Mavzu : ‘’AJDODLAR ME`ROSI- BEBAHO XAZINA ‘’
G’aniyev Botirjon Baxtiyorovich
Namangan Davlat Universiteti Iqtisod fakulteti 1- kurs magistranti
Anotatsiya ;
Ushbu maqolada vatanimiz tarixida yashab o`tgan ajdodlarimizning boy me`rosi va ularni qayta tiklash, ularning vatanimiz va dunyo ilm- fanida tutgan o`rni va ahamiyati, hozirgi kunda bu me`rosni asrab qolish uchun amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni.
Kalit so`zlar;
Birinchi Prezident Islom Karimov , madaniy va ma`naviy yodgorliklar, Amir Temur, Imom Buxoriy, Avesto, mustaqillik davri islohotlari, qadamjolar va Shavkat Mirziyoyev, Diksit Algorizmi.
O`zbek xalqi- buyuk tarixiy shaxslar va shonli tarixga ega xalqdir. Vatanimiz tarixida taniqli va takrorlanmas shaxslar yashab o`tgan va ulardan bizga asrlarga mangulanib qoluvchi moddiy va ma`naviy yodgorliklar saqlanib qolgan .Albatta bularning barchasi ajdodlarimiz tomonidan bizga qoldirilgan me`rosdir. Darhaqiqat ajdodlar me’rosi bebaho xazinadir. Hozirda yashab kelayotgan xalqlarni mavjudligini va xalqlar orasidagi qadr – qimmatini aks ettiruvchi belgi – bu o`tmishda yashab o`tgan ajdodlarining qoldirgan me`rosi va tarixiy haqiqatidir. Vatanimiz tarixiga nazar tashlasak ajdodlarimiz tomonidan dunyo hamjamiyatini lol qoldirishga arzigulik asarlar yaratilganiga yana bir bor guvoh bo`lamiz . Hozirgi kunda O`zbekiston deb ataluvchi hudud ya`ni Vatanimiz nafaqat Sharq ,balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo`lganini butun jahon tan olmoqda . Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bebaho me`roslar avloddan-avlodga o`tib kelmoqda . Diyorimizda qanchadan-qancha ilmiy,ma`naviy , me`moriy va badiiy yodgorliklar yarildi. Ammo achchiq bir haqiqat barchamizni qalbimizni og`riqqa solishi haqiatdir. Tarix guvohlik beradiki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo`lgan ,qaramlik zulmi ostida qolgan davrlar ham bo`lgan .Buning oqibatida xalqimizning boy ma`naviy me`rosi, urf- odatlarini qadrsizlantirishga urinishlar bo`ldi. Vatanimiz bundan necha yillar avval sovet hukumati izmida bo`lgan va shu davr mobaynida moddiy va ma`naviy me`rosimiz oyoq osti qilingan va xalqimiz tarixidagi buyuk shaxslarimiz millatchi va johil sifatida qoralanib tanqid qilingan va tabiiyki ular yaratgan asarlar va me`moriy inshootlar vayron qilingan yoki aksincha o`zlashtirish hisobiga unuttirishga harakat qilingan. Lekin mamlakatimiz tarixida 200 yildan ortiqroq davom etgan bunday mustamlakachilik davri uzoqqa bormaydi va vatanimiz o`tmishi va haqqoniy tarixi mustaqilligimiz sharofati bilan yana qayta tiklanadi. Mustaqillikka erishganimizdan so`ng ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy va ma`naviy yodgorliklarni qayta tiklash va ularni o`rganish borasida muhim chora –tadbirlar amalga oshirildi . Xususan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mustaqillikka erishganimizdan so`ng ajdodlarimiz xotirasi va ularning ma`naviy va moddiy me`rosini qayta tiklashga va sovet hokimiyati davrida vatanimizdan olib chiqib ketilgan arxiv hujjatlari va tarixiy manbalarni Vatanimizga qaytarishga astoydil harakat qildi. Islom Karimov rahbarligida boy ma`naviy va moddiy me`rosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma`naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab ajdodlarimiz qoldirgan me`rosni tiklash ishlari boshlanib ketdi. Ularning asarlari tarjima qilindi ,badiiy adabiyotlar ro`yxatiga kiritildi. Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan asarlar va inshootlar qaytadan rekonstruksiya qilnidi . Ularning qoldirgan me`rosini o`rganish va butun jahongatanitish uchun ko`plab akademik lar jalb qilindi va asarlari dunyoning top ro`yxatidan joy oldi. Ajdodlar me`rosini o`rganish va abadiylashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar ro`yxatiga 2014-yil 15-may kuni o`tkazilgan ‘’ O`rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarning tarixiy me`rosi ,uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi ro`li va ahamiyati’’ mavzusida xalqaro konferensiyani aytib o`tish o`rinlidir. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan o`tkazilgan ushbu xalqaro anjumanda AQSH, Buyuk Britaniya, Italiya, Xitoy , Janubiy Koreya ,Germaniya ,Yaponiya, Hindiston , Misr ,Indoneziya ,Rossiya, Saudiya Arabistoni va Ozarbayjon kabi ellikka yaqin mamlakatlardan olimlar,nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari ,oily ta`lim muassasalari professorlari , ilmiy markazlar va institutlar mutaxassislari, ekspertlar ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Hozirgi kunda O‘zbekistonimizning kitob fondlarida 100 mingdan ziyod qo‘lyozma asarlar saqlanmoqda. Afsuski, bu nodir kitoblar hali to‘liq o‘rganilmagan, ular olimlar va o‘z o‘quvchilarini kutib turibdi. Ushbu noyob asarlarda bugungi davr o‘rtaga qo‘yayotgan juda ko‘p dolzarb muammolarga javob topish mumkin. Xususan, Islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib beradigan, barcha odamlarni ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlik yo‘lida birlashishga da’vat etadigan teran ma’noli fikr va g‘oyalar bugun ham o‘z qimmati va ahamiyatini yo‘qotgan emas. Lekin biz ana shunday noyob meros vorislari, shunday boylik egalari bo‘laturib, ularni har tomonlama o‘qish-o‘rganish, xalqimiz, avvalo, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizga, jahon hamjamiyatiga yetkazish bo‘yicha, yetarli ish qilmaganimizni ham ochiq tan olish kerak”. Prezidentimizning ushbu so’zlarida juda katta kuyunchaklik bilan aytilgan fikrlar bor,chunki bizning ajdodlarimizdan qolgan juda katta adabiy me’roslar hali o’rganilmagan kerak bo’lsa hali e’tibor ham berilmagan, qachonki millat o’z ajdodlarini o’rganmas ekan, bu millatning gururi va hatto kelajagi ham yo’q.Bu fikrlarga yorqin misol qilib Abu ali ibn sino bobomizning ilmiy-adabiy me’roslarini olaylik, uning tibbiyot sohasida yozgan “Tib qonunlari’’ asari hozirda ham o’z dolzarbligini yo’qotmagan,hali hanuz asardan yangiliklar topilaveradi. Ajdodlarimizdan yana bir buyuk bobomiz Abdulla Avloniy aytganlaridek’’Tarbiya biz uchun yo hayot- yo mamot,yo najot-yo halokat,yo saodat-yo falokat ‘’ masalasidir ,darhaqiqat millatni kelajagi bu uning usib kelayotgan yoshlaridir. Ajdodlarimiz millat kelajagini tarbiya va ilmda kurishgan,har qanday jamiyatda tartib-intizom va ilmlilik darajasi yuqori bo’lmas ekan, bu jamiyatning kelajagi ham soya ostida qoladi.
Algebra fanining asoschisi boʻlgan Xorazmiy dunyo faniga gʻoyat katta hissa qoʻshdi. “Algebra” soʻzining oʻzi esa uning “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala” nomli risolasidan olingan. Uning arifmetika risolasi hind raqamlariga asoslangan boʻlib, hozirgi kunda biz foydalanadigan oʻnlik pozitsion hisoblash tizimi va shu tizimdagi amallarning Yevropada tarqalishiga sabab boʻldi. Olimning ismi — “al-Xorazmiy” esa “algoritm” shaklida fanda abadiy oʻrnashib qoldi. Uning geografiyaga doir asari arab tilida oʻnlab geografik asarlarning yaratilishiga asos boʻldi. Xorazmiyning “Zij”i Yevropada ham, Sharq mamlakatlarida ham astronomiyaning taraqqiyot yoʻlini koʻrsatib berdi.
Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq asarning faqat 10 tasi bizgacha yetib kelgan. Bular: “Aljabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob” — algebraik asar; “Hind hisobi haqida kitob” yoki “Qoʻshish va ayirish haqida kitob” — arifmetik asar; “Kitob surat-ul-arz” — geografiyaga oid asar. Shuningdek, “Zij”, “Asturlob bilan ishlash haqida kitob”, “Asturlob yasash haqida kitob”, “Asturlob yordamida azimutni aniqlash haqida”, “Kitob ar-ruhoma”, “Kitob at-taʼrix”, “Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola”. Bu asarlarning toʻrttasi arab tilida, bittasi Fargʻoniyning asari tarkibida, ikkitasi lotincha tarjimada saqlangan va qolgan uchtasi hali topilgan emas. Xorazmiyning arifmetik risolasi qachon yozilgani nomaʼlum. Biroq unda olim algebraik risolasini esga oladi. Bu risola XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilingan. Tarjimaning XIV asrda koʻchirilgan yagona qoʻlyozmasi Kembrij universiteti kutubxonasida saqlanadi. Risola “Diksit Algorizmi”, yaʼni “Al-Xorazmiy aytdi” iborasi bilan boshlanadi. Bundan keyin Xorazmiy toʻqqizta hind raqamining sonlarni ifodalashdagi afzalliklari va ular yordamida har qanday sonni ham qisqa va osonlik bilan yozish mumkinligini aytadi.
“Diksit Algorizmi” asarining lotin tiliga tarjimasidan parcha. Manba: wikipedia.org
Xorazmiy hind raqamlari asosida oʻnlik pozitsion sistemada sonlarning yozilishini batafsil bayon qiladi. U sonlarning bunday yozilishidagi qulayliklar, ayniqsa, nol ishlatishning ahamiyatini alohida taʼkidlaydi. Keyin arifmetik amallarni bayon qilishga oʻtadi. Bunda Xorazmiy sonlarning martabalarini, yaʼni razryadlarini eʼtiborga olishni hamda nolni yozishni unutmaslikni uqtiradi, aks holda natija xato chiqadi, deydi u.
U shunday deydi: “…Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini oʻz ichiga olgan “Aljabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”ni taʼlif qildim. Chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda va shuningdek, yer oʻl Xorazmiyning arifmetik risolasi qachon yozilgani nomaʼlum. Biroq unda olim algebraik risolasini esga oladi. Demak, bundan Xorazmiy arifmetik risolani algebraik risoladan keyin yozgani maʼlum boʻladi. Bu risola XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilingan. Tarjimaning XIV asrda koʻchirilgan yagona qoʻlyozmasi Kembrij universiteti kutubxonasida saqlanadi. Risola “Diksit Algorizmi”, yaʼni “Al-Xorazmiy aytdi” iborasi bilan boshlanadi. Bundan keyin Xorazmiy toʻqqizta hind raqamining sonlarni ifodalashdagi afzalliklari va ular yordamida har qanday sonni ham qisqa va osonlik bilan yozish mumkinligini aytadi. Asarning lotincha qoʻlyozmasida hind raqamlari koʻpincha yozilmay, ularning oʻrni boʻsh qoldirilgan yoki ahyon-ahyonda 1, 2, 3, 5 sonlarga mos keladigan hind raqamlari yozilgan. Koʻpincha esa hind raqamlari oʻsha davrda Yevropada keng tarqalgan rim raqamlari bilan almashtirilgan.
“Diksit Algorizmi” asarining lotin tiliga tarjimasidan parcha.
Xorazmiy hind raqamlari asosida oʻnlik pozitsion sistemada sonlarning yozilishini batafsil bayon qiladi. U sonlarning bunday yozilishidagi qulayliklar, ayniqsa, nol ishlatishning ahamiyatini alohida taʼkidlaydi. Keyin arifmetik amallarni bayon qilishga oʻtadi. Bunda Xorazmiy sonlarning martabalarini, yaʼni razryadlarini eʼtiborga olishni hamda nolni yozishni unutmaslikni uqtiradi, aks holda natija xato chiqadi, deydi u.
Risolaning kirish qismida Xorazmiy undagi masalalar oʻz davrining amaliy talablariga javob sifatida vujudga kelganligini qayd qiladi.
Risolaning Kembrij universiteti kutubxonasida saqlanayotgan lotincha qoʻlyozmasi matnini 1857-yili B. Bonkompani nashr etgan. Mazkur qoʻlyozmaning fotoreproduksiyasini tarixchi A. P. Yushkevich ham nashr etgan. Bundan tashqari, A. P. Yushkevich oʻz risolasida Xorazmiy risolasiga alohida bob bagʻishlagan. B. Bonkompanining nashri asosida Yu. X. Kopelevich va B. A. Rozenfeldlar risolaning ruscha tarjimasini nashr etishgan. Xorazmiyning 1200 yillik yubileyi munosabati bilan 1983-yili bu asarning qayta nashri va oʻzbekcha tarjimasi chop etildi.
Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan oʻnlik pozitsion hisoblash tizimining Yevropa, qolaversa, butun dunyo boʻylab tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etdi. Hind raqamlari Yevropaga arablar orqali oʻtganligi uchun ular “arab raqamlari” deb ataladi. Yevropaliklar hind raqamlariga asoslangan bu hisob tizimini uzoq vaqtgacha “algorizmi” deb atab keldilar. Faqat XVI asr oʻrtalaridagina bu nom “arifmetika” iborasi bilan almashtiriladi. Oʻsha paytdan to hozirgi kungacha “algorizm” yoki “algoritm” deganda har qanday muntazam hisoblash jarayoni tushuniladigan boʻldi. Al-Xorazmiyning nomi bu ibora bilan fanga abadiy muhrlandi.
Xorazmiy qalamiga mansub algebraik risolaning toʻliq nomi — “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala”. Risolaning nomidagi “al-jabr” va “al-muqobala” soʻzlari “toʻldirish” va “roʻpara qoʻyish” — oʻrta asr algebrasining ikkita asosiy amalini anglatadi. “Aljabr” soʻzi lotincha transkripsiyada “algebra” boʻlib, Xorazmiy asos solgan yangi fanning nomi boʻlib qoldi.
Xorazmiyning aytishicha, algebrada uch xil son bilan ish koʻriladi: ildiz (jizr) yoki narsa (shay), kvadrat (mol) va oddiy son yoki dirham (pul birligi). Yana uning aytishicha, ildiz — oʻz-oʻziga koʻpaytiriladigan miqdor, kvadrat esa ildizni oʻziga koʻpaytirishdan hosil boʻlgan kattalikdir. Xorazmiy ish koʻradigan tenglamalar mana shu uch miqdor orasidagi munosabatlardir. U avvaliga risolada koʻriladigan oltita chiziqli va kvadrat tenglamaning tasnifini keltiradi. Xorazmiyning boshqa asarlaridan farqli oʻlaroq, algebraik risolaning uchta qoʻlyozmasi saqlangan. Ular Qobul, Madina va Oksford universitetining Bodleyan kutubxonasida saqlanadi. Xorazmiy oʻz “Zij”ida boshlangʻich meridian sifatida, hind anʼanasiga koʻra, Arin (hozirgi Hindistondagi Ujayn) shahridan oʻtgan meridianni tanlagan. Arin gʻoyasiga koʻra, ayyalik Pyotr (Fransiyadan) 1410-yili oʻzining “Yer tasviri” nomli asarini yozdi. Bu asarning 1487-yili chop etilgan bir nusxasidan Xristofor Kolumb ham foydalangan. Kolumbning oʻziga tegishli nusxa hoshiyasiga yozgan eslatmalariga koʻra, Arin gʻoyasi unda Yerning noksimon ekanligi va uning Aringa diametral qarama-qarshi tarafida Aringa oʻxshash joy boʻlishi kerakligi haqida tasavvurni hosil qilgan.
Shunday qilib, Xorazmiyning “Zij”i geografiya sohasidagi buyuk kashfiyotlarga ham aloqador edi.Xorazmiy qalamiga mansub geografik asarning yozilgan yili aniq emas. Akademik V. V. Bartold bu asarning 836–847-yillar orasida yozilganligini aniqlagan. Asar 1037-yili koʻchirilgan yagona arabcha nusxada bizgacha yetib kelgan boʻlib, bu nusxa Strasburg universiteti kutubxonasida saqlanadi. Geografiyani iqlimlar nazariyasiga toʻla rioya etgan holda birinchi marta Xorazmiy tavsiflaydi. U yerning maʼmur, yaʼni insonlar yashaydigan obod qismini yetti iqlimga ajratadi. Xorazmiy qadimgi yunon olimi Ptolemeydan farqli oʻlaroq, mintaqalar, mamlakatlar va ulardagi geografik hududlarni emas, balki 1-iqlimdan to 7-iqlimgacha boʻlgan joylarni tavsif etadi. Xorazmiyning geografik risolasi oʻrta asrlardagi ilk geografik asar edi. Shu bois uning iqlimlar nazariyasi keyingi davrlarda geografiya rivojida katta ahamiyat kasb etdi. Xorazmiy merosi hisoblanmish yuqoridagi asarlarning oʻziyoq olimning fandagi qator tarmoqlar asoschisi boʻlganini koʻrsatadi. Uning gʻoyalari matematika va astronomiyaning oyoqqa turishi hamda rivojlanishiga sabab boʻldi. Hozirgi davrda uning xizmatlari jahon afkor ommasi tomonidan eʼtirof etilgan. Hozirda uning nomiga turli mamlakatlarda (Eron, Turkmaniston, Oʻzbekiston va boshqalar) mukofot va medallar taʼsis etilgan, koʻcha va muassasalarga nomi qoʻyilgan.
Xulosa o’rnida shuni aytmoqchimanki bizning ajdodlarimiz buyuk,ularning adabiy me’roslari kata ahamiyatga ega degan quruq gaplardan qochib amaliy ishlarga o’tishimiz zarur.ajdodlarimiz merosini o’rganishni maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlashimiz, ularning ongida ajdodlarimizdan faxrlanish xissini uyg’otishimiz zarur, maktab dasturlarida ularning ilmiy ishlari va foliyatlarini yanada chuqurroq yoritilishi,oliy o’quv yurtlarida aloxida soatlar,anjumanlar tashkil etilishi kerak. Tarjimalarga kata ahamiyat berilishi va bu sohaga ilmiy salohiyati yuqori kadrlarni jalb qilinisji zarur,ilmiy o’rganishlarni jamiyat sohalariga jalb etish va bu natijalarni amaliyotga kiritilishini amaliy qo’llab quvvatlash zarur. Bu xulosamga oddiy bir misol tariqasida Ibn sino bobomizning ‘’Tib qonunlari’’ asarlarini olishimiz mumkin. Bu asarni chuqur o’rganish orqali tibbiyot va farmatsevtika sohalarini,bu orqali esa sanoat korxonalari va yana ishsizlik masalalariga ham javob topamiz. Qachonki moddiy manfaatdorlik bo’lsa,natijadorlik bo’ladi. Mustaqil tadqiqotchilarga o’z tadqiqotlarini amalga oshirish uchun moddiy va ma’naviy yordam ko’rsatilsa,amaliyotga joriy etilishi osonlashtirilsa ajdodlarimiz me’rosins o’rganishda natijadorlikka erishiladi. Ta’lim sohasi va amaliyotni bir-biriga chambarchas bog’liqligini ta’minlash zarur. Milliy va nodavlat telekanallari orqali ajdodlarimiz me’roslari va ularning hayot yo’larini haqidagi maxsus dasturlar tashkil etish , ilmiy ommabop gazeta va jurnallar tashkil etish, internet nashlarida ularning me’roslarini yanada ommalashtirish va ilmiy anjuman, ko’rik tanlovlar tashkil etish zarur. Yoshlar ongida milliy gurur g’oyasini va ajdodlarga hurmat ruhini shakllantish shart va majburiydir chunki milliy g’urur bo’lmagan jamiyatning kelajagi tanazzuldir.Har qanday jamiyatning kelajagi milliy gurur bilan chambarchas va uzviy bog’liq. Hozirda insonlar hayotida televideniya va internet kata ahamiyat kasb etmoqda va shunga mutanosib tarzda ma’lumotlar ham shu vo’qeliklar asosida o’rganilmoqda biz ham shu sohalarda aktivlashishimiz kerak.Ajdodlarimiz faoliyat va ilmiy natijalari tarjimalarini ko’paytirishimiz va chet ommaviy nashrlari va saytlarida ommalashuviga erishishimiz, turizm sohasida sayyohlarga ular haqida ko’proq ma’lumotlar berishimiz zarur, turizm sohasidagi talabalarga ‘’Tarix’’ fanini chuqurroq org’atishimiz va majburuy qilinishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Karimov I.A “ O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”.-T.: ”O’zbekiston” , 2012.
Karimov I.A “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. – T.: “Ma’naviyt”, 2008.
Karimov I.A Ma’naviy yuksalish yo’lida, - T.: “O’zbekiston”, 1998.
Karimov I.A Tarixiy xotirasiz – kelajak yo’q, - T.: “Sharq”, 1998.
Karimov I.A O’zbek xalqi xech qachon, xech kimga qaram bo’lmaydi, 13-tom, - T.: “O’zbekiston”, 2005.
Abdurahmonov M, Otamuradov S Ma’naviy salohiyat, - T.: “Universitet”, 2009.
Abdurahmonov M, Rahmonov N Madaniyatshunoslik, - T.: “Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti”, 2011.
Risqiyev T.T Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar, - T.: “Yangi asr avlodi”, 2001.
Sher A Axloqshunoslik, - T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010
Jo’rayev N O’zbekiston tarixi. – T.: “Sharq” nashriyot- matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2006.
Do'stlaringiz bilan baham: |