Mavlono Jaloliddin Rumiy. «Ma’naviy Masnaviy». Birinchi kitobdan yettinchi parcha


XOTIN ERIGA E’TIBORINI QARATIB, AYTGAN GAPLARI UCHUN TAVBA QILGANI



Download 0,59 Mb.
bet18/19
Sana09.04.2022
Hajmi0,59 Mb.
#540379
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
XOTIN ERIGA E’TIBORINI QARATIB, AYTGAN GAPLARI UCHUN TAVBA QILGANI
Ko’rdi xotin, chiqmish erning achchig’i,
Yig’lamish, chunki, ayol domi – yig’i.
“Shulmi kutgan so’zlarim sendan,–dedi.
Boshqa ummid, o’ylarim ham bor edi” 2395
O’tdi ojizlik yo’liga shul nafas,
Dedi: “Poying xokiman, ojizamas.
Jismu jonim, borlig’im senga nisor,
Hukmu farmonim sening hukmingga zor.
Yo’qchilikdan to’lsa ham sabrim butun,
Lek, o’zimmas, qayg’urarman sen uchun.
Dardlarimga doimo bo’lding davo,
Benavolik ko’rmagum senga ravo.
O’zni o’ylab ushbu o’yga bormadim,
Sen uchundir barcha nola-zorlarim! 2400
Borlig’ing-chun borlig’im, valloh, bu on,
Har nafas bersammi der qoshingda jon!
Jonni men qilgan fido joning agar,
Koshki, jonim qa’ridan topsa xabar!
Sen agar mendan qilar bo’lsang gumon,
Menga darkormas bu tan birla bu jon!
Xokka qorgum siymu zarni shul zamon,
Qarshi bo’lsang menga, ey, oromijon!
Jon-dilimdan joy olib sen shunchalar,
Behuda mendan bezarsan bunchalar? 2405
Mayli, bezgin, senda bor imkonu yo’l,
Bezganim-chun jonim uzrin et qabul.
Esla, erding bir mahal qoshimda mast,
Misli but erdim va erding butparast.
Jo’r edim, sen birla doim g’am yegan,
Neni aytsang “pishdi” deb, “kuydi” degan.
Ismalog’ingman, pishirsang gar g’izo,
Xohi sho’r qil, xoh shirin, senga ravo.
Noshukur erdim, olib iymonni tan,
Bosh bukib keldim, bukun hukmingdaman. 2410
Anglamay shohona xulqing, har mahal,
Sendan oldda surdim eshshak men dag’al.
Yondirib ko’ngilda avfing bir chiroq,
Tavba qildim, e’tiroz qilmay, biroq.
Senga tutgayman kafan, shamshir bu kez,
Mayli, qurbonman bukun, bo’ynimni kes!
So’ylading achchiq firoqning neligin,
Qil, na qilsang, urma, lek, hijron tig’in!
Senda mendan uzrini so’rguvchi bor,
Sen bilan mensiz mudom bo’lgusi yor. 2415
Boq, diling uzra uzrxoh – xulq-adab,
Shul ishonch bois dilim izlaydi ayb.
Qil rahm, o’zdan nihon, ey, qahri tez,
Eyki, xulqi behisob boldan laziz!”.
Lutf ila so’ylardi oshkor shul yo’sin,
Yig’lamish birdan, tutolmasdan o’zin.
Haddidan ortiqcha yosh to’kmish hazin,
Beyig’i ham dilrabo erdi tag’in.
Shunda yomg’irlar aro nur chaqnamish,
Yolg’iz er qalbiga uchqun sachramish. 2420
Gul yuzin shaydosi erdi er mudom,
Ne erur, gulyuz o’zi bo’lsa g’ulom?
Kibridan erning dili titrardi zor,
Endi er qoshinda ul yig’lardi zor.
Ulki noz qilsa, yurak qon erdi lol,
Kelsa aylab iltijo, nedir bu hol?
Ulki, dom ermish jafosi har qadam,
Uzrimiz bekor, uzr so’rsa bu dam.
“Zuyyina li-n-nos”1 gar Haqdan sado,
Ulki, Haq aytmish, nadir o’zga panoh? 2425
Erga gar “yaskun ilayha”2 deb bilar,
Ayt, nechuk Odam Havodan ayrilar?
Rustami Zol3 Hamza4dan gar kattadir,
Amr aro oqsochligiga ul asir.5
Ulki, olam so’zidan mast, qildi, o,
“Kallimina yo Humayro”6 deb nido.
O’tni mag’lub etdi suv, tuygach xatar,
Qaynagay o’tdan, hijobda bo’lsa gar.
Ikkisin qamrab qozon, bo’lganda g’ov,
Suvni yo’q aylab, havo etmish olov. 2430
Garchi suvday sirtda er g’olib erur,
Ichda mag’lub, juftiga tolib erur.
Ushbu xislatlar, faqat, odamda jam,
Yo’qchilik bois mehr hayvonda kam.
——————————-
1 – “Odamlarga ayollar, bolalar, tuganmas oltin-kumush boyliklar, (qimmat) baholi otlar, chorva va ekin-tikinlar kabi istak-xohishlarga ko’ngil qo’yish chiroyli qilindi. (Holbuki), bu narsalar hayoti dunyoning (o’tkinchi) narsalaridir. Ollohning huzurida esa eng go’zal qaytadigan joy – jannat bordir. (Ya’ni, o’tkinchi narsalarga ko’ngil bermay, haqiqiy go’zallikni sevmoq, unga intilmoq lozim)”. (Qur’oni karim, «Ol-i-Imron» surasi, 14-oyat).
Zuyyina-li-n-nasm” – “Chiroyli qilindi”
2 – “(Olloh) shunday Zotdirki, sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratdi va u orom-osoyish topsin, deb uning o’zidan juftini vujudga keltirdi. (Odam) Unga qo’shilganidan keyin u
(Havvo) yengil yuk (homila) bilan yuklik bo’lib, o’sha (yuk) bilan yurdi”. (Qur’oni karim, «A’rof» surasi, 189-oyat).

Yaskun ilayha” – “Orom-osoyish topsin deb”
3 – Rustami Zol – Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” dostonidagi afsonaviy qahramon.
4 – Hamza – Muhammad (s.a.v)ning amakilari ismi.
5 – Zol – Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asaridagi afsonaviy qahramon Rustamning otasi, uni Zoli Zar deb ham atashadi, oq sochli bo’lib tug’ilganiga
ishora.

6 –“Kallimina yo Humayro” – “Menga so’yla, ey, Humayro”.
INNAHUNNA YAFNIBNA-L-OQILA VA YAFLIBU HUNNA-L-JOHILU”1 HADISI BAYONIDA
Dedi Payg’ambar: “Ayolga yengilur,
Qaysi er qalbinda jilva bersa nur.
Kimki johil, g’olib o’lgay har mahal,
Chunki, bo’lgaydir ular qo’rsu dag’al”.2
Mehru shafqatsiz, sadoqatsiz ular,
Ta’bidan hayvonligi g’olib turar. 2435
Mehru shafqat odamiylik vasfidir,
Qahru shahvat ersa hayvon nafsidir.
Ishq, ayol Haq shu’lasi, ma’shuq emas,
Xoliq ul, go’yoki, bir maxluq emas.
——————————
1 – “Innahunna yag’nibna-l-oqila va yag’libu hunna-l-johilu” – “Ayollar oqillarga g’olib, johillarga mag’lubdirlar”. (Hadis).
2 – “Yaxshilaringiz xotinlariga yaxshilik qiluvchilardir. Men ham xotinlarimga yaxshilik qiluvchilardanman. Ayollarni, faqat, ulug’ odamlar hurmat qiladi, ularni, faqat, pastkash odam xorlaydi”. (Hadis).

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish