Mavzu : amir temur davlatida boshqaruv tizimi. Temur tuzuklari


Davlatning harbiy sud boshqaruv tizimlari



Download 49,65 Kb.
bet3/6
Sana19.04.2022
Hajmi49,65 Kb.
#563394
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
amir temur

1.2 Davlatning harbiy sud boshqaruv tizimlari
Amir navkarlaridan iborat bo'lgan armiyaning tashkil etilishi va boshqarilishi davlat hayotining muhim jabhasi hisoblanadi. Amir Temurning o'zi butun qo'shinlarning bosh qo'mondoni edi. U o'z navkarlari ichidan 313 kishiga amirlik (harbiy boshliq) raansabini bergan va ularning har biriga o'rinbosar («amirlikka nomzod»-muntazir-ul-amorat) tayinlagan.7
313 kishidan 4 nafarini beklarbegi, bir kishini amir ul-umaro etib tayinlagan. Amir ul-umaro bevosita amirning o'rinbosari bo'lib, uning hukmi amirlar va sipohiylar uchun majburiy bo'lgan.
Yuqoridagilardan tashqari, yana 12 kishi amirlik darajasiga ega bo'lgan. Bulardan birinchisi ming kishilik askarga, ikkinchisi ikki ming kishilik, uchinchisi uch ming kishilik va hokazo askarga, o'n ikkinchisi o'n ikki ming kishilik askarga amir hisoblangan. Amirlik tartibiga qarab biri ikkinchisiga noib bo'lgan. Masalan, birinchi amir ikkinchi amirga, ikkinchi amir uchinchi amirga va hokazo noib etib tayinlanganlar. O'n ikkinchi amir esa amir ul-umaroning noibi bo'lgan. Amir ul-umaro Amir Temur noibi hisoblangan.
313 kishidan yuztasi - o'nboshi, yuztasi - yuzboshi, yuztasi -- mingboshi bo'lib, jang paytida amir ul-umaro - amirlarga, amirlar -mingboshilarga, mingboshilar - yuzboshilarga, yuzboshilar - o'nboshi-larga boshliq edi.
Jang vaqtida amirning birinchi yordamchisi - amir ul-umaroga qo'shinlarning amirlari bo'ysunganlar. Qo'shinlar yetti korpusga ajralganlar: qorovul (old qism), chapovul (hujum qiluvchi qo'shin), shiqpvul; (q.o'shinning so'l qanotini qo'riqlab turuvchi bo'linma), chindovul (armiyaning orqa qismi), gul (markaz), barong'or (qo'shinning o'ng qanoti) va jarong'or (qo'shinning so'l qanoti). Bundan tashqari qorovullar (qo'shinning oldida boruvchi xabarchi qism) ham mavjud bo'lgan.
Temurga sodiq bo'lgan jangchi va lashkarboshilar mukofotlanganlar. Jang vaqtida birinchi marta botirlik va mardlik qilgan bo'lsa - o'nboshi, ikkinchi marotabasida - yuzboshi, uchinchisida - mingboshi qilib tayinlangan. Agar mingboshi dushmanning birorta harbiy bo'linmasini mag'lubiyatga uchratsa, birinchi amir etib tayinlangan.
Birinchi amir dushman lashkari safini buzib, tarqatib yuborsa, ikkinchi amirlik darajasiga ko'tarilgan. Shu tariqa, xizmat ko'rsatgan amirlar o'z martabasidan yuqori ko'tarilaverganlar. Agar sipohiy 8mardlik ko'rsatsa, maoshi oshirilgan. Bundan tashqari unga in'om tariqasida chumoq, qimmatbaho toshlar qadalgan o'tog'a (bosh kiyimiga taqiladigan belgi), qilich va ot berilib, o'nboshilik martabasiga ko'tarilgan. Agar o'nboshi dushman qo'shinlarini sindirsa, unga shahar hokimligi berilgan. Yuzboshi boisa, uni biror mamlakatga hukmdor etib tayinlangan. Mingboshilar ham bunday xizmatlari uchun mamlakat hukmdori lavozimini olganlar.
Temur tuzuklariga asosan har bir sarhad, viloyat, shahar va lashkarda xabar yozuvchilar tayinlangan. Ular hokimlar, raiyat, sipoh va lashkarlarning xatti-harakati haqida, atrofdan kirgan-chiqqan mol-mulk, begona kishilar, qo'shni davlatlar va boshqalar haqida xabar yetkazib turishlari lozim edi. Shu bilan birga, ular armiyadagi holat, lashkarlarning jangovor tayyorligi va ma'naviy sifatlari to'g'risida ham axborot berib turganlar. Bundan tashqari yana «mingta tezyurar tuya mingan, mingta ot mingan yelib-yuguruvchi kishini chopqunchi, riling nafar tezyurar piyodani chopar etib tayinlangan».' Ular turli mamlakatlaiy sarhadlarning xabarlarini, qo'shni hukmdorlarning maqsadlari va niyatlarini yetkazib turganlar.
Har bir shahar va qishloqqa qutvol (qal'a boshlig'i - komendant) tayinlanib, u sipohu raiyatga soqchilik qilgan va turli xil o'g'irliklardan himoya qilib turishi lozim bo'lgan. Bundan tashqari maxsus yo'l kuzatuvchilari, zobitlar ( idora etuvchi qo'shin boshliqlari) tayinlanib, yo'llarni qo'riqlab, o'tkinchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarni manzildan-manzilga yetkazib qo'yish fiiajburiyatiga ega bo'lganlar. Yo'lda birortasining narsasi yo'qolsa, o'Zi o'ldirilsa yoki boshqa kor-hol yuz bersa, hamma uchun javob berganlar.Temur arzbegi mansabini ta'sis etgan.
U sipoh , raiyat yoki ariza va shikoyat bilan kelganlarning ahvolini, mamlakat obodonchiligini, muhim jshlardan qaysi biri bitgan-bitmaganligini hal qilgan.Temur hokimiyati ostidagi o'troq dehqon ommasi va shahar aholisini boshqarish viloyatlaming hokimlari - valilar, o'lkalar - beklar va shaharlar - hokimlar tomonidan amalga oshirilgan.
Kentlar (uyezd) 9va qishloqlar tepasida arboblar turgan. Ular viloyat va okruglarning hokimlari tomonidan tayinlangan.Mahalliy hokimiyat boshliqlari asosan aholidan soliq va o'lponlarni yig'ishni va bularni davlat xazinasiga o'z vaqtida yetkazishni kuzatib turganlar.Har bir viloyat, tuman va shaharlarda moliya ishlarini 3 ta vazir yuritgan: 1) xiroj va miqdorini belgilashi va uni yig'ish bilan shug'ullanuvchi vazir; 2) navkarlar o'rtasida soliqlardan tushgan mablag'larni taqsimlovchi vazir; 3) egasiz mulklarni boshqaruvchi vazir.
Ko'chmanchi va yarim ko'chmanchi aholi ichida mahalliy hokimiyat tumanlar va uluslarning hokimlariga tegishli "bo'lgan. Bu yerlarda aholi orasida urug'-qabilachilik an'analari saqlanib qolgan bo'lib , u asta-sekin shariat normalari tomonidan siqib chiqarilgan.Temur davlatida sud ishlari qozilar tomonidan amalga oshirilgan. Sudlar ochiq ko'rinishdagi toifaviy xarakterga ega bo'lgan. Aholi uchun, qo'shinlar uchun, ruhoniylar-dindorlar uchun va xizmatchilar uchun alohida sudlar (qozilar) mavjud bo'lgan.Umuman sud hokimiyati 3 xil ko'rinishga ega bo'lgan:
1) ma'muriy sudlar;
2)shariat qozisi10, ya'ni shariat normalariga asoslanib ish yurituvchi sudya;
3) ahdos qozisi - odat huquqi asosida ish ko'ruvchi sudya.
Diniy martabadagi kishilarni shayx-ul-islom sud qilgan.
Barcha sudlarda qozilarga fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha xulosalarni mufti (qonunshunos yurist) bergan. Sud jarayoni juda sodda va oddiy bo'lgan. U tortishuv xarakteriga ega bo'lib, tomonlarning o'zlari ayblovchi va oqlovchi ma'lumotlarni, hujjatlarni to'plaganlar, guvohlarni keltirganlar. «Temur tuzuklari»ga asosan, qozilar, har kimni qilmishiga yarasha javobgarlikka tortishi, «asosli qarorlar va hukmlar» chiqarishi lozim edi. Tomonlar qozilarning hukmlari va qarorlaridan norozi bo'lsalar faqat amirga shikoyat qilishlari mumkin edi. Amirning hukmi vojib bo'lgan.
Temur davlatida muxtasibla11r (arabcha nazorat qiluvchilar) alohida mavqega ega edilar. Ular diniy marosimlar, urf-odatlar va shariat qonunlarining bajarilishi ustidan nazorat qilib turardilar.Butun imperiya bo'yicha odil sudlov holatiga qozikalon (oliy sudya) javob bergan. U raiyat qozilari faoliyati ustidan nazorat qilib turgan. Temur davlatida davlatni boshqarish tartibiga qarshi qaratilgan hamda mansablarni suiiste'mol qilishga qarshi qaratilgan jinoyatlar bo'yicha sud ishlarini yurituvchi maxsus organ - adolat devoni mavjud bo'lgan.Javobgarlikka tortishda va jazo berishda shaxsning ijtimoiy holatiga alohida e'tibor berilgan. Masalan: bosib olingan o'lkalarni idora etuvchi taxt vorisi markaziy hokimiyatga bo'ysunmasa, unga tan jazosi qo'llanishi mumkin emas edi. Bunday holda uni tergov tugaguncha qamoqda (zindonda) saqlash va amirga ma'lum qilish kerak edi. Uni ustidan sudni amirning o'zi amalga oshirgan.
Temur juda ko'p davlatlarni bo'ysundirgan. U bosib olgan mamlakatlarning aholisining itoatkorligini, hukmron sinflarning yurish-turishlarini qattiq kuzatib turgan. Temurning maxfiy agentlari bo'lgan. Shu bilan birga har bir mamlakatning ahvolini, sipohu raiyat kayfiyatini, turish-turmushlarini, qilish-qilmishlarini kuzatib turish uchun voqeanavis (yurtda bo'ladigan voqealarni kunma-kun yozib boruvchi odam)lar tayinlangan. Voqeanavis maxfiy politsiya funksiyasini bajargan. U o'ziga tegishli hududdagi aholi orasida, harbiy boshliqlar va lashkarlar orasida nima voqealar bo'layotganidan doimo xabardor bo'lib turishi va bular haqida Temurga har kuni ma'lum qilib turishi kerak edi.
Maxfiy politsiya funksiyasini mingta tezyurar tuya mingan, mingta ot mingan chopqunchilar, ming nafar choparlar amalga oshirganlar. Ular turli mamlakatlar va sarhadlarning xabarlarini, qo'shni hukmdorlarning maqsadlari va niyatlarini bilib amirga yetkazib turganlar.
Temur tuzuklarida yozilganidek, har bir sarhad, viloyat, shahar va lashkarda xabar yozuvchi (xabarnavis)lar tayinlanib, ular hokimlar, raiyat, sipoh va begona lashkarning xatti-harakati haqida amirni xabardor qilib turganlar. Ular atrofdan kirgan-chiqqan mol-mulk, chetdan kirgan va chetga chiqqan yot kishilar har mamlakatdan kelgan karvonlar va hukmdorlik haqidagi xabarlar, qo'shni podsholar, ularning gaplari, ishlari va chekka o'lkalardan kelgan ulamo, fuzalo haqida batafsil xabarlarni to'g'ri yozib turishlari lozim bo'lgan.
Maxfiy politsiya bilan birga jinoiy politsiya ham mavjud bo'lgan. Masalan, har bir shahar va qishloqqa kutvol (qal'a komendanti) tayinlanib, u sipoh va raiyatga soqchilik qilgan, o'g'irlik va bosqinchiliklarni oldini olgan. Bundan tashqari yo'l ustiga kuzatuvchilar, zobitlar (boshqaruvchilar) tayinlanib, ular yo'llarni qo'riqlaganlar, o'tkinchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarining daxlsizligini himoya qilganlar. Yana har bir shaharda qo'rchilar (qo'riqchilar, posbonlar) ham bo'lib, ular aholini qo'riqlab turganlar. Temur har bir mamlakatda mehnatga layoqatli gadolarni aniqlab, ularga vazifa yuklab ish berilishi haqida buyruq chiqargan.
Amir Temur mamlakatda qatiqqo'l hokimiyat o'rnatish zarurligini yaxshi tushunardi. Negaki, ko'chmanchi mug'ul-turk qabilalaridan jaloir, barlos, sulduz va boshqa o'zboshimcha boshliqlarini itoatda ushlab turish oson emas edi. Shu maqsadda mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy kirishadi. U o'ziga mustahkam tayanch barpo etish barlos qabilasidan harbiy qism tashkil etib, ularga katta maxsus imtiyozlar beradi.
Amir Temur o'z davlati hokimiyatini kuchida islom diniga tayandi. Islom namoyandalari uni qo'llab-quvvatladi. Mamlakat aholisining ko'pchiligini tashkil etish dehqonlar va shahar aholisi – tijoratchilar, hunarmandlar sohibqironning davlatni tejash tadbirlar-larini ma'qulladilar.
Bular:
1. Kengash.
2. Mashvaratu maslaxat.
3. qat'iy qaror, tadbirkorlik va xushyorlik.
4. Extiyotkorlik.
Amir Temur hukmdor uchun qo'yidagi o'n ikki xislat zarurligini va bu xislatlarning birortasiga amal qilinmasa saltanat ishlariga putur yetishi tarixiy misollar bilan isbot qilib bergan edi. A. Temur hukmdor birinchidan o'z so'ziga ega bo'lishi, adolatpesha bo'lishi, to'rtinchidan qarorida qat'iy bo'lishi, beshidan hukm chiqarilishi, oltinchidan podsholik. ishlarini har kimga topshirib qo'ymaslik, yettinchidan ko'pchilikning fikrini yaratishi, sak qizidan shoshmasdan mulohaza bilan ish yuritishi, to'qqizinchidan sipohu, raiyatni umid va qo'rquv quvvatlarini saqlashi, o'ninchidan ishni o'chashio'chaili n. birinchidan o'z ishlariga birovni sherik qilmaslik va o'
A.Temur davlat amaldorlarning sofligiga, xazinaga ko'z olaytirmas- Mamlakatimizga alohida e'tibor berib, o'z tuzuklarida: xazinachilari bo'lmish moliya vazirlari moliyaviy ishlarida xiyonat qilib, boylikning bir qismini o'zlashtirib olgan bo'lsalar tekshiribko 'rilsin. " - deb yozib qoldirgan edi.
Amir Temur davlatni boshqarishda 7 vazirga suyanib ish ko'rdi va ulardan 4 vazirning xar kuni devonxonada xozir bo'lishlarini talab qildi.
Bular:
1. Mamlakat va raiyat vaziri.
2. Sipox vaziri.
3. Egasiz qolgan mulk vaziri.
4. Saltanat ishlarini boshqaruvchi vazir.
Bundan yana yana 3 vazirdan iborat sarxadlar vazirlari xay'atini tuzdi.
Vazirlardan birinchisi yer soliqlari, boj, o'lpon – soliq undirish, hamda mirshablik yumushlarini boshqargan mamlakatdagi muhim, pon kundalik yevropalik muhim, raiyat ahvolini o'rganish, viloyatlardan olingan hosil, soliq, o'llashrishba larni. Ikkinchi vazir sipoh vaziri hisoblanib, sipohiylarning maoshlari va tanho (bu yerda toju-taxt uchun qilgan xizmatlari evaziga berilgan in'om ma'nosida)larni boshqargan. Uchinchi vazir esa egasiz qolgan, o'lib kegan va qochganlarga tegishli mollarni, kelib ketayotgan savdogarlar mol-mulkidan ishlab chiqarilgan zakot va bojlarni, mamlakat chorvasini boshqarish, bularning barchasidan to'plangan daromadlarni omonat tarzida saqlash isularian.
Saltanatning har bir idorasida kirim-chiqimlarni, kundalikni yozib borish uchun bir kotib tayinlangan.Sohibqiron davlatida Devoni buzurg (bosh vazir)dan tashqari xar bir viloyatda "Devon" deb atalgan boshqarma bo'lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig'ish, tartib saqlash, ijtimoiy binolar, -bozorlar, hammomlar, yo'llar, suv resurslarini nazorat qilib turgan holda. U xalqning xulqu-ahloqini kuzatib turgan. Uning jihozlari vaqti-vaqti bilan so'roq, taftish, tergov ishlarini ham olib borishgan.
Temur xalqning shikoyatlari va arzlarini o'rganuvchi maxsus arzbegi xizmatlarini joriy etgan. Arzbegi chiqargan shikoyat va arizalarni ko'rib, ularda kimlar aybdorligini aniqlar va bu xususida kengashga xabar qilar edi. Aybdorlar kim bo'lishidan qat'iy nazar qattiq jazolangan. Soliqlar, masalalarda qatʼiy tartib – qoida oʻzgartirish. Rus sharqshunos olimi DNLogofet bu xususda "...biz hozir zo'r berib intilayotgan daromad solig'i degan narsa uning (Temurning) hokimiyatida o'shandayoq mavjud edi", deb yozgan edi.Amir Temur vazirlarini tanlash ishiga g'oyat jiddiy qarar va ularning 4ta sifatiga ega bo'lishlariga ahamiyat berardi. Bular:
1. aql-farosatlilik;
2. toza nasllik;
3. sipoxu-raiyat axvollaridan ehtiyotlik;
4. sabrlik va tinchliksevarlik.
Amir Temur o'zsiga qo'shib o'tgan kompaniyalarni idora etish uchun tayinlangan kishilarga qo'yiladigan talablar imperiya tomonidan ham ishlab chiqdi. Bunday rahbarlar A. Temur talabiga ko'ra qo'yidagi fazilatlarga ega bo'lishi kerak bo'lgan:
1) Oliy janob tabiatli va ruhiy holatining ko'tarinkiligi;
2) Nozik aql va ziyraklik;
3) Yuksak malaka hamda xalq va qo‘shinga murojaat qila bilish;
4) Sabr-toqat va odamlar bilan murosaga kelishmoq.
Mana shu yuqoridagi qoida va talablar Amir Temur hokimiyatini idora etishda va uni tejashda muhim o'rinni eg'alladi. Sohibqiron tuzgan imperiyasi'muriy-xududiy bo'linishi asosan tumanlardan iborat bo'lgan yangi amirlik uchun etarli va zarur edi.

Download 49,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish