Mavzu – 11. Harakatni ta`qiqlovchi shartlar



Download 21,24 Kb.
bet1/6
Sana24.06.2022
Hajmi21,24 Kb.
#699704
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5447574821317646011


MAVZU – 11. HARAKATNI TA`QIQLOVCHI SHARTLAR.
REJA :


  1. Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar.

  2. Tormoz tizimi.

  3. Boshqaruv qurilmasi.

  4. Tashqi yoritgichlar.

  5. Oyna tozalagich va oyna yuvgichlar.

  6. Shinalar.

  7. Yurgizgich (motor).

  8. Transport vositasi tuzilishining bo'lak qismlari.

BAYONI :

1. Tormoz tizimi.


1.1. Tormoz tizimining tuzilishi o'zgartirilsa, ishlab chiqargan korxona talabiga mos kelmasa yoki transport vositasining shu turida ko'zda tutilmagan tormoz suyuqligi yoki boshqa qismlar qo'llanilsa.
1.2. Ishchi tormoz tizimining samaradorligi quyidagi me'yorlar talabini ta'minlamasa:



T/r

Transport vositasi turi

Tormoz yo'li (ko'pi bilan) metr hisobida

1981 yil 1.01dan ishlab chiqarila boshlagan

1981 yil 1.01dan oldin ishlab chiqarila boshlagan







aslahalangan holda

to'la vaznda

aslahalangan holda

to'la vaznda




1

Engil avtomobillar va ularning yuk tashishga moslashtirilgan turlari

12.2

12.9

14.5

16.2

ular shatakka olganda

13.6

16.5

14.5

16.5

2

Avtobuslar:

to'la vazni 5 tonna va undan kam bo'lgan

13.6

17.0

18.7

21.2

to'la vazni 5 tonnadan ortiq bo'lgan

16.8

17.4

19.9

21.2

3

Yuk avtomobillari:

to'la vazni 3.5 tonna va undan kam bo'lgan

15.1

19.0

19.0

23.0

to'la vazni 3.5 tonnadan 12 tonnagacha va 12 tonna bo'lgan

17.3

20.1

18.4

23.0

to'la vazni 12 tonnadan ortiq bo'lgan

16.0

19.7

17.7

23.0

4

Avtopoezdlar shatakchi transport vositasi bilan:

to'la vazni 3.5 tonna va undan kam bo'lgan

17.7

21.8

22.7

25.0

to'la vazni 3.5 tonnadan 12 tonnagacha va 12 tonna bo'lgan

18.8

21.3

22.1

25.0

to'la vazni 12 tonnadan ortiq bo'lgan

18.4

20.8

21.9

25.0

5

Ikki g'ildirakli mototsikl va mopedlar

7.5

7.5

7.5

7.5

6

Kajavali mototsikllar

8.2

8.2

8.2

8.2

Izoh: 1. Ishchi tormoz tizimining samaradorligi davlat namunasiga muvofik boshqa o'lchamlar bilan ham belgilanishi mumkin.


2. Ishchi tormoz tizimi - yo'lning beton, asfal'tbeton, quruq, toza tekis qoplamali, yotiq qismida tormozlash boshlangan vaqtdagi tezligi avtotransport vositalari uchun soatiga 40 km, mototsikl, mopedlar uchun soatiga 30 km bulganda sinovdan o'tkaziladi. Agar haydovchi tormozlash vaqtida to'g'ri yo'nalishni saqlash uchun harakatlanish izini o'zgartirishga majbur bo'lsa yoki to'g'ri chiziqli harakati buzilsa, sinov natijalari bekor qilinadi.
1.3. Gidravlik tormoz uzatmasining zijligi (germetikligi) buzilgan bo'lsa.
1.4. Pnevmatik tormoz uzatmasining zijligi buzilishi natijasida havo siquvchi moslama (kompressor) ishlamay turganda va boshqaruv qismlari ulanmaganda - 30 daqiqada, ulanganida - 15 daqiqada tizimdagi havo bosimi 0,05 MP (0,5 kg/sm2dan ko'p pasayishiga sabab bo'lsa.

1.5. Tormoz uzatmasidagi havo bosimini o'lchaydigan asbob (monometr) ishlamasa.

1.6. To'xtatib turish tormoz tizimi transport vositalarini quyidagi joylarda harakatsiz holatda ushlab tura olmasa:

to'la vazndagi transport vositalarini 16 foizdan kam bo'lmagan qiyalikda;

aslahalangan holatdagi engil avtomobillar, ularning yuk tashishga moslashtirilgan turlari, shuningdek, avtobuslarni 23 foizdan kam bo'lmagan qiyalikda;

aslahalangan holatdagi yuk avtomobillari va avtopoezdlarni 31 foizdan kam bo'lmagan qiyalikda.

Izoh: To'xtatib turish tormoz tizimi sinovdan o'tkazilayotganda yurgizgich transmissiyadan ajratilgan bo'lishi kerak.
1.7. Qulflovchi moslama to'xtatib turish tormoz tizimining dastagi (richagi)ni ushlab tura olmasa.


Download 21,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish