Mavzu № «4 may xarakati» davridagi adabiyot Xitoyning eng yangi davr adabiyoti


bayxuada yozilgan asarlar ko’p bo’lishiga karamay, asosiy adabiy til bo’lib, venyan



Download 422,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana26.06.2021
Hajmi422,96 Kb.
#101837
1   2   3   4
Bog'liq
2 5199499434446031464

bayxuada yozilgan asarlar ko’p bo’lishiga karamay, asosiy adabiy til bo’lib, venyan 

-  kulokka  tushunarsiz,  o’rganish  uchun  o’zok  vakt  talab  kiluvchi  kadimiy  tildan 

foydalanilardi. Shuning uchun yangi madaniyatni shakllantirishda asosiy kiyinchilik 

butunlay  bayxua  tiliga  o’tish  edi.  «Adabiy  kayta  kurishdan»  so’ng  esa  «Adabiy 

ko’zg’aloni» boshi 1917 yili, «Yangi yoshlar», jurnalining saxifalari adabiyotni eski 

xolida saklab kolishga urunar edilar. Masalan, Lu Sin o’zining «Yangilik kotillari» 

degan  satirik  pamfletida,  ikki  ziyolilar  obrazini  yaratdi,  ularning  biri  xozirgi  kun 

xakida  yozish  uchun,  ikkinchisi  esa  uning  asarini  o’kish  uchun  kadimgi  tilni 

o’rgandi. Lu Sin shunday savol ko’yadi: Bu asarlar xakikatdan xam e’tiborga loyik 



bo’lsa,  nima  uchun  ularni  zamonaviy  tilga  o’girish  mumkin  emas?  Kundalik 

xayotida  yukorida  tilga  olingan  «Butun  Xitoy  -xalki  tilida  gapirishni»  or 

xisoblaganlar. 

XX  asr  boshlarida  mamlakatda  bayxua davriy  nashri  mavjud  edi,  birok  «4 

may xarakati» davrida ularning soni tezda ko’paydi va 400 taga yetdi. Xatto eng 

reaksion gazetalar xam jamoa fikri kistovi ostida gapiruvchi tilda adabiy ilova bera 

boshladilar. 1920 yil  maktab va oliy-o’kuv yurtlarida xam bayxua tilida ta’lim berila 

boshlandi.  Shu  tarika  bu  til  to’la  ma’noda  adabiy  til  sifatida  rasman  tan  olindi.    

Birok  yukorida  aytib  o’tilgandek  bayxua  tili  uchun  ko’rash  madaniy  inqilobini 

yagona vazifasi emas edi. Ilg’or Xitoy ziyolilari feodal madaniyatiga karshi kattik 

kurash olib bordi, shu jumladan rasmiy g’oya bo’lgan konfusiylikka xam. Juda ko’p 

asrlar  davomida  konfusiylik  etikasidan  xalkni  kullarcha  itoatkorlikda  tarbiyalash, 

oilada  patriarxatchilikni,  ko’pincha  asl  uy  to’zumi  munosabatlarini  tarbiyalash 

uchun  foydalanib  kelingan.  Konfusiylikka  karshi  tankid  XIX  asr  oxirlaridanok 

boshlangan edi, birok bu yetarli bo’lmagan.   Shu sababli «4 may xarakati» davrida 

konfusiylikning sinfiy xarakatini bu davrning g’oyasi va siyosiy to’zumi o’rtasidagi 

o’zviy  alokani  ochib  bergan  Li  Dachjaoning  ko’pgina  makolalari  ommoviylanib 

ketgan.  

Lu  Sin  yozuvchilardan  anik  pozisiyasini  talab  kilib  shunday  deydi:  asosiy 

masala yozuvchi inqilobchimi yoki yo’kmi degan savolda, deb xisoblayman. Agar 

u inkilobchi bo’lsa, u nima xakida yozmasin, u kanday materialdan foydalanmasin, 

u  yaratgan  asar  inkilobiy  adabiyot  bo’ladi.  Inkilobiy  adabiyotga  bunday  keng 

dunyokarash    sobik  sovvetda  ro’y  berayotgan  o’zgarishlar,  ta’siri  ostida  vujudga 

kelgan.  1921  yil  yanvaridan  1923  yil  yanvarigacha,    ikki  yil  iste’dodli  jurnalist 

nashriyotchi va tarjimon Szyuy Syubo «Chen bao» gazetasi maxsus muxbiri sifatida 

sobik  Sovet Ittifoki xududida yashagan. U Pekin rus tili oliygoxini tugatgan bo’lib, 

rus tilini mukammal egallagan, yozuvchi ocherk va makolalarida yosh sovet davlati 

xayoti,  uning  yangilanish  yo’lidagi  muvaffakiyatlari  xakkoniy  xikoya  kilgan.    

Amalda  bo’layotgan  ishlarga  realistik  prinsipda  karashlar  uning  Sovet  Ittifoki 

xakidagi  «Yangi  Rossiya  xakida  xikoyalar»  kitobiga  (1923y)  va  «Qizil  poytaxt 

to’g’risida  taasurotlar»  kitobiga  tegishli.  20-yilning  boshlarida  u  Plexanov, 

Gorkiyning asarlarini xitoy tiliga tarjima kilgan. Syuy Syubo xitoy jamoatchiligini 

nafakat zamonaviy ilg’or fikrlar bilan, tanishtirib kolmasdan, xalk adabiyotiga yo’lni 

tozalab, Xitoydagi turli  g’oyalarga karshi kurash olib borgan. Bundan tashkari, u 

badiiy asarlarni tarjima kilgan, xitoy o’kituvchilarini Pushkin, D.Bedniy, Gladkov, 

Pavlinko, Mayakovskiy ijodi bilan tanishtirgan. 

1921 yilda Pekinda realistik san’at tarafdorlari bo’lgan kariyib 200 ta kishini 

birlashtirgan adabiyotni o’rganuvchi jamiyat tashkil etilgan. Uning tashabbuskorlari 

Shen  Yanbin  (Mao  Dun),  U  Jendo,  Syuy  Dishan,  Ye  Jentao,  Van  Tunjao  va 



boshkalardir. Jamiyatning chop etuvchi organi «Syaosho yuebao» («oylik prozalar») 

bo’lib,  u  Shanxayda  1909  yildan  chika  boshlagan,  bosh  taxrirchi  Shen  Yanbin 

bo’lgan.  Mamlakatning  boshka  shaxarlarida  jamiyatning  filiallari  tashkil  etilgan. 

Uning  asosiy  vazifalari  kuyidagilar  bo’lgan:  yozuvchilarni  yagona  tashkilotga 

birlashtirish,  mamlakatning  adabiyot  va  jamiyat  xayotidagi  masalalari  bo’yicha 

fikrlar  almashuvi,  jamiyatning  adabiyotidagi  asosiy  maksadi  ijtimoiy  xayotdan 

xakikatni  ko’rsatish.  «Oylik  prozalar»  jurnalida  chop  etilgan  adabiy  tankidiy 

makolalar  yosh  yozuvchilarga  jaxon  adabiy  jarayonini  anglashni,  g’arbga  ko’r 

ko’rona  taklid  kilishini  oldini  olishga,  san’atda  o’z  yo’lini  topishni,  ko’pgina 

mumtoz  va  yangi  xitoy  asarlarini  to’g’ri  tushunishga  yordam  bergan.  Bundan 

tashkari, jaridada asosan realistik adabiyotdan badiiy tarjimalar nashr etilgan. Chet 

el  asarlariga taklid kiluvchi eski xitoy tarjimonlaridan farki o’larok, jamiyat a’zolari 

karama-karshi  tarjima kilishda adabiyotning g’oyaviy va amaliy masalalarini kayta 

ishlashda  va  Mao  Dunning  xissasi  katta.  «Oylik  prozalar  «Adabiyot  dekadasi» 

jaridalar  saxifalarida  uning  «Adabiyot  nima?»,  «Buyuklikka  kachon  erishiladi?», 

«Naturalizm va zamonaviy xitoy prozasi» va xokazo makolalari chop etilgan bo’lib, 

ularda  adabiyotning  faol  xarakteri  ta’kidlab  o’tilgan.  «Biz  xitoy  estetizmi  ruxida 

yozilgan, xayotdan o’zok bo’lgan adabiyot asarlariga kat’iy karshi chikamiz…,»-

deb yozadi Mao Dun, adabiyot ommaning uyg’onishiga va uning zimmasida turgan 

buyuk  missiyasini  ochishga  yordam  beradigan  davr  kelganida  bizning  imonimiz 

komil».  Mao  Dun  o’z  makolalarida  Lu  Sin  g’oyalarini  rivojlantiradi  va 

umumlashtiradi, ya’ni inson takdiri va ijtimoiy sharoitlar o’rtasidagi alokadorlikni 

ochib beradi. Mao Dun adabiyotda fukorochilik, amalda bo’layotgan ishlarni real 

ko’rsatib berish yangi adabiyotda bosh maksad bo’lib kolish kerakligiga undaydi. 

Bundan tashkari u milliy san’atni yaratishga chakirgan, xalkchilik uchun kurashgan. 

Xitoyda  yosh  realistik  adabiyotni  vujudga  kelishida  jamiyatning  roli  katta,  birok 

ko’pgina nazorat masalalari bo’yicha uning a’zolari ishida yagona fikr bo’lmagan. 

Ayrim a’zolar yozuvchining mamlakat ijtimoiy xayotidagi ishtirokining zarurligini 

inkor  etganlar,  ular  adabiyotni  umumiyinsoniy  axamiyatini  tan  olganlar  ba’zilar 

adabiyotning  g’oyaviyligini,  uning  davrining  falsafiy  konsepsiya  bilan  alokasini 

inkor etganlar. 

Jamiyatning  adabiyotini  o’rganishda  karama-karshi  fikrni  Syuy-Dishan 

(1893-1914)  berib,  Lo  Xuashen  taxallusi  ostida  imzo  ko’ygan.  Texnika  fanlari 

bakalavri  darajasini  Kolumbiya  universtitetida  olib,  Angliya  va  Xindistonda 

buddizmni chukur o’rgangan, u o’z ijodining dastlabki davrida g’arb va shark diniy 

falsafiy  konsepsiyasi  ta’sirida  bo’lgan.  Uning  dastlabki  asarlarida  turli  karashlar 

birlashmasi aks ettirilgan. Bu buddizm va xristianlik bilan bog’lik bo’lgan xammani 

kechirish  g’oyasi  Syuy  Dishan    ijodining  markazida  turgan.  Uning  kaxramonlari 

takdiri itoat kilish, nasixatlarga kulok solish bilan bog’likligi ularni  inertlikka olib 



kelgan  bo’lsa,  yakin  kishisiga  muxabbat,  ularning  o’z  fikrlari  uchun  faol 

kurashchiga  aylantirgan.      Birinchi  tendensiyaga  misol  bo’lib,  «takdir  bilan 

belgilangan» xikoyasi xizmat kiladi, unda kaxramonlar yer yuzida baxt topolmay, 

o’limidan keyingi xayotda topishini umid kiladilar. Eskilik sarkitlari bilan kurashish 

o’rniga  ular  tushkunlik  girdobiga  tushadilar.  Shan  Szyaning  «o’rgimchak» 

xikoyadagi  o’rgimchak  takdirga  bo’ysinmaydi,  umuman  keyingi  xayotdagi  baxt 

xakida umid kilmaydi, baxtni xozirgi xayotda topishga intiladi. Shan Szyan ichki 

poklik va yaxshilik namunasi, uning xayot mazmuni «yezilganlarga yordam berish». 

Bu  uni  kuchli,  o’z  xarakatlariga  ishonchli,  uning  uchun  dolzarb  bo’lgan 

muammolarni  xal  etishda  kat’iylik  kiladi.  Eri  tomonidan  ta’kib  kilinib,  u  uydan 

ketadi, u o’z yaxshiligi, yordami atrofdagi odamlarga zarurligiga umid kiladi. 

Insonga muxabbat Syuy Dishan ijodining asosiy kirrasidir, u shu ijodi orkali 

inson uchun, uning jismoniy va ma’naviy erkinligi uchun faol kurashga olib keladi. 

Yozuvchining  ijodida  mistika  sekin-asta  ijtimoiy  janrlarni  xakkoniy  tushunishga 

o’tib boradi. Mao Dun, Chjen Chjen-do, mamlakatdagi inqilobiy ko’tarishi Syuy Di 

Shanning  siyosiy  ongini  o’sishiga,  uning  demakratik  karashini  kuchayishiga  olib 

keldi. 

Syuy Dishan keyingi xikoyalari kaxramonlari savdagor, siyosatchilar bo’lib, muallif 

ularning yuzidan tashki xushmuomalik kolipini olib tashlab, ularni ikkiyuzlamachi, 

va axloksiz kilib ko’rsatadi. Syuy Dishan xayotining so’nggi o’n yilligi (1931-1941) 

yapon  agressiyasiga  karshi  kurash  boshlangan  davrda  inkilobiy  xarakat  bilan 

bog’langan.  Dushmanga  karshi  kurashda  adabiyot  va  san’at  faollari  butun  Xitoy 

uyushmasi raxbarlaridan biri sifatida u ishchilar orasida bir necha bor nutk so’zlagan, 

Chan Kayshining taslim bo’lish siyosatini ochib beradi, xitoy xalkining inkilobiy 

kurashini  olkishlaydi.  Bunga  Syuy  Dishanning  «Adabiyotni  o’rganish  jamiyati» 

bilan xamkorligi sabab bo’ladi. 

20-yillarning  oxirida  yozuvchilarning  siyosiy  va  adabiy  karashlaridagi 

karama-karshiliklar  jamiyatning  tarkalib  ketishiga  olib  keldi.  1925-27  yillardagi 

millliy inkilob bunga ta’sir ko’rsatdi, bu vokea imperialistik xukmronlik va feodal 

militarstik  kuchlarga  karshi  yo’naltirilgan  edi.  Isloxotlar  tarafdorlar  reaksiya 

tomoniga  o’tdilar.  Buron  jamiyatning  ilg’or  a’zolari  bo’lgan  Mao  Dun,  Chjen, 

Chjen-do, Syuy Syu-bo va boshkalar inkilobiy xarakatda bevosita ishtirok etdilar va 

ularning  san’atlarini  shu  masalalarga  bag’ishladilar.  20-yillarda  yangi  xitoy 

adabiyotida  romantinizm  bilan  bog’langan  antimperialistik  protest  bilan  chikkan 

yozuvchilar  ta’siri  ostida  bo’lgan.  Bu  yo’nalish  Go  Mojo  (1842  yilda  tug’ilgan.) 

nomi va «Ijod» jamiyati faoliyati bilan bog’lik. Go Mojo asarlarini taxlil etishdagi 

kiyinchilik shundan iboratki, u xakida ko’pincha inkilobiy romantizm vakili sifatida 

gapiriladi.  Romantizmda  ijodiy  usul  sifati  xam,  badiiy  fikrning  aloxida  shakli 

sifatida xam karash mumkin. 



 

Dastlabki  ko’rinishida  u  realizm  okimi  sifatida  vujudga  keladi.  «Shaxs  va 

jamiyat» majaro realistiklar tomonidan falsafiy umumlashma darajasiga ko’tarilgan. 

Romantizm  bu  ma’noda  amaldagi  karama  karshilikni  ko’rsatgan  va  burjuaziyaga 

karshi  bo’lgan.  Birok  romantizm  ob’ktiv  xayotiy  alokalarni  tan  olmagan  real 

munosabatlarni  taxlil  etish  o’rniga  romantiklar  amaliyotini  xayoliy  tushunishini 

taklif etganlar. 

 

Realizm g’alabasi bilan romantizm sub’ektizmni yuzaga keltiruvchi, estetik 



idealga ega bo’lmagan g’oya sifatida realizm dushman bo’lib koldi. Birok amalda 

ular bu sinfning na dunyo karashini, na uning kurashi maksadini tushunmaganlar.

 

20-yillarda  Xitoyda  ekspression  romantizm  chet  el  kapitali  kirishiga karshi 



bo’lgan maydon burjuaziya reaksiyasi sifati, komprador burjuaziya xukmronligini 

mustaxkamlash uchun vujudga kelgan.  

 

«4  may  xarakati»  davrida  feodal  madaniyati  Xitoydagi  yirik  burjua  ideali, 



yangi madaniyat xarakati dushmani bo’lgan, lekin uning estetik platformasi asosida 

progmatizm-sub’ektiv  idealistik  yo’nalish  nazariyasi  yotadi.  Progrmatizm  yoki 

instrumentalizm XX asr boshida Sharkda keng tarkalgan. Kolumbiya Universtitetida 

amerika  progmatizm  asoschisi  bo’lgan  Dyuy  ko’lida  falsafiy  bilim  olgan  Xu  Shi  

AQShdagi  reaksion  siyosiy  guruxlari  bilan  alokada  bo’lgan.  Xitoyga  kaytgach  u 

Xitoyda amerika progmatizm siyosatini yurita boshladi. «4 may xarakati» ni burjua 

yo’nalishiga  burishga  xarakat  kildi.  Xuddi  shuningdek,  u  1918  yilda,  «Ibsen 

prinsiplari» makolasida ibsen asarlarini talkin etgan. 

Xu Shining progmatizm va individualizmiga  karshi kurash bilan birlashib ketgan 

xususan, u «yangi yoshlar» jaridasini sovet xarakterida deb tankid ostida olgan. Bu 

jaridani ximoyasiga Li Da Chjao, Lu Sin, Syuy Syu-bo turdilar, ular progmatizmini, 

isloxatchiligini  va  amaliy  tajribani  tankid  kilib  chikdilar.  Xususan,  Lu  Sin  ilg’or 

g’oyalarga  karshi  chikkanlarning  nikobini  olib  tashlab,  ularni  tajriba  deb  atalgan 

narsa-bu  imperator  va  ularning  kullari  tajribasi  deb  ko’rsatdi.    Agar  Lu  Sin 

boshchiligidagi  yozuvchi  realistlar  ijodi  rus  klassikasi  va  adabiyoti  ta’sirida 

rivojlangan  bo’lsa,  Xu  Shi  faoliyati  amerika  progmatizmi  yo’nalishda  ketgan, 

uchinchi yo’nalish-bu yo’nalish yaponiyada yashagan Go Mojo, Chen Fanu, Fi Dafu, 

Chjan Szipin va boshka yosh shoir va yozuvchilar ijodida yorkin aks etgan. Ular 

vatandan o’zokda bo’lgan va g’arb romantiklari g’oyalariga berilgan xolda Xitoy 

ro’y berayotgan vokealarni shaxsning romantik isyoni-noxaklik bilan yagona shakl 

sifatida kabul kilganlar. 

Go Mojoning  “Ma’buda” («Bogini» 1921y) asari bu yo’nalishda xarakterli 

dastlabki asaridir.   “Ma’buda” poemasi «Ijod» jurnalida chop etilgan, 1921  yilda 

Shanxayda tashkil etilgan yozuvchilar jamiyati xam shunday nomlangan.    Go Mojo 

va  «Ijod»  jamiyatining  boshka  a’zolari  uchun  erkinlikni  sevuvchi  va  ommaviy 

norozilik rafasi xarakteruvchi bo’lgan, birok bu kandaydir abstrakt shaxsdan kelib 




chikkan.  «Ma’buda»  so’z  boshida  u  o’zini  proletariat  va  kommunist  deb  atagan 

bo’lsada, bu uning xakikiy karashlaridan o’zok bo’lgan fakat balandparvoz so’zlar 

edi.  20-yillaridagi  nemis  va  xitoydan  yangi  romantistlar  she’rlarini  solishtirib, 

ulardagi umumiy muammo va obrazni to’zumning o’xshashligini ko’rish mumkin. 

«Ijod»  a’zolari  nemis  falsafasi  va  she’riyati  bilan  kizikkanlar.  Go  Mojo  fakat 

ekspressionistlar asarini  emas,  balki  Gyote,  Shillerlarning    asarlarini xam  tarjima 

kilgan, birok u bu asarlarda ko’prok ekspression ruxni kabul kilgan. Anik siyosat 

dasturning  yo’kligi  va  estetik  g’oyaning  tarkokligi  masalan  «ijod»  shoirlarining 

yorug’lik,  ijodlik,  birok  xaddan  tashkari  abstrakt  yangi  dunyoni  kuylashga  olib 

kelgan. 


 

Go  Mojoning  «Bogini»  to’plamida  «Syanley»  va  «Nein»  drammatik  asari 

xam kirgan, uning kaxramonlari ko’prok e’tiborga loyik. Birinchi dramada kadimgi 

Xitoydagi shoir Syuy Yuan chukur lirik obraz yaratilgan, u yolg’on va zo’ravonlikka 

karshi  chikib,  o’zini-o’zi  o’ldiradi.  Ikkinchi  kaxramon  lein  o’z  ukasini  zolim 

xukmronni o’ldirishga chorlaydi. 

Realistik usulni mustaxkamlanish davrida (Bu davrda Lu Sinning «Akldan ozgan 

kishining  xayotlari»,  «Mayda  vokealar»  va  boshka  asarlari  ma’lum  edi). 

Neoromantizm  bir  muncha  eskiga  ko’ringan.  Shu  bilan  birga  bu  vokea  yagona 

emasdi, shuningdek Xu Shi boshchiligidagi adabiy okim xam. Masalan, «Yangi oy» 

guruxida Xu Shi bilan birga shoir Ven I-do (1899-19466) faol xamkorlik kilgan, u 

demakratik  yoshga  a’zosi,  davlatni  inqilobiy  kayta  kurilishi  uchun  ashaddiy 

kurashchisi edi, keyinchalik u Gomindan polisiyasi tomonidan o’ldirilgan. 

1925-27 yillardagi inqilobiy ko’tarilishga, rus adabiyoti katta ta’sir ko’rsatgan. 

Turli yo’nalishdagi kuyidagi savollarga javob berishga to’g’ri kelgan: adabiyot nima? 

U kimga xizmat kiladi, adabiyot va inqilob o’rtasida kanday fark bor va xakozo. 

«Adabiyot va inqilob» nomli makolalar shu yillarda oddiy vokea bo’lib koldi, birok 

ular juda turli siyosiy va estetik karashlarga yozilgan. Masalan, Xu Shining do’sti 

Len  Shi-Syu,  adabiyotning  sinfiy  xarakterini  inkor  etgan,  bunda  u  Xitoyning 

individuallari  san’atida  burjuaziyaga  xarakatni  tasdiklagan.  «Ijod»  jamiyati  bu 

muammoni boshkachorok xal etgan. Go Mojo karashlarida dunyoni abstrakt kabul 

kilishdan chetlashilgan; shunga karamay, uning asarlarida ekpressionistik ruxi xali 

xam  kuchli  edi.  Lu  Sin  Xitoy  adabiyotining  sinfiy  xarakterini  to’la  tan  olgan. 

Xitoydagi  realistik  badiy  usul  20-yillarda  Inqilobiy  ruxdagi  yozuvchilar  (Syuy 

Syubo, Mao Dun, Ye Shentao, Xu Chin, Din Men, Fin Syuefin va boshkalar) va 

adabiyotchilar  (Lao  She,  Ba  Szen,  Syuy  Dishan,  Van  Tunchjao  va  boshkalar) 

asarlarida bayon etilgan. Xitoyda Realistik adabiyot yo’nalish boshida Lu Sin turardi. 

Lekin bu adabiy yo’nalish vakillari-Syuy Syubo, Mao Dun, Xu Fin, Fin Syuefin va 

boshkalar shu davrda adabiy tankidiy faoliyotga katta e’tibor berganlar, chunki bu 

davrda asosiy vazifa adabiyotning anik dasturining ishlab chikishdan iborat edi. 




20-yillar oxirida ular xitoy amaliyotdagi xayoti bilan badiiy obrazlar o’rtasida 

karshi-karashlar  mavjudligini  anglay  boshladilar.  20-yillarning ikkinchi  yarmidan 

boshlab, Lao She orkali yangi xitoy adabiyotida ijtimoiy-maishiy  roman vujudga 

kelgan,  bu  an’anani  Mao  Dun,  Ba  Szyan,  Chjan  Tyanlar  uni  rivojlantirdilar.  20-

yillarda Van Tunchjao, Chyuy Dafu va boshka realistik yo’nalishdagi yozuvchilar 

o’z yo’llarini boshladilar. Ularning asarlarida usha yillarda Xitoydagi og’ir ijtimoiy 

xayot-ko’rsatilgan: feodalizm davrining ortga ketishi,  yangi shaxsning shakllanishi 

va uning jamiyat bilan o’zaro munosabati. Birok ichki tashki karama-karshiliklar 

kuchayishi va malakatda proletar xarakati faollashuvi bilan tankidiy realizm ustalari 

bu  yo’nalishning cheklanganligini seza boshladilar, boshka badiiy prinsiplarning 

kidirishni  boshladilar.  Tankidiy  okimdagi  realistlar  oddiy  insonni  ezilgan  shaxs 

sifatida  ko’rsatganlar,  unga  yordam  berish  xakida  gapiradilar,  amaldagi  xayotni 

o’zgartirishini  talab  kilganlar,  birok  ularni  proletarlatning  faol  xarakati  bilan 

bog’lanmaganlar.  Xitoyda  inkilobiy  jarayonining  rivojlanishi  shuni  tasdikladiki, 

xalk  eziluvchi  sinfdan  kurashuvchi,  faol  sinfga,  aylanib  borgan.  Xayot  yangi 

kaxramonni yuzaga keltirdi, uning o’z xukuki uchun kurashishi xayot-mamot ishiga 

aylanib kolgan. Bu adabiyotda yangi usul -  ijtimoiy realizm usulining yaratilishiga 

olib keldi. 20-yil oxiri 30-yillar boshida Lu Sin Syuy Syubo, Xu Yepin, In Fu ijodida 

yangi  usul  yaratilgan.  Lu  Sin  «Lao  Xechjen  ocherki  kaxramonni  g’oyasi  xitoy 

ziyolisini chukur ishonch bilan koo’rsatilgan, u xayoti bilan ximoya kilishga tayyor. 

Neoromantiklar  ijodida  xam  yirik  o’zgarishlar  ro’y  bergan.  Ular  orasida 

insoniyatning ozod etishiga chindildan xarakat kilganlari, ozodlik va akl g’alabasiga 

ishonganlar realistik san’at tamoniga o’tdilar.  

 

 



Download 422,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish