1. Faoliyat haqida tushuncha
Har bir tirik organizmning faolligi uning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo`ladi. Anglab bo`ladigan va anglab bo`lmaydigan, tabiiy yoki madaniy, moddiy yoki ma`naviy, shaxsiy yoki ijtimoiy - shaxsiy ehtiyojlar odamda har turli faollik tug`diradi.
Agar hayvonlarni xatti - harakatlari bevosita tevarak - atrofdagi muhit bilan belgilansa odamning faolligi esa ilk yoshlik davridan boshlabok butun insonning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshqariladi. Xatti - harakatning bu tipi shunchalik o`ziga xoski, uni atash uchun psixologiyada “faoliyat”degan maxsus termin qabul qilingan. Faoliyat deb, shaxsning o`z ehtiyojlarini qondirish uchun ko`rsatadigan jismoniy va psixik (ruxiy) faolligiga aytiladi. Inson faolligining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, faoliyatni mazmuni, ana shu faoliyatni yuzaga keltirgan ehtiyojning bir o`zi bilangina belgilanmaydi. Agar ehtiyoj faoliyatga motiv sifatida madad berib, uni rag`batlantirib tursa, faoliyatning shakli va mazmuni ijtimoiy sharoitlar, ijtimoiy talablar hamda tajribalar bilan belgilanadi.
F a o l i ya t n i ng m u h i m x u s u s i ya t l a r i
|
Hayvonlar faolligi
|
Inson faoliyati
|
Instinktiv - biologik faollik
|
Bilishga va muloqotga bo`lgan ehtiyojlar bilan yo`naltirilgan.
|
Hamkorlikdagi faoliyat emas, to`da bo`lib yurish, biologik maqsadlar (oziqlanish, himoyalanish)ga asoslangan.
|
Kishilik jamiyati hamkorlikdagi faoliyat asosida tashqil topgan har bir harakat inson uchun hamkorlikdagi faoliyatdagi o`rniga ko`ra ahamiyatlidir.
|
Ko`rgazmali – yaqqol vaziyatlar bilan boshqariladi
|
Predmet va hodisalarni mavhumlashtirish, ular o`rtasidangi sababiy bog`lanish va munosabatlarni aniqlash mumkin
|
Irsiy jihatdan mustahkamlangan dastur (instinkt) lar asosidagi xatti – harakatlar, ko`nikmalar yakka tartibda hosil bo`lib hayvonning yashash uchun tashqi sharoitlarga moslashishi sifatida namoyon bo`ladi
|
Tajribani berish va o`zlashtirish muloqotning ijtimoiy vositalari (til va boshqa belgilar tizimi) yoki moddiy madaniyat mahsulotlari orqali amalga oshiriladi
|
YOrdamchi qurollar, vositalar yasashi mumkin, ammo undan qurol sifatida doimo foydalanmaydi. Bir qurol yordamida boshqa qurol yasay olmaydi
|
Mehnat qurollari yasab, uni keyingi avlodlarga ham qoldirishi mumkin. Turli predmet va qurollardan foydalanib yangi qurol va vositalar yarata oladi
|
Tashqi muhitga moslashadi
|
O`z ehtiyojlariga muvofiq tarzda tashqi dunyoni o`zgartiradi
|
Odamni ishlashga majbur qiluvchi motiv uning ovqatlanish ehtiyoji bo`lishi mumkin. Biroq odam, masalan, dastgohni ochlik ehtiyojini qondirish uchun boshqarmaydi. Inson faoliyatining mazmuni jamiyat talab qiladigan biron mahsulotni tayyorlash maqsadi bilan belgilanadi. Faollikning manbai bo`lgan faoliyat faollikni yaxshi anglab olingan maqsad bilan belgilanadi.
YUqoridagi jadvalda inson faoliyati bilan hayvonlar xatti - harakati o`rtasidagi farqlar aks ettirilgan. Faoliyat faollikni yaxshi anglab olingan maqsad bilan boshqariladi. Faoliyatni anglash qanday darajada bo`lmasin, maqsadni anglash hamma vaqt ham zaruriy belgi sifatida qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |