Mavz: geosiyosiy oqimlar va maktablar



Download 0,92 Mb.
Sana30.05.2023
Hajmi0,92 Mb.
#945739
Bog'liq
xonzoda uzb tarix


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Tarix fakulteti Tarix yo’nalishi
204-gurux talabasi Jumanazarova Xonzodaning
“Oʻzbekiston tarixi” fanidan
Mustaqil ish
Mavzu: Mustaqillik - me'yoriy- hududiy asoslarning yaratilishi
Reja :
  • 1991 yil 31 avgustda O`zbekistonda davlat mustaqilligining e’lon qilinishi.
  • Umumxalq saylovida I.A.Karimovning O`zbekiston Respublikasining prezidenti etib saylanishi.
  • Siyosiy isloxatlar O`zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi. Ko`ppartiyaviylik tizimiga asos solinishi.
  • Davlat hokimiyati tizimida Prezidentlik boshqaruvini joriy etilishi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi organlar.
  • Sud hokimiyati isloxatlari. Mahalliy davlat organlari, fuqorolarning o`zini-o`zi boshqaruv organlari.

• XXI asr bo`sag`asida Vatanimiz tarixida buyuk voqea sodir bo`ldi. Prezident Islom Karimov 1991 yil 31 avgust kuni Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida O`zbekistonning Davlat mustaqilligini e’lon qildi. Sessiyada «O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to`g`risida» Oliy Kengash Bayonoti qabul qilindi. «O`zbekiston Respublikasi, - deb ta’kidlanadi Bayonotda, to`la davlat hokimiyatiga ega, xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, oldindan hech qanday shart qo`ymagan holda barcha sheriklar bilan teng huquqli, o`zaro manfaatli bitimlar hamda shartnomalar tuzish uchun o`zini ochiq deb e’lon qiladi».
• Mazkur sessiyada «O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qilish to`g`risida» qaror qabul qilinib, 1 sentyabrь O`zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilandi va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi. Shuningdek, Oliy Kengashda «O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida» Qonun qabul qilindi.
• 17 moddadan iborat ushbu qonunning birinchi moddasida: «O`zbekiston Respublikasi o`z tarkibidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi bilan birga mustaqil, demokratik davlatdir», - deb qonunlashtirilib qo`yildi.O`zbek xalqining muqaddas, tarixiy orzusi ushaldi. U siyosiy mutelik va asoratdan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bir mustaqil, ozod, suveren davlat - O`zbekiston Respublikasi paydo bo`ldi.O`zbekistonning Davlat mustaqilligi xalqimizning o`zoq yillar davomida olib borgan og`ir va mashaqqatli kurashining qonuniy natijasi bo`ldi. O`zbekiston xalqi o`z mustaqilligini quvonch bilan kutib oldi va ma’qulladi.
• O`zbekistonda davlat Mustaqilligi qo`lga kiritilgach, boshqaruvning demokratik tizimi shakillantirila boshlandi. Prezidentlik Respublika boshqaruvi, davlat boshqaruvini o`zagini tashkil etadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sakkizinchi sessiyasida “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi qonun qabul qilindi.
• 1991 yil 29 dekabra demokratik me’yor va tartiblarga mos ravishda, umumiy, teng, to`g`ridan-to`g`ri saylash xuquqi asosida tarixda birinchi marta O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida umumxalq saylovi bo`lib o`tdi. Unda 9 900 958 kishi yoki ovoz berish xuquqiga ega bo`lgan fuqarolarning 94,2 foizi ishtirok etdi. Islom Karimov nomzodi uchun 8 514 125 saylovchi o`z ovozlarini berdilar yoki saylovda qatnashganlarni 86 foyizi o`z ovozlarni berdilar.
• I.Karimov mustaqillikni birinchi kunidanok Mamlakatda demokratik xuquqiy davlat kurish, yunaltirilgan bozor iktisodiyotini vujudga keltirish, uning jaxon hamjamiyatiga kushilishini ta’minlash buyicha kattiy va kizgin siyosat yuritib kelmokda.
• 1995 yil 26 martida O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisi karoriga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolat muddatini 1997 yil 2000 yilgacha o`zaytirish masalasi buyicha umumxalq referendumi bo`lib o`tdi. Unda 11245628 kishi yoki ovoz berish xuquqiga ega bo`lgan fuqarolarni 99,3 foizi ishtirok etdi. Ovozberishda katnashganlarni 99,6 foizi Prezident vakolatini 2000 yilgacha o`zaytirishga yoqlab ovoz berdi.
• Referendum natijasi Prezidentning ichki va tashki siyosati umumxalq tomonidan ma’kullanishi va kullab kuvvatlanishidan mamlakat barcha Aholisi o`nga bo`lgan tula ishonchidan guvox beradi. Xalqimiz O`zbekistonning Davlat mustaqilligiga erishuvini, iqtisodiy mustaqilligini, mamlakat xavfsizligini mustaxkamlashi va jaxon hamjamiyatida uning obru-e’tiborini oshib borishi haqli ravishda I.Karimov faoliyati bilan bog`liq. Prezidentimizning tutgan yuli tufayli fuqarolarning xuquqlari, ularning ijtimoiy ahvoli va millatidan kat’iy nazar himoya qilinadigan, barqarorlik, fuqarolar tinchligi va millatlararo totuvlik qonunlariga og`ishmay amal qilish, ish bilan ta’minlaydigan demokratik, xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyati kurish yulidan izchil olg`a qarab bormoqda.
• Demokratik, huquqiy davlat rivojlanishining mantig`i, ichki qonuniyatlari davlat xokimiyati organlari va boshqaruvining siyosiy partiyalar va jamiyat birlashmalari-kasaba uyushmalari, faxriylar, yoshlar, xotin-qizlar tashkilotlari, ijtimoiy va ijodiy jamg`armalar, fuqorolarning boshqa ko`ngilli birlashmalari bilan har tomonlama yaqin aloqalari va hamkorligini taqozo etadi.
• "Fuqarolik jamiyati" va "Jamiyat" tushunchalari aynan bir narsa emas. Jamiyat-bu kishilar umumiyligi, davlatning butun belgilarini ham o`z ichiga oladigan birligi. Fuqarolik jamiyati bu jamiyatning bir qismi. Xokimiyatning davlat organliri va boshqaruvdan tashqari qismi.
• Fuqarolik jamiyati davlatning vujudga kelishi bilan yuzaga keladi va shakllanadi. Mavqei, uning demokratik darajasiga muvofiq belgilanadi.
• Hozirgi vaqtda Respublikada beshta siyosiy partiya faoliyat olib bormoqda
• O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi 1991-yil 1-noyabrda Toshkentda bo`lib o`tgan ta’sis quriltoyida tashkil topgan. Ushbu quriltoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O`zbekiston XDPsining “O`zbekiston ovozi”, “Golos O`zbekistana” gazetasi va “Muloqat” jurnali nashr etilmoqda.
• 1995-yil 18-fevralda O`zbekiston “Adolat” sottsialdemokratik partiyasi to`zildi. Partiyaning Toshkentda bo`lgan 1-ta’sis quriltoyida uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi.“Adolat” nomli ijtimoiy-siyosiy xaftalik gazetasi nashr qilinmoqda.
• O`zbekistonda faoliyat ko`rsatayotgan partiyalardan yana biri “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi. U 1995-yil 3-iyunda Toshkentda bo`lib o`tgan ta’sis quritoyida to`zildi va partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. “Milliy tiklanish” xaftalik gazetasi nashr qilinmoqda.
• 1998-yil 28-dekabrda O`zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi tashkil topdi. Partiyaning 1998-yil 28-dekabrdagi ta’sis konferentsiyasida uning Dasturi va Nizomi tasdiqlandi. Partiyaning “Fidokorlar” gazetasi nashr etilmoqda.
• 2003-yil ohirida O`zbekiston liberal-demokratik partiyasi tashkil topdi. Uning maqsadi tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatlarini ximoya qilishdan iborat. O`zLDPning “XXI asr” xaftalik gazetasi nashr qilinmoqda.
• 1995-yil may oyida jamoatchilikning tashabbusi biln O`zbekiston “Xalq birligi” harakati tashkil etildi va faoliyat ko`rsatmoqda.
• “Xalq birligi” harakatining “Birlik” va “Yedinstvo” xaftalik gazetasi nashr etilmoqda.
• O`zbekiston Prezidentining 1996-yil 17-apreldagi farmoniga muvofiq, respublika yoshlarining “Kamolat” jamg`armasi nodavlat xayriya-jamoat birlashmasi sifatida tashkil topgan edi. 2001-yil 25-aprel kuni Toshkentda bo`lgan yoshlar kuriltoyida o`zini-o`zi boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkilot- O`zbekiston Respublikasi “Kamolat” yoshlar ijtimoiy harakati to`zildi va uning Dasturi, Nizomi tasdiqlandi.
• Mustaqillik xalqimizga o`z taqdirini, taraqqiyot yo`lini o`zi belgilash, milliy davlatchilikni tiklash, demokratik-huquqiy davlat barpo etish, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish imkoniyatini yaratdi. Mustaqillik davlat boshlig`ini, xokimsiyatning vakillik organlarini xalq tomonidan demokratik yo`l bilan erkin saylab qo`yilishini ta’minladi.
• O`zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990 yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi Oliy Kengash faoliyat ko`rsatmoqda edi. U 1990-1994 yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat ko`rsatdi. Shu yillar ichida Oliy Kengash 200 ga yaqin qonun, 500 dan ziyod qarorlarni qabul qildi. Oliy Majlis Oliy davlat vakillik organi bo`lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi, hududiy saylov okruglari bo`yicha ko`ppartiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo`ladi. Saylov kunigacha 25 yoshga to`lgan O`zbekiston respublikasining fuqarolari parlamentga saylanish huquqiga egadirlar.
• O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994 yil sentyabrda bo`lib o`tgan XU1 sessiyasi 1994 yil 25 dekabr kuni Oliy Majlisga, viloyat, shahar va tuman kengashlariga saylovlar o`tkazishga qaror qabul qildi. Saylovlarni qonun tartiblari asosida o`tkazish uchun Respublika bo`yicha 250 okrug, 7195 ta uchastka saylov komissiyasi tuzildi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga XDP dan, “Vatan taraqqiyoti” partiyasidan hokimiyatning vakillik organlaridan jami 700 nomzod ro`yxatga olindi. 1994 yil 25 dekabrda hamma joyda saylovlar qonun talablari muvofiq umumiy, teng, to`g`ridan-to`g`ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo`li bilan o`tdi.
Nomzodlardan birontasi yetarli ovoz ololmagan saylov okruglarida 1995 yil 25 yanvar kunlari takroriy saylovlar bo`ldi. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. Bu demokratik yo`l bilan parlamentni shakllantirishning mamlakatimiz tarixidagi dastlabki tajribasi bo`ldi.O`zbekiston respublikasining mustaqil taraqqiyoti dav rida respublika bir palatali parlamenti yangi jamiyat qurishning ishonchli huquqiy asoslarini yaratuvchi 446 tadan ortiq qonun, 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur va mingdan ortiq qarorlar qabul qildi.
• 2001 yil 6-7 dekabr kunlari bo`lib o`tgan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning yettinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi. Sessiya ikki palatali professional parlament faoliyati uchun eng zarur bo`lgan omil- yuqori malakali siyosatshunoslar, yuristlar, iqtisodchilar korpusi shakllanib yetilgani, jamiyatimizda huquqiy madaniyat darajasining ortganligini inobatga oldi va parlamentni ikki palata qilib tuzish zarur degan xulosaga keldi.
• Oliy majlis 2002 yil 27 yanvar kuni kelgusi chaqiriqda ikki palatali parlamentni shakllantirish masalasi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi referendumini o`tkazish bo`yicha qaror qabul qildi. Referendum 2002 yil 27 yanvar kuni demokratik asosda keng jamoatchilik va xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning tashabbuskor guruxlari kuzatuvchilar ishtirokida bo`lib o`tdi. Referendumda fuqarolarning 91,58 foizi ishtirok etdi.
• 2002 yil 12-13dekabr kunlari bo`lib o`tgan Oliy majlisning 10 sessiyasida xalqimizning xoxish irodasi bilan “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining senati to`g`risida”, “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to`g`risida” konstitutsiyaviy qonunlarni hamda ularnin amalga kiritish to`g`risida qarorlarni qabul qildi.
• 1993 yil 2 sentyabrda "Sudlar to`g`risida"gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun sudlar faoliyatini tartibga solishga xizmat qiladi. Konstitutsiyaning 106-moddasiga muvofiq: "sud xokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi xokimiyatlarda, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalardan mustaqil holda ish yuritadi".
• Sud tizimi 5 yil muddatga saylanadigan konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo`jalik sudlaridan, Qoraqolpog`iston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo`jalik sudidan, shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar va xo`jalik sudlaridan iborat.
  • Konstitutsiyaviy sud qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi xokimiyatlarning faoliyatini konstitutsiyaga mos ekanligini nazorat qiladi. Oliy sud fuqorolik, jinoiy va ma’muriy sudlov ishlarini tartibga soladi. Xo`jalik sudlari esa, xo`jalik nizolarini ko`rib chiqadi. Sud’yalar mustaqildirlar va faqat qonunga bo`ysunadilar.
  • Sud’yalar siyosiy partiyalar va harakatlarga a’zo bo`la olmaydilar. Oliy sud va Oliy xo`jalik raislari, uning a’zolari Oliy Majlisning deputati bo`la olmaydilar. Barcha ishlarda ochiq ko`riladi.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish