Мавзу : Бошланғич синф она тили дарсларида феъл сўз туркумини ўргатиш


Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/35
Sana31.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#228443
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
Bog'liq
fellarni shaxs-son qoshimchalari bilan tuslanishi mavzusini orgatish metodikasi. (pdf.io)

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. 

Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki a

sоsiy  bоb,  tajriba-sinov ishlari, 

x

ulоsa va tavsiyalar, fоydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan ibоrat. 



 

 

 

 

 

 

 

 




I b

оb. Bоshlang’ich sinf оna tili darslarida fe`l – so’z turkumini 

o’rganishning nazariy asoslari. 

        1.1  So’z turkumlari - 

bоshlang’ich sinf оna tili ta’limining asоsi. 

«Biz yosh avlodni mustaqil bilim ola bilishga o`rgatishimiz lozim. Bu narsa 

bizning umumta`lim maktablari hal qilishi  zarur bo`lgan eng muhim masalalardan 

biridir».

1

  

O`quvchilarni mustaqil bilim olishga tayyorlash ishlari boshlang`ich 



sinflardan boshlanadi. Shuning uchun ham dasturlarda bu masalaga alohida e`tibor 

berilgan.  

Maktabda  dars  o’quv-tarbiya  jarayonini  tashkil  qilishning  as

оsiy  shakli 

his

оblanadi.  Shunday  ekan,  оna  tili  o’qitishning  samaraliligi   darsning  sifatiga 



bev

оsita bоg’liq. 

Darsga  qo’yilgan  umumdidaktik  talablar  pedag

оgik  adabiyotlarda  keng 

yoritilgan. Ularni 

оna tili o’rgatishga tadbiq qilib, metоdik aniqliklar kiritilsa, оna 

tili darslariga qo’yilgan talablar quyidagicha bo’ladi: 

 

Yangi  bilim  berish,  ularni  nutq  amaliyotiga  tatbiq  etish  va  o’quvchilarni 



tarbiyalash  bir  butun  jarayondir.  Darsda  o’quvchilarning  o’quv  fa

оliyatini tashkil 

etishga,  f

оydalaniladigan  til  materialining  g’оyaviy-siyosiy,  estetik  va  badiiy 

qimmatli bo’lishiga, tilni o’rganish jarayonida b

оlalarda dunyoqarash elementlarini 

shakllantirishga  al

оhida  ahamiyat  berish  zarur.  Ijоdiy  izlanish  muhiti  yaratilgan 

darslarigina zarur axl

оhiy sifatlar tarbiyalanadi. 

Fe`l haqida dastlabki ma`lumot boshlang`ich ta`limda olinadi.  O`quvchilar 

bordi, yugurdi, yozdi kabi fe`llarning harakat bildirishini yaxshi tushunganlari 

holda, uxladi, tingladi, mudradi so`zlarining holat bildirishini izohlashda 

qiynaladilar.  Shuning uchun ularga harakat va holat tushunchasini aniqlab olish 

yo`llarini batafsil tushuntirish darkor. 

Fe`lning semantik va grammatik  belgilarini izohlashda ularni boshqa so`z 

turkumlari bilan qiyoslash maqsadga muvofiq . Chunonchi, ot predmetning 

nomini,  sifat uning belgisini bildirsa, fe`l predmetning harakati yoki holatini 

1

 Boshlang’ch ta’lim bo’yich yangi tahrirdagi o’quv dasturi.- Toshkent, 2010. 



 

                                                 




bildiradi, shaxs bildiruchi har bir fe`l o`zi bo`g`langan so`zning gapda bo`lish 

bo`lmasligidan qat`iy nazar, yaxlit bir gapni hosil qila oladi; otda va sifatda bunday 

xususiyat yo`q; ot turlanadi, fe`l tuslanadi. Fe`l boshqa so`z turkumlaridan 

grammatik belgilari bilan ham farq qiladi.  

Fe`lning harakterli belgilaridan biri zamonni ko`rsatishi va shaxs-son 

qo`shimchalari bilan o`zgarishidir. 

Fe`l so`z turkumini o`rganishda so`z xazinasini boyitish, nutqiy salohiyatni 

yuksaltirish imkoniyatlari benihoya katta. 

O`quv mashg`ulotlariga ajratilgan vaqtning asosiy qismini amaliy ishlar 

egallashi lozim o`quvchidagi nutq zaxirasini boyitish, og`zaki va yozma nutqni, 

ijodiy tafakkurni rivojlantirish,  fikrni to`g`ri va muxtasar ifodalash malakalarini 

shakllantirish til talimida eng muhim va zaruriy masala hisoblanadi. 

Mazkur maqsadga erishishning yagona yo`li –  fe`lning grammatik 

ma`nolarini o`rganish bilan bir qatorda ularni ma`noviy guruhlarga ajratish, o`zaro 

qiyoslash, farqlash, ular ishtirokida so`z birikmalari  va gaplar qurish , mustaqil va 

mukammal matn yaratish yo`llarini o`rganishdan iborat bo`lmog`i lozim. 

Ma`lumki, tilimizdagi ma`nodoshlarning anchagina qismini fe`llar tashkil 

etadi. Taniqli tilshunos olim A.Hojiyevning ,,O`zbek tili sinonimlarining    izohli 

lug`ati’ ’ da 217 fe`lning ma`nodoshlik uyasi berilgan. 

O`quvchilarning fe`l so`z turkumi ustida ishlash va lug`at zaxiralarini 

boyitishga yo`naltirilgan o`quv topshiriqlaridan namunalar keltirish mumkin: 

1.  Berilgan fe`llarga ma`nodoshlar topish; ajablanmoq, taajjublanmoq, hayron 

bo`lmoq, hayratga tushmoq: ajratmoq, ayirmoq, yolg`iz qoldirmoq, 

yakkalatmoq, judo qilmoq, mahrum qilmoq, tanho qoldirmoq… 

2.  Ma`nodoshlarning ma`no darajasini izohlash,  sharhlash va ularni o`zaro 

farqlash –so`z boyligini oshirishning nutqiy salohiyatni shakllantirishning 

ishonchli vositasi hisoblanadi. 

3.  Berilgan ma`nodoshlar qatoridagi har bir so`z bilan so`z birikmalari va 

gaplar tuzish.  Masalan:  so`z birikmalari hosil qilish; so`z sehridan 

 

10 




hayratlanmoq,  ko`zlariga ishonmay hayron bo`ldi, hayot so`qmoqlarida 

yolg`iz qolmoq, mehribonlaridan ayirmoq; 

Gap tuzish; Shafqatsiz turmush yosh Jamilani hayotning mashaqqatli 

so`qmoqlarida tanho qoldirdi, barcha mehribonlaridan ayirdi…kabi ijodiy amaliy 

topshiriqlarni bajarish yaxshi samaralar beradi. 

O`quvchining nutqiy taraqqiyotini ta`minlashda; 

--berilgan gapdagi tuslangan fe`llarni tuslanmagan fe`llar bilan 

almashtirish; 

--qo`shma gaplarni soda gaplarga aylantirish; 

Jahongir  keldi va muzokara boshlandi. 

Jahongir kelgandan keyin muzokara boshlandi; 

--tuslangan fe`l o`zaklaridan harakat nomlari hosil qilish; yoz-yozuv, yozish, 

yozmoq; bor-borish, boruv, bormoq…  

Ular yordamida gaplar tuzish va ma`no farqlarini tushuntirish; chiroyli yoz 

(undash ma`nosi), lotin yozuvi (yozuv turi), xatosiz yozish (savodxonlik darajasi), 

kitob yozmoq (maqsad ,niyat ma`nosida) birikmalarini gaplarga aylantirish (yozdi-

yozmadi) kabi zid ma`nolarini hosil qilish kabi ijodiy-amaliy ish turlari hozirgi 

o`zbek tilini mukammal o`rganishda samarali natijalar beradi. 

O`quvchi kommukativ savodxonligini ta`minlashda fe`lning uslubiy 

imkoniyatlaridan o`rinli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Fe`l zamonlari 

o`rganilayotganda zamon shakllarini hosil qiluvchi  vositalar shakldoshligiga 

e`tibor  qilish lozim. Chunki zamon shakldoshlarini hosil qilishga oid amaliy 

mashqlar nutqiy taraqqiyot uchun ham o`ta muhim. O`quvchilar fe`l zamonlari 

bilan tanishayotganda zamon qo`shimchalarining almashinib ishlatilishiga oid 

ijodiy-amaliy ishlarni bajarishlari ham maqsadga muvofiq bo`ladi.   

Fe`l ifodalagan ish-harakatning paytga munosabati fe`l zamonlari deyiladi. 

Fe`llarda uchta zamon mavjud; 

1. 


O`tgan zamon fe`llari nutq paytidan oldin bajarilgan yoki 

bajarilmagan ish-harakatni bildiradi;  yozdi, keldi, bordi. 

      O`tgan zamon fe`llari o`z navbatida besh turga  bo`linadi; 

 

11 




1)  yaqin o`tgan zamon fe`llari –di qo`shimchasi va tuslanish yordamida 

hosil qilinadi ; keldi, bordim. 

2)   uzoq o`tgan zamon fe`llari –gan  qo`shimchasi va edi, ekan fe`llarini 

tuslash yordamida hosil qilinadi; kelgan edi. 

3)  o`tgan zamon hikoya fe`llari –ib qo`shimchasini olgan fe`llarni tuslash 

yordamida hosil qilinadi; kelibman. 

4)  o`tgan zamon maqsad fe`llari –moqchi qo`shimchasi va edi fe`lini tuslash 

yordamida yasaladi; kelmoqchi edik. 

  5)  o`tgan zamon davom fe`llari –(a)r qo`shimchasi va edi fe`lini tuslash 

yordamida yasaladi;kelar eding. 

2.  Hozirgi zamon fe`llari nutq paytini o`zida bajarilayotgan yoki 

bajarilmayotgan ish-harakatni bildiradi va ikki turga ajratiladi; 

1) hozirgi zamon davom fe`llari –yap ,-moqda, -yotir qo`shimchalari va 

tuslanish yordamida hosil qilinadi; kelyapti, bormoqda. Bu zamon turi yot, tur, 

yur,  o`tir ko`makchi fe`llari yordamida ham yasaladi; yozib yotibdi, yozib 

turibdi, o`qib yuribdi, gaplashib o`tiribdi. 

2)  hozirgi kelasi zamon fe`llari –a yoki –y qo`shimchalari va tuslanish 

yordamida hosil qilinadi; boraman, kelasan, o`qiyman . 

3)  Kelasi zamon fe`llari nutq paytidan keyin bajariladigan yoki 

bajarilmaydigan ish-harakatni bildiradi va ikki turga ajratiladi; 

1)  kelasi zamon maqsad fe`llari –moqchi qo`shimchasi va tuslanish 

yordamida yasaladi; bormoqchiman, kelmoqchisan.  

2)   kelasi zamon gumon fe`llari –(a)r qo`shimchasi va tuslanish 

yordamida yasaladi; borarman, kelarsan, o`qirman. 

So`z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so`zlarning 

leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko`ra turli guruhlarga 

ajratilishi, yani so`z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi. 

So`zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda uch belgiga; 

1) leksik ma`nosi ( nimani ifodalashi, ya`ni shaxs, narsa, harakat yoki holat, 

belgi kabilarning umumlashtirilgan ma`nolari); 

 

12 



2)  morfologik ( so`zlarning turli shakllari tizimi); 

3) sintantik (turli morfologik shakllarning sintaktik vazifa bajarishi) 

belgilariga asoslaniladi. Demak, so`z turkumlari ustida ishlash o`quvchilarning 

muayyan guruhdagi so`zlarni umumlashtirilgan ma`nolarini kishilarni aloqa 

vositasi sifatidagi ro`lini tushunib olishlariga qaratilishi zarur. 

Boshlang`ich 

sinf o`quvchilari so`z turkumlari bilan umumiy 

tanishtirilgandan so`ng har bir leksik-grammatik guruh alohida o`rganiladi. Bu so`z 

turkumlarini o`rganishning boshlang`ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay 

sharoit yaratadi va shakllantiriladigan grammatik  tushunchaning asosiy 

tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang`ich sinf o`quvchilari ot, 

sifat, son, fe`lning quyidagi hususiyatlarini bilib oladilar. 

1) so`z nimani bildirishi; 

2) qanday so`roqlarga javob bo`lishi; 

3) o`zgarish-o`zgarmasligi, qanday doimiy kategoriyalari mavjudligi; 

4) gapda, asosan, qanday bo`lak vazifasida kelishi.  

O`quvchilar mana shu o`rgangan belgilari asosida so`z turkumlarini 

taqqoslaydilar. Ular nimani o`rganganlariga qarab, har bir so`z turkumining 

grammatik belgilari haqidagi bilimlari asta kengaya va chuqurlasha boradi.  

Dasturga ko`ra, boshlaang`ich sinfda so`zlar dastlab javob bo`ladigan 

morfologik so`roqlariga qarab guruhlanadi. 3-sinfda ,,So`z turkumi’ ’   tushunchasi 

shakllantiriladi. O`quvchilar har bir so`z turkumiga xos ayrim  belgilar  bilan 

tanishtiriladi. 4-sinfda so`z turkumlarining morfologik-sintaktik hususiyatlari 

haqidagi bilim chuqurlashtiriladi; o`quvchilar otlarning egalik va kelishiklar bilan 

o`zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasini, kishilik olmoshlari va ularning 

kelishiklar bilan turlanishini, fe`llarda shaxs son va zamonni o`rganadilar.  

O`quvchilarda so`z turkumlarini bilish ko`nikmasi ularni belgilari 

yig`indisini egallshlari asosida shakllantiriladi. Masalan, gul,  guldor, gulladi 

so`zlarining qaysi so`z turkumiga kirishini bilish uchun 2-sinf o`quvchisi 

quyidagicha fikr yuritadi; nima-gul, bu so`z narsani bildiryapti, ko`plikda 

qo`llanadi-gullar, bu- ot; guldor so`zi qanday so`rog`iga javob bo`lyapti, narsaning 

 

13 




belgisini bildiryapti, bu-sifat; gulladi so`zi nima qildi, so`rog`iga javob bo`lyapti, 

narsaning harakatini bildiryapti bo`lishsiz shaklda qo`llanadi – gullamadi, bu-fe`l. 

Boshlang`ich sinflar dasturi o`quvchilarini so`z turkumlari mustaqil va 

yordamchi so`z turkumlariga bo`linishi bilan maxsus tanishtirishni ko`zda 

tutmaydi, ammo o`qituvchi bolalarni so`z turkumlarining belgilari bilan amaliy 

tanishtiradi.  

So`z turkumlarining o`rganishdagi asosiy vazifa o`quvchilarning og`zaki va 

yozma  nutqini o`stirish lug`atini yangi ot, sifat, son, fe`llar bilan boyitish, 

o`quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so`zlarning ma`nosini aniq 

tushunishiga erishish, bog`lanishli nutqda u yoki bu so`zdan o`rinli foydalanish 

malakasini o`stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaqiyatli hal qilish uchun so`z 

turkumlarini o`rganish jaroyonida sinonim antonimlar ustida muntazam ish olib 

boriladi. O`quvchilar ko`p ma`noli so`zlar, ularning o`z va ko`chma ma`noda 

ishlatilishi bilan tanishtiriladi.  

Bunda ta`limni o`quvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita ko`rganlari 

radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog`lash muhim ahamiyatga 

ega. 

O`quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko`nikmalarini 



shakllantirish, atrof-muhit haqidagi  bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularni 

nutqini o`stirish vazifasini ham amalgam oshiriladi. 

Fe`l ustida ishlashda izchillik, bo`limlar orasidagi bog`lanish, dastur 

materialining hajmi, uni har bir sinfda o`rganish usullari va vositalari shu so`z 

turkumini o`rganish vazifasi uning lingvistik xususiyatlari va kichik yoshdagi 

o`quvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi.  

,,Fe`l’ ’   mavzusini o`rganishda asosiy vazifalar; so`z turkumi sifatida fe`l 

haqida dastlabki tushunchani shakllantirish, o`quvchilar nutqini fe`llar bilan 

boyitish hamda og`zaki va yozma nutqda fe`ldan to`g`ri foydalanish ko`nikmasini 

o`stirish, o`quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, Grammatik  mavzu bilan 

bog`liq holda ayrim imloviy qoidalarni o`zlashtirish hisoblanadi. Bu vazifalar bir-

biri bilan bog`liq holda hal etiladi. 

 

14 



Fe`lning lingvistik xususiyatlari xiyla murakkab, shuning uchun 

boshlang`ich sinf o`quvchilari faqat uning muhim nazariyalari bilan tanishtiriladi. 

Material tanlashda shu materialning nutq va imloga oid vazifalarni hal qilishda 

qanchalik zarurligi hisobga olinadi. 

Fe`lni o`rganishda izchillik birinchi sinfda fe`l ustida ishlash. Fe`l ustida 

ishlashga tayyorgarlik savodga o`rgatish davrida boshlanadi. Bu davrda 

o`quvchilarning diqqati fe`lning leksik ma`nosiga qaratiladi; fe`l  uchun tipik 

hisoblangan leksik ma`nosiga qaratiladi; fe`l uchun tipik hisoblangan leksik –

grammatik ma`noni, ya`ni predmetning harakatini bildirishni umumlashtirish 

imkonini beradigan aniq material yig`iladi. Fe`l ustida ishlash mashqlarini 

,,Alifbe’ ’ dagi  so`z va mashqlarni o`qish, rasmga qarab gap tuzish bilan bog`lab 

o`tkaziladi. Bunda o`qituvchi o`quvchilar gap tuzishda mazmunga mos fe`lni 

topishga, so`z nimani bildirishini va qanday so`roqqa javob bo`lishini aniqlashga 

yordam beradigan sharoit yaratadi. Masalan, bolalar kuzda meva va sabzavotlarni, 

daraxtlarni kuzatib yoki rasmlarni ko`rib, gapni mazmunga mos so`zlar bilan 

to`ldiradilar; Kuzda mevalar nima qiladi,…(pishadi), sabzavotlar nima qiladi,… 

(yetiladi), daraxt barglari nima qiladi,…(sarg`ayadi). 

Bolalar nima qilyaptilar,…(dam olyaptilar),…  (o`ynayaptilar) ,… 

(ishlayaptilar). 

Fe`lni o`rganishda maqsadga qaratilgan ishlar harakatni bildirgan so`zlar 

mavzusini o`rganishdan boshlanadi. 

Fe`l leksik ma`nosi bilan grammatik ma`nosi mos keladigan (nima qilyapti) 

yugurayapti , arralayapti, sakrayapti, (nima qildi) yugurdi, arraladi, sakradi, (nima 

qiladi) yuguradi, arralaydi, sakraydi kabi misollardan foydalanish bilan o`quvchilar 

o`zlari bajargan harakatlarni aytishni so`rab, ular bergan javobini so`roqlari bilan 

doskaga yozib, suxbat o`tkazish bilan tushuntiriladi. O`quvchilarni so`roq berish 

bilan holat bildiradigan uxlayapti, o`ynayapti, faxrlanadi kabi fe`llarni ham 

tanlashga o`rgatib boorish muxim ahamiyatga ega. Bunday mashqlar o`quvchilarda 

predmet  harakatini keng ma`noda tushunish ko`nikmasining shakllana borishiga 

yordam beradi.  

 

15 



Dastur o`quvchilarda so`zlarga so`roq berib, ularni bir-biridan farqlash 

ko`nikmasini shakllantirishni talab etadi. Buning uchun o`qituvchi fe`lning har hil 

shakllaridan  foydalanib, maxsus mashqlar o`tkazadi. Nima, so`rog`iga javob 

bo`lgan so`z bilan nima qildi, nima qilyapti, nima qiladi, so`rog`iga javob bo`lgan 

so`zlar esa predmet harakatini bildirishi aniqlanadi. Taqqoslash ot va fe`lni 

ajratishga o`rgatadi. Ularning nutqda bir-biriga ta`sir etishini aniqlashga imkon 

beradi. 

Fe`lga so`roq berishga o`rgatish yuzaki bo`lmasligi, o`quvchilar harakat bir 

kishi tomonidan bajarilsa nima qildi, nima qilyapti, nima qilmoqchi, so`roqlarini, 

ikki va undan ortiq kishi tomonidan bajarilsa nima qiladilar, nima qilyaptilar, nima 

qilmoqchilar, so`roqlarini berishni bilishlari zarur. Bunday so`roqlarga javob 

berishga o`rgatish o`z navbatida, fe`l zamonlarini o`rganishga tayyorlash 

demakdir. 

Birinchi sinfda morfologik so`roq so`z nimani bildirishini aniqlash 

maqsadida beriladi. O`quvchilarni so`zga so`roq berishga, o`qituvchi bergan 

so`rog`iga javob bo`ladigan so`zlarni tanlashga, so`zni so`roqqa mos ravishda 

o`zgartirishga o`rgatiladi. 


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish