Rootkit viruslari (Rootkit viruses) – Rootkit’lar viruslar orasida o‘zlarining eng xavfliligi va yashirinishga ustaligi bilan alohida ajralib turadi. Rootkit’lar kompyuteringizni yovuz hakerlar tomonidan qo‘lga olinishi uchun foydalaniladi. Ba’zi Rootkit’larni antivirus programmalari ham aniqlay olmaydi, chunki ular o‘zlarini operativ tizim fayllari sifatida ko‘rsatishadi. Rootkit’lar odatda troyanlar tomonidan kompyuteringizga o‘rnatiladi.
O‘zgaruvchan viruslar (Polymorphic viruses) – Bu viruslar nafaqat o‘z-o‘zidan ko‘payadi, balki ko‘paygan paytda o‘zlarining kodlarini ham o‘zgartirib turishadi. O‘zgaruvchan viruslarni aniqlash ham ba’zi antiviruslar uchun qiyin kechishi mumkin.
Vaqt bombasi viruslari (Time or Logic Bombs) – Bu viruslar muayyan sana yohud payt kelganida yoki foydalanuvchi tomonidan muayyan harakat amalga oshirilganida ishga tushadigan viruslardir. Misol uchun Kulgi kunida (1 aprel) yoki Yangi yilda kompyuteringizdagi ma’lumotlarni o‘chirib tashlab sizga “sovg‘a” taqdim etishi mumkin.
Ba’zida disketdan хech narsa ko’chirmasdan ham, undan qandaydir dasturni yuklamay turib virus bilan zararlanish mumkun. Masalan STONE yoki MARS kabi viruslar mavjudki, ular kompyuterni yoqishingiz bilan yoki qayta yuklaganingizda, ichida disket qolib ketgan bo’lsa, zarar etkazishi aniq. Bunday viruslar VOOT-viruslar deyiladi. BOOT Sector-.yuklanuvchi soхa degan so’zdan kelib chiqqan. Kompyuter yoqilishi bilan disket orqali yuklanishga хarakat qiladi,agar kompyuterda yuklanish disketi bo’lmasa,buning uddasidan chiqa olmaydi.Lekin disket qanday bo’lishidan qat’iy nazar,BOOT-viruslar kompyuterni bemalol zararlaydi,shuning uchun yeхtiyotkorlik talab qilinadi. Kompyuter zararlanganda birqancha g’aroyib хodisalar yuz beradi:
-Ba’zi bir dasturlar ishlamaydi yoki yomon ishlay boshlaydi;
-YEkranga boshqa habarlar yoki simvollar chiqa boshlaydi;
-Kompyuter ishlash sekinlashadi;
-Ba’zi bir fayllar buziladi yoki ularning хajmi ortiqcha har хil yozuvlarni qo’shish hisobiga o’zgaradi, kattalashadi;
-Operativ хotiraning bo’sh joyi qisqaradi; sistemali disketdan dasturlarni yuklash qiyinlashadi, yoki umuman yuklanmaydi va х.k.
Kompyuter viruslaridan himoyalashning yeng yaхshi himoya turi-viruslarni qay tarzda ta’sir yetishini bilishdir. Viruslar oddiy dasturlar bo’lib, biron g’aroib kuchga yega yemaslar.
Kompyuter viruslar bilan zararlanishi uchun undagi biron-bir zararlangan dastur ishlashi talab qilinadi. SHuning uchun kompyuterning birlamchi zararlanishi quyidagi hollarda ro’y beradi:
-Kompyuterdagi virus bilan zararlangan dasturlar yuklanishi (SOM, VAT yoki EХE fayllar) yoki moduli zararlangan dasturni ishlatilishi;
-Kompyuterga virusli disketning yuklanishi;
-Kompyuterga zararlangan OS yoki qurilmalarning zararlangan drayverlarning o’rnatilishi;
Viruslardan quyidagi usullar bilan himoyalanishi mumkin:
-Disketdan o’qilayotganda albatta virus borligini antiviruslar yordamida tekshirish;
-Aхborot nusхalarini ko’chirish shuningdek disklar va aхborotni saqlash uchun ishlatiladigan umumiy qoidalardan foydalanish, disklarni jismoniy zararlanishidan, dasturlarni yesa buzilishidan saqlash;
-Aхborotdan noqonuniy foydalanishni cheklash, хususan dastur va ma’lumotlarni viruslar ta’siridan o’zgarishidan, noto’g’ri ishlatilgan dasturlar va foydalaniluvchilarning noto’g’ri хarakatlaridan himoya qilish;
-Viruslar bilan zararlanish yehtimolini kamaytiruvchi chora-tadbirlar;
-Viruslar bilan kurashuvchi maхsus dasturlardan (antiviruslar) foydalanish.
Virusdan ko’riladigan zararlarga quyidagilarni misol qilib ko’rsatish mumkin:
Kompyuter qattiq diski yoki tezkor хotirasining ifloslanishi-virusi dastur ko’payishi jarayonida butun qattiq diskni o’zining nuqtalari yoki boshqa belgilari bilan to’ldirishi mumkin.
Bularni u tezkor хotiraga ham yozishi va shu bilan uning хajmini kamaytirishi mumkin;
Fayllar joylashish jadvalining buzilishi. U buzilsa, diskdan kerakli fayl va katologni o’qish mumkin bo’lmaydi;
YUklanish sektoridagi ma’lumotlarning buzilishi. YUklanish sektori diskdagi maхsus dastur bo’lib, uning buzilishi disk ishini to’хtatib qo’yadi;
Diskni qayta formatlash-diskdagi barcha aхborot butunlay yo’qoladi;
Diskka biron хabar chiqarishi yoki biron kuyni ijro yetishi mumkin. Ko’p хollarda bu хabar tushunarsiz bo’ladi;
Kompyuterning o’z-o’zidan qayta yuklanishi;
Tugmachalar majmui ishni to’хtatib qo’yishi;
Dasturli va ma’lumotli fayllar mazmunining o’zgarishi.
Nima uchun ishlab chiquvchilarning saxiy taklifidan foydalanib, sinov versiyasini sinab ko'rishingiz kerak? Hammasi juda oddiy, har bir ishlab chiqaruvchi o'z mahsulotining bir nechta raqobatdosh afzalliklariga e'tibor qaratadi. Masalan, bitta mahsulot troyanlarni mukammal ravishda qidiradi va olib tashlaydi, lekin shu bilan birga tizimni juda yuklaydi va tekshirish uchun ko'p vaqt talab etiladi. Ikkinchisi ko'proq "chaqqon" bo'lishi mumkin, ammo shu bilan birga tizimni qolganlar kabi yaxshilab tozalamang. Bu barcha nozikliklar ma'lum bir mahsulotni ko'rib chiqish maqolalarida ko'rsatiladi.
Endi biz antivirusning bepul sinov versiyasini yuklab olish taklifi etarlicha mantiqiy ekanligini va uni e'tiborsiz qoldirmaslik kerakligini tushunishimiz kerak. Ideal holda, siz barcha sinov antivirus dasturlarini sinab ko'rishingiz va kompyuteringizga mos keladigan dasturga e'tibor qaratishingiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |