Mavqei alohida o‘rin egallaydi



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/324
Sana08.01.2022
Hajmi5,3 Mb.
#333959
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   324
Bog'liq
2499-Текст статьи-7151-1-10-20200711

 
Me

= (Av
b
-Av
tq
)/ Av
b
 
 
Me

= (U
yangi
- U
eski
)/ U
yangi
 
Bu yerda:Av
b
 - asosiy vositalarning to‘liq boshlang‘ich qiymati; 
Av
tq
 - asosiy vositalarning tiklanish qiymati; 
U
yangi
 - yangi texnikaning unumdorligi; 
U
eski
 - eski texnikaning unumdorligi. 
Asosiy vositalarni qayta ishlab chiqarish, ya’ni jismoniy va ma’naviy jihatdan 
eskirgan  asosiy  vositalarning  o‘rnini  iqtisodiy  to‘ldirish  uchun  korxona  bu  vositalar 
qiymatidan 
amortizatsiya  ajratmalarni
  ayirib  tashlaydi  hamda  bu  ajratmalar 
xarajatlar sifatida mahsulot tannarxiga kiritiladi. 
Amortizatsiya
  bu  -  foydali  xizmat  muddati  mobaynida  aktivning 


 
 
145 
amortizatsiyalanadigan  qiymatini  asosiy  vositalarning  vazifasidan  kelib  chiqqan 
holda  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)  tannarxiga  yoki  davr  xarajatlariga  muntazam 
taqsimlash va o‘tkazish ko‘rinishida eskirishning qiymat shaklidagi ifodasidir; 
Asosiy  vositalar  ob’ekti  bo‘yicha  amortizatsiya  ajratmalarini  hisoblash  mazkur 
ob’ekt  asosiy  vositalar  tarkibiga  qabul  qilingan  oydan  keyingi  oyning  dastlabki 
sanasidan  boshlanadi  hamda  mazkur  ob’ektning  amortizatsiyalanadigan  qiymati 
to‘liq  so‘ndirilgunga  qadar  yoki  bu  ob’ektni  balansdan  hisobdan  chiqarilguncha 
amalga oshiriladi. 
Yer  uchastkalariga  amortizatsiya  hisoblanmaydi.  Shuningdek  quyidagi  asosiy 
vositalar bo‘yicha amortizatsiya hisoblanmaydi: 
a) mahsuldor qoramollar; 
b) kutubxona fondlari; 
v) hokimiyatlarga bo‘ysunadigan obodonlashtirish inshootlari; 
g)  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  konservatsiyalashga  o‘tkazilgan 
fondlar; 
d) muzey qimmatliklari; 
e) arxitektura va san’at yodgorliklari; 
j) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari; 
z) to‘liq amortizatsiyalangan asosiy vositalar. 
Amortizatsiya  ajratmalari  asosiy  vositalarning  balans  qiymati  va  foydali 
xizmat muddatini hisobga olgan holda belgilanadigan yillik amortizatsiya me’yoriga 
nisbatan hisoblanadi.  Amortizatsiya  miqdorini  hisoblashga  quyidagi omillar hisobga 
olinadi:
 
- asosiy vositaning boshlang‘ich balans qiymati; 
- asosiy vositaning qoldiq qiymati; 
- asosiy vositaning xizmat muddati; 
- o‘rnatilgan amortizatsiya me’yori.  
Amortizatsiya quyidagi usullarni qo‘llash orqali hisoblanadi: 
1. Amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash. 
2.  Bajarilgan  ishlar  hajmiga  mutanosib  ravishda  amortizatsiyani  hisoblash 
(ishlab chiqarish usuli). 
3. Jadallashtirilgan usulda amortizatsiya hisoblash: 
a) ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli; 
b) yillar summasi usuli (kumulyativ usul). 
1. Amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash. 
Amortizatsiyani  teng  maromli  (to‘g‘ri  chiziqli)  hisoblash  usulida  amortizatsiya 
teng  maromda,  asosiy  vositalarni  foydali  ishlatish  muddati  mobaynida  ularning 
amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqqan holda teng ulushlarda hisoblanadi. 
Mazkur  usulga  ko‘ra  asosiy  vositalar  ob’ektining  amortizatsiyalanadigan 
qiymati uning xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga teng maromda hisobdan 
chiqariladi  (taqsimlanadi).  Usul  amortizatsiya  me’yori  foydali  xizmat  muddatining 
faoliyatiga  bog‘liqligiga  asoslangan.  Har  bir  davr  uchun  amortizatsiya  ajratmalari 
summasi  amortizatsiyalanadigan  qiymatni  ob’ektdan  foydalanilgan  hisobot 
davrlaridagi soniga bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi. 
Amortizatsiyani  teng  maromli  (to‘g‘ri  chiziqli)  hisoblash  usulida  amortizatsiya 


 
 
146 
ajratmalarining  yillik  summasi  asosiy  vositalar  ob’ektining  boshlang‘ich  (tiklash) 
qiymatidan  kelib  chiqib,  mazkur  ob’ektning  tugatish  qiymatini  va  foydali  ishlatish 
muddatini ayirgan holda, belgilanadi; 
Misol:  
Yuk avtomobili boshlang‘ich qiymati 10 000 000 so‘m 
5 yillik foydali xizmat muddatidan so‘ng qoldiq qiymati - 1 000 000.  
(Boshlang‘ich  qiymat  –  qoldiq  qiymat)/  Xizmat  muddati  =  (10  000  000  -  1  000 000)/5  = 
1 800 000 so‘m 
 Amortizatsiya summasi 1 800 000 so‘m 
Yillik amortizatsiya me’yori (amortizatsiyalanadigan qiymatdan) - 20% 
Amortizatsiya qilinadigan summa = Boshlang‘ich qiymat – Qoldiq qiymat 
2.  Bajarilgan  ishlar  hajmiga  mutanosib  ravishda  amortizatsiyani  hisoblash 
(ishlab chiqarish usuli). 
Amortizatsiyani  hisoblashning  ishlab  chiqarish  usuli  har  bir  muayyan  yildagi 
asosiy vositalar ob’ektining mahsulotlarini hisobga olishga asoslangan. 
Mazkur usul bo‘yicha  har  yillik  amortizatsiya  hajmini hisob-kitob qilish uchun 
butun  foydali  ishlatish  muddatidagi umumiy  baholangan  mahsulotlar  yig‘indisini  va 
mazkur  muayyan  yildagi  mahsulotlarni  aniqlash  lozim.  Mahsulot  sifatida  ishlab 
chiqariladigan mahsulot birliklari soni, ishlangan soatlar soni, o‘tib bo‘lingan tonna-
kilometrlar soni va boshqalar olinishi mumkin. 
Amortizatsiyani  hisoblashning  ishlab  chiqarish  usulida  yillik  amortizatsiya 
ajratmalari summasi hisobot davridagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining natural 
ko‘rsatkichidan  hamda  tugatish  qiymatini  ayirgan  holdagi  asosiy  vositalar 
ob’ektining  boshlang‘ich  (tiklash)  qiymatining  asosiy  vositalar  ob’ektini  butun 
foydali  ishlatish  muddatidagi  nazarda  tutilayotgan  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar) 
hajmiga nisbatan mutanosibligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Misol.  Faraz  qilaylik  yuk  avtomobili  butun  xizmat  muddati  davomida  90  000  km  masofani 
bosib o‘tadi. Amortizatsiya xarajatlari quyidagicha hisoblanadi: 
(Boshlang‘ich  qiymati  –  Qoldiq  qiymati)/  Bajariladigan  ish  hajmi  =  (10  000  000  -  1 
000 000)/ 90 000= 100 co‘m/ km. 
      
9.1-jadval 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish