Me’yorlarning o’zgarishini hisobga olish. Yangi ishlab chiqilgan me’yorlar tashkilot rahbari yoki vakolatli shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. Topshiriq hujjatlari asosida korxonani tegishli bo’limlari me’yorlardagi o’zgarishlar to’g’risidagi xabarnomalarni yozib va ularni tsexlarga, ta’minot bo’limiga va iqtisodiy bo’limlarga etkazadi.
Xabarnomalarda o’zgarishdan oldingi va keyingi me’yorlar, o’zgartirish asoslari, yangi me’yorlar kiritilgan sana, me’yorlar o’zgartirilgan mahsulotlar shifrlarini foydalanilayotgan tarkibiy bo’linmalar shifrlari va boshqa ma’lumotlar ko’rsatiladi. Ishchilar mehnat haqi (vaqt me’yori va narxlar)ga ta’sir etuvchi o’zgarishlar yangi me’yorlar kiritilishidan oldin ishchilarga ma’lum qilinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |