Mavzu : Gimnastikani mashqlari o'rgatishning usullari
Reja:
1. O’rgatishning maqsadi, vazifasi va bosqichlari 2. Gimnastika mashqlar texnikasini o`rgatish
3. Mashqlarni bajarilish usullari
4. Gimnastika mashqlar texnikasini takomillashtirish
Gimnastika mashqlarini o’rgatishdan maqsad, har qanday pedagogik jarayon singari, harakat ko’nikmalarini, malakalarini shakllantirish va maxsus bilim olishlari uchun talabalarni o’qituvchilar rahbarligidagi rejali faoliyatini uyushtirishdir.
Talabalarning umumiy harakat va sport tayyorgarligi uchun:
- ahamiyatli bo’lgan harakat ko’nikmalarini shakllantirish;
- kuch, tezkorlik, egiluvchanlik, epchillik, chidamlilik singari jismoniy sifatlarni tarbiyalash;
- pedagogik-kasbiy ko’nikmalarni (maxsus ta’lim o’quv maskanlari talabalarida) shakllantirish lozim.
Gimnastika mashqlarini o’rgatish jarayonida hal etiladigan alohida vazifalar har bir aniq holda harakat tarkibini, uni bajarishsharoitining xususiyatlarini va o’quvchilarning tayyorgarlik darajasini baholash asosida belgilanadi.
Gimnastika mashg’ulotlarida o’zlashtiriladigan mashqlar xilmaxil bo’lib, ular gavdaning alohida qismlarini oddiy harakatlari, oddiy turish holatlaridan (asosiy turish, osilish, tayanishdan) to jismoniy va harakat sifatlarini maksimal ishga solish bilan bog’liq bo’lgan murakkab harakat faoliyatlarigacha (masalan, halqalarda qo’llarni ikki yonga uzatib tayanish - chalishtirish, yakkacho’pdagi yoki erkin mashqlardagi uch karra salto) harakatlarini o’z ichiga oladi. Shuning uchun ba’zi bir mashqlarni o’rganish oson kechadi. Bu mashqlarni o’zlashtirib olish uchun ularning bajarilishini ko’rish yoki nomlarini eslab qolishning o’zigina kifoya bofadi. Boshqa mashqlarni o’rganish esa uzoq muddatda shug’ullanish bilan bog’liq bo’ladi.
Aniq bir gimnastika mashqini o’rgatishni shartli sur’atda o’zaro bog’liq bo’lgan uch bosqichga bo’lish mumkin. Birinchi bosqich harakat haqida umumiy dastlabki tasavvur hosil qilishdan (boshlang’ich ma’lumotdan) iborat bo’lib, bunday tasavvur har bir harakat faoliyatini ongli o’zlashtirish zaminida yotadi. Yangi harakat to’g’risidagi (uning shakli, ko’larni, ta’sir yo’nalishi, ayrim holatlari va h.k.) dastlabki ma’lumotlar va talaba xotirasida to’plangan harakat tajribasi natijasida bo’lajak harakat faoliyatining dastlabki dasturi tuzilishini ta’minlovchi umumiy bog’lanishlar hosil bo’ladi.
Ikkinchi bosqich- bevosita harakat texnikasi asoslarini egallash (mashqni juda puxta o’rganish). Bu bosqichda o’qituvchi bilan talabaning birgalikda faol ishlashi natijasi omaroq, mashq haqidagi tasavvur aniqlanadi, xatolarga yo’l qo’yilmaydi; mashqlarni nazorat ostida mustaqil bajarishi ta’minlanadi.
Uchinchi bosqich- harakat texnikasini mustahkamlash va takomillashtirish. Bu harakatni boshqarish darajasini, albatta, avtomatlashtirilgan ko’nikma darajasiga yetkazib, shu tufayli shug’ullanuvchi mashqlarni turli sharoitda (musobaqalar va boshqa chiqishlarda) uzoq vaqt davomida bajara oladi.
Mashqni o’rgatish jarayoni tugagandan keyin butun faoliyat o’zlashtirib olingan mashq variantlarini bajarishga, oldingi mashqqa o’xshash elementlari bor, texnikasi murakkab mashqlarni bajarishga, bajarish sharoitini o’zgartirishga, masalan, boshqa mashqlar bilan qo’shib bajarishga qaratilishi mumkin.
Gimnastika mashqlarini o’zlashtirish shartlari
Birinchi shart. Gimnastika mashqlarini o’rgatishni muvaffaqiyatli tashkil etishning birinchi sharti- talabalarning jismoniy tayyorlik darajasini aniqlash. Bunda talabaning imkoniyatlari quyidagi ko’rsatkichlarga e’tiboran baholanadi:
- mashqlarni bajarishni o’zlashtirish tayyorgarligi o’zlashtiriladigan mashqlarning hajmi va ifodasi, harakatlarni o’rganishdagi ayrim qiyinchiliklar, talabada yangi mashqlardagiga o’xshash harakat tajribasining mavjudligi;
- jismoniy tayyorligi (yangi texnik harakatni o’rganib olishda hal qiluvchi xislatlarning kamolot darajasi);
- ruhiy xislatlarning (talabalarning dadilligi, qat’iyligi, uzoq vaqt davom etadigan asabiy zo’riqishlarga chidamliligi) qay darajada rivojlanishi.
Talabaning mashqlarni o’rganish qobiliyatini baholash xarakteri ayni vaqtda qanday mashq o’rganayotganiga bog’liq. Gimnastika mashqlari esa nihoyatda xilma-xil, shuning uchun yangi harakat o’rganilayotgandagi har bir aniq holatda talabaning imkoniyatlarini aniqlab olish o’zgarib turishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |