«Segen taxtasi» metodikasi
Maqsad: kattalikni farqlash darajasi, ko'rgazma-harakatli tafakkurning shakllanganligini tekshirish.
Jihoz: shakllar andozasi chuqur o'yilgan taxta (4 variantli) va shu chuqurchalarga to'g'ri keladigan shakllar.
O'tkazish texnikasi: bolaga shakllar joylashtirilgan taxta ko'rsatiladi va ko'zining oldida taxta shunday ag'dariladiki, ichidagi shakllar stolning o'rtasiga tushuriladi. Korsatm a beriladi: a) so'z orqali («Qara menda har xil shaklli taxta bor, men shakllami to'kaman, sen esa joyiga solasan») yoki b) imo-ishora orqali (eshitishi va nutqi buzilgan bolalarga). Agar bola topshiriqni tushunmasa va bajarishga kirishmasa, unda eksperiment o'tkazuvchining o'zi 1-2 shakllarini solib ko'rsatib berishi kerak. Noo'rin harakatlarda yana yordam ko'rsatiladi: «Yaxshilab qara, ushbu shaklni qayerga qo'yish kerak». Agar samara bermasa, unda bolaning diqqatini taxtadagi shakllarga va qo'lidagi shaklga qaratiladi. Agar bola noo'rin harakatlarda davom etsa, unda chamalab, solib ko'rish taklif etiladi.
Bajarish meyori: 3 yoshda (variant-1) maqsadga yo'naltirilgan urinishlar va amaliy chamalab ko'rish orqali.
3,5 yoshda (variant-1) ko'rib mo'ljal olish va amaliy chamalab ko'rish orqali.
4-5 yoshda (variant - 2-3) ko'rib mo'ljal olish va amaliy chamalab ko'rish mumkin
5-6 yoshda (variant - 3-4) ko'rib solishtirish va amaliy chamalab ko'rish mumkin.
«Pochta qutisi» metodikasi
Maqsad: kattalikni farqlash darajasi, ko‘rgazma-harakatli tafakkuming shakllanganligini tekshirish.
Jihoz: plastmassa yoki yog'och quti, uning ustida shakllar formasi kesilgan va quti ustidagi o'yilgan shakllarga mos hajmli shakllar.
O’tkazish texnikasi: bolaga benladi: a) so‘z ko'rsatmasi, «Sen yoningda har xil shakllar qirqilgan quti turibdi. Qo’lingdagi shakllardan quti ustidagi shaklga mosini tan lab, quti ichiga ushbu shakl orqali tashla»; b) imo-ishorali ko'rsatma (eshitishi va nutqida kamchiligi bor bolalarga). Eksperiment o'tkazuvchi bitta shaklni olib, mos shaklli teshik orqali quti ichiga tashlaydi va imo-ishora orqali bolaga davom ettirishni taklif etadi. Agar bola topshiriqni tushunmasa va bajarmasa unga yordam ko'rsatiladi: «Yaxshilab qara, ushbu shaklni qayerga tashlash mumkin» yoki imo-ishora orqali shaklning qirralariga diqqat qaratiladi. Agar bola topshiriqni qabul qilmasa va noo'rin harakatda davom etsa, unga o ‘rgatuvchi yordam beriladi, nutqiy shakli: «shaklni olib galma-galdan har bir teshikka qo'yib ko'ramiz, toki to'g'ri keladiganini topmaguncha» yoki imo-ishora orqali: bolaga tanlay oiishi uchun shaklni har bir teshikka tiqib ko‘nshni, to keragini topmaguncha davom ettirish kerakligi ko'rsatiladi. Agar bola ushbu yordamdan keyin ham noo‘rin harakat qilsa, tekshirish to'xtatiladi. Agar bola harakatlarini tushunib bajara olsa, quti o'giriladi va murakkabroq variant beriladi.
Bajarish meyori: 3-4 yoshda maqsadga yo'naltirilgan urinishlar
4-5 yoshda amaliy chamalash va ko'rib solishtirish.
5-6 yoshda ko'rib solishtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |