- Berdaq nomidagi QQDU “O’zbek tili va adabiyoti“ kafedrasi dotsenti I.Qurbanbayevning O’zbek filologiyasi bakalavr ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabalariga “Matnshunoslik“ fanidan taqdimoti
- Mavzu: KIRISH. “MATNSHUNOSLIK“ FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI
REJA: -
- Tarix, ilmiy-madaniy meros va qo’lyozma manbalarni o’rganish – davr talabi
- “Matnshunoslik“ fani predmeti, nashr tiplari Kurs asosiy maqsadi va ustuvor vazifalar
- Yordamchi sohalar: editsiya, arxeografiya, germenevtika hamda ekzegetika tajribasi
- Oltinchi semestrga rejalashtirilgan fanga umumiy 122 soat ajratilgan. Shundan auditoriya soat 68 soat, mustaqil ta’limga 54 soat taqsimlangan.
O’zbek xalqi ko’p ming yillik tarixi, boy ilmiy-ma’naviy merosi, adabiyoti hamda san’ati haqidagi qimmatli ma’lumotlar qo’lyozma manbalarda to’laqonli aks etgan. - O’zbek xalqi ko’p ming yillik tarixi, boy ilmiy-ma’naviy merosi, adabiyoti hamda san’ati haqidagi qimmatli ma’lumotlar qo’lyozma manbalarda to’laqonli aks etgan.
- O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, ilmiy-tarixiy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati ustuvor yo’nalishiga aylanayozdi. Jumladan, 2014-yil 15-16-mayda Samarqand shahrida O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan “O’rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiyasi rivojidagi roli va ahamiyati“ mavzusidagi xalqaro anjuman bu
- borada lozim dadil qadam vazifasini o’taydi.
- Matnshunoslik asosiy uslubiy tamoyili matn tarixini yaxlit ravishda o’rganishdan iborat. U matn taqdirini yoritadi, jumladan, undagi o’zgarish xususiyatlari, sabablari va bosqichlarini aniqlashtiradi. Murakkab bog’lanishdagi kompleks yondashuv fan istiqbolli yo’nalishlarini belgilab beradi.
- Matn talqinini tadqiq etish
- Matnshunoslik tajribasi matn zamiridagi yashirin ma’no, asar yaratilish tarixi hamda o’zgarish holatini ochib beradi. Baholash mezonlari, davr ruhiyati, muallif pozitsiyasi va tadqiqotchi neytral yondashuvi manbani o’rganishga asos bo’lib xizmat qiladi. Joriy holatda subyektiv va obyektiv omillar hal qiluvchi vazifa o’taydi.
- Editsiya hujjatli va mumtoz matn ilmiy nashrini yaratadi. Arxeografiya yozma manbalarni qidirib topish, birlamchi ishlov berish hamda ilmiy muomalaga kiritishni ko’zda tutadi. Germenevtika qadim yozma matnlar mazmunini izohlashga xizmat qiladi. Ekzegetika sohasi diniy matn filolgik tahlilini amalga oshiradi. Aynan matn tarixini yaxlit o’rganish yordamchi qismlar to’plagan tajribaga tayanadi.
| - “Matnshunoslik“ fani tadqiqot
- xaritasi
| | - Badiiy asar yozma yodgorlik sifatida ilmiy-amaliy va nazariy qiymatini baholash
| | - Davr ruhiyati, muallif yondashuvi (obyektiv, subyektiv) miqyosini belgilash
| | - Matn tarixini kompleks o’rganish mexanizmini shakllantirish
| | - Badiiy asar matnini qayta tiklash
| | - Matn taqdiri, saqlanish darajasi va tavsifiy-tahliliy belgilarini aniqlash
| | - Matn ustida ishlash va tuzish prinsiplarini ishlab chiqish hamda umumlashtirish
| E’tiboringiz uchun rahmat! - E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |