Mavqei alohida o‘rin egallaydi


 Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, attestatsiya va nazorat qilish



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/324
Sana08.01.2022
Hajmi5,3 Mb.
#333959
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   324
Bog'liq
2499-Текст статьи-7151-1-10-20200711

 
12.4. Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, attestatsiya va nazorat qilish 
Mahsulot sifati muammosiga tegishli masalalardan biri standartlashtirishdir. 
Standartlashtirish - standartlarni belgilash va  qo`llash jarayoni. U normal ijodiy 
faoliyat  bo`lib,  sifatning  optimal  ko`rsatkichlarini,  mahsulotning  parametrik 
qatorlarini,  nazorat  qilish,  sinash  usullari  va  xokazolarni  ishlab  chiqishni  va  qat`i 
belgalashni o`z ichiga oladi. 
Standartlashtirish  mahsulot  sifatini  boshqarishning  tashkiliy  va  normativ  asosi 
hisoblanadi.  U  barcha  normalarni  standart,  yo`riqnoma,  mahsulotni  asoslash  uchun 
kerakli shartlar usuli kabi xujjatlarda aks ettiradi. 
Standartlashtirishdan 
maqsad–mahsulot 
va 
xizmatlarning 
xavfsizligini, 
raqobatbardoshligini  ta`minlash,  iste`molchilar  va  davlat  manfaatilarini  himoya 
qilishdir.  
Standartlashtirishning  eng  muhim  ahamiyati  shundaki,  u  ishlab  chiqarishning 
rivojlanish  sur`ati  va  darajasiga  zaruriy  ta`sir  ko`rsatadi.  Buning  uchun  esa 
standartlash fan va texnika hamda amaliy tajribalarning oxirgi yutuqlariga tayanadi. 
O`zbekistonda  standartlashtirish  milliy  iqtisodiyotni  boshqarish  va  tashkil  etish 
bilan  chambarchas  bog’liq.  Standartlashtirishdan  maqsad  –  mahsulot  va 
xizmatlarning xavfsizligini, raqobatbardoshligini ta`minlash, iste`molchilar va davlat 
manfaatlarini  himoya  qilishdir.  Standarlashning  asosiy,  eng  muhim  vazifasi  xalq 
xo`jaligi,  aholi,  mamlakat  mudofaasi  uchun  tayyorlanadigan  mahsulotlarga  yuqori 
talablar belgilovchi normativ-texnik hujjatlar tizimini yaratish hamda ushbu xujjatdan 
to`g’ri foydalanishni nazorat qilishdan iborat. 
Harakatdagi,  mavjud  standartlashtirish  tizimi  quyidagilarni  ishlab  chiqishga  va 
doimiy faol holatda bo`lishiga imkoniyat yaratadi: 
 - yagona texnik til; 
-  mahsulotning  muhim  texnik  tavsifining  unifikatsiyalashgan  qatorlari,  ya`ni 
o`lcham ayirmasi (qo`yim va tushish, kuchlanish, tez-tez qaytalanish va boshqalar); 
-  umummashinasozlikda  ishlatiladigan  buyumlarning  tiporazmer  qatorlari  va 
namunali konstruksiyalari (podshipniklar, krepej, kesuvchi asboblar va boshqalar); 
 - texnik-iqtisodiy axborotlar klassifiqatorlari tizimi; 
 -  materiallar  va  moddalar  xossalari  to`g’risida  aniq  ma`lumotlar  beradigan 
dalillarni. 
O`zbekiston  standartlash  tizimi  xalqaro,  regional  va  milliy  tizimlar  bilan 
uyg’unlashishi va quyidagilarni ta`minlashi lozim: 
- sifat va mahsulot nomenklaturasi, xizmat va jarayonlar, insonlarning hayoti va 
sog’lig’i, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo`yicha iste`molchilar va davlat 
manfaatlarini; 
- mahsulot mos kelishining o`zaro almashuvi, ya`ni bir-birini almashtira olishini; 


 
 
201 
-  mehnat  va  moddiy  resurslarni  tejashga  ko`maklashish  hamda  ishlab 
chiqarishning iqtisodiy ko`rsatkichlarini yaxshilashni; 
-  ijtimoiy-iqtisodiy  dasturlar  va  yirik  loyihalarning  normativ-texnik  bazasini 
yaratishni; 
-  ishlab  chiqarishda  va  savdoda  texnik  to`siqlarni  bartaraf  etishni,  dunyo 
bozorida  mahsulot  raqobatbardoshligini,  xalqaro  mehnat  taqsimotida  samarali 
qatnashishini va h.k.larni ta`minlashi kerak. 
Standartlashtirish bir qator tamoyillarga asoslanadi: 
-  tarmoqlanish  -  umumiy  xususiyatga  ega  bo`lgan  narsalar,  jarayonlar, 
munosabatlar tatbiq etish mumkin bo`lgan ob`ektlar doirasini aniqlaydi; 
-  variantlilik  -  oqilona  xilma-xillik,  rang-baranglikni  yaratish  -  standartlashgan 
ob`ektga kiruvchi standart elementlarning oqilona turlari minimumini ta`minlaydi; 
- tizimlilik - standartga tizim elementi sifatida qaraydi; 
-  o`zaro  almashuvchanlik  -  texnikaga  muvofiq  turli  vaqt-makonning  turli 
nuqtalarida tayyorlangan bir xil detallarni yig’ish yoki almashtirishni nazarda tutadi. 
Standart deganda nima tushuniladi? 
Standart inglizcha «standard» so`zidan olingan bo`lib, norma, namuna, o`lcham 
ma`nosini  bildiradi.  U  boshqa  ob`ektlarni  taqqoslash  uchun  dastlabki  ob`ekt  deb 
qabul  qilingan  namuna,  etalon,  model,  standartlanadigan  ob`ektga  quyiladigan  va 
vakolatli  idoralar  tomonidan  tasdiqlangan  normalar,  qoidalar,  talablarni  belgilovchi 
normativ-texnik  xujjat.  Standart  inson  faoliyatining  barcha  sohasiga,  ilm-fanga, 
texnikaga,  sanoat,  qishloq  xo`jaligiga,  qurilishga,  transport  va  aloqaga,  ta`lim  va 
boshqa sohalarga taalluqlidir. 
Mustaqillik  yillarida  O`zbekiston  Respublikasining  Davlat  standartlash  tizimi 
(DST)  shakllandi  va  u  O`zbekistonda  standartlar  to`zish,  izohlash  va  tarqatish 
jarayonlarini  tartibga  keltirdi.  Bu  borada  O`zbekiston  Standartlashtirish,  meteorolo-
giya  va  sertifikatlantirish  agentligi  («O`zstandart»)  olib  borayotgan  keng  ko`lamli 
ishlarni alohida e`tirof etish joiz. 
«O`zstandart»  agentligi  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  mahsulotning  sifat 
darajasini  belgilovchi,  ko`rsatkichlar  raqobatdoshligini  ta`minlovchi,  ishlab 
chiqaruvchilarga etarli miqdorda axborotlar etkazib beruvchi markazdir. 
«O`zstandart»  agentligi  tomonidan  ishlab  chiqilgan  «Sifat  menejmenti  va 
mahsulotlarni  sinash»  tizimi  mahsulot  sifat  ko`rsatkichini  baholash  bilan  birga 
me`yoriy xujjatlar asosida to`g’ri ma`lumotga ega bo`lish talablarini o`rnatadi. 
Hozirgi  kunda  Davlat  standartlash  tizimi  (DST)  beshta  asosiy  standartni  o`z 
ichiga oladi: 
1. O`zbekiston Respublikasi standartlashtirish tizimi. Asosiy qoidalar; 
2. Tarmoq standartlari; 
3.Texnik shartlarni kelishish, tasdiqlash va ro`yxatdan o`tkazish tartibi; 
4. Korxonaning standartlari. Umumiy qoidalar; 
5. Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar. 
 Bozor  iqtisodiyotiga  o`tish  munosabati  bilan  Xalqaro  standartlashtirishning  roli, 
ahamiyati  beqiyos  darajada  kuchaydi.  Chunki,  xalqaro  standartlashtirish  ilmiy-
texnika  va  iqtisodiy  hamkorlikni  rivojlantirishga  katta  imkoniyat  yaratadi.  Ular 
xalqaro  aloqalarni  kengaytirishga,  mavjudlarini  takomillashtirishga  yordam  beradi. 


 
 
202 
Hozirgi  kunda  jahonda  400  dan  ortiq  Xalqaro  va  regional  (hududiy)  tashkilotlar 
mavjud  (2000  yil).  Standartlashtirish  sohasida  yirik  xalqaro  tashkilotlar  —  BMTga 
qarashli  evropa  iqtisodiy
 
komissiyasi  (EEKOON),  standartlashtirish  bo`yicha 
Xalqaro tashkilot (ISO) ishlab turibdi. 
Muvofiqligini  tasdiqlash  jarayonida  bajariladigan  operatsiyalar,  ya`ni  har  bir 
ayrim ish faoliyatlarini quyidagi chizmada ko`rish mumkin: 
Respublikada  sertifikatlash  ishlarini  yaxshilash  maqsadida  1993  yilning  28 
dekabrida  Oliy  Majlis  tomonidan  «Mahsulot  va  xizmatlarni  sertifikatlashtirish 
to`g’risida»gi qonun qabul qilingan. Mazkur qonun sertafikatlashtirishning huquqiy, 
iqtisodiy  va  tashkiliy  asoslarini,  shuningdek,  majburiyatlar  va  javobgarliklarni 
belgilab beradi. Ushbu qonun 4 ta bob va 23 moddadan iborat bo`lib, ularda umumiy 
qoidalar, sertifikatlashtirish faoliyatiga doir umumiy talablar, mahsulotlarni majburiy 
va  ixtiyoriy  sertifikatlashtirish,  nizolarni  qarab  chiqish,  sertifikatlashtirish 
to`g’risidagi  qonun  hujjatlarini  bo`zganligi  uchun  javobgarlik  masalalari  bayon 
etilgan (21.1-chizma). 
 
 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish