Mutlaq ozod qilish
korxonaning aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini
kamaytirishni tavsiflaydi hamda mavjud resurslardan ratsional foydalanishga oid turli
tashkiliy-texnik chora-tadbirlar hisobiga amalga oshiriladi.
Nisbiy ozod qilish
aylanma mablag‘lari hajmining o‘zgarishi hamda sotilgan
mahsulot hajmining o‘zgarishini aks ettiradi. Uni aniqlash uchun hisobot yilida
aylanma mablag‘larga ehtiyojni, mahsulotni mazkur davr mobaynida sotish bo‘yicha
haqiqiy aylanish hamda o‘tgan davrdagi aylanishni (kunlarda) inobatga olgan holda
hisoblash zarur. Ular o‘rtasidagi farq ozod qilingan vositalar miqdorini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |