Mavlono Jaloliddin Rumiy. «Ma’naviy Masnaviy». Birinchi kitobdan yettinchi parcha


UMAR RAZIYALLOHU ANHUNING TUSHIDA HOTIF UNGA: “DAVLAT XAZINASIDAN BIR NECHA OLTIN OLIB, QABRISTONDA UXLAB YOTGAN KISHIGA ELTIB BERGIN” — DEB DA’VAT ETGANI



Download 0,59 Mb.
bet11/19
Sana09.04.2022
Hajmi0,59 Mb.
#540379
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
UMAR RAZIYALLOHU ANHUNING TUSHIDA HOTIF UNGA: “DAVLAT XAZINASIDAN BIR NECHA OLTIN OLIB, QABRISTONDA UXLAB YOTGAN KISHIGA ELTIB BERGIN” — DEB DA’VAT
ETGANI

So’ng Umarni uyquga cho’mdirdi Haq,
Uyquga bo’lsin deya bir lahza g’arq.
Qoldi lol, bul odatiy hol, his emas,
Keldi g’ayb amri bilan, bejiz emas. 2105
Qo’ydi bosh uyquga, so’ng tush ko’rdi ul,
Haq nidosin aylamish joni qabul.
Ul Nidoning aksi – har bongu navo,
Bil, nidolar aslidir boqiy Sado.
Til, quloqsiz ul nidoni qanchalab,
Anglagay turk, kurdu fors hamda arab.
Zanjiyu ham turku ham tojik tugul,
Aylagay, hattoki, tosh, og’och qabul!
Har nafas kelgay “Alast” – so’rganda Yor,
Molu mulk, javhar qilar paydoyu bor.1 2110
Kelmagay gar “Ha!” degan iqrori tez,,
Bergusi “Ha!” deb javob yo’qlik shu kez.2
So’yladim toshu yag’och idrokidan,
Men bayon aylay, eshit diqqat bilan.
————————
1-2 – “Parvardigoringiz Odam bolalarining bellaridan (ya’ni, pushti kamarlaridan to Qiyomat Kunigacha dunyoga keladigan barcha) zurriyotlarini olib: «Men Parvardigoringiz emasmanmi?» deb, o’zlariga qarshi guvoh qilganida, ular: «Haqikatan, Sen Parvardigorimizsan, bizlar bunga shohidmiz», deganlarini eslang! (Sizlardan bunday guvohlik — ahd-paymon olishimiz) Qiyomat Kunida: «Bizlar bundan bexabar edik», demasliklaringiz uchundir”. (Qur’oni karim, «A’rof» surasi, 172-oyat).
Alast” – “Men emasmanmi?!”
PAYFAMBAR SALLALLOHU ALAYHI VA SALLAM UCHUN MAXSUS MINBAR QURGANLARIDA, JAMOAT YIG’ILIB: “VA’Z CHOG’IDA BIZ SENING MUBORAK YUZINGNI KO’ROLMAYMIZ” —
DEGACH, HANNONA USTUNNING HASRAT QILGANI VA UNING HASRATINI RASULU SAHOBALAR ESHITGANI HAMDA MUSTAFO SALLALLOHU ALAYHI VA SALLAMNING O’SHA USTUN BILAN SAVOL-JAVOBI1

Nola qildi Mustafo hajri uchun.
Aqli bor odam kabi g’amgin sutun.
So’rdi Payg’ambar: “Sutun, ne muddao?”
Dedi: “Jonim qon yutar hajring aro.
Men suyanchiq erdimu sen yuz burib,
So’ng suyanchiq aylading, minbar qurib”. 2115
“Xohishing xurmo bo’lishmi, ayla sharh?
Hosiling tersinmi yoki G’arbu Sharq?
So’yla, ul dunyoda sarv aylab Xudo,
Aylasin mangu yashillik yo ato?”
Dedi: “Men har dam baqolik istaram”,
Tingla, ey, g’ofil, yag’ochdan bo’lma kam!
Ko’mdilar yerga uni, toki sutun
Xuddi, odamday tirilsin So’nggi Kun.
Toki bilgil, chorlagay Haq kimni gar,
Barcha olam koridan ham qoldirar. 2120
Kimda gar bordir ishi Haq birla, ul
Bunda – bekor, bo’lgay ul yerda qabul.2
Kim agar g’ayb sirridan rizq olmasin,
Qandayin anglaydi jonsiz nolasin?3
“Ha” degay tasdiq uchun, aytmaydi chin,
To uni hech kim munofiq bilmasin.
Yo’q esa “Kun” amridan voqif tamom,
Rad etilgaydi jahonda bul kalom.
Necha ming taqlidu suvrat ahli lol,
Vahmu shak qa’rinda topmishdir zavol. 2125
Shubha, taqlidin dalil bilgay ular,
Har gumonga par-qanoti shay turar.4
Shubha qo’zg’ar unda shayton, seralam,
Chap berar bul jumla ko’rlar boshi xam.
Kim dalil izlar, yog’ochoyoq erur,
Bil, yog’och oyoq mudom nosog’ erur.
Lek, zamon qutbin basirdir borligi,
Tog’ni lol aylar uning poydorligi.
Ko’r oyog’idir aso, qolgay suyab,
Tushmasin deb yuztuban, toshga qulab. 2130
Gar chavandozdan qo’shin topgay zafar,
Kim u din ahli uchun? Shohdan nazar.
Gar aso-la yo’lni ko’rlar ko’rsa goh,
Unga yo’l ko’rguvchilar bo’lgay panoh.
Bo’lmasa shohlar va ko’rguvchi, basir,
Barcha ko’r nobud bo’lardi birma-bir.
Ko’r ziroat ham ekindan bexabar,
Na imorat bor, na savdo, na samar.
Yog’magay Haq nuri gar rahmat qilib,
Bor dalillar ustuni ketgay sinib. 2135
Bul aso nedir? Qiyosot ham dalil,
Kim aso berguvchi? Ko’rguvchi Jalil!
Gar aso jangu fig’on anjomidir,
Parchalab, itqit asoni, ey, so’qir!
Ul aso bergandi, kel deb Men tomon,
Unga urdingizmi, siz qahr aylabon?
Ey, so’qirlar, ne bilan bandsiz bu kez?
Chorlangiz Ko’rguvchini davraga tez!
Etagin tut, sen aso berganni de!
Sol nazar, g’aflatda Odam ko’rdi ne? 5 2140
Mo»jiza ko’rsatdi, boq, Ahmad, Muso,
Oqilu ustun, ilon bo’lmish aso.
Ul aso ajdar bo’lib, shafqat – sutun,
Besh mahal qoqmish nog’ora din uchun.
Bo’lmasa mantiqqa zid ul holati,
Bormidi mo»jizalarning hojati?
Ne aqlga sig’sa, jo aylar aql,
Tovlanishsiz, tuslanishsiz, benaql.
Bul aql sig’dirmagan pok yo’lni ko’r,
Ulki muqbil, qalbida maqbulni ko’r. 2145
Qochdi Odam vahmidan shum shaytanat
Cho’l-biyobonlar aro, aylab hasad.
Anbiyo mo»jizasin vahmi tutib,
Ahli inkor tortdilar bosh jon yutib.
Lof urarkan muslimiy nom-nangidan,
Kimligin bo’lmas bilib nayrangidan.
Soxta pullar uzra qallobday ular
So’ngra shoh nomin bitib, nuqra surar.
Sirtidir tavhid, shariatbop, ulug’,
Qalbi – non ustinda sachratqi urug’. 2150
Faylasuf jur’at qilolmas so’zga to,
So’ylasa, Haq diyni qorgay loy aro.
Qo’l-oyoq shol, joni ko’rsa ne ravo,
Aylagay har ikkisi darhol ado.
Garchi til birla u tuhmat qo’zg’agay,
Qo’l-oyoq unga guvoh bo’lmoqqa shay.6
—————————————
1 – Bu yerda hijraning sakkizinchi yilida Muhammad (s.a.v) uchun qurilgan uch zinalik maxsus minbar ko’zda tutilgan. Bungacha payg’ambarimiz kappasimon machit mehrobi oldida turgan ustunga tayanib va’z aytganlar.
2 – “Qachon qalbga nur kirsa, u ochiladi va kengayadi. – Unga dedilar: “Buning alomati nechuk?” – U dedi: “Yolg’onlar olamidan yuz burish, Baqo olamiga qaytib, o’lim kelmasdan avval o’limga tayyorgarlik ko’rish”. (Hadis).
3 – “Etti osmon, Yer va ulardagi bor jonzot (Ollohni) poklar. Mavjud bo’lgan barcha narsa (Ollohga) hamdu sano aytish bilan U Zotni poklar. Lekin sizlar (ey insonlar) ularning tasbeh aytishlarini – poklashlarini anglamassizlar. Darhaqiqat, U halim va Mag’firatli Zotdir”. (Qur’oni karim, «Al-Isro» surasi, 44-oyat).
4 – “Holbuki, ular uchun bu haqda (ya’ni, farishtalarning qaysi jinsdan ekanligi haqida) biron bilim-hujjat yo’qdir. Ular faqat gumon-taxminga ergashurlar, xolos. Aniqki, gumon haqiqatdan biron narsaning o’rniga o’tmas!” (Qur’oni karim, «Van-Najm» surasi, 28-oyat).
5 – “Bas, (Odam bilan Havvo iblisning ig’vosiga aldanib o’sha daraxtdan) yedilar-u, o’sha onda ularning avratlari ochilib qoldi va o’zlarini jannat yaproqlari bilan to’sa boshladilar. Odam Parvardigoriga osiy bo’lib, yo’ldan ozdi”. (Qur’oni karim, «Toha» surasi, 121-oyat).
6 – “U Kunda – Qiyomatda qilib o’tgan (bo’htonlari) sababli ularning tillari ham, qo’l va oyoqlari ham o’zlarining ziyonlariga guvohlik berur”. (Qur’oni karim, «Nur» surasi, 24-oyat).
Bu Kun Biz ularning og’izlarini muhrlab qo’yurmiz. Va Bizga ularning qilib o’tgan ishlari haqida ularning qo’llari so’zlar va oyoqlari guvohlik berur”. (Qur’oni karim, “Yosin” surasi, 65-oyat).
PAYFAMBAR SALLALLOHU ALAYHI VA SALLAM MO»JIZASINING BAYONI, ABUJAHL ALAYHILA’NA QO’LIDAGI TOSH BO’LAKLARINING TILGA KIRGANI VA TOSH BO’LAKLARI
MUHAMMAD SALLALLOHU ALAYHI VA SALLAMNING PAYFAMBARLIGI ROSTLIGIGA GUVOHLIK BERGANI1

Bu Jahl kaftinda tosh erdi nihon,
Dedi: “Ey, Ahmad, nadir bul? Ayt, shu on.
Bul nadir? Aytgil, Rasul bo’lsang agar,
Bor-ku osmon sirridan senda xabar”. 2155
Dedi: “Men aytaymi nening borligin
YO ular, Haq menga yo’ldosh, yorligin?”
Dedi: “Men ikkinchisin ko’rgim kelur”,
Dedi: “Ha, Haq bariga qodir erur”.
Tilga kirmish shunda har tosh parchasi,
Berdi kaf ichra guvohlik barchasi:2
“Lo iloha” so’ngra “illalloh” dedi,
Gavhari “Ahmad rasululloh” dedi.3
Bulni tinglab, Bu Jahl qilmish qahr,
Urdi so’ng toshlarni yerga birma-bir. 2160
——————————
1 – Abu Zarr shunday hikoya qiladi: “Biz Payg’ambar (s.a.v) huzurida o’tirganimizda, u zot kaftlari orasiga bir necha tosh bo’laklarini olgan chog’da, toshlar hamd ayta boshladi. Tosh bo’laklari yerga qo’yilgach, ularning sadosi tindi. Kaftlari orasiga olgach, yana o’sha holat takrorlandi”.
2 – “Etti osmon, Yer va ulardagi bor jonzot (Ollohni) poklar. Mavjud bo’lgan barcha narsa (Ollohga) hamdu sano aytish bilan U Zotni poklar. Lekin sizlar (ey insonlar) ularning tasbeh aytishlarini – poklashlarini anglamassizlar. Darhaqiqat, U halim va Mag’firatli Zotdir”. (Qur’oni karim, «Al-Isro» surasi, 44-oyat).
3 – “Bas, (ey Muhammad alayhis-salom), hech qanday iloh yo’q, magar Ollohgina bor ekanligini biling va o’z gunohingiz uchun hamda mo’min-mo’minalar(ning gunohlari) uchun mag’firat so’rang!” (Qur’oni karim, «Muhammad» surasi, 19-oyat).
La ilaha illalohu” – “Ollohdan o’zga Iloh yo’q”
Ahmad rasululloh” – “Ahmad (Muhammad) Uning Rasulidir”

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish