Matyoqubov Xamrobek I-81
13-variant.
Iqtisodiyotda pul, kredit va banklarning uzviy bog’liqligi niмadan iborat?
“Uмuмiy to’lov aylanмasi” tushunchasi va uning tarkibi haмda to’lov aylanмasining tarkibini yoritib bering?
Inflyatsiyaga qarshi kurashish usullari.
Jamiyatda mehnat taqsimoti va ishlab chiqarish jarayonining mavjudligi
iqtisodiy hayotda pulning roli doimo oshib boraveradi. Birgina mehnat taqsimotiga
e‘tibor qaratadigan bo‘lsak, kompaniya yoki firma biror narsani ishlab chiqarish
yoki xizmat turini ko‘rsatish uchun zarur xom - ashyo va materiallarni olish
maqsadida bir necha xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar bilan iqtisodiy aloqalarni
o‘rnatadi, ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatish jarayonida ishtirok etayotgan
xodimlarning mehnati uchun haq to‘laydi va boshqa qator ishlarni amalga oshiradi.
Bularning barchasi tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy hamkorlik va
manfaatdorlik asosida amalga oshiriladi. Mana shu iqtisodiy hamkorlik va
manfaatdorlikni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmi sifatida pulning roli
alohida ahamiyat kasb etadi.
Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillarida biri har qanday faoliyatning
asosida iqtisodiy manfaatdorlik yotadi. Ishlab chiqaruvchi korxona, tashkilot yoki
firma yaratayotgan tovar yoki xizmatlarni shaxsiy iste‘moli uchun emas, balki
bozorda sotish orqali tegishli iqtisodiy foyda ko‘rish ilinjida ishlab chiqaradi. Bu
ishlab chiqaruvchi va iste‘molchilar o‘rtasida tovar - pul munosabatlarini vujudga
keltiradi, ushbu munosabatda pul ishlab chiqaruvchi va iste‘molchi o‘ratasida
ayirboshlash vositasi sifatida muhim rol o‘ynaydi.
Bu erda ishlab chiqaruvchi va iste‘molchi o‘rtasida ayirboshlanadigan tovar
yoki mahsulotning bahosi muhim rol o‘ynaydi. Ularning bahosi bozordagi talab va
taklif asosida pulda ifodalanadi. Pulning rolini amal qilishida baho muhim
iqtisodiy mexanizm hisoblanadi, tovar va xizmatlar bahosiga qator omillar ta‘sir
qiladi. Xususan, tovar va xizmatlarning sifati, unga bo‘lgan talab darajasi, sotib
oluvchining to‘lov qobiliyati va boshqa qator omillar shular jumlasidandir.
Haqiqatda ham yuqorida qayd etilgan jarayonlarni tashkil etishda pulning
ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, pulning tovar xo‘jaligi
sharoitida amal qilishining samaradorligini oshishiga qator omillar ta‘sir qiladi.
Xususan ular quyidagilardan iborat:
1 Iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligi. Mamlakat
iqtisodiyotining barqarorligi va raqobatbardoshligi aholining iste‘mol tovarlar va
xizmatlarga bo‘lgan talabini mahalliy ishlab chiqarish hisobidan qondirish
imkoniyatini beradi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida juda muhim hisoblanadi.
Birinchidan, import hajmini qisqartirish asosida xorijiy valyutalarni chetga chiqib ketishining oldini oladi. Ikkinchidan, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga
nisbatan barqarorligini oshiradi.
2. Markaziy bankning mustaqilligini ta‘minlanganligi. Ma‘lumki, Markaziy
bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta‘minlashga qaratilgan,
ushbu maqsadni samarali amalga oshirish uchun Markaziy bank hukumat va davlat
boshqaruv organlari bosimidan holi bo‘lishi lozim. Aks holda milliy valyutaning
barqarorligi zaiflashadi va uning xalq xo‘jaligidagi roli pasayadi.
3. Aholi va mijozlarning bank tizimiga ishonchining mustahkamligi.
Mamlakat aholisi va mijozlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchining yuqoriligi
pulning roliga bevosita va bilvosita ta‘sir qiladi. Chunki aholi va mijozlarning
banklarga nisbatan ishonchining yuqoriligi ularning vaqtinchalik bo‘sh pul
mablag‘larini banklarga muddatli omonat sifatida qo‘yishga undaydi. Bu esa
pulning jamg‘arma vositasi va to‘lov vositasi rolini oshiradi, shu bilan birga,
birinchidan, pul egalariga qo‘shimcha daromad keltiradi, ikkinchidan, banklarning
real sektorni kreditlash imkoniyatlarini oshiradi. Bularning barchasi tovar xo‘jaligi
sharoitida pulning rolini oshishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
4. Inflyatsiya darajasining tegishli me‘yorlarda saqlab turilishi. Milliy
valyutaning inflyatsiya darajasi xalqaro amaliyotda qabul qilingan me‘yorlardan
ortib ketishi uning iqtisodiyotdagi roliga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Inflyatsiya
darajasi yuqori bo‘lgan sharoitda aholining real daromadlari pasayadi, kredit
muassasalarida uzoq muddatli omonatlar hajmi qisqaradi, korxona va tashkilotlar
ishlab chiqarish hisobidan emas, balki o‘zaro olib sotish yo‘li bilan daromad izlash
payiga tushib qoladi. Natijada aholining iste‘mol tovarlarga bo‘lgan talabi mahalliy
ishlab chiqarish hisobidan emas, balki import hisobidan qondiriladi. Bularning
barchasi milliy valyutaning iqtisodiyotdagi rolini pasayishiga olib keladi.
Jamiyatda tovar - pul munosabatlaridan keyingi vujudga kelgan muhim
ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlardan biri kredit munosabatlari hisoblanadi. Kredit,
pul kabi iqtisodiy kategoriya bo‘lib, pul mablag‘larining samarali ishlashiga,
xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar va jismoniy shaxslarning ortiqcha vaqt va mablag‘
sarf qilmasdan qo‘shimcha pul mablag‘lariga bo‘lgan talabini qondirishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Kredit munosabatlari iqtisodiy fanlarning barcha bo‘g‘inlarida bevosita yoki
bilvosita alohida ijtimoiy - iqtisodiy jarayon sifatida o‘rganiladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda ―kredit‖ so‘zi lotincha ―creditum‖ - ssuda, qarz
so‘zidan paydo bo‘lganligi qayd etiladi. Ayrim iqtisodchi olimlar ―credo‖, ya‘ni
―ishonaman‖ degan ma‘noni anglatishini qayd etadi. Albatta, kredit
munosabatlarida ishtirok etayotgan sub‘ektlarning bir - biriga bo‘lgan ishonchi
asosiy omil hisoblanadi. Bu erda kreditor, kreditni berishda asosiy masala kredit
oluvchiga nisbatan ―ishonchi‖ muhim ahamiyat kasb etadi.
Biroq, kredit iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi uchun birgina
ishonchning o‘zi etarli bo‘lmaydi. Kredit va kredit munosabatlarining vujudga
kelishida ishonch bilan birgalikda shunday bir kategoriya mavjudki, bu kreditor va
kredit oluvchi o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishga undaydi.
Buni kreditor va qarz oluvchi nuqtai nazardan ko‘radigan bo‘lsak, kreditorni ushbu
munosabatlarni rivojlantirishiga asosiy omil bu iqtisodiy manfaatdorlik, ya‘ni
kredit foizi hisoblanadi. Qarz oluvchi uchun esa ishlab chiqarish jarayonini
uzluksizligini ta‘minlash orqali tegishli iqtisodiy manfaatdorlikka erishishdir.
Bundan ko‘rinib turibdiki, kredit va kredit munosabatlarini vujudga kelishi
va rivojlanishida har ikkala tomonning ham iqtisodiy manfaatdorligi kuchli
moliyaviy mexanizm hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning zarurligi quyidagi omillar bilan
belgilanadi:
- kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlarning iqtisodiy
manfaatdorligini ta‘minlanishi. Xususan, kreditor kredit hisobidan foiz to‘lovlari
sifatida foyda olsa, qarz oluvchi ishlab chiqarishning uzluksizligini ta‘minlash
orqali tegishli foydani shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
- iqtisodiyotda vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘lar ssuda kapitali sifatida
jamg‘arilib, tegishli maqsadlarga yo‘naltiriladi;
- iqtisodiyotda ishlab chiqarish tsiklining davriyligi. Bunda ayrim
tarmoqlarda vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘lari vujudga kelsa, boshqalarida
qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj tug‘iladi, ushbu jarayon kredit orqali
tartibga solinadi;
- ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida qo‘shimcha moliyaviy
resurslarga bo‘lgan ehtiyojning asosiy qismi kreditlar orqali qondiriladi.
Zamonaviy iqtisodiyotda kredit muhim moliyaviy element sifatida mamlakat
iqtisodiyotini rivojlanishining ajralmas qismi hisoblanadi. Kredit va kredit
munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlashining asosida tovar ishlab chiqarish,
yanayam aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak - kapital muomalasi va aylanishi yotadi.
Jamiyatda kapital muomalasi va aylanishi doimo ham bir maromda amal qilmaydi,
bular yuqorida ta‘kidlanganidek qator omillar bilan izohlanadi.
Kreditning mohiyatiga qator iqtisodchi olimlar tegishli ta‘riflarni
shakllantirgan. Xususan, Shchegortsova V.A. tahriri ostida tayyorlangan darslikda,
―Kredit - qaytarish va to‘lov sharti bilan qarzdorga vaqtinchalik foydalanish
maqsadida pul mablag‘i yoki moddiy buyum ko‘rinishida berish jarayonida
vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir‖ tarzidagi ta‘rifi
shakllantirilgan.
Professor O.I.Lavrushin tahriri ostida nashr etilgan darslikda kreditning
mohiyatiga aniq ta‘rif berilmagan. Biroq, ularning fikricha, kredit ijtimoiy
munosabatlarning bir ko‘rinishi bo‘lib, iqtisodiy kategoriyadir. Shu bilan birga,
kredit turlicha ijtimoiy munosabatlarda emas, balki iqtisodiy munosabatlarni aks
ettiruvchi qiymatning harakati jarayonida namoyon bo‘ladi. Darslikda, kreditning
mohiyatini aniq aks ettirish uchun uning tarkibi, harakat qilish jarayoni va vujudga
kelish asosiga e‘tibor qaratish lozimligi ta‘kidlanadi.
Pul aylanmasi sub‘ektlar o’rtasida amalga oshiriladigan iqtisodiy
munosabatlarning naqd va naqd pulsiz ko‗rinishidir. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy
adabiyotdarida pul aylanmasi deyarli o‗rganilmaydi. Buning asosiy sabablaridan
biri, balki mazkur mamlakatlar bank muassasalarida hisob - kitoblarni amalga
oshirishda pul aylanmasi naqd va naqd pulsiz ko‗rinishi shakllari o‗rtasida farq
mavjud emasligi bo‗lishi mumkin. Haqiqatda ham rivojlangan va ayrim
rivojlanayotgan mamlakatlar banklarida naqd va naqdsiz pul hisob - kitoblarni
amalga oshirish o’rtasida farq mavjud emas.
Pul aylanishi modeli uning ( yaratilishi ) muomalaga chiqarilishi va qaytishi bilan bog‘liq izchil to‘rt bosqichdan iborat:
banklar firmalarga kredit beradi;
firmalar o‘z xodimlariga ish haqi to‘laydi;
xodimlar firmalarning yaratgan mahsuloti, tavari, xizmatini xarid
qiladi;
firmalar banklarga olgan kreditlarini qaytarib to‘laydilar.
Grazianining fikriga ko‘ra: ―Pulning aylanish nazariyasi pulning butun
aylanish davomiyligini muhokama qiladi, ya‘ni bank qarzlarini berilishi bilan
boshlanib, qarzlarni to‘lanib so‘ndirilishi bilan tugaydi.Haqiqatda, aylanish modeli ―pulning butun aylanish davrini yoritib bera olmaydi.Bank-firma munosabatlaridan tashqari, model real iqtisodiy va moliyaviy operatsiyalardan farq qilmaydi, banklar va moliyaviy vositachilar orasidagi farqlar tizimli emas; eski sanoat tushunchasiga asoslanib qayta mahsulot ishlab chiqaradi va xarid qiladi.
Pul aylanmasidan tashqari to‘lov aylanmasi degan tushuncha mavjud. To‘lov
aylanmasi pul aylanmasiga qaraganda keng tushuncha. To‘lov aylanmasi-bu pul
shaklidagi mablag‘larning va pul bozori instrumentlarning vositasida amalga
oshirilgan to‘lovlarning yig‘indisidir. To‘lov aylanmasi - bu pullar va pul bozori
instrumentlari harakatlari yig`indisidir.
Pul bozori instrumentlariga quydagilar kiradi :
- Veksellar;
- Depozit sertefikatlari;
- Jamg`arma sertefikatlari;
- Obligatsiyalar;
- Bank akseptlari.
Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qarama-qarshi qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun davlat inflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Inflatsiyaning qarshi kurashning asosiy shakllari:
inflyatsiyaning qarshi siyosat va pul islohati hisoblanadi. Har davlatda pul
muomalasi ma‘lum qonun qoidalar asosida tartibga solib turiladi. Oldingi
markazlashgan rejali boshqaruv asoslangan iqtisodiy tizimda pul muomalasi
rejalashtirish asosida boshqarib kelingan. Axolining daromadi va xarajatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan. Tovar ishlab chiqarishni kengaytirish axoliga kreditga tovar berish, baxolar tizimini o‘zgartirib turish va hokazolar. Barcha jarayonlar davlat tomonidan boshqarilgani uchun pul muomalasi qonuni buzilganda davlat o‘z vakolati doirasida narxlarni o‘zgartirish yo‘li bilan pul reformasi bilan pul muomalasini tartibga solib kelgan. Bozor iqtisodi sharoitida pul muomalasini ma‘lum usullar yordamida tartibga solib turadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashish quyidagicha amlga oshirilishi mumkin:
Pul islohatlari (revolvasiya,devolvatsiya, nulifikasiya va denominasiya);
Antiinflatsion siyosat: daromadlar siyosati va deflyatsion siyosat.
Daromadlar siyosati (ijtimoiy noroziliklarni yuzaga keltirishi mumkin) ish
haqi va narxlar o‘sishini parallel nazorat qilgan holda, ish haqi o‘sishini
chegaralash yoki muzlatishdir. Deflatsion siyosat pul-kredit siyosati va soliq
mexanizmlari orqali boshqarish bo‘lib, unda davlat xarajatlari kamaytiriladi va
soliq stavkalari oshirilishi yoki Markaziy bankning pul-kredit siyosati
instrumentlari orqali pul massasini boshqarishdir.
Markaziy bank pul muomalasini barqarorlashtirish va inflyatsiyani oldini
olish borasida quyidagi pul-kredit siyosatini olib boradi:
1. Qayta moliyalashtirish siyosati
2. Majburiy rezervlar me‘yorlari
3.Ochiq bozordagi operatsiyalar
4. Valyuta siyosati Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini kreditlash bilan bog‗liq bo‗lgan tadbirlarning majmui bo’lib, ushbu siyosat quyidagi uch xil kreditlash usulidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi:
a) tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan ularning balansidagi
trattalarni qayta hisobga olish yo‗li bilan kreditlash usuli;
b) tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan ularning balansidagi qimmatli
qog‗ozlarni garovga olish yo‗li bilan kreditlash usuli;
v) tijorat banklarini to’g’ridan to’g’ri kreditlash usuli.
Mazkur usulda berilgan kreditlar overdraft shaklida yoki muddatli kreditlar
shaklida beriladi. Mamlakatimizda Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan qayta
moliyalashtirish stavkasi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak u quyidagi
ko‘rinishga ega bo‘lgan:
Mamlakatimizda ham O‘zbekiston Respublikasining Markaziy bankining
tijorat banklari beriladigan kreditlari uchun o‘rnatiladigan qayta moliyalash stavkasi inflyatsiyaga qarshi kurashda asosiy stavkalardan biri sifatida xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |