Undo (Bekor qilish) – Foydalanuvchi tomonidan qilingan oxirgi qilingan o’zgartirishni, format
almashinishini bekor qiladi.
Redo (Qaytalash) – Foydalanuvchi bekor qilgan o’zgartirishni yoki format almashinishini qayta
tadbiq qiladi.
Tez Kiruvchi Instrumentlar paneliga xoxlagan lenta buyrug’ini qo’shish mumkin bo’lgani
uchun sozlashga juda qulay xisoblanadi. Bundan tashqari, foydalanuvchi buyruq beruvchi tugmalarni
Lentaga qo’shish bilangina cheklanib qolmaydi va u xoxlagan Excel buyrug’ini instrumentlar
paneliga qo’shish imkoniyatiga ega bo’ladi, xattoki, xech qaysi yorliqda ko’rinish bermaydigan
noaniqlarini ham. ( Tez Kiruvchi Instrumentlar panelini sozlash haqidagi qo’shimcha ma’lumotlar 1-
Kitobning, 3-bobida berilgan).
Odatda, Tez Kiruvchi Instrumentlar paneli Fayl menyusining va Lenta ilovasining o’ng taraf
yuqorisida joylashgan bo’ladi. Instrumentlar panelini Lenta dan pasda hamda Formula panelidan
yuqorida aks ettirish uchun Tez Kiruvchi Instrumentlar panelini sozlash ( Gorizontal instrumentlar
panelining o’ng tarafida joylashgan uch nuqtali ochiladigan ro’yxat) ni bosing, so’ngra ochilgan
ro’yxatdagi “Lentadan pastda ko’rsatish” tugmasini bosish zarur. Ushbu sozlanma foydalanuvchiga
instrumentlar panelining o’ng tarafida joylashgan ish paneli nomining joylashuvi o’zgarib qolishidan
asraydi.
Formula paneli bilan behuda vaqt ketqazish
Formula paneli yacheyka manzili va xozirgi yacheyka tarkibini aks ettiradi. Yacheyka manzili
yacheykaning ustun harfi va uning ortidan satr raqami bilan belgilanadi, misol uchun A1 – bu ikkala
ish sahifasining birinchi yacheykasi hamda A ustun bilan 1 satrning kesishmasi hisoblanadi, yoki
XFD1048576 yacheyka Excel 2010 dasturida ikkala ish sahofasining oxiri va XFD ustun bilan
1048576 satrning kesishmasi xisoblanadi. Yacheykaning tarkibi unga foydalanuchi kiritgan belgisiga
(harf yoki raqam) qarab aniqlanadi, agar foydalanuvchi u yerda hisoblashni amalga oshirishi zarur
bo’lsa u holda mahsus qiymat yoki formula kiritishi zarur bo’ladi.
Formula paneli uch qismga bo’linadi:
Name box (Nom qutisi): Eng chapda joylashgan qism yacheykaning xozirgi manzilini
ko’rsatadi.
Formula paneli tugmalari : Ikkikchi, o’rta qismda Insert Funksiyali (fx – sifatida joylashtirilgan)
satr boshida boshlanuvchi dumaloq tugma bor va u nom qutisini kengaytirishda foydalaniladi.
Shuningdek, Bekor qilish ( x sifatida) va Kiritish ( Tekshirish belgisi) tugmalari ularning o’rtasida
joylashadi.
Yacheyka tarkiblari.
Uchinchi, Funktsiya ustasi tugnasining o’ng tarafida joylashgan oq maydon qolgan barcha
qismlarni egallaydi va foydalanuvchiga normal maydon ga sig’maydigan keraklicha uzun
yacheykalarni aks ettirishga yordam beradi.
Yacheyka tarkiblari bo’limi juda muhim hisoblanadi, chunki bu qism har doim mehnat sahifasi
yacheyka tarkibini aks ettirmagan taqdirda ham uni foydalanuvchiga taqdim etadi. ( Formulalar bilan
ishlanayotgan paytda Excel yacheykada faqatgina xisoblangan natijani taqdim etadi halos, natijaga
qaysi formula orqali erishilganini emas). Foydalanuvchi ushbu bo’limda, xar qanday vaqtda
yacheyka tarkibini o’zgartirishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, agar yacheyka tarkibi bo’sh bo’lsa,
foydalanuchi ushbu yacheykada hech nima yo’qligini bilib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: