Mavjud darslik va o’quv qo’llanmalar ini tarixi elementlarida darsda va darsdan tashqari foydalanish muammolari reja



Download 28,71 Kb.
Sana30.04.2022
Hajmi28,71 Kb.
#599596
Bog'liq
MAVJUD DARSLIK VA O’QUV QO’LLANMALAR INI TARIXI ELEMENTLARIDA DARSDA VA DARSDAN TASHQARI FOYDALANISH MUAMMOLARI


MAVJUD DARSLIK VA O’QUV QO’LLANMALAR INI TARIXI ELEMENTLARIDA DARSDA VA DARSDAN TASHQARI FOYDALANISH MUAMMOLARI
Reja:
1.O’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish.
2.O’quvchilarning darslik bilan mustaqil ishlashi.
3.O’quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil ishga ko’nikmalarini oshirish.

Respublikamiz birinchi Prizidenti I.Karimov O`zbekiston o`qituvchi va murabbiylari ishtirokidagi 2010-yil 30-sentabrdagi majlisida qilgan ma’ruzasida shunday degan edi: Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning ,,Muallim zoti ezgulik va ma’rifat yo`lining beminnat charog`bonidir’’ degan hikmatli so`zlari beixtiyor yodimizga tushadi. Bunday yuksak haqoniy baho farzandlarimizni jismonan va manan yetuk, barkamol insonlar etib o`stirish, voyaga yetkazishdek ezgu va mas’uliyatlik ishni o`z zimasiga olgan yurtimizdagi ming-minglab jon kuyar ustoz va murabbiylar, hurmatli domlalarimiz shaniga munosib ekanini barchamiz bugun chuqur anglaymiz.


Darhaqiqat ko`z nuri va qalb qo`rini butun ongli hayotini yosh avlodga tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol topdirishga bag`ishlangan, bir so`z bilan aytganda, Vatanimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan siz azizlarning kundalik olijanob mehnatingiz oldida ta`zim etsak arziydi, albatta.
Biz mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab ta`lim sohasidagi eski yondashuvlardan butunlay voz kechib, yangicha tamoyillarga, milliy qadryat va an`analarimizga, jahon ilg`or tajribalariga asoslanib hayotimizni tub yangilash, uzoq va davomli maqsadlarimizni amalga oshirish uchun ta`lim-tarbiya sohasiga ustuvor ahamiyat qaratib bor kuch va imkoniyatlarimizni shu yo`lda safarbar etmoqdamiz.
Mohiyati va ahamiyatiga ko`ra chindan ham noyob ,, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va uning uzviy davomi bo`lgan ta`limni rivijlantirish dasturi bugungi kunda hayot sinovidan o`tib, o`z hosilini berayotgani halqaro jamoatchilik tomonidan e`tirof etilayotgani barchamizga haqli ravishda g`urur iftixor bag`ishlaydi. Albatta, oldimizda turgan ezgu maqsadlarimizga erishish yo’lida yaratilgan
barcha imkoniyatlar keng e’tirof etilyotgan bir paytda, biz eng avvalo bunyod etilayotgan sharoitlarga bamisoli jon va kuch berayotgan, ularni ishga solayotgan muallim va murabbiylarning og’ir va mas’uliyatli mehnatining o’rni va ahamiyati chuqur anglab, ularni munosib qadrlash va baholash barchamizning doimiy e’tiborimiz markazida turishini yaxshi tushunamiz.
Davlat umummilliy dasturining asosiy maqsadi va vazifalaridan biri ta’lim muassasalarini malakali o’qituvchilar bilan ta’minlash ularning salohiyatini oshirib o’qituvchilar tayorlash tizimini takomillashtirishdir. Mazkur tamoilga jiddiy munosabat bilan e’tibot qaratadigan bo’lsak o’qituvchilar uchun juda katta mas’uliyat talablar, vazifalar va ishonch mavjudligini e’tirof etamiz.
Bu masalaga davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab jiddiy e’tibor berib kelinmoqda. Buni birinchi yurtboshimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning quydagi fikirlarida yaqqol ko’ra olamiz:
,, Maktab, ta’lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo’lishi asosiy qonunimizda belgilab qo’yilgan. Shu bilan birga bu keng jamoatchilik butun halqimizning ishtiroki va qollab-quvatlanishini talab qiladigan umumiy masaladir “
Yurtimizda boshlangan islohotlar jarayonini izchillik bilan davom ettirish va mantiqiy yakuniga yetkazish muammolarining asosiy yechimlaridan biri malakali, fidoyi bakalavr darajasiga ega bo’lgan o’qituvchilarni tayorlashdir. Bunda ularga quydagi asosiy talablar qo’yiladi: har bir bakalavr darajasidagi o’qituvchilar o’z ishiga bo’lgan mas’uliyatni tubdan o’zgartirish ularda tashabuskorlik pedagogik faoliyatga bo’lgan ijodiy munosabatini shakillantirish shaxsiy javobgarligini oshirish; ularning o’z sohasida kompetentli yani o’z ishining ustasi bo’lishi o’z sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilishi zarurligi.
Fizika fani o’quvchilarni ilmiy dunyoqarashini shakillantirishda tayanch fan fizika darslari esa uning ahamiyatli manbasi hisoblanadi. O’quvchilar dunyoqarashi tabiati haqidagi tushunchalari fizika fani qonunlarini o’rganish jarayonida amalga oshirilsa ikkinchidan bu jarayonda ularga bilim va tarbiya berishda psixo-pedagogik asoslarni hosil qilish davomida amalga oshiriladi. Dunyoqarashni shakillantirishda o’qituvchidan katta pedagogik mahorat talab qilinadi. Bunda dars o’tish jarayonida turli metodlardan yangi innovatsion pedagogik texnalogiyalarni qo’llash ko’zda tutilgan.
Ta’lim berish tizimida qo’lga kiritilgan natija va uning tarmoqlari turlicha sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lishi mumkin. Ularni aniqlash tahlil qilish va o’lchash uchun xar xil kriteriyalar ishlab chiqilgan. O’quvchilarning bilish ko’nikmasining rivojlanishi bilan bog’liq holda V.P.Bespalko bilim xizmati natijasining to’rt darajasini aniqlagan va ularning ahamiyatini quydagicha yoritib bergan:
I daraja - tanishish: o’quvchilar boshqa shunga o’xshash obyektlar qatorida ushbu obyektni anglash farqlashi, ularni o’zlashtirish qobilyatlariga qarab farqlanadi. Tanishish darajasidagi o’zlashtirish ko’pincha o’rganish obyekti haqidagi umumiy qarashlar, fikirlash bo’lsa suhbat turidagi javoblar ,,ha-yoq”, ,,yoki” bilan chegaralanadi.
II daraja - reproduksiya: bu darajada o’quvchilar o’rganish obyekti bilan bog’liq harakatlarni og’zaki bayon qilib berish imkoniyati darajasidagi asosiy tushunchalarni o’zlashtiradi turli harakatlar va har xil tadbirlarni tahlil qiladi.
III daraja - to’liq o’zlashtirilgan bilim ko’nikmalar: bunda o’quvchilarning xizmati va bazi bir sinf ishlarini yechish uchun o’zlashtirilgan ma’lumotlarni egallash ko’nikmalariga ega bo’lishi.
IV daraja - transformatsiya : u o’quvchilarning egallagan bilim, ko’nikma va malakasini qo’llay bilish orqali turlicha qiyinchilikdagi vazifalarni yecha oladigan ma’lumotlarni egallashni ko’zda tutadi.
O’quv – tarbiya jarayonining yutug’i o’quvchilarning har bir darsga faol qatnashishi bo’lib hisoblanadi. Faollik bo’lsa o’quvchilar o’zlari qiziqib darslarni qoldirmay o’qituvchining aytganlarini tinglash yangiliklar bilan tanishish, ma’lumotlarini eshtish va mavzularni o’z vaqtida tushunib borishga intiladi.
O’quvchilarda bunday xususiyatlarni hosil qilish uchun o’qtuvchidan kuchli bilim izlanish va katta mahorat talab qilinadi. Demak :
  • Har bir darsni rejalashtirishda uning didaktik maqsadlarini aniqlab olish;


  • Mavzuga tegishli nazariya va amaliy tushunchalarni chuqur va har tarafdan o’rganib tayyorgarlik ko’rish, dars matni va uni bayon etishning ketma-ketligini tuzish;


  • Ko’rgazmaliy qurollar, tajribalar, mashg;ulotlar o’quv filmlaridan dars jarayonida o’rinli foydalanish;


  • Darsga bo’g’liq tarqatma didaktik materiallarni tayyorlash;


  • Mavzuning didaktik maqsadi, mazmuni, hajmi va fizika xonasining material - texnik ta’minlanishiga qarab dars usullarini tanlash.


O’quvchilarning darsga qatnashishini yaxshilash uchun sinalgan usullarning biri;



  • Darsni muammoviy o’qitish usuli


  • Darsning nositandart formasi;


  • Ilmiy izlanish usuli;


  • Darslik ustida ishlash;


  • Masalalar yechish;


  • Tajriba va topshiriqlarni bajarish.



O’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish.
Oliy o’quv yurtidagi o’quv - tarbiyaviy jarayon, umumtalim tizimidagi ushbu jarayondan tubdan farq qiladi. Oliy maktablarda o’rta ta’lim tizimidan farqli ravishda, har kuni beriladigan uy vazifalari va o’tilgan materialni takrorlash yo’q.
Ikkinchidan, auditoriyadagi ma’ruza va mashg’ulotlar qanchali yuqori darajada o’tkazilmasin, talabalar bilimining sifati, ularning mustaqil ishlashiga bevosita bog’liq. Mustaqil ish o’qituvchi tomonidan aniqlanadi va tegishli ko’rsatmalar berilib, bajarilishi nazorat qilib boriladi.
Umumiy fizikadan talabalarning mustaqil ishlarining maqsadi: konspekt o’quv kitobi, qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlashga bilimini kengaytirish va chuqurlashtirish, muataqil bilim olish malaka va ko’nikmalarini shakillantirishdan iborat.
Talabalarni bunday ishlarga o’rganish oliy o’quv yurtida o’qitish boshqattan kundan boshlanishi zarur. Chunki ,, Mutaxasislikka kirish” kursidan boshlab, o’quv ishini tashkil qilishning barcha shakillariga : maruza, seminar amaliy mashg’ulotlar va boshqalar davom etadi. Bulardan talaba qanday mustaqil ishlarni bajarishi va ularning sifati o’qituvchi tomonidan nazorat qilib boriladi.
Oliy o’quv yurtining har bir talabasi mustaqil ishlarni o;zi rejalashtirishi kerak, reja kundalik yoki haftalik bo’lishi mumkin. Mustaqil ishlarni rejalashtirish boyicha talabalarning tajribasi hisobga olinsa haftalik reja maqsadga muvofiq keladi, u quydagilarni o’z ichiga oladi:
  • Qaysi kuni, qaysi soatda, qaysi predmentni o’qiydi?


  • Qaysi kuni, qaysi soatda jamoat ishlariga qatnashadi?


  • Qaysi kuni, qaysi soatda, mustaqil ishlarni bajaradi?


  • Qaysi kuni qaysi vaqtda, to’garakga qatnashadi?


  • Qaysi kuni qaysi vaqtda, sport bilan shug’ullanadi?


Har bir haftaning oxirgi kunida talaba bir hafta davomida bajargan ishlari tog’risida xulosa chiqarib, o’zi tuzgan rejaning bajarilishini tekshirib chiqishi kerak. Bunday xulosa chiqarishda, talaba, o’z ishiga haqoniy yondoshsa yo’l qoyilgan kamchiliklarni bartaraf qilish oson kechadi.


Talaba mustaqil ishlarni bajarishda o’zining kuchigagina ishonishi zarur. U oldinda ko’p qiyinchiliklar kutayotganini esdan chiqarmasdan, ularni yengishga o’zini tayorlashi kerak.
To’g’ri yo’nalishdagi mutaxassislarning kasbiy tayorgarligiga qoyiladigan talablar, ularning ,, Mutaxassislik tavsifnomasida” ko’rsatilgan bo’ladi. Ularda, quydagicha talablar mavjud:
  • Bilimini muntazam o’stirib va rivojlantirib borish:


  • Ilmiy-texnik axborotlarni qidirishda va qo’llashda samarali usullardan foydalanish:


  • Mutaxassislik yo’nalishiga mos exsperiment o’tkazishni bilish.


Bular, talabalarning bilish faoliyatiga oid ,, umumlashgan usullar” ni tuzish kerakligini taqozo qiladi. Agar, bunday usullar qaysidir piredmentni o’rganishda shakillansa va boshqalarini o’rganishda, amaliy ishlarni bajarishda erkin qollaniladigan bo’lsa ularni ,, umumlashgan usullar” - deb atash mumkin. Boshqacha aytilganda ,, umumlashgan usul” deb keng qo’llanuvchi, ummumiy xususiyatga ega bo’lgan usullarga aytiladi.


Talabalarga umumlashgan usullarning, shakillanishi, birinchidan, o’quv jarayoniga sarflanadigan vaqtni tejashga, ikkinchidan, bilimlarni yuqori darajaga yetishiga uchunchidan, topshiriqlarni tezroq bajarishga ya’ni aqliy mehnatning samaradorligini oshirishga olib keladi. Masalan, talabaning bilimini mustaqil tarzda oshirishga asosiy o’rinni o’quv adabiyotlari egallagani uchun ilar bilan samarali ishlashga, quydagi usullarni shakillantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi;


  • O’quv materiallarini mantiqiy tahlil qilib uning asoslarini ajratib olish;


  • Hodisa va jismlarning xossalarini ko’rsatuvchi fizik kattaliklarning o’zro bog;lanishini ifidalovchi formulasini matematik yo’l bilan chiqarishini mustaqil bilish;


  • O’qilgan matnni, grafiklarini va jadvalini tushunish;


  • O’qib chiqanlarni o’z so’zi bilan aytib berish;


  • Darslikda berilgan materialni boshqa kitoblardan o’qiganlari bilan to’ldirish;


  • Katalik bilan ishlashni va bibliografiya tuzushni bilish;


  • O’qiganlarini konspekt qilishni ma’ruza tezisini yozishni va bayon qilish rejasini tuzishni bilish;


  • Bir nechta adabiyotlar bilan ishlashni bir masala bo’yicha turli qarashlarni tahlil qilishni, materialni umumlashtirish va xulosa chiqarishni blishi zarur.


Talabalar o’quv adabiyotlari bilan ishlashning umumlashgan rejasini tuzishni ilmiy bilimlarning asosiy tarkibiy elementlarini topishni bilishdan boshlash kerak .


So’ngra talabalarni bilimlarining har bir elementini o’zlashtirishiga oid qo’yiladigan talablar bilan tanishtirish zarur.
Darslik va o’quv qo’llanmalar bilan ishlash madaniyatining ayrim ijtimoiy elementlari bilan talabalarni tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun talabalarga juda zarur bo’lgan quydagi tavsiyalarni keltiramiz:
1. Kitob bilan to’g’ri ishlash uchun energiyani vaqtni ortiqcha sarf qilmaslik talab qilinadi. Ishlash jarayonida vaqtdan va ish vazifasidan to’g’ri foydalanish muhim ahamiyatga ega. O’qigan materialni esda saqlab qolish uchun ertalab yani inson miyyasi charchamagan holatda samarali bo’lishi hammaga ma’lum. Talabalar ertalabki simenada o’qishsa ular mashg’ulot tugagandan so’ng 1.5 soat o’tgach kitob bilan ishlasa, unumli bo’ladi. Aqliy mehnatni unumli bo’lishni bosh omili, ish joyini qulay bo’lishini ta’minlovchi shartlardir.
Talabalar o’zlarini kitoblarini yozuv qo’g’ozlarini chizma va yozuv qurollarini har doim toza va ehtiyot qilib saqlashi zarur. Ish joyining chap tomonidan yetarli darajada yorug’lik tushib turishi kerak.
2. kitobni o’qishni boshlashdan avval quydagi ishlarni amalga oshirish zarur, kitobni qisqacha tafsifnomasi bilan tanishish, mualliflarning familasi, ismi-sharifini nomini, bosmaxonasiga nashr qilingan shahri va yilini, nechanchi marta nashr qilinganini bilib olish, maqsadga muvofiqdir. Ushbu ma’lumotlarning ahamiyati katta bolib ular kitob togrisida umumiy tushuncha beradi; qanday kitob, yangimi yoki eskimi u o’qilayotganini bildiradi; u kmlarga moljallab yozishganini bilishga imkon beradi.
Shundan so’ng kitobning birinchi varaqlaridan, uning rejasi va tarkibi bilan tanishib chiqish mumkin. Kitobning kirish qismi bilan tanishish, uning mazmuni to’risida va uning boblari, bo’limlari paragraflari mavzularga bo’lingan materiallarni qanday tizimga solinganligi to’g’risida tasavvur qilishga imkon beradi. Talabaga ushbu axborotlarni bilib olish, kitob to’g’risida to’la tasavvurga ega bo’lishga va uni o’qib o’rganishga qulaylik to’g’diradi. Kitob bilan oldindan tanishib chiqish, ya’ni rasm, diagramma va jadvallarga nazar tshlash foydali hisoblanadi.
3 Kitobni boblar bo’yicha o’qishni boshlashdan avval, o’qib o’rganish zarur bo’lgan bobni korib chiqish kerak. Natijada uning umumiy mazmuni materialni qanday darajada bayon qilinishi va ko’rgazmaliligi namoyon bo’ladi. Bunday ko’rib chiqishga 10-15 daqiqa vaqt saflanadi.
4 Paragraflar bilan ishlash maxsus metodikani talab qiladi. Chunki har bir paragraph bir-biri bilan mantiqiy bo’g’langan to’laqonli savollarni o’z ichiga oladi. Fizika kursining ayrim paragraflari fizik hodisa va kattaliklarga, ular orasidagi bog’lanishni ifodalovchi qonunlarga, formulalarga, nazariyalarga, texnik jarayonlarga bag’ishlangan bolishi mumkin.
Kitob matni bilan ishlashga ijodiy yondoshish samarali bo’lishi uchun uni mexanik darsda o’qish, maqsadga muvofiq emas. Matnni diqqat bilan ishlab chiqish talaba o’z so’zi bilan uni tizimli ishonchli qilib aytib va tushuntirib berishga intilish, yaxshi natija beradi. Talabalarning bilimini malaka va ko’nikmalarini nazorat qilish ularning bilimini o’stirishga va predmentni samarali o’qitishni boshqarish quroli bo’lib hisoblanadi.
Kibernetik nuqtai – nazardan qaraganda, talabalarning bilimlarni o’zlashtirishni nazorat qilish o’qitishda teskari bog’lanish prinsipini qo’llash bo’lib hisoblanadi. O’qitish jarayonida tashqi (o’qituvchilarni shaxsiy nazorati) va ichki ( talabaning shaxsiy nazorati ) nazoratlarning bo’lishi maqsadga muvofiq. O’qituvchining nazorati har bir talabaga, o’zining bilim olish natijasini ko’rishga imkon beradi. Nazoratni kompleks tarzda qo’llanilishi o’quv – tarbiyaviy jarayonning sifatini oshirishga olib keladi.
Nazoratning quydagi funksiyalari mavjud:
  1. O’qitish –amalga oshirilayotgan teskari bog’lanish tufayli talaba bilan o’qtuvchiga bilim, malaka va ko’nikmalarning darajasini, ularda mustaqillikni va o’zlashtirishda faollikni shakillantirib, o’quv jarayoniga sezilarni ijobiy ta’sir ko’rsatadi.


  2. Nazorat - talabalarning o’quv faoliyatini jadallashtirishga va natijasini kuzatib borishga imkon beradi.


  3. Rivojlantirish - talabalarning muvafaqiyatli o’qishini, ularga tasdiqlashni, asoslashni, hodisadagi bo’g’lanishlarni topishni va qonunlarni amalda qo’llashni bilishini talab qiluvchi savollar orqali nazorat qilinadi.


  4. Tashkillashtirish - tralabalarni hayot tarzini yetarli darajada tashkil qilishga erishish va o’quv qurollari bilan muntazam ishlashini amalga oshirish bilan ularda mustaqillikni va masuliyatni shakllantirish.


O’quvchilarning darslik bilan mustaqil ishlashi


O’quvchilarni mustaqil ishlari deganda o’qtuvchi topshirig’ini maxsus ajratilgan vaqt ichida o’quvchilar bajarishlari tushuniladi. Bu vaqtda o’qtuvchi kuzatib rahbarlik qilib turadi.
Fizika o’qitish jarayonida o’quvchilar tomonidan quydagicha mustaqil ishlarni bajarishlari mumkin:
  • O’quv va ma’lumotnoma adabiyotlar bilan ishlash;


  • Masala yechishda turli ish shakkillari ;


  • Labaratoriya amaliy ishlar;


  • Qiduruv elementiga ega bo’lgan frontal tajribalar;


  • Tarqatma materiallar bilan ishlash;


  • Kinematik sxemalar bilan ishlash ;


  • O’rtoqlarining javoblari va chiqishlarini taqriz qilish, axborot va refaratlar tayorlash;


  • Tajribalarni kuzatish va undan xulosalar chiqarish;


  • Asboblar va ko’rgazmalar tayorlash va hokazo


Mustaqil ish qanday bo’lishidan qatiy nazar rahbarlik rolini o’qituvchi bajaradi. U mustaqil ishning hajmi va mazmunini, darsdagi o’rnini, uslubini aniqlaydi, vazifa tuzadi, o’uvchilarga yo’llanma beradi o’z – o’zini nazorat qilishga o’rgatadi. Mustaqil ishlar o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos tushishi, ular bajara oladigan va qiziqarli bo’lishi lozim.


Agar o’qituvchi o’quv jarayoniga muntazam ravishda turli ko’rinishdagi mustaqil ishlarni kiritib borsa, o’quvchilarda mustaqil ishlash ko’nikma va malakasi shakillanib boradi.
Darslik o’quvchilar tomonidan fan asoslarini egallashlaridagi asosiy vositadir. O’rta maktabda o’qish davrida o’quvchilar kitob bilan ishlaganda quydagi ko’nikma va malakaga ega bolib chiqishlari lozim.
  1. Hodisalarni asosiy belgilarini qonunlarning mohiyatini ajrata olishlari;


  2. Rasm, chizma va grafiklardan foydalana olishlari;


  3. O’qiganlarni rejalarini tuza olishlari;


  4. O’qiganlarini o’z tillari bilan mantiqan ketma –ket va boshqa materiallar bilan to’ldirilgan holda bayon qila olishlari;


  5. Mustaqil ravishda formulani kelib chiqishlarini tushuna olishlari;


  6. Mundarija nom va ism ko’rsatkichlaridan foydalana olishlari;


  7. Katalog bilan ishlay olishari va bibliografiya tuza olishlari lozim.


Kitob bilan yordamchi adabiyotlar bilan ishlash bir necha bosqichga amalga oshiriladi.


Birinchi bosqichning vazifasi o’quvchilarda kitob bilan ishlashning boshlang’ich ko’nikma va malakasini hosil qilishdan iborat. Bunda o’quvchilarga soddda materiallar berilib o’quvchilar uni o’qib o’qituvchi oldindanqo’ygan savollarga javob topadilar.
Ikkinchi bosqichda murakkabroq masala qo’yilib o’quvchilar oldindan tayorlab qo’yilgan, bir turdagi ko’pgina matnlarga oid bo’lgan ummumlashtiruvchi rejalar asosida matndagi asosiy fikrlarni ajratadilar. Hodisa, fizik kattalik va qonunlarning ummumlashgan rejalari quydagichadir.
Download 28,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish