Xlorid kislota va xloridlarni aniqlash uchun AgNO3 eritmasidan foydalaniladi:
NaCl + AgNO3 = AgCl + NaNO3
Na+ + Cl– + Ag+ + NO3– = AgCl + Na+ + NO3–
Cl– + Ag+ = AgCl
AgNO3 tuzi xlorid ioni (Cl ) uchun reaktivdir. AgCl oq pag‘a cho‘kma.
Xlorning kislorodli birikmalari
Galogenlar, shu jumladan, xlorni bir qator kislorodli birikmalari ma’lum NaClO; NaClO2; NaClO3; CaOCl2; KClO3
Xlor o‘zining kislorodli birikmalarida +1, +3, +5 va +7
oksidlanish darajalarini namoyon qiladi.
Gipoxlorit kislota — HClO beqaror modda bo‘lib, u suyultirilgan eritmalardagina mavjud bo‘ladi.
HClO kuchli oksidlovchidir. U asta-sekinlik bilan parchalanib, atom holdagi kislorodni ajratib chiqaradi: HClO = HCl + O
Gipoxlorit kislota juda kuchsiz kislota.
Gipoxlorit kislota tuzlari ishqorlarga xlor ta’sir ettirib olinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |