Mavzu: : Bozor va ununig tuzulishi. Mundarija I. Kirish. II. Asosiy qism



Download 57,41 Kb.
bet1/7
Sana25.01.2022
Hajmi57,41 Kb.
#408403
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
doniyor komoldinov kurs ishi



Mavzu: : Bozor va ununig tuzulishi.

Mundarija
I.Kirish.


II.Asosiy qism

Bozorning zarurligi

Bozorning infratuzulmasi

Bozor funktsiyalari

Bozorning tarkibiy tuzilishi va ko’lami

III.Xulosa

IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish

Iqtisodiyotni o’rganishda va uni hayotga tatbiq etishda biz avvalambor uning eng muhim bo’lgan qirralarini anglashga kirishamiz. Bozor munosabatlari “Bozor” garchi sharqona mazmunga ega bo’lsada, uning hozirgi mohiyati butinlay boshqacha. To’g’ri, bozorlar dastavval sharqda vujudga kelgan. Keyinchalik u O’rta Osiyo va Yaqin sharq, so’ngra O’rta dengiz, u orqali Pireney yarim oroliga-Ispaniya va Portugaliyaga o’tgan. Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin “bozor” so’zi Atlantika okeanidan o’tib, Janubiy va Markaziy Amerikaga borib yetdi. Ana shunday evolyutsiya va geografiyaga ega bo’lgan bozor o’zimizga yangi ma’no kasb etgan holda “qaytib keldi”. Qadim-qadimda ham xalqlarimiz bozorni pul, pul muomalasi bilan uyg’unlashtirishgan. Darhaqiqat, hozirgi kunda bozor, bozor munosabatlari bu pul demakdir. Ammo bugungi sharoitda pul doimo harakatda, muomalada bo’lishi, qo’shimcha qiymat yaratishi, aylanishi kerak(“pul pulni topadi”, deyishadi). Demak, pul harakatda bo’lishi shart. Bundan bozor munosabatlarining yana bir xususiyati kelib chiqadi, ya’ni vaqt. Bozor sharoitida vaqtning iqtisodiy qiymati nihoyatda oshadi, davr zichlashadi, intensivlashadi, chunki “vaqting ketdi, naqding ketdi”, deb bejiz aytishmagan. Biz yuqorida bozor munosabatlariga xos xususiyatlardan pul, vaqt, talab va taklif to’g’risida aytib o’tdik. Lekin bularning barchasi ham bozor iqtisodiyotining tub mohiyatini to’laligicha ifodalaydi. Sabab-bu yerda raqobat, raqobat muhiti yetishmayapti. Mahsulot arzon, sifatli, ko’rimli, xaridorgir bo’lishi uchun ishlab chiqaruvchilar o’rtasid raqobat zarur. Biroq, bu raqobat erkin, sog’lom, madaniy bo’lishi talab etiladi. Har birmiz bozor haqida kop marotaba eshitganmiz bolaligimizdan bolaligimizdan bozorning bevosita ishtirokchisiga aylanganmiz va bizning xohish- istaklarimizdan qat’iy nazar butun umrimiz davomida bozorning bir bolagi bo’lib qolamiz. Bozor nima ekanligini bilishimizga qaramay, unga aniq tariff berishga qiynalishimiz mumkin. Bu haqda fikkr-mulohaza yuritishdan avval, iqtisodchi olimlar tomonidan bozorga berilgan tariflarga etiboringizni qaratmoqchimiz. Bozorning eng soda va nazarimizda eng tushunarli tarif: Bozor –sotuvchi va xaridor uchrashadigan joy.

Bozorning murkkab tarifi: Bozor – iqtisodiyotida shaxslarning maqsadli nafsiy xohish –istaklari ila naf va manfaat sari yetaklovchi imkoniyatari doirasida tariblashgan refleksiv harakatlai evaziga turli samara darajasida obyektiv sodir boluvchi bozor tavarlari boyicha iqtisodiy –huquqiy munosabatlari muhiti bo’lib unda taraflarning nafsiy manfaatlari talab va taklif asosida shakillanadigan obyektiv narxlarda qondiriladi. Yuqoridagini aniqlash qiyinroq bolsada u bozor tushunchasini kengroq ochib beradi. Hozirgi paytda, ayniqsa bir-biri bilan bog’lanib ketgan integratsiyalashgan bozor sharoitda, qanday Tovar ishlab chiqarish kerakligi haqida ma’lumotning yagon manbasi – bozordir. Bozor bilan hisoblashmagan xaaridor va sotuvchi yutqazib boradi.


Bozor — 1) sotuvchilar bilan haridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. Bozor obʼyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subʼyekti esa bozor ishtirokchilari (sotuvchi va haridorlar) boʻlib, ular firmalar, uy xoʻjaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va boshqalardan iborat. Bozor ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar. Bozorda tovarlar bilan oldisotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi. Bozor ishtirokchilari sotuvchi hamda haridor maqomiga ega boʻladilar. Bozorda 2 jarayon amalga oshadi: biri — tovarlarni sotish, bunda tovar pulga almashadi, yaʼni T—P; ikkinchisi — tovarni harid etish, pulni tovarga ayirboshlash, yaʼni P—T. Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan narxlarda olib boriladi. Bozor iqtisodiyotda ishlab chiqarishni isteʼmol bilan bogʻlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar bozorga chikali, u yerda sotilgach, isteʼmolga kelib tushadi); kiymatning tovar shaklidan pul shakliga aylantirish; ishlab chiqarishning uzluksizligini: iqtisodiyotni tartiblash: mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik oʻrnatish singari vazifalarni bajaradi. Bunda talab va taklif, shunga muvofiknarliing oʻzgarishiga qarab ishlab chiqarish yuritiladi. Talab oshib narx oʻssa, ishlab chiqarish koʻpayadi, aksincha, taklif oshib talab kamaysa, ishlab chiqarish qisqaradi.

Bozor oʻz ishtirokchilari mavqeiga qarab erkin va monopol bozorga ajraladi. Erkin bozorda sotuvchilar ham, haridorlar ham koʻp boʻlib, narxlar talab va taklif negizida shakllanadi. Monopol bozorda ozchilik sotuvchilarning hukmronligi oʻrnatilgan boʻlib, narxlar faqat shularning manfaatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunday bozorlar raqobotning sustligi yoki umuman boʻlmasligi bilan ajralib turadi.

Ayirboshlash obʼyektining moddiy shakli jihatidan olganda isteʼmol tovarlari va xizmatlar, resurslar, mehnat, moliya, intellektual tovarlar, qurolaslaha, ishlab chiqarish vositalari, investitsiya, qimmatli qogʻozlar, ilmiy gʻoyalar, texnikaviy ishlanmalar va mehnat (ish kuchi) bozorlari mavjud. Bozor oʻz qamrov doirasiga qarab mahalliy, mintaqaviy, milliy va jahon bozorlariga boʻlinadi. Tovarlarning chetdan kelishkelmasligiga qarab ochiq bozor, yopiq bozor (ichki bozor.) singari turlari uchraydi. Oldisotdi miqdori, yaʼni tovar aylanmasi hajmining oʻzgarishiga qarab kengayuvchi bozor vatorayuvchi bozorga boʻlinadi.

Amal qilish tarzi jihatdan tartibsiz (stixiyali), rejali tashkil etilgan va boshqariladigan bozorlar mavjud. Stixiyali bozordan tartibli, rejali tashkil etilgan bozorga oʻtish madaniylashgan jamiyatga xos. Hozir hech bir mamlakatda tartibsiz bozor hukmron emas, aksincha boshqariladigan bozor yetakchi mavqega ega. Iqtisodiyot oʻsgan sari bozor turlari koʻpayadi, chunki sotiladigan tovarlar va xizmatlar xilmaxil boʻlib boradi, haridor ham oʻz daromadi, didi, umuman talabehtiyojiga qarab tabaqalashadi, bozorda sotiladigan tovarlar va xizmatlar summasi ortib boradi.

2). Savdo-sotiqqilinadigan muayyan joy, maydon. Bozorlar qadimgi Rim va Yunonistonning Milet, Pergam va boshqa shaharlarida toʻgʻri toʻrtburchakli maydonda 3 yoki 4 tomoni qator ustunli savdo rastalari va omborlar, ibodatxonalar, ustaxonalar va boshqalardan iborat boʻlgan. Bozor maydonlari shahar majmua (agora, forum)larining bir qismi hisoblangan. Har bir mamlakat Bozorlarining meʼmorligi va qurilishi iqlim sharoiti, iqtisodi, geografik oʻrni va savdo sohasidagi anʼanalar bilan bogʻliq boʻlgan. Oʻrta Yer dengizi havzasida qadimda ochiq maydonlarda, Sharqda esa usti yopiq bozorlar rivojlangan.

Yevropada bozorlar maxsus reja asosida. Rossiyada ixtisoslashgan bozorlar asosan, 1—2 qavatli, old tomoni koʻpincha ravoqlar yoki ustunlar qatoridan iborat bostirma boʻlgan. Oʻrta Osiyo hududidagi Buxoro, Samarqand, Poykend, Urganch, Xiva, Marv, Numijkat, Isfijob, Ushturkat, Chagʻoniyon kabi shaharlarda savdo-sotiq qadimdan rivojlangan. Ayniqsa, oʻrta asrlarga kelib nafaqat shaharlarda, balki juda koʻp yirik qishloqlarda ham tim, toki, chorsu deb nomlangan gavjum bozorlar boʻlgan (Qarnob choʻl yoqasidagi, Narpay tumanidagi katta qishloq Tim deb ataladi. 10-asrda bu manzil katta savdo markazi boʻlgan, uning timi saqpanmagan). Gumbazli timlar eng gavjum chorrahachorsularda joylashgani uchun ham shaharning meʼmoriy qiyofasini belgilagan. Yengil yogʻoch tomli, ustunayvonli timlar ham koʻp boʻlgan. Chorrahalarda qurilgan tim, chorsu namunalarini Samarqand va Shahrisabz (17-asr), Xiva (Olloqulixon timi), Buxoro (Abdullaxon tilsh)dagi timlar misolida kuzatish mumkin. Samarqand chorsu bozori atrofida miskarlik, kulolchilik, sangtaroshlik, mahsidoʻzlik, najjorlik, sahhoflik, zargarlik kabi doʻkonlar joylashgan. Chorsu bozori gumbazli qilib qurilgan. Savdo doʻkonlarida matolar, ulardan tikilgan kiyim-kechaklar sotilgan. Rastalarda esa hoʻl mevalar va anvoyi shirinliklar koʻp boʻlgan. Shahrisabzdagi ulkan gumbazli Chorsu bozorining toʻrt tomonida qoʻsh tabaqali darvozasi bor edi. Gumbaz ostidagi savdo rastalari boʻylab toʻrt burchakli xonalar joylashgan. Bozorlarda savdo rastalari muayyan mollar yoki hunarmandchilik mahsulotlariga moʻljallangan. Baʼzan mahsulot shu yerning oʻzida ishlab chiqarilib haridorlarga sotilgan. Maye, Buxoro zargarlar rastasi Sarroflar rastasi , Miskarlar rastasi (Toqi Miskaron) va boshqa Oʻrta asrda Toshkentning markaziy bozorida 3 mingdan ortiq doʻkon maxsus rastalarga joylashgan. Xorazm vohasidagi Xiva Bozoriida 260 doʻkon, Urganchda 300, Qoʻngʻirotda 315, Xoʻjaylida 150 ga yaqin doʻkon boʻlgan. Shahar va qishloqlarda muayyan kunga belgilangan (seshanba, chorshanba, juma kabi) katta bozorlar boʻlib, ularga butun Markaziy Osiyo va chet ellardan savdogarlar kelgan. Bozorda savdogar, doʻkondor, kosib, dehqon va mayda bozorchilar savdo qilishgan.

Bozor doʻkonlarini eng boy savdogar va qunarmandlar egallagan. Bunday Bozorlardagi yirik karvonsaroylar va ombor (kappon)lar ulgurji savdo markazlari hisoblangan. Karvonsaroylarning soniga qarab hatto savdo-sotiqning hajmi belgilangan (mas, Toshkentda 45, Buxoroda 50 ga yaqin, Samarqandda 25, Xiva va Qoʻqonda 10 dan ortiq karvonsaroylar boʻlganini va ularda savdo-sotiq ancha rivojlanganligi yozma manbalardan maʼlum). Karvonsaroylarda va savdo rastalarida savdo ishlarida xizmat qiladigan qorovul, hammol, farrosh, yuk tashuvchi va joylashtiruvchi mardikorlar koʻp boʻlgan. Yirik savdogarlar maxsus mirzolarni saqlagan. Mirzolar barcha savdo ishlarini, ayniqsa ulgurji savdoni rasmiylashtirishda bevosita ishtirok qilgan. Hisobkitob ishlarini kosid boshqargan. Yirik savdogarlar maxsus jamoaga birikkan. Uni jamoa aʼzolarining eng obroʻli katta savdogarlar orasidan saylangan oqsoqol karvonboshi boshqargan. Jamoaga savdogarlar tabaqasining yirik namoyandalari kirgan. Oʻz navbatida ayrim savdo rastalari birikib shu rastadagi doʻkonlardan oʻzining oqsoqolini (baʼzi joylarda rais ham deyiladi) saylaganlar. Oqsoqol savdo tartiblari va qoidalariga amal qilinishini kuzatib, haridorlar va savdogarlar orasidagi mojaroning hal qilinishiga, baʼzan tashkaridan kelgan molning doʻkonlar orasida odilona tarqatilishiga bosh boʻlgan.

Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan Rossiya oʻrtasidagi savdo aloqalari ayniqsa Zakaspiy temir yoʻl qurilgach, ancha rivojlangan. Toshkentdagi Eski joʻva Bozori karvonlar kelibketadigan yirik savdo markazi boʻlgan. Shaharning barcha darvozalaridagi yoʻllar bozorga kelib taqalgan. Atrofida karvonsaroy, omborxona, ustaxonalar, doʻkonlar va boshqa joylashgan. 19-asr 2-yarmidan boshlab bu yerda sanoatchi boylar oʻz doʻkonlari, omborlari va idoralarini qurishgan. Fargʻona vodiysida oʻzining kattaligi va savdo aylanmasi jihatidan Qoʻqon bozori alohida ajralib turadi. Oʻzining obodonligi va qulayligi bilan Buxoro bozor mintaqada birinchi oʻrinda turgan. Ipak gazlamalari bilan butun Sharqda tanilgan Margʻilonda qatorqator tizilgan doʻkonlar (koʻcha boʻylab 2,5 km gacha choʻzilgan)da savdo-sotiq qilingan.

Oʻrta Osiyoda mustaqil davlatlarning paydo boʻlishi xususiy mulkchilikni qayta tiklab, savdo erkinligiga keng yoʻl ochib berdi. Jumladan Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotining hayotga tatbiq qilinishi anʼanaviy savdoni yangi zamonaviy uslub va vositalar bilan boyitib, mamlakat ijtimoiyiqtisodiy va madaniy rivojiga katta yoʻl ochib berdi. Mustaqil Oʻzbekiston barcha chet el mamlakatlari bilan oʻz manfaatiga qarab erkin, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va savdo aloqalarini oʻrnatdi va bu sohada yangiyangi yoʻllarni topishda tinmay izlanmoqda. OʻzRda bozor faoliyatini rivojlantirish yoʻlida juda koʻp yangi savdo uyushmalari, konsern va firmalar paydo boʻlmoqda, davr talabiga javob bera oladigan isteʼdodli ishbilarmonlar safi koʻpaymoqda. Bozorlar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Andijon kabi yirik shaharlarning markazida meʼmoriy yechimlari oʻziga xos milliy anʼanalar asosida yaratilmoqda. Bozorlar shaharni bogʻlab turuvchi asosiy shohkoʻchalar, yirik savdo inshootlari majmuasi va turar joy massivlari, temir yoʻl, avtovokzal yaqinida va mikrorayonlar markazida joylashtirilmoqda. Bozorlar anʼanaviy qator ustunli bostirmalar, gumbazli, toq va tim, soyabonsimon, oynaband uslubida barpo etilmoqda. Bularda sotuvchi va haridorlarga qulaylik yaratish maqsadida savdo rastalarining atrofida doʻkonlar, madaniymaishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mujassamlashtirilgan holda qurilmoqda. Bozor hududida koʻp tarmoqli savdo doʻkonlari, choyxona, dehqonlar mehmonxonasi, muzlatkichli omborxonalar, yuk koʻtargich, nonvoyxona va boshqa mavjud. Toshkentdagi "Eski joʻva", "Oloy", "Qoʻyliq" bozorlari, Buxoro bozori, Samarqanddagi "Siyob", Urgutdagi "Urgut" va boshqa anʼanaviy va zamonaviy meʼmorlikni oʻzida mujassamlantirgan eng yirik bozorlardan.

Hozir Oʻzbekistonda bozor asosiy sotiladigan mahsulotlarga koʻra dehqon bozori (k x. mahsulotlari), buyum bozori, ulgurji Bozori, mol (chorva mollari) bozor kabi asosiy turlarga boʻlinadi.



Download 57,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish