Mavlono Jaloliddin Rumiy. «Ma’naviy Masnaviy». Birinchi kitobdan yettinchi parcha


UMAR RAZIYALLOHU ANHUNING MUTRIB NAZARINI YIFI MAQOMIDAN QAYTARIB, BORLIQDA MAVJUD MASHFULLIK MAQOMIGA YO’NALTIRGANI



Download 0,59 Mb.
bet13/19
Sana09.04.2022
Hajmi0,59 Mb.
#540379
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
UMAR RAZIYALLOHU ANHUNING MUTRIB NAZARINI YIFI MAQOMIDAN QAYTARIB, BORLIQDA MAVJUD MASHFULLIK MAQOMIGA YO’NALTIRGANI
Dedi mutribga Umar: “Joning halak,
Bul erur hushyorligingdan bir darak.
Foniy o’lmoqlikda bordir o’zga roh,
Chunki, hushyorlikda bor o’zga gunoh. 2200
Hushyorlik kechmishing yodi erur,
Kelmishu kechmish Xudoga pardadur.
Ikkisin ot o’tga, tokay sen bu chog’
Bir qamishday, ikkisindan bog’u bog’.
To qamish bog’lik erur, sirdosh emas,
Ul labu ovoz-la suhbatdosh emas.
O’z-o’zingni aylanib – shirk ichrasan,
Uyga kelsang ham, o’zing-la birgasan.
Ey, xabar berguvchi Zotdan bexabar,
Battar ul tavbang gunohdan qanchalar!1 2205
Kechmishingdan tavba aylarsan hamon,
Tavbadan tavba etarsan, ayt, qachon?
Past sadolar qibla bo’lgay senga goh,
Goh yalaysan, qayda g’amgin nola-oh!”
Foruq2 asror ko’zgusi bo’lgan sayin,
Chol ichinda bo’ldi bedor jon tag’in.
Etdi tark xanda, yig’i jonin shu on,
Jon yitib, undan tirilmish boshqa jon.
Ko’nglidan joy oldi so’ng hayratlari,
Bo’ldi ul osmonlaru yerdan nari. 2210
Bul talab barcha talabdan o’zgadir,
Bulni men bilmam, agar bilsang, gapir!
Holu qoldan o’zgadir bul holu qol,
O’z jamoli ichra ichra ko’mgay Zuljalol.
Ul xalos topmoq o’yinda g’arq emas,
YO birovmas, ulni Daryo bilsa bas.
Kull aqldan juzvi go’yo bo’lmagay,
Gar taqozoda taqozo bo’lmagay.
Gar taqozoda taqozo bo’lgusi,
O’sha daryo mavji bul yon kelgusi. 2215
To bu yon chol qissasin holi yetar,
Holu chol o’z yuziga parda tutar.
Chol etak silkkach muloqotdan bu choq,
Og’zimizda so’z chala qoldi, biroq.
Bul muloqot, aysh-ishrat deb chunon,
Shubhasiz, tikmoq kerak yuz mingta jon.
Ovda jon o’rmonida lochinchalik
Bo’l, jahon oftobiday joningni tik.
Ul baland oftob sochar olamga jon,
Goh bo’shab, gohi to’larkan har zamon. 2220
Oftobi ma’naviy, jon soch bu on!
Yangilansin toki bul ko’hna jahon.
Odamiyning jismiga ruh birla jon
Yetgusi g’aybdan oquvchi suvsimon.
——————————
1 – “Nimani xayol qilmang, Olloh bor deb gumon qiling”. (Hadis).
2 – Foruq – haq va nohaqni ajratuvchi, Umar ibn Xattobning laqabi.
HAR KUNI BOZOR BOSHIDA: “ALLOHUMMA A’TI KULLA MUNFIQIN XALAFAN, ALLOHUMMA A’TI KULLA MUMSIKIN TALAFAN”1 — DEYA JAR SOLGAN IKKI FARISHTA
DUOSINING TAFSIRI VA UL XAYR-SADAQA QILGUVCHILAR HOYU HAVAS YO’LINING ISROFGARLARI BO’LMAY, HAQ YO’LIDA JIHOD ETGUVCHILAR EKANLIGI BAYONI2

Dedi Payg’ambar: “O’git bo’lsin uchun,
Qo’sh farishta da’vat aylar kecha kun:
Ey, Xudo, xayr etsa kim, hech qilma kam,
Bir diramni aylagin yuz ming diram!
Ey, Xudoyim, ziqna bo’lsa kim agar,
Sen ziyonin ustiga bergin zarar!”. 2225
Ko’p erur isrofchidan yaxshi xasis,
Berma Haqning molini Haq amrisiz!
O’rniga top behisob ganj yangidin,
Bo’lmagin sen toki kofir ahlidin.
Qancha teva so’ydilar, deb jang aro
Tiyg’imizdan mag’lub o’lsin Mustafo.3
Amri Haqni izlagil kim Haqqa yor,
Amri Haq har qalbda topmaydi qaror.
Bo’lsa qul yog’iy, ko’r adlin holini,
Tarqatar yog’iyga shohning molini. 2230
Ahli xos hushyor qilar g’aflatdagin,
Xayr etib, afsus qilar bo’lsa tag’in.4
Shohdan ul yog’iy, qilib adlu ato,
Orttirar ne? Ayriliqda yuzqaro.
Makkaga boshlar Rasul-la jang qilib,
Tevalar so’ymish, qabul bo’lgaymi deb.
Shul sabab, mo’min degay, dilda vahm:
Har namoz: “Ihdi sirota-l-mustaqim”.5
Gar diram bermoq saxiyga xos erur,
Gar saxovat etsa oshiq, jon berur. 2235
Haq yo’linda bersa kim non, non olar,
Haq yo’linda bersa kim jon, jon olar!6
To’ksa gar yaprog’u bargin har chinor,
Qaytarar haqqin haqirning Kirdigor.
Qolmasa baxsh aylamoqqa qo’lda mol,
Ayt, Ilohiy Fazl etarmi poymol?
Yerga don sochganda, ombor bo’shagay,
Lek, ekinzorlar aro rizq to’shagay.
Kimki ombor ichra donni g’amlagay,
Borini sichqonu qo’ng’iz yamlagay.7 2240
Bul jahon inkor erur, isbot qidir,
Suvrating bo’sh, izla ma’no birma-bir.
Elt qilich ostiga achchiq jonni tez,
Ol shirin dengizsimon jonni bu kez.
Gar osholmassan bu yo’l ostonasin,
Bitta doston tinglagin mendan tag’in.
——————————
1 – “Allohumma a’ti kulla munfiqin xalafan, allohumma a’ti kulla mumsikin talafan” – “Ey, Olloh, barcha sadaqa qilguvchilar evazini ber (ya’ni, sadaqa qilingan moli evaziga mol ato ayla). Ey, Olloh, barcha xasislarni barbod aylagin (ya’ni, sadaqa bermaydiganlar molini barbod aylagin).
2 – “Biror kun yo’qki, ikki farishta tushib, ulardan biri: “Ey, Rabbim, yo’qsillarga berganlar bergani evaziga ber!”, ikkinchisi esa: “Bermagan ziqnalarga talafot ber”, — deb aytmagan bo’lsa”. (Hadis).
3 – Badr jangidan bir necha kun oldin (624) butparastlar Muhammad (s.a.v)ning kam sonli qo’shinlari ustidan g’alaba qozonmoq maqsadida o’zlarining xudolariga qurbonlik keltiradilar, o’nlab tuyalarni so’yib, kofirlarga tarqatadilar. Keltirilgan qurbonliklariga qaramay, ular jangda yengiladi.
(Ey insonlar), Ollohga va Uning payg’ambari (Muhammad alayhis-salom)ga iymon keltiringlar hamda U zot sizlarni xalifa qilib qo’ygan narsalardan (ya’ni, vaqtincha qo’llaringizda turgan erta bir kun sizlar istasangiz-istamasangiz o’zgalarning qo’llariga o’tib ketadigan Olloh bergan mol-davlatdan) infoq-ehson qilinglar! Bas, sizlardan iymon keltirgan va infoq-ehson qilgan zotlar uchun katta ajr-mukofot bordir”. (Qur’oni karim, “Hadid” surasi, 7-oyat).
Olloh yo’lidagi (kurash uchun mollaringizni) sarflanglar! Va Ollohdan qo’rqingiz! Bilinglarki, Olloh o’zidan qo’rquvchilar bilan birgadir”. (Qur’oni karim, “Baqara” surasi, 195-oyat).
4 – “Albatta kofir bo’lgan kimsalar mol-dunyolarini Ollohning Yo’lidan to’sish uchun ishlaturlar. Bas, uni sarflamaydilar-u, so’ngra o’sha (mollari) o’zlariga hasrat bo’lur, so’ngra mag’lub bo’lurlar”. (Qur’oni karim, «Anfol» surasi, 36-oyat).
5 – “Ihdinas sirotol mustaqim” – “O’zing bizni To’g’ri Yo’lga hidoyat qilgin”. (Qur’oni karim, “Fotiha” surasi, 6-oyat).
6 – “(Ey Muhammad alayhis-salom), Mening iymon keltirgan bandalarimga ayting: «Parvardigoringizdan qo’rqingiz! Bu dunyoda chiroyli amal qilgan zotlar uchun (Oxiratda) chiroyli (oqibat – jannat) bordir. Ollohning Yeri kengdir. Hech shak-shubha yo’qki, sabr-toqat qilguvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz to’la-to’kis qilib berilur”. (Qur’oni karim, «Zumar» surasi, 10-oyat).
6 – Bu bayt mazmuni – Iso (a.s)ning: “Qo’lingdan kelsa, jamg’armangni shunday joylashtirginki, toki sichqonlarga yem bo’lmasin va o’g’rilar ham unga yaqin yo’lamasin, so’ngra harakatda bo’l” degan fikriga hamohang.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish