Tayyorlov (texnologik) zahirasidan
xom ashyo va materiallarni ishlab
chiqarishga kiritish uchun tayyor holga keltirishda foydalaniladi. Bunday zahiralar
ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari va texnologiyalariga ega bo‘lgan
korxonalardagina yaratiladi. Bunday korxonalar qatoriga yog‘-moy kombinati,
yog‘ochni qayta ishlash korxonasi kabilarni kiritish mumkin. Mazkur hollarda
tayyorlov zahirasi miqdori tayyorlov texnologiyasi va operatsiyalariga mos holda
normaga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |