Mavsumiy kiyimlar va poyabzal



Download 18,08 Kb.
Sana07.01.2022
Hajmi18,08 Kb.
#327966
Bog'liq
Mashg'ulot ishlanma


Mavzu: “ Mavsumiy kiyimlar va poyabzal “ Shaxsiy hayotdan suhbat mashg’uloti.
Maqsad: bolajonlar bilan kiyimlar haqida suhbat uyushtirish, kiyimlarni ham har xil turlari borligini mavsumga qarab kiyinish ham bir san’at ekanini tushuntirish, ozoda va xushbichim kiyinishga o’rgatish.
Kutilayotgan natija: Bolalar kiyimlarni har xili borligini, bolalarning kiyimlari, kattalarning kiyimlari, yumshoq, qalin, yupqa, bosh oyoq va maxsus kiyimlar borligini bilib oladilar.
Kerakli jihozlar: Rasmi tushurlgan kartochkalar, kichik qo’g’irchoq kiyimlari, turli xil qalinlikdagi mato bo’laklari.
Mashg’ulotning borishi:

Ta’limiy maqsad: Bolalarga suvni isrof qilmaslik, tish chotkasidan to’g’ri foydalanish.

Tarbiyaviy maqsadi: Bolalarni Vatanni sevish, o’zining milliy boyliklaridan foydalanish. Suvni isrof qilmaslikka o’rgatish.
Tarbiyachi: bolajonla kelinglar men sizlarga topishmoq aytaman sizlar topasizlar.

Tanasi bor boshi yo’q, qo’li bor oyog’i yo’q.



Bolalar javobi: (palto)

Tarbyachi: Besh og’ayni korpasi bir xonasi har xil.

Bolalar javobi: (qo’lqop)

Tarbiyachi: Bolalar kiyimlar bizga nima uchun kerak?

Bolalar javobi: …………….
To’g’ri biz kiyiymlarsiz ko’chaga chiqa olmaymiz, kiyimlarimiz bizlarga tashqi ta’sirlardan ob-havoning noqulayliklaridan asrab turadi. Yana kiyimlar insonni bezatadi, sog’ligimizni asraydi. Kiyimlar turli xildagi qalin va yupqa matolardan tayyorlanadi. Bolalar kiyimlarini moslab kiiyish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bolajonlar yoz mavsumida yenil kiyimlar kiyiladi, qishda esa issiq tutuvchi qalin kiyimlar kiyiladi. Yomg’ir yoqqanda plash qor yoqqanda esa palto kiyiladi.

Bolajonlar bugun bizning honamizga Bilmasvoy tashrif buyuradi.



Bilmasvoy: Salom bolajonlar

Bolalar: Assalomu alaykum

Bilmasvoy: Vaalaykum assalom yaxshimisizlar. Men hech ham tushunmadim bu yerda sizlar nimani o’rganasizlar.

Tarbiyachi: Bilmasvoy siz manabu yerda o’tirib mash’ulotlarimizni kuzating bilib olasiz.

Bolalar hozir qanday fasl?



Bolalar javobi: Qish

Tarbiyachi: qishda havo qanday bo’ladi?

Bolalar: sovuq bo’ladi, qor yog’adi.

Tarbiyachi: qishda qanday kiyimlar kiyiladi?

Bolalar: issiq kiyimlar.

Tarbiyachi: bugun sizlar qanday ustboshlar kiyib keldingiz?

Bolalar: palto, shapka, etik, qo’lqop.

Tarbiyachi: Bilmasvoy bugun siz qanday ustbosh kiyib keldingiz?

Bilmasvoy: Voy, men bugun futbolka kiyib kelibman.

Tarbiyachi: Bilmasvoy sening shuning uchun sovuqqotgansan.

Bilmasvoy: oyoqkiyimlarim ham yupqa.

Tarbiyachi: Bilmasvoy senga savolimiz bor.

Hozir tashqarida qor yog’yapti, qor bo’ron o’ynash uchun qanay kiyimlar kiyiladi?



Bilmasvoy: jemper, tapochka, shortik.

Tarbiyachi: bolalajonlar Bilmasvoyni javobi to’g’rimi?

Bolajonlar: noto’g’ri.

Tarbiyachi: Bilmasvoy sen savolimizga to’g’ri javob bera olmading endi bu savolimizga Sabina javob beradi.

Sabina: Palto’, shapka, qalin shim, etik, qo’lqop, sharf.

Tarbiyachi: Barakalla Sabina judayam to’g’ri javob berding.

Bolalar kelinlar hozir Bilmasvoy bilan birgalikda ajoyib haltacha o’yinini o’ynaymiz.



Tarbiyachi: Bilmasvoy sen manabu haltachani ushlab undagi bor narsalarni ko’rsatasan, bolalar esa javob beradi.
Guruhimiz bolalarini ikki guruhga bo’lib nomlab olamiz.
Epchillar” va “Chaqqonlar”

Tarbiyachi: Bolalar sizlar haltachadan chiqqan kiyimlarni mavsumga moslab aytasizlar.
O’yindan so’ng:

Bilmasvoy: Voy bolajonlar yaxshiyam kelganim sizlar mendan kichik bo’lsangiz ham mendan ko’p narsani bilar ekansizlar.
Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savollar.

  1. Hozir qanday fasl?

  2. Kiyimlar fasllarga moslab kiyiladimi?

  3. Kiyimlar bizlarga nima uchun kerak?

  4. Qishda qanday kiyimlar kiyiladi? Qalin yoki yupqa?


Tarbiyachi: Faol ishtirok etgan bolalarni faoliyat yakunida rag’batlantiriladi.
Download 18,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish