Mavzu : “Asrga tatigulik kun” asari tahlili
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad:
o’quvchilarning “Asrga tatigulik kun” romani bo’yicha olgan bilimlarini
sinash va mustahkamlash ;
tarbiyaviy maqsad: o’quvchilar e’tiborini milliy urf-odatlarga qaratish , ularda mardlik,sadoqat, ota-onaga bo’lgan hurmatni shakllantirish;
rivojlantiruvchi maqsad : o’quvchilarning mustaqil
va ijodiy fikrlash malakasini rivojlantirish.
Darsning turi: mustahkamlovchi
Darsda foydalanilgan jihozlar: darslik, Chingiz Aytmatov surati, “Asrga tatigulik kun” romani , kompyuter, kitoblar, izohli rasmlar
test savollari, qog’oz va markerlar.
Darsdsa foydalanilgan usullar: “Aqliy hujum”, “Klaster”,”Idrok haritasi”
Testlar.
Darsning borishi: I/ tashkiliy qism
b) salomlashish
d) navbatchi axboroti
e) ma’naviyat daqiqasi
Dars aprel oyidagi muhim sanalarni yodga olish bilan boshlanadi. Unda o’quvchilar Amir Temur, Abdulla Qodiriy, Muhammad Yusuf, Y.A. Gagarinning fazoga parvozi haqida,V. Shekspir haqidagi ma’lumotlarni rus,ingliz va o’zbek tillarida bayon etadilar.
O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Chingiz Aytmatov haqida ma’lumotlar tinglanadi. Darsning bu qismida “Aqliy hujum” usulidan foydalanildi. Unda quyidagi savollar monitorda aks ettiriladi:
Chingiz Aytmatovning qaysi romani matbuotda e’lon qilinisdhi bilanoq, keng jamoatchilikni larzaga soldi? ( “Asrga tatigulik kun”romani )
Qaysi asarda voqealar bir kunda bo’lib o’tadi? ( “Asrga tatigulik kun”romani )
“Asrga tatigulik kun” romanida Chingiz Aytmatov qaysi yozuvchi – “Bu kitob jism-u fig’onimdir mening, Bu kalom jon-u jahonimdir mening” satrlarini epigraf qilib oladi? (Arman yozuvchisi Grigor Narigadzining “ Musibatnoma” asaridan.)
Chungiz aytmatov manqurtdan farqi yo’q, kechagi kunini eslay olmaydigan kishilar obrazini “Asrga tatigulik kun” romanidagi qaysi qahramonlar orqali ochib beradi? ( Sobitjon va Jo’lamon)
Ona Bayit qabristonigacha Bo’ronli bekatdan eng yaqin yo’ldan yurganda boorish-u kelish uchun qancha masofa ketar edi? ( 60 chaqirim)
Manqurt so’ziga izoh bering. ( Xotirasidan umrbod mahrum bo’lgan, o’zligini, o’tmishini eslay olmaydigan kishi.)
Kazangapning dafn marosimiga necha kishi yig’ildi? ( 6 kishi)
Jungjanglar manqurtga nima qilishni buyurdilar? ( “Hech qanaqa onang emas, u! Senda ona yo’q! U telpagingni sidirib olib, boshingni qaynoq suvga solgani kelgan. Mana buni ol”,-deb unga o’q- yoy tutishadi.)
Sobitjonning xotini nima uchun qaynotasining dafn marosimiga kelmadi? ( Allaqanday konferensiya bo’larmish. Ana shu yig’inga chet eldan mehmonlar kelarmish)
Manqurtda qanday xotira saqlanib qolgan edi? ( O’q-yoydan bexato mo’ljalga olish.)
Manqurt Nayman onani o’ldirgandan so’ng , onaning nimasi qushga aylanib chirqiray boshlaydi? ( Onaning oq ro’moli.)
Edigey tabiatiga hos yiksak insoniy fazilatlar qachon namoyon bo’ladi? ( Kazangapning dafn marosimida )
O’quvchilarning savollarga bergan javoblari o’qituvchi tomonidan rag’batlantiriladi.
Demak, biz ma’naviyatni inson qalbining quyoshi deb atay olamiz. Shu o’rinda
birinchi yurtboshimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning ma’naviyatga bergan
ta’rifi o’quvchilar tomonidan keltiriladi. Shundan so’ng ma’naviyatni
q uyosh shakli orqali ifodalanadi.
O’quvchilar quyosh nurlarini aks ettirayotganlarida ma’naviyat haqida o’z tushunchalarini bayon etadilar; Ma’naviyat bu- ota- onaga hurmatda bo’lish, yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanish, kiyinish madaniyatiga rioya qilish, o’zgalar fikrini hurmat qilish, do’stga sadoqatli bo’lish kabi fikrlar bilan sinf doskasida quyoshni aks ettiradilar.
Yangi mavzu bayoni: “Asrga tatigulik kun” asari tahlili.
Darsning shiori: “ Ma’naviyatni anglash- o’zlikni anglash”
Darsni mazmunli chiqishi uchun sinf o’quvchilari ikki guruhga ajratib olamiz. Har bir guruh o’ziga nom tanlaydi va uni izohlaydi. 1- guruh “Kelajak” deb nomlanadi .
2- guruh esa “Kamolot” deb nomlanadi.
Chingiz Aytmatov asarlari to'g'ri ko'rsatilgan javobni toping.
A) «Jamila», «Oq kema», «Bolalik», «Tirilgan murda»
B) «Alvido, Gulsari», «Oq kema», «Jamila»,
«0'tmishdan ertaklar»
«Oq yomg'ir», «Oq kema», «Yuzma-yuz»,
«Oq kema», «Jamila», «Yuzma-yuz», «Somon yo'li»
«Asrga tatigulik kun» romanidagi Nayman ona dafn etilgan joy qanday nomlanadi?
Enasoy
Issiqko'l
Qorovultog'
Sario'zakdagi Ona Bayit qabristoni
«Asrga tatigulik kun» romani qahramonlari to'g'ri qayd etilgan javobni toping.
Kazangap, Edigey, Jamila, Jo'lomon, Mo'min
Edigey, Bo'ron, Nayman ona, Jo'lomon, Pushkaryov
Tansiqboyev, Edigey, Edilboy, Qalibek
Nayman ona, Jo'lomon, Do'nanboy, O'razqul, Bo'key
Do'stlaringiz bilan baham: |