Mavzu : Bank tizimi – moliya tizimining asosiy tarkibiy qismi sifatida mundarija: kirish i-bob


Milliy iqtisodiyot rivojida bank tizimining ahamiyati



Download 60,56 Kb.
bet5/9
Sana31.12.2021
Hajmi60,56 Kb.
#222440
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bank tizimi

1.3. Milliy iqtisodiyot rivojida bank tizimining ahamiyati

“Moody’s” xalqaro reyting agentligi tomonidan “O`zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqbollari” to`g`risidagi hisobotiga muvofiq ketma-ket besh yildirki, mamlakatimiz bank tizimining rivojlanish istiqbollari “barqaror” deb baholanmoqda. Respublika bank tizimini isloh qilish va yanada rivojlantirish ishlari “o`zbek modeli” asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilib, qisqa muddatda O`zbekistonning mustaqil bank tizimi yaratildi. Bugun mamlakatimizda 26 tijorat banki, ularning 840 hududiy filiali, 8350 dan ziyod bank infratuzilmasi hamda 72 bankdan tashqari kredit tashkiloti faoliyat ko`rsatmoqda. YUrtimizda bank tizimini yanada isloh etish, aholining banklarga bo`lgan ishonchini mustahkamlash, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng qo`llagan holda bank xizmatlarining turi va ko`lamini kengaytirish bo`yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, aynan banklar butun iqtisodiyotimizni oziqlantirib turadigan qon tomirlari hisoblanadi, mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi bevosita ularning samarali faoliyatiga bog`liq. Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda faoliyat ko`rsatayotgan tijorat banklari ana shunday yuksak mas’uliyatni his etgan holda ish olib borib, tizimni yurtimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmog`iga aylantirishga harakat qilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar amaliyotda o`z natijasini bermoqda. Jahon miqyosida yuz bergan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz oqibatlari hali-hamon davom etayotgan bir paytda yurtimiz iqtisodiyoti barqaror rivojlanib borayotgani bunga yaqqol misol bo`la oladi. Albatta, bunda banklarning bir maromda ishlash strategiyasi puxta ishlab chiqilgani, har bir bankka alohida yondashilib, kapitalining o`sishini bevosita nazoratga olgan holda aktivlari sifat jihatdan yaxshilanib borilishiga jiddiy e’tibor qaratilayotgani diqqatga sazovor. Ana shunday puxta o`ylangan strategiya bank tizimining muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlamoqda. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi aylanma mablag`larning taqchilligi sharoitida tovar va xizmatlar bozoridagi raqobatning natijasi sifatida mahsulot yetkazib beruvchi va sotuvchi o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni erkinlashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Narxlarning pasayishi, sifatning oshishi, faoliyatning diversifikasiyasi zamonaviy sharoitlarda bozordagi samarali harakatlanishning yagona mexanizmi emas. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon moliyaviy-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va ushbu tizimni tubdan isloh qilish zarurligini ko`rsatdi. Ayni vaqtda, bu inqiroz o`z korporativ manfaatlarini ko`zlab ish yuritib kelayotgan, kredit va qimmatbaho qog`ozlar bozorida turli spekulyativ amaliyotlarga berilib ketgan banklar faoliyati ustidan yetarli darajada nazorat yo`qligini ham ta’minladi. Moliyaviy-iqtisodiy inqirozning miqyosi, ko`lami va oqibatlari har bir davlatda turlicha bo`ladi. Bu davlatning moliya-valyuta tizimiga, milliy kredit institutlarining kapitallashuvi va likvidligi (to`lov imkoni)ga, ularning chet el va korporativ bank tuzilmalariga qaram yoki qaram emasligiga, oltin-valyuta zaxirasining hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati, eng asosiysi — mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi, diversifikasiya va raqobatbardoshlik darajasiga bog`liq. Bank tizimining barqaror ishlashi yurt istiqbolini belgilaydigan eng muhim omillardan biridir. Davlatlar hamkorlikni yo`lga qo`yishdan oldin mamlakatning iqtisodiy salohiyatini tahlil etishining boisi ham shunda. Bu jarayonda, asosiy e’tibor bank tizimi faoliyatiga qaratiladi. CHunki ushbu soha barqarorligi davlatning to`lov qobiliyati yuqoriligidan dalolat beradi. SHu jihatdan banklar faoliyatini samarali huquqiy tartibga solish, xususiy banklarning mamlakat iqtisodiy rivojlanishdagi faoliyatini yanada jonlantirish, maqbul huquqiy tartibga solish mexanizmlarini yaratish zaruriyati yuzaga keladi. Bunda esa xorijiy mamlakatlarning, ayniqsa, yevropa Ittifoqi mamlakatlarining boy tajribasini o`rganish va ularning ijobiy jihatlarini milliy qonunchilikka implementasiya qilish alohida ahamiyatga ega. Bugungi kunda banklarning kapitallashuvi jarayonining chuqurlashuvi, ular o`rtasida sog`lom raqobat muhitining yuzaga kelayotgani va ko`rsatilayotgan xizmatlar ko`lamining tobora kengayib borayotgani o`z-o`zidan banklarni bir hudud doirasida cheklanib qolmasdan, xalqaro moliya bozorlariga chiqishni ham taqozo etmoqda. Bunga erishish uchun banklar xalqaro reyting agentliklari kreditga layoqatlilik borasidagi reytingiga ega bo`lishi juda muhimdir. Dunyodagi ayrim davlatlar iqtisodiyotiga nazar solsak, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi bank tizimining katta miqdorda moddiy zarar ko`rishiga yoki olayotgan foydasining bir necha barobar kamayib ketishiga, natijada kapitallashuv darajasi keskin pasayishiga olib kelganini ko`rish mumkin. Jumladan, inqiroz tashqi qarzlarga tayanib qolgan davlatlarning bank tizimidagi muammolarni yaqqol namoyon qildi. SHu bilan birga, Markaziy bank faoliyatida bank nazoratining ahamiyatini keskin oshirdi. Jahondagi ko`pgina yirik iqtisodchilar yuz bergan inqirozni moliya bozorlarining samarali nazorat qilinmagani, uni rivojlantirish va nazorat qilish tizimining uzviyligi hamda izchilligi ta’minlanmagani, milliy moliya institutlarining mos tarzda nazorat tizimini vujudga keltirmasdan turib, jahon moliya bozoriga kirgani bilan bog`lamoqdalar. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, jahonning ko`pgina mamlakatlarida yuz bergan iqtisodiy tanglik bank nazoratini oqilona boshqarishda O`zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlantirish siyosatining to`g`riligini amalda yana bir marta isbotladi. Bank tizimini yanada isloh etish borasida olib borilayotgan tizimli islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar, ko`rsatma va tavsiyalarning ijrosi izchil ta’minlanayotgani tufayli yurtimiz bank tizimi muntazam ravishda “Mudis” (“Moody's”), “Standart end Purs” (“Standard & Poor's”, “Fitch Reytings” (“Fitch Ratings”) kabi yetakchi xalqaro reyting kompaniyalarining ijobiy baholariga sazovor bo`lib kelmoqda. 2013 — 2014-yillarda mamlakatimizdagi mavjud banklarning barchasi ana shunday yuqori bahoga munosib topilishi fikrimizning tasdig`idir. Tabiiyki, bunday natijaga erishish oson emas. CHunki ushbu nufuzli kompaniyalar har bir davlatning bank-moliya tizimini baholashda ularning dunyo banklari oldiga qo`yilgan talablar, umume’tirof etilgan barcha me’yorlarga mos kelishiga alohida e’tibor qaratadi. Qiyoslash uchun oladigan bo`lsak, “Mudis” xalqaro reyting agentligining shu yil aprel oyida “Interfaks”ga bergan ma’lumotida, Qozog`istonda 2008 yildan buyon hanuzgacha bank tizimi salbiy holatligicha qolmoqda. Muammoli kreditlar ulushining yuqori bo`lganini hisobga olgan holda shubhali kreditlarning xarajatlarini qoplash zarurligi, bank kapitalining rentabelligi va yetarlilik darajasining pastligi hamda banklarning yirik kreditorlarini tizimli rag`batlantirishi juda ham past darajada qolgani qayd etib o`tilgan. SHuningdek, muammoli kreditlar hajmi 2013 yil oxiriga kelib, bank kredit portfelining 40 foizini tashkil etgan bo`lsa, 2014 yil oxirigacha esa ushbu ko`rsatkich 40 foizdan ham oshishi kutilmoqda. Buning oqibatida omonatchilarning bankka bo`lgan ishonchini pasayishi bilan birga, aholining bankka qo`yilgan omonatlariga ham salbiy ta’sir ko`rsatishi mumkinligiga alohida urg`u bergan. Ko`rinib turibdiki, bank va mijoz munosabatlari tizim faoliyatida o`ta muhim ahamiyatga ega. SHu bois mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq “Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun” tamoyiliga amal qilinayotgani bugungi yutuqlarimizning amaliy natijalarini ta’minlamoqda. SHu o`rinda ta’kidlash kerakki, “Mudis” xalqaro reyting agentligining 2014 yil aprel oyida e’lon qilingan xulosasiga ko`ra “barqaror” prognozi O`zbekiston iqtisodiyotiga katta hajmdagi investisiyalar yo`naltirilishi hisobiga yuqori sur’atlarda o`sayotgani bilan izohlanadi. SHuningdek, iqtisodiyotni kreditlash hajmlarining o`sishini ta’minlovchi manba hisoblangan O`zbekiston banklarining barqaror daromadlari bank tizimi rivojlanishi istiqbollariga ijobiy ta’sir qiluvchi muhim omillar qatoriga kiritilmoqda. Agentlik tomonidan O`zbekistonda oxirgi 10 yil mobaynida yuqori iqtisodiy o`sish darajasi ta’minlangani hamda mamlakatimiz eksporti tarkibining MDHdagi boshqa mamlakatlarga nisbatan diversifikasiyalangani hisobiga iqtisodiy o`sish sur’atlari o`zgaruvchanligining sezilarli darajada past bo`lgani ta’kidlanmoqda. SHu bilan birga, xalqaro agentlik O`zbekiston banklari aktivlari sifatining barqaror dinamikasiga e’tibor qaratib, kapital investisiyalar sohasidagi ijobiy holat aktivlar sifatining yuqori darajada saqlanib qolishiga asos bo`lishini qayd etdi. 2013 yil yakuni bo`yicha O`zbekiston Respublikasi tijorat banklari aktivlari umumiy miqdori 30 foiz, oxirgi besh yilda esa ushbu ko`rsatkich 3,6 barobar ko`paygan. Bank tizimi kapitallashuvini oshirish bo`yicha amalga oshirilgan maqsadli chora-tadbirlar banklar jami kapitalining oxirgi besh yilda 3,5 barobar, 2013 yil davomida esa 25,1 foiz oshishini ta’minladi. Bank tizimi kapitali yetarlilik darajasining ushbu ko`rsatkichi umumqabul qilingan xalqaro standartlarga nisbatan 3 barobar yuqoridir. Reyting agentligining fikriga ko`ra 2014 — 2015-yillar davomida kreditlash hajmining yiliga 20 foizga oshishi sharoitida kapital yetarliligining joriy koeffisientini saqlab qolish uchun “Moody’s” reytingiga ega bo`lgan O`zbekiston banklari kelgusida kapitalni qo`shimcha oshirish bo`yicha chora-tadbirlar ko`rishlari lozim. O`zbekiston banklarining joriy likvidlik darajasi bank tizimi barqarorligini baholashda muhim omillardan biri bo`lib, qator yillar davomida 65 foizdan yuqori, ya’ni belgilangan minimal darajadan 2 barobar yuqori miqdorni tashkil etadi. Ta’kidlash joizki, xo`jalik sub’ektlari depozitlari va aholi omonatlari, shuningdek, moliyalashtirishning boshqa manbalari kelgusida bank tizimi likvidliligini ta’minlashga xizmat qiladi. Jumladan, tijorat banklaridagi depozitlarning umumiy hajmi oxirgi besh yilda 4,1 barobar, 2013 yilda esa 30,2 foiz oshgan. “Moody’s” agentligi tomonidan prognoz davrida O`zbekiston banklarining likvidlik va daromadlilik ko`rsatkichlarining barqaror darajada saqlanib turishi kutilmoqda. Umuman olganda, “Moody’s” agentligining ta’kidlashicha, 12-18 oyni tashkil etuvchi prognoz davrida mamlakat iqtisodiyotining yuqori o`sish sur’ati banklar uchun qulay amaliyot muhitini ta’minlaydi. Bir so`z bilan aytganda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar boshqa sohalar qatori moliya-bank tizimining barqaror rivojlanishiga, pirovardida yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligiga xizmat qilayotgani ayni haqiqat. YUrtimizda tijorat banklari faoliyatiga davlat tomonidan berilayotgan kafolat va keng ko`lamli imkoniyatlar, qonunchilik bazasining yildan-yilga takomillashtirib borilayotgani sohada raqobatni kengaytirish, bank va boshqa moliya xizmatlari bozorida mijozlarga xizmat ko`rsatish sifatini oshirish, eng

yuksak xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy bozor infratuzilmasini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.




Download 60,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish