arj e – d ? matn
ko`rinishida bo`ladi. Arxiv fayl bir butun bo`lib, diskning nosozligi yoki boshqa boblarga ko`ra uning qismini o`qib olish mumkin bo`lmasa arxiv fayldagi barcha fayllardan ajralib qolish mumkin. Bunday ko`ngilsiz holatlarning oldini olish uchun asosiy fayllarni yo`qotmay turib tuzilgan arxiv faylni tekshirib ko`rish kerak.. Buning uchun quyidagi buyruqdan faydalaniladi.
arj t matn. arj
Buyruqdagi t harfi test so`zidan olingan bo`lib, tekshirish ma`nosini anglatadi. Buyruqning bajarilish natijasida ekranda arxivdagi fayllar ro`yxati va har bir fayl nomidan keyin, agar u yaxshi holatda bo`lsa << OK >> , qandaydir hatolika ega bo`lsa, << CRC error! >> yozuvi chiqariladi. Test oxirida arxivdagi xatolar soni ko`rsatildi. Xato jiddiyroq bo`lganda test jarayoni to`xtab qolishi ham mumkin. Bunday holatlarda arxiv faylni qayta tuzish lozim.
Agar asosiy fayllar o`chirilgandan keyin arxiv faylda xato borligi aniqlansa, arxiv faylni davolovchi parametrlar jr yoki jrl bilan ochish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |