Mavqei alohida o‘rin egallaydi


 Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi va uni



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/324
Sana08.01.2022
Hajmi5,3 Mb.
#333959
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   324
Bog'liq
2499-Текст статьи-7151-1-10-20200711

 
7.5. Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi va uni 
kuchaytirishda kichik biznes imkoniyatlaridan foydalanish  
 
Mamlakatimiz  iqtisodiyotidagi  etakchi  tarmoqlarni  modernizatsiyalash,  texnik 
va 
texnologik 
jihatdan 
yangilash, 
iqtisodiyotning 
tarkibiy 
tuzilmasini 
takomillashtirishda  turli  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  o‘rtasidagi  kooperatsion 
aloqalarni  rivojlantirish  orqali  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish  muhim 
ahamiyat kasb etadi
2

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Yirik  sanoat  korxonalari  bilan 
kasanachilikni  rivojlantirish  asosidagi  ishlab  chiqarish  va  xizmatlar  o‘rtasida 
kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (2006 yil 5 
yanvar,  PF–3706-sonli),  “Ichki  tarmoq  va  tarmoqlararo  sanoat  kooperatsiyasini 
yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (2007 yil 12 noyabr, PF–3937-sonli) 
Farmonlari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi kooperatsion aloqalarni yanada 
kuchaytirishga imkoniyat yaratuvchi ko‘plab chora-tadbirlar qabul qilindi. 
                                                 
1
http://www.biznes-daily.uz/uz/birjaexpert/31966-ishlab-chiqarish-koopratsiyasini-rivojlantirish 
2
http://www.biznes-daily.uz/uz/birjaexpert/15610-ishlab-chiqarish-koopratsiyasini-kuchaytirishda-kichik-bizns-
imkoniyatlaridan-foydalanish-yonalishlari 


 
 
112 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 noyabrdagi PF–3937-sonli 
“Ichki  tarmoq  va  tarmoqlararo  sanoat  kooperatsiyasini  yanada  kuchaytirish  chora-
tadbirlari  to‘g‘risida”gi  Farmoniga  binoan  mamlakatimizda  Respublika  savdo 
yarmarkasi  va  Kooperatsiya  birjasi  faoliyati  yo‘lga  qo‘yildi.  2008  yilda  Respublika 
sanoat  yarmarkasi  va  Kooperatsiya  birjasiga  xalqaro  ahamiyatdagi  maqomi  berildi. 
Endilikda  sanoat  yarmarkasi  va  kooperatsiya  birjasi  ikki  bosqichda,  ya’ni,  birinchi 
bosqichda  –  tarmoq  ko‘rgazmalari  va  yarmarkalari,  ikkinchi  bosqichda  –  xalqaro 
tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi sifatida o‘tkazilmoqda.  
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2006  yil  5  yanvardagi  Farmonida  bu 
haqida  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  shunday  deyilgan:  “Respublika  aholisining  bandligi  va 
daromadlari  barqaror  o‘sishini  ta’minlashga  doir  vazifalarni  hal  etishda 
kasanachilikning  turli  shakllarini  keng  rivojlantirish,  jumladan  uning  yirik  sanoat 
korxonalari bilan kooperatsiyasini kengaytirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Yirik 
sanoat  korxonalari  bilan  kasanachilar  o‘rtasida  kooperatsiya  aloqalarining 
mustahkamlanishi  oila  byudjeti  daromadlarini  oshirishdek  muhim  muammoni  hal 
etadi, ish bilan band bo‘lmagan aholi sonini keskin qisqartirish va uning faol qismini 
ishlab chiqarishga jalb etish imkonini beradi”
1

Aytish  joizki,  yuqorida  ta’kidlab  o‘tilgan  farmonga  muvofiq,  ish  bilan 
bandlikning ushbu shaklini rag‘batlantirish maqsadida bir qancha quyidagi imtiyoz va 
kafolatlar ko‘zda tutilgan: 
–  tovarlar  (ishlar  va  xizmatlar)  ishlab  chiqarish  bo‘yicha  kasanachilarga 
buyurtma  beradigan  korxonalar  2006  yilning  1  fevralidan  boshlab  2021  yil  1 
yanvarigacha, mehnat shartnomasi asosida kasanachilarga to‘lanadigan mablag‘larga 
teng  miqdorda,  mehnatga  haq  to‘lash  fondidan  Yagona  ijtimoiy  to‘lovni  to‘lashdan 
ozod qilinadi; 
–  korxonalarga  mehnat  shartnomasi  asosida  kasanachilarga  korxonalar 
buyurtmasi  bo‘yicha  mahsulot  ishlab  chiqarishni  va  xizmatlar  ko‘rsatishni  tashkil 
etish uchun asbob-uskuna, jihozlar va inventarlarni tekin yoki ijara sharti bilan berish, 
jumladan, lizing (moliyaviy ijara) asosida taqdim etish huquqi beriladi; 
–  korxona  tomonidan  tuzilgan  mehnat  shartnomasiga  muvofiq  kasanachilarga 
korxona  buyurtmasi  bo‘yicha  ishlarni  bajarish  uchun  tekin  foydalanishga  berilgan 
asbob-uskuna,  jihozlar  va  inventarlar  ulardan  foydalanish  davrida  mulk  solig‘idan 
ozod etiladi; 
–  kasanachilar  buyurtmachi-korxonalarning  ishlab  chiqarish  texnologiyasiga 
to‘liq  amal  qilgan  taqdirda,  uy  sharoitida  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlar  va 
xizmatlarni qo‘shimcha sertifikatlash hamda standartlash talab etilmaydi; 
–  mehnat  shartnomasi  bo‘yicha  ishlayotgan  korxonalarga  kasanachilar 
tomonidan 
mahsulotlar 
(ishlar, 
xizmatlar)ning 
qaytarilishi 
ulgurji 
savdo 
hisoblanmaydi va litsenziyalanmaydi; 
–  kasanachilar  faoliyati  buyurtmachi-korxona  qonunchilikda  belgilangan 
tartibda tekshirilgandagina nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirilishi mumkin. 
                                                 
1
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining  2006 yil 5 yanvаrdаgi “Yirik sаnоаt kоrхоnаlаri bilаn kаsаnаchilikni 
rivоjlаntirish  аsоsidаgi  ishlаb  chiqаrish  vа  хizmаtlаr  o’rtаsidаgi  kооpеrаsiyani  kеngаytirish  rаg’bаrlаntirish  chоrа-
tаdbirlаri to’g’risidа” gi Fаrmоni //Хаlq so’zi. 2006 yil 5  yanvаr  


 
 
113 
Kasanachilikning  bir  nechta  turlari  mavjud  bo‘lib,  ular  quyidagilarda  namoyon 
bo‘ladi: 
1. Qo‘l mehnatini osonlashtiradigan oddiy moslamalarni qo‘llanib bajariladigan 
qo‘l  mehnati  (qo‘lda  kashta tikish,  to‘qish,  bichish,  mahsulotni qadoqlash, navlarga 
ajratish, yaroqsizini ajratish, bo‘yash va hokazo) 
2. 
Murakkab 
bo‘lmagan 
asbob-uskunalar 
qo‘llaniladigan 
tarzda 
mexanizatsiyalashtirilgan  mehnat  (tikuvchilik  ishlari,  sovg‘alar  ishlab  chiqarish, 
buyumlar  yig‘ish,  mahsulotlarni  konservatsiyalash,  qandolatchilik  mahsulotlarini 
tayyorlash va hokazo)  
3.  Korxonaga  xizmatlar  ko‘rsatish  bo‘yicha  uyda  bajariladigan  ish  (oziq  ovqat 
yarim fabrikatlarini tayyorlash, qandolatchilik mahsulotlarini pishirish, kir yuvish va 
kiyim kechaklarni ta’mirlash, qoramol boqish va etishtirish )  
4. Telefon, internet kabi aloqa vositalari qo‘llaniladigan tarzda masofadan turib 
bajariladigan  ish  (ma’lumotlar  tayyorlab  berish  ishlari,  savollarni  ko‘rib  chiqish  va 
ishlash,  aholiga  telefon  orqali  masofadan  turib  ta’lim  xizmatlarini  ko‘rsatish, 
o‘tkazmalar va shu kabilarni bajarish) 
7.2-jadval 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish