Mavqei alohida o‘rin egallaydi



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/324
Sana08.01.2022
Hajmi5,3 Mb.
#333959
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   324
Bog'liq
2499-Текст статьи-7151-1-10-20200711

Iqtisodiy  samaradorlik
  samaradorlikka  qaraganda  bir  muncha  tor  ma’noni 
anglatadi.  U  qabul  qilinayotgan  qarorlarning  xo‘jalik  yuritishda  maqsadga 
muvofiqligini  tavsiflaydi  hamda  barcha  hollarda  samaraning  unga  erishish  uchun 
ketgan  xarajatlar(ishlab  chiqarish  resurslari)ga  nisbati  sifatida  aniqlanadi.  Xarajatlar 
qanchalik  kam  bo‘lsa  (mahsulot  sifatiga  ta’sir  qilmagan  holda),  samara  shunchalik 
ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik ham ortadi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy  samaradorlik
  ishlab  chiqarish  samaradorligini  mehnat 
sharoitlarini,  uning  ijodkorlik  mazmunini  boyitish,  aqliy  va  jismoniy  mehnat 
o‘rtasidagi  farqni  yo‘qotishni  inobatga  olgan  holda  tavsiflaydi.Ijtimoiy-iqtisodiy 
samaradorlik  bir  vaqtning  o‘zida,  ishlab  chiqarish  samaradorligini  kuchaytirish, 
korxonaning  muvaffaqiyatli  faoliyat  yuritishi,  shaxsning  har  tomonlama  rivojlanishi 
va  uning  barcha  qobiliyatlaridan  foydalanishning  sabab  va  natijasi  hisoblanadi. 
Bevosita ijtimoiy samara, xodimlarning bilim va malakasi, tajriba va madaniyatining 
o‘sishi, aholi sog‘lig‘ining yaxshilanishi va umr ko‘rishining uzayishida aks ettiriladi. 
Ishlab  chiqarish  samaradorligi  ijtimoiy  samaradorlikka  nisbatan  birlamchi 
hisoblanadi:  iqtisodiy  yutuqlar  korxonaning  ijtimoiy  muammolarini  hal  qilishga 
                                                 
1
 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. M.: «Rus tili» nashriyoti. 1981. – B.17 
2Maxmudov  E.X.  Korxona  iqtisodiyoti.  O‘quv  qo‘llanma.  –T.:  O‘zbekiston  yozuvchilar  uyushmasi  Adabiyot 
jamg‘armasi nashriyoti, 2006, – 208 b. 
 


 
 
78 
yordamlashadi.  Masalan,  foydaning  o‘sishi,  jamg‘armalarning  ortishi  korxonaga 
ijtimoiy vazifalar doirasini kengaytirish va ularni hal qilish imkonini beradi. 
Samaradorlik  to‘g‘risida  fikr  yuritilganda  shuni  ta’kidlash  kerakki,  har  qanday 
chora-tadbirlar  bir  tomondan  ham  iqtisodiy,  ham  ijtimoiy  samara  bersa,  ikkinchi 
tomondan  iqtisodiy  samara  berib,  har  doim,  har  sohada  ijobiy,  ijtimoiy  natija 
bermasligi mumkin.  
Ishlab chiqarishni takomillashtirish, uni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish 
natijasida  aholining  moddiy  faravonligini  yuksaltirishga,  ya’ni  ijtimoiy  samarani 
oshirishga, davlat tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy siyosati – minimal ish haqini 
oshirish,  ijtimoiy  fondlardan  imtiyozlar  berish,  o‘sib  kelayotgan  yoshlarni 
tarbiyalash,  kadrlar  tayyorlash,  sog‘liqni  saqlash,  ekologiyani  yaxshilash,  jismoniy 
tarbiyaga  yo‘naltirilgan  xarajatlar  oxir  natijada  mehnat  unumdorligini  oshirishga, 
YaIMni ko‘payishiga, ya’ni iqtisodiy samarani oshirishga olib keladi.  
Ayrim  tadbirlar  natijasida  esa  teskari  holatlarni  kuzatish  mumkin.  Masalan, 
davlat miqyosida uzoq muddatga milliy daromadni jamg‘arma va iste’mol fondlariga 
taqsimlashda  jamg‘arma  fondi  hissasi  doimo  oshirib  borilsa,  oxir  natijada  aholining 
moddiy  faravonlik  darajasi  pasayish  holatiga  olib  kelishi  muqarrar.  Bu  esa  salbiy 
ijtimoiy  holatlarni  vujudga  keltiradi.  Yana  bir  misol,  agar  davlat  budjetini  daromad 
qismini  oshirish  niyatida  kommunal  xizmatlarga,  elektroenergiyaga,  gazga  va  neft 
mahsulotlariga  ta’riflar  asossiz  oshirilsa,  bu  aholini  real  daromadlarini  kamayishiga 
va ijtimoiy va siyosiy talofatlarga olib kelishi mumkin.  
Shu sababli samaradorlikni tadqiqot qilish, uning natijasiga kompleks qarashlar 
orqali  va  natijalarni  bir-biri  bilan  bog‘liqligini  e’tiborga  olgan  holda  amalga 
oshirilishi zarur. Ya’ni samaradorlikni barcha turlarining (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, 
ekologik  va  boshqa  bir-birining  natijasidan  bog‘liq  bo‘lgan)  o‘zaro  bog‘liqligini 
hisobga olgan holda o‘rganish ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asosli bo‘ladi. Xuddi 
shunday  qarashlar  samaradorlik  mezonlari  va  ko‘rsatkichlarini  tanlashda  ham  amal 
qilinishi zarur.  
Ilmiy-nazariy  nuqtai-nazardan  samaradorlikni  uchta  yirik  guruhga  ajratib 
o‘rganish  maqsadga  muvofiq  deb  hisoblaymiz:  birinchidan,  jamiyat  miqyosida; 
ikkinchidan,  xududlar  miqyosida;  uchinchidan,  xo‘jalik  tuzilmalari,  sub’ektlari 
miqyosida  (konsern;  xolding;  assotsiatsiyalar;  har  xil  boshqa  birlashmalar; 
korxonalar; muassasalar va h.k.). 
Ushbu umumiy yo‘nalishlar ichida samaradorlikni turlarga ajratib tadqiqot qilish 
zarur.  Samaradorlik  turlarini  umumiy  va  funksional  nuqtai  nazardan  tasniflash 
mumkin.  
Umumiy 
samaradorlikka: 
«ijtimoiy-iqtisodiy»;  «iqtisodiy»;  «ijtimoiy»; 
«siyosiy»; «texnik-texnologik»; «ekologik» kabilarni kiritish mumkin.  
Funksional  samaradorlikka:  «ijtimoiy  ishlab  chiqarish»;  «transport»;  «aloqa»; 
«savdo»; «umumiy ovqatlanish»; «maishiy xizmat»; «turizm» va boshqa iqtisodiyot 
tarmoqlari  va  sohalari.  Ushbu  guruhga  iqtisodiyotni  harakatga  keltirayotgan 
omillarning  samaradorligi,  ya’ni  yer,  kapital,  mehnat  samaradorligi  kiradi.  Ushbu 
omillar  ichida  ishlatilayotgan  resurslar  turlari  bo‘yicha  ham  samaradorlik 
tasniflanishi mumkin.  
Biz  yuqorida  keltirganimizdek,  iqtisodiy  adabiyotlarda  samaradorlikning 


 
 
79 
mohiyati,  tushunchasiga  ko‘plab  har  xil  qarashlar  mavjudligi  kabi,  uning  har  xil 
mezonlari va ko‘rsatkichlari tasnif qilinadi. Ko‘pchilik mualliflar samaradorlik nisbiy 
ko‘rsatkich deb ta’kidlab, u olingan (erishilgan) natija bilan xarajatlar nisbati orqali 
aniqlanishini tavsiya qilishadi.  
Bizning  fikrimizcha  «samara»,  «natija»  o‘z  tabiatiga  binoan  son  va  sifat 
ko‘rsatkichlarida  ifodalanadi.  Son  ko‘rsatkichlar  sifatida  absolyut  miqdorlar  – 
qiymat, natural va shartli o‘lchov birliklarida ifodalansa, sifat ko‘rsatkichlari sifatida 
har xil solishtirma, ya’ni nisbiy ko‘rsatkichlar ishlatilishi mumkin.  
Yuqoridagi fikrlarini asoslash uchun ayrim amaliy misollar keltiramiz. 

 
ishlab  chiqarishni  modernizatsiyalash,  yangi  progressiv  texnika  va 
texnologiyalarni  har  qanday  tarmoq,  soha  va  korxonalarga  joriy  qilinishi  ular 
faoliyatining  hajmini,  mehnat  unumdorligini,  ish  haqini  oshirishga  olib  keladi  va 
boshqa 
ko‘rsatkichlarning 
ijobiy 
o‘zgarishlarini 
ta’minlaydi. 
Ushbu 
ko‘rsatkichlarning  absolyut  miqdorini  ortishi  xo‘jalik  faoliyatining  samarasini 
ifodalaydi; 

 
transport  vositalarining  modernizatsiyalanishi,  ularning  tezligini 
yuqorilanishi,  komfort  sharoitlarni  yaratilishi  natijasida  transport  xo‘jaliklarining 
miqdor  ko‘rsatkichlarini  ortishiga  (pasajirlar  sonini  ortishi,  yuk  tashish  hajmini 
ortishiga,  daromadni  ko‘payishi,  xarajatlarni  kamayishi)  va  sifat  ko‘rsatkichlarini 
yaxshilanishiga (rentabelligini ortishi, yo‘l bosishdan foydalanish koeffitsiyenti, yuk 
ko‘tarish  koeffitsiyenti,  yo‘l  yurishning  o‘rtacha  tezligi)  olib  keladi.  Bular  tabiati 
bo‘yicha transport vositalarining samaradorligi natijasini ifoda qiladi; 

 
savdo,  umumiy  ovqatlanish  va  boshqa  xizmat  sohasi  korxonalarida 
xizmatni  progressiv  shakllarini  joriy  etilishi  ularning  iqtisodiy,  ijtimoiy 
samaradorligini va boshqa ko‘rsatkichlaridan foydalanishning samarasini ko‘rsatadi.  
Umuman  olganda,  iqtisodiyotning  har  qanday  tarmog‘i  va  sohasini  misolga 
olmang,  ilmiy-texnik  progress  natijasida  faoliyat  natijasi  miqdorini  ortishi, 
daromadini  ko‘payishi,  xarajatlarni  qisqarishi  va  boshqa  ijobiy  ijtimoiy  xodisalarni 
ro‘y berishini kuzatish mumkin.  
Yuqorida keltirilgan misollar samaradorlik kategoriyasini, uning mezonlarini va 
ko‘rsatkichlarini  keng  ma’noda  tadqiqot  etish  zarur  ekanligiga  ishonchimizni 
oshiradi. 
Shu  sababli  bizning  fikrimizcha,  har  qanday  samaradorlik,  har  qanday  tarmoq, 
soha  faoliyati,  korxona  faoliyati  samaradorligi  bo‘lishidan  qat’iy  nazar  absolyut 
miqdorlarda  (qiymat,  natural,  shartli  birliklarida)  va  nisbiy  (koeffitsiyentlar, 
indekslar, foizlar) ko‘rsatkichlar orqali aniqlanishi lozim. 
 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish