9.3. Sanoat korxonalari asosiy vositalarining xolati va ta’minlanganligi ko‘rsatkichlari Asosiy vositalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar iqtisodiy salohiyat ko‘rsatkichlari
ichida ma’lum darajada o‘z o‘rniga ega. Ushbu vositalarga xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarning ancha mablag‘i jalb qilingan bo‘ladi. Mazkur mablag‘larning qaytimi
asosiy vositalardan samarali foydalanish evaziga amalga oshiriladi
1
.
Asosiy vositalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni uch guruhga bo‘linadi: asosiy
vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar; asosiy vositalar bilan ta’minlanganlikni
ifodalovchi
ko‘rsatkichlar;
asosiy
vositalar
samaradorligini
ifodalovchi
ko‘rsatkichlar. Ularni aniqlash yo‘llari quyida jadvalda keltirilgan ( 8-jadval)