Katta miqdordagi issiqlik energiyasini talab qiladigan qator elektrotermik jarayonlarni amalga oshirishda organik yoqilg‘i hisobiga erishib bo‘lmaydigan yuqori haroratlarga, elektr yoy razryadi yoki oddiy qilib, aytganda elektr yoyi yordamida erishiladi. Ma’lumki, elektr yoyi to‘g‘risidagi qator fizik tushunchalar 1802 yilda rus fizigi V.V. Petrov tomonidan yoritib berilgan va hozirgi davrda, elektr yoyining turli jabhalarda keng foydalanilishi munosabati bilan, yoy to‘g‘risidagi tushunchalar atroflicha o‘rganilgan va boyitilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |