GEOMETRIK MA’LUMOTLARNI TAKRORLASH
Qanday geometrik shakllami bilasiz? Bilgan shakllaringizni chizib ko’rsating.
a) daftaringizga egri va siniq chiziqlar chizing;
b) uzunlik o’lchov birliklarini ayting. Ular orasida qanday munosabat bor? d) ikki xil ko’pburchak chizing. Ular nimasi bilan farq qiladi?
Rasmdagi shakllarning nomini tartib bilan yozib chiqing:
a) to’g’ri to’rtburchak deb nimaga aytiladi? Kvadrat deb-chi?
b) bitta to’g’ri to’rtburchak va bitta kvadrat chizing. Bu shakl-larning bir-biridan nima farqi bor?
a) uchburchakning perimetri qanday o’lchanadi? Chizib tushuntiring; b) to’g’ri to’rtburchakning perimetri qanday o’lchanadi?
To’g’ri toytburchakning yuzi qanday o’lchanadi? Kvadratning yuzi qanday o’lchanadi? Ularning yuzini o’lchash formulalarini yozing.
yuz o’lchov birliklarini ayting. Ular orasida qanday bog’lanish bor?
to’g’ri to’rtburchakning asosi balandligidan 3 marta uzun, perimetri esa 32 sm. Shu to’g’ri to’rtburchakning yuzini toping.
a) massa o’lchovlari orasida qanday bog’lanish bor? b) vaqt o’lchovlari orasida qanday bog’lanish bor?
2
To’g’ri to’rtburchakning yuzi 480 sm , balandligi 20 sm. Asosi balandligidan qancha ortiq?
Kvadrat tomonining uzunligi 3 sm. Tomoni undan 2 marta katta, kvadrat hosil
qilish uchun berilgan kvadratdan nechtasini olish kerak?
2
To’g’ri to’rtburchakning: a) yuzi 1 m , balandligi 5 dm ga teng. Asosini
Soat 6 da osma soat 6 marta bong urdi. Agar birinchi bongdan oltinchi bonggacha 30 sekund o’tgan bo’lsa, soat 12 da 12 marta bong urishi uchun qancha vaqt ketadi?
Boshlang’ich sinflarda geometriya elementlarini o’rganishning asosiy (bosh) maqsadlaridan biri o’quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish bo’lib, bu narsa (hayolda) qayta tiklangan obrazlarni (shakllarni) ajratib olishga va boshqatdan ulardan kombinatsiya qilgan holda (tiklashga) yordam beradi. Biroq ajratib olishga obrazlarni kayta kombinatsiyalashga (birlashtirish) faqat geometrik obrazlarni ajratib olishnigina emas, balki ular orasidagi turli-tuman munosabatlarni ham bilishni takozo etadi (ko’zda tutadi), chunki yangi figuralar hosil qilish ular elementlari orallarida ba’zi munosabatlar to’plamining mavjud bo’lishini nazarda tutadi.
Uchinchi o’quv yilining ohirida qachonki bolalar ma’lum darajada geometrik tasavvurlar majmuasiga ega bo’lgach ma’lum umumlashtirishlarga ehtiyoj tug’iladi, o’quvchilar figuralarning ta’riflariga yaqinlashgan tavsiflarini bera olishlari kerak.
Tabiiyki, tushunchalarni hosil etish jarayonida umumlashtirishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq geometrik tushunchalarini hosil etish jarayonida umumlashtirishlar qilishda fazoviy munosabatlar ham katta ahamiyatga ega. O’rganilgan fazoviy munosabatlarni bir holatdan boshqasiga o’tkazish darajasi umumlashtirishlar darajasini xarakterlaydi.12
Ha, albatta, o’quvchilar tanishadigan geometrik tushunchalar mazmuni obrazlar tushunchalari ma’lum munosabatlar sistemasi bilan xarakterlanadi.
Tushunchalarni hosil qilish, shakllantirish va rivojlantirishda turli tuman elementlar va ob’ektlar to’plamlari orasida izomor fizmni o’rnatar ekanmiz biz nafaqat bu ob’ektlar orasida, balki asosiy munosabatlar orasida ham ikki tomonlama moslik o’rnatamiz, chunki bu ob’ektlar turli tabiatga ega. Tabiiyki, boshlang’ich sinflarda geometric tushunchalarning ta’riflarini kiritish haqida so’z ham bo’lishi kerak emas. Biroq kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning geometrik tasavvurlari zahirasi qancha boy bo’lsa ular tomonidan geometrik bilimlarni o’zlashtirish, keyingi sinflarda o’quvchilar tasavvurlarini rivojlantirish shuncha sifatli bo’ladi. Shunisi aniqki, boshlang’ich sinflarda geometriya elementlari bilan tanishtirish va o’rgatish ko’rgazmali bo’lishi va matematiklar tomonidan ishlab chiqilgan geometriyani ko’rishning na aksiomatik va na boshqa biron usulni qo’llanishga majbur emasmiz. Biroq bu narsa boshlang’ich sinflarda geometrik material aniq mantiqiy qurilishga ega bo’lmasligi kerak degani emas.
Biroq boshlang’ich sinflarda geometriya elementlari bilan tanishtirishning (asosiy) maqsadi ularni asosiy tushuncha-obrazlar bilan tanishtirishdan iborat, ammo geometriya kursi na faqat geometrik figuralarni, balki ular orasidagi va ular elementlari orasidagi munosabatlari ham o’rganadi.
Keyingi o’rganish jarayonida ||, simmetriklik va boshqa munosabatlarni bilish va ular bilan muomala qilish uchun yana ... o’ngdan, ...chapdan, oldin keladi, keyin keladi, ...tegishli va kesishadi kabi munosabatlarni ham o’quvchilar bilishlari kerak.
Matematikani o’rganish jarayonida kichik maktab yoshidagi o’quvchilar ongida ba’zi munosabatlarni shakllantirishning ilmiy-metodik va amaliy ahamiyati haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz. 1,2,3,4 sinflar o’quvchilari bilan ilmiy-metodik tajribalar o’tkazilgan. Tajribalar bir xil material bilan turli yoshlardagi o’quvchilar bilan va turli materiallar bilan bir xil yoshdagi o’quvchilar guruhlari bilan o’tkazildi. O’quvchilar tartib munosabatini aniqlashtirishga qaratilgan topshirliqlarni nisbatan yengil va xohish bilan bajarishadi. 617 ta o’quvchilarning deyarli hammasi quyidagi masalani to’g’ri hal yetishdi.
Bu yerda turli balandlikdagi kubchalar tasvirlangan. Ularning har birida belgi bor. Kubchalarni eng balandidan boshlab tartib bilan joylashtirish kerak. Ruchkani oling va belgilarni talab qilgan tartibda qo’yib chiqing. Biroq ob’ektlar ikkita belgi bilan xarakterlarida tartib munosabatini o’rnatish haqidagi masala o’quvchilarga ancha qiyinlik qildi.
Bizga to’plamga, bir necha to’plamga tegishli elementlami topish mashqlari qiziqarli tuyuldi.
Topshiriq: kvadrat turiga ega rasmda bajariladi. Zangori, qizil va ko’k qalamlarni oling.
Ko’k qalam bilan o’rta qator va o’rta satrda turgan katakni bo’yang.
qizil qalam bilan o’ngdan pastki burchakda turgan katakni bo’yang.
v) zangori qalam bilan birdaniga (bir vaqtning o’zida) ikkinchi satrda tepada va uchinchi ustunda chapda turgan katakchani bo’yang.
Topshiriqlarning uchinchini hamma o’quvchilar ham bajara olmaydi. Bunda ikkinchi satrning biron katakchasini va uchinchi ustuncha chapdan tegishli katakchasi bo’yalgan. Bu belgilarning ikkalasini birlashtirish va to’g’ri javob berishga hamma o’quvchilar muyassar bo’la olmaydilar.
Boshlang’ich sinf matematika kursida geometrik materialni o’rganishda fanlararo integratsiyadan foydalanish usullari.
Boshlang’ich matematika dasturida geometrik material katta o’rinni oladi. Geometrik materialni o’rganishning asosiy maqsadi geometrik figuralar (nuqta, to’g’ri va egri chiziq, to’g’ri chiziq kesmasi, siniq chiziq, ko’pburc hak, aylana va doira) haqida ulaming elementlari haqida, figuralar va ulaming elementlari orasidagi munosabatlari haqida, ularning ba’zi xossalari haqidagi tasavvurlarning to’la tizimini tarkib toptirishdan iborat.
Geometrik figuralar haqidagi fazoviy tasavvurlar, geometrik figuralarni chizmachilik va o’lchash asboblari yordamida va bu asboblarning yordamisiz o’lchash va yasashlarning amaliy malakalarini (ko’zda chamalash, qo’lda chizish va hokazo) tarkib toptiriladi, o’quvchilarning nutq va fikrlashlari shu asosda rivojlantiriladi.13
Chizg’ich yordamida ham, boshqa usullar bilan ham to’g’ri chiziq yasash mumkin. Masalan, qog’oz varog’ini buklash yo’li bilan to’g’ri chiziq hosil qilish mumkin, buklash chizig’i to’g’ri chiziq bo’ladi. Bunda bolalar diqqatin i shu faktga qaratish mumkinki, qog’oz varog’ini har xil bo’lib, to’g’ri chiziq tasviri hosil bo’ladi. Doskada to’g’ri chiziq vaziyatini o’zgartirish, ya’ni uni gorizontal, vertikal va qiya holda chizish ham muhimdir. Shuningdek, IV-sinflarda geometriya elementlarni o’rganish metodikasida ta’lim texnologiyasi, geometrik jihatdan mustaqil ishlash, geometrik o’yin elementlaridan foydalanish masalalari yetarli darajada o’rganilishi talab etilmoqda.
Umuman aytganda boshlang’ich sinflarda geometrik bilim berishda o’quvchilarning tasavvuri kengayadi, matematikani o’zlashtirishga bo’lgan ehtiyoji qondiriladi va pedagogik-psixologik hususiyatlari geometrik tushunchalarni o’zlashtirish jarayonida mustahkamlanadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining boshlang’ich geometrik tushunchalarni o’zlashtirish poydevorini yaratish va ularni o’rganish metodikasini o’zlashtirishi faoliyatini tashkil etishda o’qituvchining yetakchi rolini, uning shaxsi, bilimi, ishga va o’quvchilarga bo’lgan munosabati, metodik mahorati masalaning muvaffaqiyatli yechilishida katta ahamiyatga ega. Fazoviy munosabatlar haqida tasavvurlar hosil qilish va ularda boshlang’ich sinflarda geometriya elementlarini o’rganishda foydalanish geometrik tushunchalar mazmunini o’zlashtirishga imkon beradi, atrof muhitni butun rang-barangligi bilan xis qilishga olib keladi, real mavjud dunyo haqida bilimlardan asta-sekin abstrakt-geometrik dunyoga, fazoviy tafakkur rivojiga, o’quvchilarining umumiy rivojlanish darajasining yuksalishiga olib keladi. Shu bilan birga shunga e’tibor berish kerakki, bunda geometrik figuralar ustida amallar bajarish mumkin bo’lgan ob’ektlar ekanligini nazarda tutish va o’quvchilar tomonidan uning qanday qabul qilinishiga e’tibor berish kerak, hamda o’quvchilarini mantiqiy bog’lovchilar bilan tanishtirishni unutmaslik kerak.
Hozirgi vaqtda maktablarda qo’yilgan. Yangi talablar asosida matematik boshlang’ich ta’lim mazmuni va metodikasini takomillashtirish yo’llari izlanmoqda, shu jumladan geometriyani ham. Ko’p ilmiy tekshirishlar qilayotgan pedagog- metodistlar ta’lim va tarbiya mazmunini yangilashning yo’llarini predmetlar aro integratsiyasidan izlashmoqda. Bunday metodga misol bo’lib, “Matematika va uni qurish” deb ataluvchi boshlang’ich sinflarning o’quv rejalariga kiritilgan kurs xizmat qiladi. Bu kurs integratsiyasi g’oyasining ifodasi bo’lib, bu g’oyani amalga oshirish uchun ular boshlang’ich maktabning ikkita predmetini mualliflari tanlanadilar: matematika va mehnat. Bu metodika o’quvchilarni boshlang’ich matematika ta’limining asos bo’luvchi darajasini ta’minlaydi, mantiqiy fikrlash va fazoviy tasavvurlarni rivojlantiradi, ularning geometrik bilimlarini kengaytirish, bilan birga parallel holda bolalarning konstruktorlik (qurish) qobiliyatlarini o’stiradi. Bu integratsion metod “matematika va konstruksiyalash” metodining eng muhim hususiyatlaridan biri uning geometrik yo’nalishi bo’lib, u bolalarning geometrik tasavvurlarini rivojlantirish va boyitishni maqsad qilib olgani hamda o’quvchilarning grafik savodxonligini, konstruktorlik tafakkurini va konstruktorlik malakalarini rivojlantiruvchi baza yaratishdir. Geometrik figuralarni o’zlashtirish maqsadida qator amaliy topshirliqlar sistemasi tuziladiki, o’rganilayotgan geometrik figuralar modellarini tayyorlash va ularning asosiy xossalarini torish, o’rganilgan geometrik figuralami narsa va ob’ektlardan bolalami o’rab olgan atrof muhitdan va ulardan keyinchalik amaliy- konstruktorlik vazifalarini bajarishda foydalanish bo’lib, bu topshirliqlarning qiyinlik darajasi metod qo’llash davomida ortib boradi. Bunday xarakterdagi masalalarni yechishda sanoq cho’plardan, qog’oz karton varog’idan, plastilindan, yumshoq simdan va hokazolardan foydalaniladi.
Masalan, 3-sinf matematika darsligidagi 858-geometriyani o’rganishga doir masalani ko’rish mumkin.
Shakllarning nomlarini ayting:
Berilgan masaladagi geometrik figuralarni o’quvchilar o’z qo’llari bilan mehnat darslarida yumshoq simdan tayyorlashlari mumkin. O’quvchilar o’zlari yasagan figuralar nomlari, xossalari haqida mukammal bilimga va aniq tasavvurga ega bo’ladilar.
Bolalar asosiy qurollar: chizg’ich, ugolnik (goniya), sirqo’l, qaychi va boshqalardan foydalanishni o’rganishadi. Bu usulning maqsadi o’rganilayotgan geometrik tushunchalarni va munosabatlarni o’quvchi tomonidan turli usullar bilan modellashga o’rgatishdan iborat, bu esa o’quvchilarning geometrik tasavvurlarini shakllantirishga va fazoviy tafakkurlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu metod orqali geometrik material harakat g’oyasi bilan sug’orilgan holda miqdorlarni o’lchash va ular ustida amallar bilan bog’lanadi.
Darslikdagi 1031-masala ko’rishimiz mumkin. Masala sharti quyidagicha: rasmda qanday shakllarni ko’rayapsiz? Masaladagi naqshni o’quvchilar rangli qog’ozdan qirqib tayyorlashlari mumkin.
Chizib, qirqib, modellar orqali bolalar geometrik figuralar va ular xossalari bilan tanishadilar. Bu metodda geometrik material mustaqil ahamiyat kasb etib uni o’rganish kichik yoshdagi o’quvchilarning ongiga nafaqat yetarli darajada to’liq geometrik tasavvurlar sistemasini shakllantirishga, hamda:
o’quvchilarning umumiy rivojlanishiga, ya’ni ular intellektining irodalarning ruhiy talablarining rivojlanishiga;
bolalarda aqliy faoliyatning asosiy usullari analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash, konkretlashtirish, umumlashtirish, klassifikatsiyalash, qabul qilish, eng sodda konstruksiyalarni bajarish;
v) olingan geometrik bilimlarni amaliyotga qo’llay bilish malakalarining rivojlantirishga;
g) o’quvchilarning bilish faoliyatlarining rivojlanishiga: diqqat, tasavvur, qabul qilish, kuzatish, eslash, fikrlash;
d) miqdorlar va ular birliklari bilan tanishish uchun qaratilgandir.
Mehnat va matematika. Mehnat ta’limi darslarida o’quvchilarni to’g’ri burchak, perpendiqo’lyar va parallel chiziklar, to’g’ri burchakli uchburchak va to’g’ri turtburchak kabi turli geometrik shakllarni hosil qilishga oid tushunchalar zarur bo’ladi. Bulardan tashqari, o’quvchilar mehnat darslarida simmetriya o’qi, shakllarni simmetrik joylashtirish, aylana, uni bo’laklarga bop’lish, urinmalar o’tkazish, chizg’ich, go’niya, transportir, burchak o’lchagich, sirkul kabi turli asboblar yordamida detal yoki buyumlarning burchaklarini, yoy markazlarini, to’g’ri va egri chiziqli boshqa o’lchamlarini aniqlashlariga to’g’ri keladi. Bunday paytlarda geometriyaga oid bo’lgan bilimlar zarur bo’ladi. Binobarin, maktab geometriya kursida chizish va o’lchash qurollaridan foydalanish, yuzalarni
almashtirish kabi ishlarni bajarishda katta imkoniyatlar mavjud. Vazifa shulardan mehnat ta’limi mashg’ulotlarida o’rinli foydalanishdan iborat. Shuningdek, berilgan buyumlarning uzunligi, eni, balandligi, yuzasi, hajmi kabi turli o’lchamlarni aniqlash, qancha material, vaqt sarf bo’lishini hisoblash kabi ishlarni bajarishda esa arifmetikaga oid bilimlar zarurdir.
Integratsiya fanini takomillashtirish haqida nazariy bilimlar tizimini, shuningdek dastur bilan aniqlanuvchi qator ko’nikma va malakalarini egallashlari kerak.
Mehnat ta’limi darslarida o’quvchilarni ilmiy dunyoqarashlari kurtaklariga asos solinishi kerak. Kursni o’rganish o’z vatanini sevuvchi, jamiyatimizning ulug’vor maqsadlarini anglab yetuvchi, o’z halqining oliy maqsadlarini hayotga tadbiq qilish uchun o’z bilimlarini berishga tayyor kishilarni tarbiyalashdek vazifalarni amalga oshirishga yordam berishi kerak. U shaxsning mehnatsevarlik, puxtalik kabi hislatlarini shakllantirish vazifasini hal qilishi, talabalarning irodasini, diqqatini, tasavvurlarini, o’quv mehnatiga ijobiy munosabatni har tomonlama taraqqiy yetishiga yordam berishi kerak.
Kursning rivojlantiruvchi maqsadlari: bu kursni o’rganish o’quvchilarning bilimlarni ongli va umumlashtirishning yetarlicha yoqori darajasida egallashlarini ta’minlashi kerak. Bunga erishish uchun, ta’lim rivojlantiruvchi bo’lishi kerak, ya’ni, talabalar aqliy taraiyotining etarlicha yoqori darajasini, ularning bilishga oid qobiliyatlari va qiziqishlarini ta’minlashi, ularni bilishga oid faoliuat usullari bilan qurollantirishi kerak.
O’qitish jarayonida fanlararo aloqalar, har xil fanlarni (turli) o’qitishda aniq uzviylikni ta’minlash va har bir fanning murakkab ko’p qirrali jarayonida egallagan o’rnini belgilaydi.
Umumta’limiy, borliq va jamiyatning rivojlanishi va harakati qonunlari haqida tasavvur qilish, psixologik, ta’limning huquqiy tuzilishi, shaxsning shakllanishi psixologik muhimligi; pedagogik fanlar, yuqori malakali mutaxasislarni ta’lim va tarbiyasi usullari, shaxsni shakllanish tamoyillarini belgilaydi.
Hamma fanlami uchta asosiy guruhlar bo’yicha klassifikatsiyalashtirish: har bir fanning xususiy metodikasini pedagogika, psixologiya, ijtimoiy va korrektsion pedagogika bilan bog’lash mumkin; har bir fanning ish dasturini «Fanlararo aloqa» bo’limida rasmiylashtirish, har bir mavzuda darslik nomi, muallifning ismi-sharifi, axborot mazmuni darslikning qaysi betda ekanligi, aniq ko’rsatish kerak.
Integratsiyalashgan rejalashtirish quyidagilardan iborat: har bir o’quvchining qiziqishi va talabini o’rganish va muhokama qilishning qisqa muddatli rejalashtirishini ishlab chiqish; rejalashtirishda hisobga olinadigan faktorlarni o’rganish.
Mehnat ta’limi darslari bolalarning rivojlanish darajasini aniqlaydi, guruh, tavsifi (sinf), guruhning qiziqishini hisobga oladi, bolalarning yoshi va qiziqishlarini aniqlaydi, bolalarning individual rivojlanishini hisobga oladi.
Fan sikllari integratsiyasiga qiyidagilar kiradi: matematik mashg’ulotlarining integratsiyasi (ona tili, o’qish, matematika, mehnat) tovush, bo’g’in, so’z, gap, miqdorlar ustida ishlash, bayon ketma - ketligida grammatik tahlil - birinchi, ikkinchi, uchinchi va h.k.
Mantni gapirib berish va o’qishda voqe’alar sanasi bilan muallifning tug’ilgan yili va ijodiy faoliyati haqida so’zlab berish va matematik topshiriqlar, hikoyalar ertaklar va h.k. laming og’zaki bayoni hamda fanlararo aloqalar asosida bilish faoliyatini faollashtirish: aniqlash, taqdim etish, umumlashtirish, tavsiya etish va h.k.
Tabiiy - ilmiy ma’lumotli bo’lish, gumanitarlashtirish kontseptsiyasi. Kontseptsiya asosida zamonaviy jamiyatning ma’naviy yetukligi, uning ekologik bilim saviyasiga bog’liqligini ko’rsatish, faqat ilmiy asoslangan tabiatdan foydalanishgina insoniyatning keyingi rivojlanish yo’lini belgilab beradi; ergashtiruvchi g’oyalarni ochish; tabiatning yaxlitligi va izchilligi; o’zaro manfaatdor g’oyalar «tabiat - inson» insonning kosmik mavjudot ekanligini va tabiatdan foydalanishda ilmiy asoslanganlikning muhimligi;
Tabiatning bir butunligi va tizimliligini tahlil qilish. Inson va tabiatning o’zaro bogliqligi g’oyasi. Tabiatdan foydalnishni ilmiy tomondan asoslash va «inson- tabiat» sistemasini garmonizatsiyalash g’oyasi.
Dunyoning bilishda boshlang’ich tafakkur tizimini shakllantirish.
Tabiatni o’rganish tizimining birligi, unda kechadigan holatlarning, qonuniyatlari va o’qitish tizimida, tabiatning ob’ekt, vo’qea va hodisalar haqida bilimlarni shakllantirish, laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish jarayonida bilim va malakalarni, hamda kuzatish qobiliyatlarini shakllantirish.
Tabiatning bir butunligi va tizimliligini tahlil qilish. Bugungi kunning dolzarb muammosi bo’lgan ekologik ta’lim va tarbiyani berishning «tabiat va inson» munosabatlari tizimi haqida o’quvchilarda aniq tasavvurlarni va ishonchni shakllantirish, mavhum tafakkur va umumiy bilimlarni analiz va sintez qilish yo’llari hamda shu asosda abstrakt tafakkur va umumiy bilimlarni shakllantirish.
Estetik mashg’ulotlar integratsiyasi. Jamiyatning barcha hayotiy faoliyat yo’nalishlarida estetik tarbiya va ta’lim kontseptsiyasi tushunchasi va uning mazmunini ochib berishda asosan, avlodlar orasidagi aloqani tiklash, eng asosiy omil insoniyatning ma’naviy tajribasini o’rganish hisoblanadi. San’at himoya vositasi o’rnida qo’llaniladi, bolani buzg’unchi va yovuz g’oyalar ta’siridan «himoyalaydi». San’at o’quvchilarga dunyoni umumiy tasavvur etishiga yordam beradi, har xil hayotiy holatlarda to’g’ri yechimni qabul qilishi o’rganiladi.
San’at fanlarini o’qitishda al’ternativ tizimdan foydalanish yo’llari. O’quvchilarning bilish faoliyatining faolligi, ularning san’atga qiziqishlari (integrativ mashg’ulotlar) san’atning bir qismi sifatida o’rganiladi.
Fanlar integratsiyasi. Adabiy o’qish, tasviriy san’at va musiqa uchun umumiy bo’lgan maqsad, didaktik tamoyillariga ega, har xil san’at turlarini saqlagan holda, o’quvchilarning individual, yosh xususiyatlarini hisobga olish, bola tomonidan borliqni, dunyo go’zalligini to’la qonli qabul qilishga o’rgatish.
Fanlar integratsiyasini ishlab chiqish. Bunda adabiy o’qish, tasviriy san’at va musiqa fanlarining asosiy yo’nalishi adabiy o’qish bo’lib, o’quv materialining har bir bosqichida ta’limiy, rivojlantiruvchi va tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishni kuchaytirish nazarda tutiladi.
Integratsion ta’lim tizimi orqali tarbiyalash. O’zbekistonning qadimgi tarixiy shaharlari (Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz va h.k.) rivojlanish davridan boshlab o’zbek xalqining boy tarixi va madaniyatining ta’siri va ahamiyatini ko’rsatish. Inson qalbidagi nozik torlarni chertish, butun borliqqa nisbatan ruhan uyg’otishda tarixiy shaharlarning o’rnini aniqlash asosida o’zida shundan faxrlanish va g’ururlanish hislarini tarbiyalaydi.
Tarbiyani integratsiyalashgan ta’lim orqali tashkil etishning usul va shakllari. O’qitishning noan’anaviy ekskursiya darslari, musobaqa va viktorinalar, ijodiy laboratoriya va «aylana stol» darslari, sahnaviy ko’rinish darslari, ko’rgazmali darslar.
Ta’lim uslublari. O’qituvchi va o’quvchi dialogi, mustaqil fikrlash va o’z fikrini bayon qilish. Keksalar bilan suhbatlashish asosida davr tarixi, madaniyati, urf - odatlari, an’analari haqida suhbatlashish, shu suhbatlar orqali ularni o’z shahrini sevish va ardoqlashga, shahar nomini mag’rurlanib gapirishga, o’zining oilasi, xalqi orqali shu shahar tarixiga tegishli ekanligi bilan fahrlanishga o’rgatish.
Qo’yilgan topshiriqlar asosida, quyidagi referat mavzularini ishlab chiqish. Bilim olish, o’qitish, tarbiyalash, shakllantirish integratsiyasi.
Ta’lim nazariyasi va qonuniyatlari, umum ilmiy tushunchalarning asoslari. Uslub va vositalar jarayonining integratsiyasi vaqti qisqartirilgan o’qitish bilimlarining hajmini kengaytirish maqsadidagi bilim, ko’nikma va malakalar integratsiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |