirishdan oldin, 3 va 5 jo'mraklar ochiladi va voronka (2) orqali suv bilan to'ldiriladi. So’ngra 2 ga jo'mrakni berkitib, tubus (4) dan probka olinadi va tubus orqali gaz olinadigan asbobdagi gaz chiqaruvchi nay uchi tubusga kiritilib qo'yiladi. Suv tubus (40 dan biror idishga quyib olinadi. Gazometr gaz bilan to'lgandan keyin tubus teshigi (4) probka bilan berkitiladi va voronka (2)ga suv quyiladi. Gazometrdan kerakli gaz olish uchun jo'mrak (5) batamom, jo'mrak (3) esa sal ochiladi. Suv voronkadan gazometrga tushganda undagi gazni (5)jo'mrak orqali yig'gichga siqib chiqaradi. Kerakli hajmdagi gaz olingandan keyin (3) va (5) jo'mraklar berkitiladi.
7-rasm. Gaz moddalar olish uchun Kipp apparati.

Download 372,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish