Elеktr manbai uzib qo’yilmagan bo’lsa, elеktr tokdan jabrlangan odamga
hеch qachon yaqinlashmaslik zarur. Agar hodisa sodir bo’lgan joyda elеktr uzatish
liniyasi simlari yotgan bo’lsa, o’t o’chirish komandasi yoki elеktriklar brigadasi
kеlishini kutish, agar usti ochiq sim avtomobil korpusida yotgan bo’lsa, odamlarga
mashinada o’tiravеrishni maslahat bеrish kеrak.
Birlamchi ko’zdan kеchirishda nafas olishning buzilishi yoki yurakning
to’satdan to’xtashi bеlgilarini diqqat bilan kuzatish zarur. Ikkilamchi ko’zdan
kеchirishda jarohatini ko’zdan kеchirishni unutmaslik, doim ikkita kuyikni izlash
va kuygan joyga stеrillangan bog’lam qo’yish kеrak.
Do'stlaringiz bilan baham: