Mavzu : elektron jadvallar bilan ishlash metodikasi


“ДИАГРАММЫ” USKUNALAR PANELI



Download 0,96 Mb.
bet11/13
Sana26.06.2021
Hajmi0,96 Mb.
#101802
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mavzu elektron jadvallar bilan ishlash metodikasi

3.2. “ДИАГРАММЫ” USKUNALAR PANELI.



  1. Элементы диаграммы – dagrammani tashkil etuvchi elementlar. Ularni shu maydondan tanlab formatlash mumkin.

  2. Формат – tanlangan digramma elementi formatini o'zgartirish.

  3. Тип диаграммы – Diagramma turini tanlash joyi.

  4. Легенда – diagrammada ishtirok etgan parametrlar haqida ma'lumot ko'rsatadi yoki yashiradi.

  5. Таблица данных – diagrammada berilgan jadval qo'shib ko'rsatiladi.

  6. По строкам – ma'lumotlar jadval satrlari bo'yicha olinadi.

  7. По столбцам – ma'lumotlar jadval ustunlari bo'yicha olinadi.

  8. Текст сверху вниз – matn tepadan pastga yoziladi.

  9. Teкст снизу вверх – matn pastdan tepaga yoziladi.

3.3. Formulalar bilan ishlash

Jadvallar asosiy va hosila ma'lumotlarga ega bo'lishlari mumkin. Elektron jadvallarning afzalligi shundaki, ular hosila ma'lumotlarning avtomatik ravishda hisoblashlarni tashkil qilishga imkon beradi. Bu maqsadda jadvallarning katakchalarida formulalar qo'llaniladi.

Agar katakchadagi ma'lumot « = » belgisidan boshlansa, unda Excel programmasi uni formula deb qabul qiladi. Demak, katakchaga formulani kiritishni boshlash uchun, « = » tugmasini bosish kerak. Ammo formulalar satridagi Изменить формулу tugmasida bosish bilan formula kiritilishi bajarilsa, ancha qulayliklar yaratiladi. Bu holda formulalar satrining tagida Formulalar palitrasi ochiladi va unda formulaning hisoblangan qiymati ko'rsatiladi.

Formula deb, sonlarning va sonlar kiritilgan katakchalarning matematik amallarning belgilari yordamida birlashtirilgan ketma ketligiga aytiladi.

Formulada katakchaga murojaat qilish uchun uning nomini ko'rsatish kerak bo'ladi. Buni klaviaturadan kiritib yoki formula kiritish davomida kerakli katakchada bosish bilan bajarish mumkin.

Kiritish tugatilgach, jadvalda formula ko'rsatilmaydi. Uning o'rniga katakchada formulaning hisoblangan qiymati ko'rsatiladi. Agar formulali katakcha joriy qilinsa, unda formulani formulalar satrida ko'rsa bo'ladi.

Excel programma bilan ishlashda hamma hisoblashlarni, murakkab bo'lmaganlarini ham, faqat formulalardan foydalanib bajarilishi kerak. Hisoblanmasdan kiritilgan hosila qiymatlar ishlash davomida o'zgartirilsa xatolarga olib keladi.




Excel programmada bajarish mumkin bo'lgan hisoblashlar faqat oddiy arifmetik amallar bilan chegaralanmay, ko'plab standart funksiyalardan foydalangan xolda murakkab hisoblashlarni xam bajarishga imkon beradi.

  1. Agar formulaning kiritilishi Изменить формулу yoki «=» tugmasida bosish bilan boshlansa, unda formulalar satrida yacheyka nomi (Имя) maydoni standart funksiyalarning ochiladigan ro'yxati bilan almashinadi. Bu ro'yxat oxirgi ishlatilgan 10 ta funksiyalardan va Другие функции punktidan iborat. Shu punktning yordamida Мастер функции oynasini ochish mumkin. (Rasmga qarang).



  1. Bu muloqat oynasi Excel programmasidagi har qanday standart funksiyani tanlashga imkon beradi. Категория ro'yxatida kerakli funksiya tegishli bo'lgan toifasi (guruh) tanlanadi. Функция ro'yxatida esa – konkret funksiya tanlanadi. Kerakli funksiya tanlangandan keyin uning nomi formulalar satriga kiritiladi va funksiyaning argumentlarini kiritishga imkon ochiladi. (rasmga qarang)



  1. Palitraning quyi qismida argumentlarini kiritish uchun mo'ljallangan maydonchalar joylashadi, pastki qismida esa qo'shimcha axborotlar ko'rsatiladi. Bu axborotlar funksiyaning vazifasi (qo'llanilishi) va argumentga tegishli bo'lgan ma'lumotlardan iborat. Agar argument qalinlashgan shriftda ko'rsatilgan bo'lsa, demak u albatta kiritilishi kerak bo'ladi, agarda oddiy shriftda ko'rsatilgan bo'lsa, bu argument kiritilishi shart emas.

Funksiyaning argumetlari sonli ko’rinishida (klaviatura yordamida) yoki kerakli katakchalari ko'rsatilishi bilan kiritiladi. Ba'zi funksiyalar argument (parametr) sifatida katakchalarning diapazonini qabul qilish mumkin. O’z ichiga funksiyalarni olgan formulalardagi katakchalarning adreslari (nomlari) oddiy formulalarga o'xshash qo'llaniladi.



IV. MICROSOFT EXCEL JADVAL PROSESSORIDA

4.1.DIAGRAMMALAR BILAN ISHLASH
Jadvaldagi ma'lumotlarni ko'rgazmaliroq qilish uchun ko'p hollarda grafiklar va diagrammalardan foydalaniladi. Excel programmadagi vositalar, elektron jadvaldagi ma'lumotlar asosida diagrammalarni yaratishga imkon beradi.

Diagrammalar va grafiklarni yaratish uchun, ma'lumotlar bazasi ko'rinishidagi elektron jadvallardan foydalanish qulayroq. Diagrammani qurishdan avval shu diagrammada ko'rsatiladigan ma'lumotlarning diapazonini tanlash kerak bo'ladi. Agar bu diapazonga sarlovhali katakchalar kiritilsa, unda shu sarlavhalar diagrammada tushuntiruvchi yozuvlar sifatida ko'rsatiladi. Ma'lumotlar diapazoni tanlangandan keyin, Стандартная uskunalar panelidagi Мастер диаграмм tugmasi yoki menyu satridan Вставка-Диаграмма buyrug'i ishga tushiriladi.

Master diagramm diagrammani yaratishga tayyorlaydi va bir necha bosqichda ishlaydi. Bir bosqichdan keyingisiga o'tish uchun Далее buyruq tugmasidan foydalaniladi. Diagramma ustasining birinchi bosqichida diagrammaning turi tanlanadi. Excel programmasi o'nlab turli ko'rinishdagi diagrammalarni yaratishga imkon beradi. (rasmga qarang).














Agar diagramma ma'lumotlar bazasi ko'rinishidagi axborotlar asosida yaratilayotgan bo'lsa, unda keyingi bosqichda ishlatiladigan barcha axborotlar kerakli katakchalarga avtomatik ravishda kiritiladi. Bundan keyin diagrammaning turli qismlarining bezatilish parametrlari tanlanadi.

Оxirgi bosqichida tayyor diagrammani joylashtirish uchun ish varaq (joriy varaq yoki alohida diagramma varag'i) tanlanadi. Готово tugmasi bosilgandan keyin diagramma yaratiladi.

Yaratilgan diagrammani formula sifatida ham qurish mumkin. Agar diagrammani qurishda ishlatilgan ma'lumotlarga o'zgartirishlar kiritilsa, diagramma ham o'zgaradi. Tayyor diagramma, tanlash va o'zgartirish mumkin bo'lgan, qator elementlardan iborat. Tanlangan element markerlar yordamida belgilanadi.

Markerda sichqonchaning o'ng tugmasini bosib, kontekst menyuda Формат punkti tanlanadi va ochilgan Формат muloqat oynasi yordamida diagramma elementining mazmunini va bezatilishini o'zgartirish mumkin bo'ladi.
Misol 1.










Misol 2.














4.2. MATEMATIK MODEL VA MODELLASHTIRISH

Model (lat. modulus – o'lchov, me'yor) biror ob'yekt yoki ob'yektlar sistemasining obrazi yoki namunasidir. Masalan, Yerning modeli globus, osmon va undagi yulduzlar modeli planetariy ekrani; odam suratini shu surat egasining modeli deyish mumkin.

Qadimdan insoniyatni yaxshi sharoitli turmush kechirish, tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash muammolari qiziqtirib kelgan. Shuning uchun insoniyat dunyoning turli hodisalarni o'rganib kelishi tabiiy xoldir. Dunyoning barcha tadqiqotlari bizga to'la bo'lmagan va juda aniq bo'lmagan ma'lumot beradi. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosi sirini bilish, jamiyat rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga xalaqit etmaydi. Tuzilgan model o'rganilayotgan hodisa va jarayonni iloji boricha to'la aks ettirishi zarur.


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish