musiqa bilimi – bu har qanday musiqaga taalluqli tadqiqotning asosidir; oxirgi darslardan bittasida ilmiy ishning madaniyati va etikasi to‘g‘risida gap ketadi.
Mashg‘ulotlarning eng kerakli “ijodiy” oliy o‘quv-yurtlaridagi ilm holatini aks ettiruvchi - Konservatoriyadagi ilm saviyasining sust tomonlariga e’tibor beriladi; bunday holatlar ko‘pgina dalillar bilan ushlanib turiladi, bulardan quyidagi ikkitasini asosiy deyish mumkin: birinchisi: aniq bilimlar sohasi namoyandalari (ulardan ko‘pchiligi doimo ilmiy ishga murojaat qilishadi) dan farqli o‘laroq san’at hodimlari har doim omma orasida, asosan, ijrochilar bo‘lib, avvalo amaliyotchi bo‘lganlar. Bular orasidan faqat bir qator nazariyachilar yetishib chiqdi, musiqashunos mutaxassislar esa odatda musiqani qat’iy ilmiy doimiy tahlil qilishdan ko‘ra, uni intuktiv tushunib yozish va tasvirlashga ishonganlar; ikkinchi salbiy dalil sifatida quyidagi holat kelib chiqadi: ijtimoiy fanlar qoidaga ko‘ra adabiy tilda — oddiy tilga yaqin, Hamma yoshligidan biladigan tilda bayon qilinadi; bu dalil har bir elementar til biladiganlar uchun san’atga doir ilm mashg‘ulotlari yengil va oson o‘tishini aldamchi tasavvurni vujudga keltiradi.
Bu ikki dalilni san’at va madaniyat sohasidagi ilmiy izlanishning kasb baholanishida birgina yo‘l bilan yo‘q qilish mumkin – ilmiy yorliq asoslarini egallashda madaniyat xodimlarini imkoni boricha ko‘proq va kengroq jalb etishdir. Tabiiyki fan mashg‘ulotlarida ko‘pchilikning qatnashuvi Pifagor, Boesiy, Ibn Sino, Ramo, Riman, Asafyev kabi olimlar sonini ko‘payishiga kafil bo‘lolmaydi, lekin Fan sohasida ma’lumotli kishilar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha “buyuklarning” fikri, g‘oyasi va hissiyotlarini tushunuvchilar ko‘payadi, o‘z ishi haqida o‘ylash va fikrlashni ham o‘rganadi. Agar madaniyat xodimlarining ko‘pchiligi “Ilm-Fan” so‘zi ostida qanday ma’no yotganini tushunsa, agar ularga ilmiy terminning aniq ma’nosi ma’lum bo‘lsa, balki har qanday matnning ma’nosidan qat’iy nazar fan deb atamaydilar.
Ijtimoiy fanlar toki oddiy adabiy tildan ilmiy tilga o‘xshab qancha foydalanishsa ham har bir tadqiqotchi o‘zgacha so‘zlashadi. Aniq tushunish uchun umumiy baza tashkil qilishda so‘zning terminalogik ma’nosi yoki har bir so‘zning aniq ahamiyatini belgilash ko‘zda tutiladi. Musiqiy fanlarda bu holat yanada qiyinlashib boradi, bizning bayonlarimizda, ko‘pincha bir so‘z bir matnda har xil ma’nolarga ega bo‘lishi mumkin; birinchi marta umummadaniy bo‘lib, keyingi marta terminologik ifodalanadi (Masalan, “Malerning “Uchinchi simfoniya”sining o‘lchovi (katta - kichikligi) bu janrdagi asarlarni yozish tajribasida shu paytgacha hamma mashhur bo‘lgan asarlardan o‘tib chiqadi”1 va “Malerning “Uchinchi simfoniya”sining birinchi qismidagi sarparda o‘lchovlari turli xillarda bo‘lib, yangi mavzu paydo bo‘lishi bilan ular o‘zgaradi”2 va bu holat ham maxsus o‘rganishni talab etadi.
Ayniqsa o‘z g‘oyalarini fikrlay bila olish, ularni boshqalar tomonidan kuzatish, odamlar bilan har xil darajalarda samarali muloqot qilish yo‘llarini fan mashg‘ulotlarini o‘rgatadi. Ushbu bilimlar madaniyatli kishining eng muhim extiyojlarini ta’minlaydilar: o‘zining aniq bilim darajasini qo‘llashini; o‘z fikrini ifodalash va boshqalarning fikrini tushunish qobiliyatini og‘zaki va yozma ravishda ishlab chikishni; o‘zgalar fikri, mehnati va o‘z mehnatini hurmat qilishini o‘rgatadilar; to‘g‘ri munozara qilish, o‘z fikrida qat’iy turish, shaxslarga o‘tmasdan, asosli bahslashishga yordam beradi: kishilar xulqida, insonning har qanaqa faoliyatida bosh va ikkinchi darajali holatlarni tez tushuna bilish, muhimni nomuhimdan faqat ilm-fanda emas, balki hayotda ham ajratishni o‘rgatadilar.
“Savodli yozishni ijtimoiy tartibiylik talab qiladi, hamda o‘z qo‘shnisining vaqtini xurmat qilish” /akad.L.V.SHcherba/.
Oliy ma’lumotli kishi uchun ilmiy tadqiqot asoslarini bilish – bu bizning davrimizdagi elementar savodlilikdir.
Musiqiy nazariy fanlar:
Musiqa nazariyasi
Solfedjio, Maqom solfedjio, Murakkab solfedjio
Garmoniya, Zamonaviy garmoniya
Musiqiy asarlar tahlili, Zamonaviy musiqiy shakl
Polifoniya, Zamonaviy polifoniya
Monodiya nazariyasi
Musiqiy nazariy tizimlar
Musiqiy uslublar tarixi
Musiqiy-nazariy fanlarni o’qitish uslubiyoti
Do'stlaringiz bilan baham: |