Mavzu : 15- §. To'G'ri chiziqning proyeksiyalari ta’limi maqsad



Download 2,43 Mb.
Sana13.01.2022
Hajmi2,43 Mb.
#356744
Bog'liq
15-dars (1)


15-dars

Mavzu : 15- §. TO'G'RI CHIZIQNING PROYEKSIYALARI

Ta’limi maqsad: O’quvchilarga chizmada to’g’ri chiziqlarni proeksiyalash haqida

ma’lumot berish.



Tarbiyaviy maqsad: Chizma ishlahda ozodalikka rioya qilishlik shunindek o’tkir uchli

asboblardan foydalanishda ehtiyotkorlikni o’rgatish.



Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda chizmada proeksilash va to’g’ri chiziqlarni

proeksiyalashni bajarishga ko’nikma malaka hosil qilish.



Dars uslubi: nazari, amaliy

Darsga kerakli jihozlar:

Chizma qog’ozlari,chizmachilik asboblari,chizgich,o’chirgich.qalam…….

o’tgan yili o’quvchilar ishlardan namunalar.

Darsning borishi:

Tashkiliy qism. Takrorlash. Yangi mavzu bayoni. Mustahkamlash. Uyga topshiriq.



Tashkiliy qism.

O’quvchilar bilan salomlashish, yo’qlama qilish, kundalik yangiliklar bilan

tanishtirish, sinf xonasini tozaligini nazorat qilish va shu bilan birga sinfni darsga tayyorlash.
Takrorlash bo’yicya savollar. uyga berilgan topshiriqni baholash

1.Oktant nima?

2.Oktant qanday hosil bo'ladi?

3.Epyur nima va u qanday hosil bo'ladi?



4.Hva Ktekisliklar o'zaro kesishishidan hosil bo'lgan chiziq qanday belgilanadi?
H va W laming kesishishidan hosil bo'lgan chiziq-chi? У va W laming
kesishishidan hosil bo'lgan chiziq-chi?

5.Qanday proyeksiyalash turlari mayjud?

6.Markaziy proyeksiya va parallel proyeksiya deb
nirnaga aytiladi?

7.Proyeksiyaning o'zi nima?


TEST:Proyeksiyalovchi nurlar bitta markazdan chiqsa, qanday proyeksiyalash usuli deyiladi?

A. Parallel. B. Markaziy. C. Aksonometrik. D. Qiyshiq.



Topshiriq. 1.Chizmachilik daftaringizga proyeksiyalash tur-larini chizib, bilimingizni mustahkamlang.

2. Tomonlari 200x200 mm li uchta kvadrat qalinroq qog'ozdan birinchi oktant-proyeksiyalash apparati yasang. x, у va z koordinata o'qlari va ularning boshini О bilan belgilang. Tekisliklar H, V va W ni yozib qo'ying.



Yangi mavzu bayoni:
Har qanday buyum geometrik shakllardan tuzilganligi ma'lum. O'z navbatida, geometrik shakllar to'g'ri yoki egri chiziqlardan tashkil topgan bo'lib, to'g'ri chiziq ikkita nuqta orqali o'tkaziladi. To'g'ri chiziq nuqtalar bilan'chegaralangan bo'lsa, u to'g'ri chiziq kesmasi ham deyiladi.

To'g'ri chiziq proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan parallel, perpendi-kular, og'ma bo'lishi mumkin.

To'g'ri chiziq faqat bitta proyeksiyalar tekisligiga perpendikular bo'lsa, masalan, AB L H— gorizontal proyeksiyalovchi (15.1-chizma, a), AB L V-- frontal proyeksiyalovchi (15.1-chizma, b), AB J_ W - profil proyeksiyalovchi chiziq deyiladi (15.1-chizma, d). To'g'ri chiziq qaysi proyeksiyalar tekisligiga perpendikular bo'lsa, o'sha tekislikka nuqta ko'rinishida, qolganlariga o'zining haqiqiy kattaligida proyeksiyalanadi (15.1-chizma, a, b, d). 15.1-chizma, e da proyeksiyalovchi to'g'ri chiziqlarning chizmalari berilgan.

To'g'ri chiziq faqat bitta proyeksiyalar tekisligiga parallel bo'lsa, o'sha tekislikka haqiqiy kattaligida proyeksiyalanadi, qolganlariga esa, qisqarib proyeksiyalanadi (15.2-chizma, a, b, d). To'g'ri chiziq qaysi tekislikka parallel bo'lsa, o'sha tekislik nomi bilan ataladi, ya'ni AB\H — gorizontal (15.2-chizma, a), AB\\V-- frontal (15.2-chizma, b), AB\\W - profil (15.2-chiz­ma. d) chiziqlar deyiladi.



ABCD shakl H ga perpendikular (15.3-chizma) tasvirlangan bo'lib, u yuqorida bayon qilingan to'g'ri chiziqlardan tashkil topgan. Ushbu ABCD shakl gorizontal proyeksiyalovchi AB va CD, profil proyeksiyalovchi AC va BD chiziqlardan tuzilgan.

Agar to'g'ri chiziq proyeksiyalar tekisliklariga og'ma vaziyatni egallagan bo'lsa, unday to'g'ri chiziq umumiy vaziyatdagi to'g'ri chiziq deyiladi. 15.4-chizma, я, b, d da umumiy vaziyatdagi AB to'g'ri chiziq kesmasining H, V va W da proyeksiyalanishi ko'rsatilgan bo'lib, uning proyeksiyalari haqiqiy uzunligiga nisbatan o'zgarib (qisqarib) tasvirlangan.



Eslab qoling! To'g'ri chiziq proyeksiyalar tekisliklariga perpendikular


bo'lsa, nuqta ko'rinishida, parallel bo'lsa, o'zining haqiqiy uzunligiga teng, umumiy vaziyatda bo'lsa. qisqarib proyeksiyalanadi.



Mustahkamlash uchun savollar:

1. To'g'ri chiziq nuqtalar bilan chegaralangan bo'lsa, u qanday nomlanadi?



  1. To'g'ri chiziq qanday chiziladi?

  2. Hga perpendikular chiziq nima deb ataladi?

  3. VvaW larga perpendikularlari-chi?

  4. Hga parallellari-chi?

  5. Vva W larga parallellari-chi?

  6. H gа perpendikular chiziq unga qanday ko'ri-
    nishda proyeksiyalanadi? V va W ga perpen-
    dikularlari-chi?


Uyga topshiriq: (mashq)

  1. 15.4-chizma, d da tasvirlangan umumiy vaziyatdagi AB kesmaning chizmasi
    (epyuri) ni o'qituvchi yordamida bajaring.

  2. 15.5-chizmadagi ABCD to'rtburchakli shakl qanday chiziqlardan tashkil
    topganligini tahlil qiling.


Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish